×
×
  • SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Лекхим-Харьков, ЧАО
ATX kodi:
- J01DD01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EKSTUM poroshok 1,5g Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
LEVOFEV 500 tabletkalari 500mg N5 Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
24 600 s`om dan
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10 Pharmaceutical Works Polfa in Pabianice Joint Stock Company Polsha
28 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEFOTAKSIM

CEFOTAXIMUM

 

Preparatning savdo nomi: Sefotaksim

Ta‘sir etuvchi moda (XPN): sefotaksim

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

Faol modda: sefotaksimga qayta hisoblanganda sefotaksim natriy 0,5 g va 1,0 g.

Ta‘rifi: oqdan biroz sariq rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi)

ATX kodi: J01DD01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Parenteral yuborish uchun III avlod sefalosporin antibiotigidir. Mikroorganizm hujayrasi devorining sintezini buzib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Keng ta‘sir doirasiga ega.

Boshqa antibiotiklarga chidamli bo‘lgan grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus(shu jumladan, penisillinaza hosil qiluvchi shtammlar) va Staphylococcus epidermidis (metisillinga chidamli Staphylococcus epidermidis va Staphylococcus aureuslardan tashqari), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Enterococcus species, Enterobacter spp., Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan penisillinaza hosil qiluvchi shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis, Klebsiella spp. (shu jumladan Kl. Pneumoniae), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penisillinaza hosil qiluvchi shtammalar), Acinetobacter species, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix rhusiopathiae, Eubacterium spp., Propionibacterium spp., Clostridium spp. (shu jumladan Clostridium perfringens),  Citrobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri), Serratia spp., Pseudomonas aeruginosa ayrim shtammlari, Neisseria meningitidis, Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilisning ayrim shtammlari), Fusobacterium spp. (shu jumladan Fusobacterium nucleatum), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. Clostridium difficile ni ko‘pchilik shtammlari chidamli.

Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning ko‘pchilik beta–laktamazalariga chidamli.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga 0,5 g,1 g va 2 g dozalarda bir marta yuborilgandan keyin qon plazmasida maksimal konsentrasiyasi (Smax) 5 minutdan keyin aniqlanadi va mos ravishda 39 mkg/ml, 101,7 mkg/ml va 214 mkg/ml ni tashkil qiladi. Preparatni mushak ichiga 0,5 g va 1 g dozalarda yuborilgandan keyin Smax 30 minut o‘tgach aniqlanadi va mos ravishda 11 mkg/ml va 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 30–50%. Biokiraolishligi ­ 90­95% ni tashkil qiladi.

Organizmning ko‘pchilik to‘qimalarida (miokard, suyaklar, o‘t pufagi, teri, yumshoq to‘qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, balg‘am, safro, siydik, orqa miya suyuqligi) terapevtik konsentrasiyalarini xosil qiladi. Taqsimlanish hajmi ­0,25­0,39 l/kg.

Yarim chiqarilish davri (T½ ) v/i yuborilganda 1 soat, m/i yuborilganda 1-1,5 soatni tashkil qiladi. 20–36% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda, qolgan miqdori – metabolitlar (15-25% – metabolik faol dezasetilsefotaksim ko‘rinishda va 20-25% antimikrob ta‘siridan mahrum bo‘lgan ikkita M2 va M3 nofaol metabolitlari) ko‘rinishida chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida va keksa yoshdagi shaxslarda yarim chiqarilish davri 2 marta uzayadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda T ½ – 0,75–1,5 soat, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda (tana vazni 1500 g dan kam) 4,6 soatgacha uzayadi; tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganida 3,4 soatni tashkil qiladi.14 sutka davomida har 6 soatda 1 g dozadan vena ichiga qayta yuborilganda to‘planish kuzatilmaydi. Ko‘krak sutiga kiradi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

 

