×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFPODO tabletkalari 200mg N14

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
цефподоксим
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- J01DD13
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TRIXOMID tabletkalari 250mg N20 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. Hindiston
12 000 s`om dan
NIKOSEF poroshok 1,0g N1 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
27 000 s`om dan
AZIMAK kapsulalar 250mg N3 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
33 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEFPODO tabletkalari 200mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEFPODO

CEFPODO

Preparatning savdo nomi: Sefpodo

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefpodoksim

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg sefpodoksim (sefpodoksim proksetili shaklida);

yordamchi moddalar: kalsiy karmelloza, natriy kroskarmelloza, natriy laurilsulfati, gidroksipropilsellyuloza, laktoza monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: oq opadri Y-1-7000 (gipromelloza, polietilenglikol, titan dioksidi).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Boshqa β-laktam antibakterial preparatlar. Uchinchi avlod sefalosporinlar.

ATX kodi: J01DD13

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sefpodo sefalosporinlar sinfiga mansub, keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan yarimsintetik antibiotikdir. Sefpodoksim proksetili – olddori bo‘lib, faol metaboliti bo‘lib sefpodoksim hisoblanadi. Sefpodoksimning bakterisid faolligi hujayra devori sintezini susaytirishdan iborat.

Sefpodoksim aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae (penisillinazaga chidamli shtammlaridan tashqari), Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (C, F, G guruhlari); aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae (shu jumladan β-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Citrobacter diversus, Klebsiella oxytoca, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Haemophilus parainfluenzae; anaerob grammusbat mikroorganizmlar: Peptostreptococcus magnus larga nisbatan faol.

Sefpodoksim Streptococcus spp. (D guruhi), Staphylococcus spp., Corynebacterium spp. metisillinga rezistent shtammlari (J va K guruhlari), Pseudomonas spp. (shuningdek Pseudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. larga nisbatan faol emas. Anaeroblarga nisbatan, shu jumladan Bacteroides, Campylobacter, Yersinia larning ko‘pchilik turlariga nisbatan kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides xrosomalari ishlab chiqaradigan sefalosporinazalar tomonidan parchalanadi.

Farmakokinetikasi

Sefpodoksim proksetili – olddori bo‘lib, me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan so‘riladi va faol metaboliti – sefpodoksimgacha deeterifikasiyalanadi. 100 mg sefpodoksim proksetil och qoringa qabul qilinganida, qabul qilingan sefpodoksimning taxminan 50% tizimli ravishda so‘riladi. Terapevtik dozalari (100 mg dan 400 mg gacha) qabul qilinganida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti taxminan 2-3 soatni tashkil etadi va yarim chiqarilish davri 2,09 soatdan 2,84 soatgacha o‘zgarib turadi. Maksimal konsentrasiyasining o‘rtacha qiymati 100 mg dozada qabul qilinganida taxminan
1,4 mkg/ml, 200 mg dozada – 2,3 mkg/ml va 400 mg dozada – 3,9 mkg/ml ni tashkil etadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda preparatning 400 mg gacha bo‘lgan dozalari har 12 soatda ko‘p marta qabul qilinganidan so‘ng preparatni to‘planishi ham, boshqa farmakokinetik ko‘rsatkichlarini ahamiyatli o‘zgarishi ham kuzatilmaydi.

Sefpodoksimning 22 dan 33% gacha bo‘lgan qismi zardob oqsillari bilan va 21 dan 29% gacha bo‘lgan qismi – plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.

Dozasining taxminan 30-35% siydik bilan o‘zgarmagan holda 12 soat davomida chiqariladi.

Keksa yoshdagi shaxslarda (shu jumladan bronx-o‘pka infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda) yarim chiqarilish davrini biroz uzayishi va qondagi konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi, ammo bunda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, buyrak faoliyati past bo‘lgan pasientlar bundan mustasno. Keksa yoshdagi pasientlarda sefpodoksimning plazmadan yarim chiqarilish davri o‘rtacha 4,2 soat (yosh pasientlarda 3,3 soat) ni tashkil etadi. Boshqa farmakokinetik ko‘rsatkichlari (maksimal konsentrasiyasi, AUC (egri chiziq ostidagi maydon) va maksimal konsetrasiyasiga erishish vaqti) o‘zgarmasdan qoladi.

