×
×
  • SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01MA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ROVAMISIN tabletkalari 1,5 mln.ME N16 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi S.p.A. Italiya
LAKS 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
47 000 s`om dan
DALADIK inyeksiya uchun eritma 2ml 300mg/2ml N5 Caspian Tamin Pharmaceutical Co Eron
261 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIPROLOKS – 500

CIPROLOX – 500

 

Preparatning savdo nomi: Siproloks -500

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin (siprofloksasin gidroxloridi ko‘rinishida).

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

faol modda: 500 mg siprofloksasinga ekvivalent siprofoloksasin gidroxloridi – 550 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal, talk, magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, titan dioksidi.

Ta‘rifi: oq rangli oval, bir tomoni tekis va bir tomoni riskali, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: sintetik antibakterial vosita (ftorxinolonlar guruhi).

ATX kodi: J01MA02

Farmakologik xususiyatlari

Ftorxinolonlar guruhiga mansub, keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Ham ko‘payish bosqichidagi, ham tinch holatda bo‘lgan mikroorganizmlarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi bakteriyalarning ko‘payish davridagi xromosomalarning segmentar despiralizasiya va spiralizasiya jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan DNK-giraza fermentini ingibisiya qilishi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga ko‘k yiring, gemofil va ichak tayoqchalari, shigellla, salmonella, miningokokk, gonokokk, ko‘pgina stafilakokk shtammlariga (penisillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metisillinga rezistentlar), enterokoklarning ayrim turlari, shuningdek kampilobakter, legionella, xlamidiya va mikobakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega. Betta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlarga, penisillinga, III avlod sefalosparinlarga, tetrasiklinga va boshqa  antibiotiklarga chidamli bo‘lgan bakteriyalarga qarshi yuqori samarali vositadir. Preparatga rezistentlik asta sekin rivojlanadi (ko‘p pog‘onali xili). Preparatga Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum rezistentdirlar.

Farmakokinetikasi

Preparat  me‘da-ichak yo‘llarida tez va yaxshi so‘riladi. Preparat qabul qilingan vaqtdan to uni qonda (Smax) aniqlanishigacha bo‘lgan vaqt asosan 30 minutdan kam. Qonda maksimal konsentrasiyaga (Smax)  erishish vaqti 1 soatdan 1.5 soatgacha. Preparatning biokiraolishligi taxminan 70-80% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30-40% ni tashkil qiladi. A‘zolar va to‘qimalarga oson kiradi, gematoensefalik  to‘siq orqali o‘tadi, jigarda qisman biotrasformasiyaga (15-30%) uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-5 soat. Buyrak faoliyatini sezilarli darajada  buzilganida bu ko‘rsatkichlar oshishi (12 soatga qadar oshishi) mumkin.

Asosan o‘zgarmagan holda buyrak, shuningdek ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari  (o‘tkir yoki surunkali pielonefrit, obstruktiv litiaz, sistit, siydik yo‘llarining asoratli va qaytalanuvchi infeksiyalari, prostatit, epididimit).

Nafas yo‘llarining infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o‘pka absessi, infeksiyalangan bronxoektazalar, surunkali bronxitni zo‘rayishi).

Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohat infeksiyalari, absesslar, sellyulitlar, tashqi otitlar, infeksiyalangan kuyishlar).

Me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar).

Qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘idagi absess, xolangit, xolesistit, o‘t pufagi empiemasi), ko‘z, o‘rta quloq va qo‘shimcha bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari, gonoreya (so‘zak), miningit, endokardit, bakteremiya, sepsis va boshqa yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llaniladi.

Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyani oldini olish va davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng butunligicha, ozgina miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Doza infeksiyaning joylashishiga va kechishining og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab individual belgilanadi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha va yaqqol buzilishi bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi (ya‘ni, kreatinin klirensi (KK) 20 ml dan kam bo‘lganida bir martalik doza sutkada 2 marta buyurilganida o‘rtacha minutiga dozaning 50% ni tashkil qilishi kerak yoki odatdagi bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi). Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga).