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida: markaziy nerv tizimi (meningit), nafas yo‘llari va LOR-a‘zolari, siydik chiqarish yo‘llari, suyaklar, bo‘g‘imlar, teri va yumshoq to‘qimalar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari, gonoreya, infeksiyalangan yaralar va kuyishlar, peritonit, sepsis, abdominal infeksiyalar, endokardit, Laym kasalligi (borrelioz), salmonellyoz, immun tanqisligi fonidagi infeksiyalar, jarroxlik operasiyadan keyingi infeksiyalarni (shu jumladan, urologik, akusher-ginekologik, me‘da-ichak yo‘llari) oldini olishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (oqim bilan va tomchilab) mushak ichiga yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 50 kg va ortiqroq bo‘lganida):

  • asoratlanmagan infeksiyalarda, hamda siydik chiqaruv yo‘llarining infeksiyalarida m/i yoki v/i 1 g dan har 8-12 soatda;
  • asoratlanmagan o‘tkir gonoreyada m/i 1g dan bir marta;
  • o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarda m/i 1-2 g dan har 12 soatda;
  • infeksiya og‘ir kechganida, masalan meningitda ­ v/i 2 g dan har 4­8 soatda, maksimal sutkalik doza ­ 12 g.

Davolash kursini davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi.

Infeksiya rivojlanishini oldini olish maqsadida, jarroxlik operasiyadan oldin kiritish narkozi vaqtida 1 g bir marta yuboriladi. Zarur bo‘lganida yuborish har 6-12 soatda takrorlanadi.

Kreatinin klirensi (KK) 20 ml/min/1,73kv.m va undan kam bo‘lganida sutkalik doza 2 marta kamaytiriladi.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 haftalik chaqaloqlarga ­ v/i 50 mg/kg dan har 12 soat, 1­4 haftalik chaqaloqlarga ­ v/i 50 mg/kg dan har 8 soatda yuboriladi;

1 oylikdan katta bolalarga (vazni 50 kg gacha bo‘lgan) ­ v/i yoki m/i (2,5 yoshdan oshgan bolalar) 50-180 mg/kg 4-6 yuborishga buyuriladi. Infeksiyani og‘ir kechishida, shuningdek meningitda, bolalarda sutkalik dozani 100-200 mg/kg gacha oshiriladi, m/i yoki v/i 4­6 qabulda buyuriladi, maksimal sutkalik doza – 12 g ni tashkil qiladi.

In‘eksion eritmani tayyorlash qoidalari: v/i in‘eksiya uchun eritma sifatida in‘eksiya uchun suv ishlatiladi (0,5­1 g ni 4 ml, 2 g ni 10 ml da eritmada eritiladi), preparat 3­5 minut davomida asta-sekin yuboriladi; v/i infuziya uchun eritma sifatida 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasi ishlatiladi (1­2 g 50­100 ml eritmada eritiladi); infuziya davomiyligi 50­60 minut; m/i yuborish uchun in‘eksiya uchun suv yoki 1% lidokain eritmasi ishlatiladi (preparatning 0,5 g dozasi uchun ­ 2 ml, 1 g dozasi uchun ­ 4 ml).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, teri qichishish, kam hollarda – bronxospazm, eozinofiliya, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, juda kam hollarda – anafilaktik shok.

Yurak­tomir tizimi tomonidan: markaziy venaga tez bolyus yuborishda hayotga potensial havf soluvchi aritmiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Me‘da­ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorinda og‘riq, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, kam hollarda – stomatit, glossit, psevdomembranoz enterokolit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishlari, oliguriya, interstisial nefrit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, granulositopeniya, trombositopeniya, gipokoagulyasiya.

Laborator ko‘rsatkichlar: azotemiya, qonda mochevina konsentrasiyasini oshishi, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, ijobiy Kumbs reaksiyasi.

Mahalliy reaksiyalar: flebit, vena yo‘li bo‘ylab og‘riq, mushak ichiga yuborilgan joyda og‘riq va infiltrat.

Boshqalar: superinfeksiya (xususan, kandidoz vaginit).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefotaksim va boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.

Preparat 1% lidokain eritmasida eritilganda:

­ lidokain yoki boshqa mahalliy amid turdagi anestetiklarga yuqori sezuvchanlik;

­ ritm boshqaruvchisi o‘rnatilmagan yurakning ichki blokadasi;

­ og‘ir yurak yetishmovchiligi;

­ vena ichiga yuborish;

­ 2,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mushak ichiga yuborish usuli) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar; surunkali buyrak yetishmovchiligi; yarali kolit (shu jumladan anamnezda); kesishgan allergik reaksiyalarni rivojlanishi mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan anamnezida penisillinga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antiagregantlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari (NYAQV) bilan birga qo‘shilganida qon ketish xavfi oshadi.