 

Qo‘llanilishi

  • yuqori nafas yo‘llarini Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus influenzae yoki Moraxella (Branhamella) catarrhalis tomonidan chaqirilgan infeksiyalar, shu jumladan o‘tkir o‘rta quloq otiti, sinusit, tonzillit va faringit;
  • pneumoniae yoki H. influenzae tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • pneumoniae, H. influenzae yoki M. catarrhalis tomonidan chaqirilgan surunkali bakterial bronxitni zo‘rayishi;
  • Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan, o‘tkir asoratlanmagan uretral yoki servikal gonoreya;
  • ayollarda Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan o‘tkir asoratlanmagan anorektal infeksiyalar;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning Staphylococcus aureus yoki Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infeksiyalari;
  • Haemophilus influenzae, Streptococcus pneumoniae yoki Moraxella catarrhalis tomonidan chaqirilgan o‘tkir yuqori jag‘ sinusiti;
  • siydik chiqarish yo‘llarini Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis yoki Staphylococcus saprophyticus tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infeksiyalari (sistitlar) da qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sefpodo ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Infeksiyalar Umumiy sutkalik dozasi Dozalash tartibi Davolash davomiyligi
Yuqori nafas yo‘llarini Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus influenzae yoki Moraxella (Branhamella) catarrhalis tomonidan chaqirilgan infeksiyalari, shu jumladan o‘tkir o‘rta quloq otiti, sinusit, tonzillit va faringit Sinusit: 400 mg

Yuqori nafas yo‘llarining boshqa infeksiyalari:

200 mg

Sinusit: 200 mg har 12 soatda

Yuqori nafas yo‘llarining boshqa infeksiyalari: 100 mg (1/2 tabletka) dan har 12 soatdan

5-10 kun
S. pneumoniae yoki H. influenzae tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 400 mg 200 mg dan

har 12 soatda

14 kun
S. pneumoniae, H. influenzae yoki M. catarrhalis tomonidan chaqirilgan surunkali bakterial bronxitni zo‘rayishi 400 mg 200 mg dan

har 12 soatda

10 kun
Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan, o‘tkir asoratlanmagan uretral yoki servikal gonoreya yoki ayollardagi anorektal infeksiyalar 200 mg bir marta bir marta
Teri va yumshoq to‘qimalarni Staphylococcus aureus yoki Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infeksiyalari 800 mg 400 mg dan

har 12 soatda

7 kundan 14 kungacha
Haemophilus influenzae, Streptococcus pneumoniae yoki Moraxella catarrhalis tomonidan chaqirilgan o‘tkir yuqori jag‘ sinusiti 400 mg 200 mg dan

har 12 soatda

10 kun
Siydik chiqarish yo‘llarini Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis yoki Staphylococcus saprophyticus tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infeksiyalari (sistitlar) 200 mg 100 mg

(1/2 tabletka) dan

har 12 soatda

7 kun

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar uchun, shuningdek jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Umuman olganda, keksa va yosh pasientlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligida farqlar kuzatilmaydi.

Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min) bo‘lgan pasientlar uchun preparatning dozalarini qabul qilishlar o‘rtasidagi interval 24 soatgacha uzaytirilishi kerak.

Gemodializdagi pasientlar uchun preparatni dozalash tezligi gemodializdan so‘ng haftada 3 marta bo‘lishi kerak.

2 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sefpodoksimni suspenziya dori shaklida qo‘llash afzaldir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), uchrash tezligi noma‘lum – uchrash tezligini ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholanishi mumkin emas.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, funksional diareya; tez-tez emas – qusish, qorinda og‘riq; uchrash tezligi noma‘lum – soxta membranoz kolit, qabziyat, gastrit, disbakterioz (Clostridium difficile o‘sishi), so‘lakni oqishi, meteorizm, ishtahani pasayishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh aylanishi, bosh og‘riqlari, kuchli toliqish; uchrash tezligi noma‘lum – ta‘sirchanlik, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tushlar ko‘rish.

Nafas tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – yo‘tal.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – arterial bosimni pasayishi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – trombositopeniya, uchrash tezligi noma‘lum – neytropeniya, trombositoz, leykositoz, leykopeniya, limfositoz, granulositoz, bazofiliya, monositoz, limfositopeniya, burundan qon ketishi.

Siydik tanosil tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – hayz ko‘rish siklini buzilishi.