Asoratlanmagan buyrak kasalliklari va  siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida 0.25-0.5 g dozada sutkada ikki marta buyuriladi; asoratlarda 500-750 mg dan sutkada ikki marta buyuriladi, davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada  0.25-0.5 g bir marta, gonoreya infeksiyalari xlamidiya va mikoplazma bilan birga qo‘shilib kelganda 0.75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Burun-xalqumda meningokokk tashuvchilarda bir marta 0.5 g yoki 0.75 g dozada buyuriladi.

Salmonellani surunkali tashuvchilarda 0.25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomilmitda 0.75 g dan sutkada 2 marta 7-14 kun davomida buyuriladi.

Starhylococcus aureus chaqirgan me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalarida 0.75 g dan har

12 soatda 7-28 kun davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘siri

Me‘da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat xazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, migren, charchoq, xolsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, tremor, periferik nevralgiya, parasteziyalar, ko‘p terlash, xarakat koordinasiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holatlari, depressiya, gallyusinasiyalar, daxshatli  tushlar ko‘rish (bu reaksiyalar preparatni bekor qilishni talab qiladi).

Teri tomonidan: qichishish, eshakemi, fotosensibilizasiya, qizarish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, xushdan ketish, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, serebral trombozlar.

Qon va uning  komponentlari tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, leykositoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, trombositoz.

Siydik chiqarish  tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketish, tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishigacha avj oluvchi  buyrak faoliyatini buzilishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarni shanhillashi, eshitishni vaqtinchalik pasayishi (ayniqsa baland tovushlarga).

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: terida toshmalar, dori ta‘siridagi isitma, kam hollarda Kvinke  shishi, bronxospazm, artralgiyalar,  juda kam hollarda – anafilaktik shok, petexiyalar, gemorragik puffakchalar, mialgiyalar, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi,  Layell sindromi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Siprofloksasinga yoki har qanday xinonolon preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar  (yoshlarda  tog‘aylarni shikastlanishini chaqirishi mumkin), keksalarda, homiladorlik va emizish  davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

 Bir vaqtda buyurilganda ftorxinolinlardan tashqari,  boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalarning  ta‘sirini susayishi aniqlanmagan. Bir vaqtda temir preparatlari, sukralfat, tarkibida alyuminiy, magniy  yoki kalsiy gidroksidini saqlovchi antasidlarni qabul qilish preparatni so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni  birga buyurish orasidagi vaqt intervali 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Tiofillin  bilan bir vaqtda qabul qilish uning  nojo‘ya ta‘sirini kuchaytiradi, bu esa teofillinning dozasini kamaytirish talab etiladi.

Varfarin bilan bir vaqtda  qo‘llaganda varfarinning ta‘siri kuchayadi. Probenesid bilan birga buyurilganda preparatning ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miya qon tomirlari yaqqol aterosklerozida, miyada qon aylanishini buzilishlari, tutqanoq, anamnezda tirishish xurujlari, jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzulishlari bo‘lgan bemorlarga  (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha), keksa yoshli pasientlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak. Preparat  reaksiya tezligini pasayishini chaqirishi mumkin (ayniqsa alkagol bilan bir vaqtda qo‘llaganda), buni mutaxassisligi diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya yuz bergan hollarda soxtamembronoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, bunda darhol preparatni bekor qilish talab etiladi va muvofiq davolash buyuriladi. Preparat bilan davolash davrida ayrim laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining konsentrasiyasini  vaqtincha oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: buyrakni o‘tkinchi shikastlanishi.

Davolash: qusishni chaqirish, me‘dani yuvish, me‘da shirasini neytrallovchi preparatlarni buyurish. Organizmga yetarli miqdordagi suyuqlik tushishini ta‘minlash zarur. Dializ yordamida siprofloksasinning kam miqdorigina (10% kam) chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 tabletka alyumin folga va PVX plyonkali blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin..

Yaroqlilik muddati

3 yil.  

Dorixonalardan berilish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
NOVAZIT tabletkalari 250mg N6
NOVAGRA tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
NOVAGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9