Aminoglikozidlar, polimiksin V va «halqali» diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda buyraklarni shikastlanish ehtimoli oshadi.

Naychalar sekresiyasini bloklaydigan preparatlar, sefotaksimning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi va uni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Boshqa antibiotiklarning eritmalari bilan bir shprisda yoki tomchilagichda farmasevtik nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni birinchi haftasida og‘ir uzoq davom etuvchi diareya bilan namoyon bo‘ladigan soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Bunda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi va adekvat davolash, shu jumladan, vankomisin yoki metronidazol buyuriladi. Anamnezida penisillinlarga allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda sefalosporin antibiotiklariga ham yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Preparat bilan 10 kundan ortiq davolanganda qonning periferik manzarasini nazorat qilish kerak. Sefotaksim bilan davolash vaqtida soxta musbat Kumbs sinamasi va glyukozani siydikda soxta musbat reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Davolash vaqtida etanol ist‘emol qilish mumkin emas – disulfiramsimon reaksiyalar (yuzni qizarishi, qorin va me‘da sohasida spazm, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, AB ni pasayishi, taxikardiya, hansirash) bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik davrida ona uchun kutilgan foyda, bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.

Preparatni laktasiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida, emizishni preparatni qo‘llash vaqtida to‘xtatib turish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: tirishishlar, ensefalopatiya (yuqori dozalari yuborilgan holda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi.

Davolash: simptomatik davolash, spesifik antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 0,5 g va 1 g dan kukun.

0,5 g, 1,0 g faol modda 10 ml sig‘imli shisha flakonlarda.

Erituvchi ­ “ in‘eksiya uchun suv” 5 ml sig‘imli shisha ampulalarda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

1 flakon preparat bilan va 1 ampula erituvchi bilan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda (KUO‘). Bir KUO‘ qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.

5 flakon preparat bilan va 5 ampula erituvchi bilan alohida polivinilxlorid plenkali KUO‘ da. Bir KUO‘ flakonlar bilan va bir flakon ampulalar bilan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi karton qutiga joylanadi.

KUO‘ qutiga ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori joylanadi. Kertik, sindirish xalqasi yoki nuqtasi bo‘lgan ampulalarni ishlatishda ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori joylanmaydi.

10 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Stasionar uchun:

  • 50 flakon teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
  • 1 flakon (1 dan 50 flakongacha teng miqdorda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan) karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmagan flakonlarni ehtiyotkorlik bilan ochish, ichidagini katta miqdordagi suv bilan eritish va kanalizasiyaga to‘kish kerak.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Iste‘molchilardan e‘tirozlarni qabul qiladigan ishlab chiqaruvchi-korxona

“Krasfarma” OAJ, Rossiya, 660042, Krasnoyarsk sh., 60 let Oktyabrya ko‘ch., 2 uy.

Tel./Faks: (391) 261-25-90/261-17-44.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50 dori vositasi Лекхим-Харьков, ЧАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N10
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N10
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
UROSEPT suppozitorii 0,2g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
TRISEPTOL tabletkalari 400mg/80mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
TRISEPTOL tabletkalari 100mg/20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
AMIKASINA SULFAT inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N5
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
TIAMINA XLORID eritma 1 ml 50 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN eritma 4 ml 250 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SITIKOLIN eritma 4 ml 250 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 109 000 so'mdan Batafsil
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
PROSTATILEN- SINK suppozitorii N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 186 000 so'mdan Batafsil
ONDALEK eritma 4 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ONDALEK eritma 2 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
MELOLEK eritma 1,5 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
KETALGINLONG eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ZOLEDRONOVAYA KISLOTA konsentrat 5 ml 0,8 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ZOLEDRONOVAYA KISLOTA konsentrat 5 ml 0,8 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ZOLEDRONOVAYA KISLOTA konsentrat 5 ml 0,8 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
DESKET eritma 2 ml 25 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9