Laborator ko‘rsatkichlar: kam hollarda – giperbilirubinemiya; uchrash tezligi noma‘lum – “jigar” transaminazalari, ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza, gamma-glutamiltransferazalarning faolligini oshishi, mochevina, kreatininning konsentrasiyasini oshishi, giper- yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya, gemoglobinni pasayishi, musbat Kumbs reaksiyasi, protrombin vaqtini uzayishi.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – teri toshmasi, eshakemi; uchrash tezligi noma‘lum – qichishish, eozonofiliya, angionevrotik shish, isitma, anafilaktik shok.

Boshqalar: kam hollarda – holsizlik; uchrash tezligi noma‘lum – ko‘krakda og‘riq, kuchli terlash bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • sefpodoksimga yoki sefalosporin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda;
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sefpodo preparati quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llaganida:

  • ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan antixolinergik preparatlar bilan – sefpodoksimning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga erishish vaqti kechikadi, preparatni so‘rilish darajasi o‘zgarishsiz qoladi;
  • probenesid bilan – sefpodoksimning buyrak ekskresiyasi ingibisiya bo‘ladi va natijada boshqa β-laktam antibiotiklari bilan bo‘lgani kabi, AUC va maksimal konsentrasiyasi oshadi.
  • nefrotoksik ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar bilan – nefrotoksiklik rivojlanishi mumkin, garchi sefpodoksim proksetil bilan monoterapiya o‘tkazilganida nefrotoksiklik kuzatilmagan;
  • antasidlar (natriy karbonati va alyuminiy gidroksidi) N2-blokatorlar (simetidin) ning yuqori dozalari bilan – praparatning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi va so‘rilish darajasi kamayadi. Bunday o‘zaro ta‘sir natijasida so‘rilish darajasini ko‘rinishi o‘zgarmaydi.
  • sefalosporinlar, shu jumladan sefpodoksim proksetil, Kumbs sinamasini musbat reaksiyasini chaqirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat penisillin qatori antibiotiklariga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan pasientlarga buyurilganida, β-laktam antibiotiklari o‘rtasida kesishgan allergik reaksiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Allergik reaksiya rivojlanganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. preparatga nisbatan jiddiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida epinefrin bilan davolash va boshqa shoshilinch choralarni ko‘rish, jumladan oksigenasiya, vena ichiga suyuqliklar, antigistamin preparatlarni yuborish va klinik ko‘rsatmalarga qarab, ventilyasion davolash o‘tkazish talab etilishi mumkin.

Soxta membranoz kolitni rivojlanishi deyarli barcha antibakterial dori vositalari, shu jumladan sefpodoksim qo‘llanganida ham kuzatilgan. Shuning uchun antibakterial preparatlarni qabul qilgandan so‘ng diareya kuzatiladigan pasientlarda ushbu tashxisni inobatga olish muhimdir.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda va homila uchun kuzatilishi mumkin havf nisbatini baholab, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

2 oylikkacha bo‘lgan go‘daklarda preparatni qo‘llashni klinik tajribasi yo‘qligi tufayli, ularga preparatni qo‘llash mumkin emas. Pediatriya amaliyotida sefpodoksimning suspenziya dori shaklini qo‘llash tavsiya etilgan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Dori vositasining nojo‘ya ta‘sirilarini hisobga olib, avtomobil va potensial havfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort, diareya.

Davolash: gemodializ yoki peritoneal dializ, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 yoki 15 tabletka blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

7 yoki 10 tabletka blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFPODO tabletkalari 200mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFPODO tabletkalari 200mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFPODO tabletkalari 200mg N14 dori vositasi World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFPODO tabletkalari 200mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFPODO tabletkalari 200mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
SEFPODO tabletkalari 200mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
SEFPOD tabletkalari 100mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
DOKSSEF poroshok 100ml 40mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
AUROPODOKS poroshok 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
AUROPODOKS 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
SEFDOKSIM tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gufik Avitsenna, СП ООО
SEFDOKSIM tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gufik Avitsenna, СП ООО
TAMBAK 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
TAMBAK 50 poroshok 36g 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
AUROPODOKS 100 tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
SEFPODO tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
SEFPOD tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 34 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LOKSIDOL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Meloksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
MEDROLGIN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ketorolak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 37 500 so'mdan Batafsil
SEFPODO tabletkalari 200mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
SEFPODO tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9