×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Urosimag kapsulalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
кукурузные рыльца, одуванчик лекарственный, толокнянка обыкновенная, черника обыкновенная, экстракт клюквы
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО"Group Asia Pharm"
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 6 ta dorixonasida topildi

ico 93 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 97 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

28 600 s`om dan
BEROTEK N aerozol 100mkg Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Pharma GmbH & Co. KG Germaniya
59 000 s`om dan
AMIKSIN tabletkalari 125mg N6 ОАО «Фармстандарт-Томскхимфарм» Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Buyrak choyi Ortosifon (Orthosiphon stamineus Benth.) Ortosifon bargida ortosifonin glikozidlari (0,01%), alkaloidlar, qattiq yog'lar (2,7%), vino kislotasi (1,5%), limon kislotasi, efir moylari (0,2 – 0,66%), saponinlar saqlaydi,sovunlashtirilgandan keyin α -amirin β - sitosterin va tanin ajralib chiqadi. Tibbiyotda ortosifon preparatlari shish, albuminuriya, azotemiya va buyrak toshlari bilan kechadigan o'tkir va surunkali buyrak kasalliklarida diuretik sifatida ishlatiladi. Diuretik ta'sir karbamid, siydik kislotasi va xloridlarning tanadan chiqarilishini ko'paytiraDi. Ortosifon me'da bezi sekresiyasini va xlorid kislota ishlab chiqarilishini oshiradi.

Oddiy toloknyanka (Arctostaphylos uva-ursi). Toloknyanka barglarida flavonoidlar (kversetin, izokversitin, mirisitrin, giperozid mirisetin), organik kislotalar (olma, prokatex, chumoli) pirogal guruhidagi oshlovchi moddalar, glikozidlar arbutin va metilarbutinlar asosiy moddalarni tashkil etadi.

Toloknyankali maxsulotlar yallig'lanishga, mikroblarga qarshi va diuretik ta'sirga ega. Yallig'lanishga qarshi ta'siri tarkibidagi oshlovchi moddalarga bog'liq. O'simlikning mikroblarga qarshi xususiyatlari arbutin glikozidiga bog'liq bo'lib, u barglar tarkibidagi arbutaza ta'sirida erkin gidroxinon va glyukozaga bo'linadi. Ikkinchi glikozid metilarbutin gidrolizlanib, metil efirni ajratib, gidroxinonni chiqaradi. Toloknyanka barglarining mikrobga qarshi va buyrak to'qimasini ta'sirlantiradigan va siyishni oshiradigan xususiyatlari gidroxInonning ta'siriga bog'liq.

Klyukva (Vaccinium oxycoccos) organik kislotalar (shu jumladan benzoy kislota), pektin moddalari, triterpen birikmalari, flavonoidlar, antosianlar, katexinlar, oshlovchi moddalar, vitamin S karotinoidlar o'z ichiga oladi. Shuningdek Klyukva kaliy va temirga boy.

Klyukva mevalari tarkibidagi ursolik kislota kuchli diuretik ta'sirga ega va buyrak toshlari paydo bo'lishining oldini oladi.

Klyukva siydik yo'li infektsiyalari rivojlanishining oldini olishga samarali yordam beradi. Yangi ma'lumotlarga ko'ra, klyukva tarkibidagi tanin siydik yo'li infektsiyasini keltirib chiqaradigan E.coli (ichak tayoqchasi) bakteriyalarining siydik pufagiga yopishishiga yo'l qo'ymaydi. Klyukva tarkibida mikroblar va viruslar bilan faol kurashadigan proantosianidinlar deb ataladigan elementlar mavjud. Klyukva bu "A turi" elementini saqlovchi yagona mahsulotdir.

Qirqbo'g'im (Equisetum arvense L.) – siydik xaydovchi, qon to'xtatuvchi, gipotenziv, yallig'lanishga qarshi, antisklerotik sifatida qo'llaniladi. Qirqbo'g'imdan ajratilgan 5-glyukozid-lyuteolin mikroblarga qarshi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Qirqbo'g'im ekstrakti suv-tuz almashinuvini optimallashtiradi va siydik tizimi kasalliklarining holatini yaxshilaydi. Siydik kislotasi diatezida qirqbo'g'imning faol moddalari siydikdagi kolloidlar va kristallar o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi va toshlarining, ayniqsa oksalatlarning shakllanishini kechiktiradi. O'simlikning kremniy birikmalari bo'g'imlarning biriktiruvchi to'qimalari va funktsional faolligi jarayonlarida muhim rol o'ynaydi.

Makkajo'hori popugi (Stigmatis Zeae maydis) - achchiq glikozid moddalar 1,15%, saponinlar 3,18%, qattiq yog'lar 2,5%, kriptosantin, askorbin va pantoten kislota, vitamin K, inozitol, sitosterin, stigmasterollar saqlaydi. Makkajo'xorida kraxmal 61,2%, makkajo'hori yog'i, pentozanlarni ko'p miqdori 7,4%, biotin, nikotin va pantoten kislotasi, kversetin, izokversitin uchraydi. Makkajo'hori popugi Xolesestit, gepatit, urologik kasalliklarda, siydik tosh kasalligida, nefrotik shishda shu jumladan gijja invaziyasida kompleks davo tarkibiga kiradi.

Oddiy Chernika (Vaccínium myrtíllus L.) barglari inulinga, flavonoidlarga, antosianlarga boy. Mevasi uglevodlarni, organik kislotalar, vitaminlar ( S,V1, V2, P, RR) karotin, yuqori miqdorda fenokislotalar (Xin, qaxva, xlorogenli), marganes va temir birikmalaridan tashkil topgan. Chernika organizmning immunitetini oshirish, uning stressga chidamliligi, qon to'xtatuvchi, qon xosil qiluvchi, burishtiruvchi, o't xaydovchi va diuretik sifatida tanilgan.

Dorivor QOqigul (Taraxacum officinale Wigg.). Qoqigul ildizi taraksasin 10% gacha triterpen biriktiruvchi (tarakserol, taraksasterol), sterinlar (p-sitosterin stigmasterin), flavonoidlar (Kosmasiin, lyuteolin-7-glikozid), inulin 24% gacha, qattiq moylar, saxaroza 20% gacha, oqsil 15%, karotin, oshlovchi moddalar, efir moylari saqlaydi. Qoqigul ildizida spirtlar, saponinlar, katta miqdordagi oqsil, C, A, V2 vitaminlari, nikotin kislota mavjud. Qoqigul barglarida temir, kalьtsiy, marganes va fosfor miqdori bargli sabzavotlarga qaraganda yuqori. Ildizlari va barglari yallig'lanishga qarshi, o't xaydovchi, diuretik, terlatuvchi, balg'am ko'chiruvchi, isitma tushiruvchi, ich yumshatuvchi, allergiyaga qarshi va antigelmint ta'sirga ega.

Magniy tsitrati. Organizmga zarur bo'lgan energiyani saqlaydi. Mushaklar kuchsizligi, asablar toliqishi, umumiy charchoq va surunkali charchoq sindromi uchun tavsiya etiladi. Magniy etishmasligi bilan kaliy tanadan chiqariladi, bu esa charchoqqa, kuchning yo'qolishiga va issiqda zaiflikka olib keladi. Bundan tashqari, hujayra ichidagi magniy ATF bilan kompleksda 80-90% ni tashkil qiladi, bu universal tashuvchi va tirik hujayralardagi asosiy energiya akkumulyatori xisoblanadi. Magniy siydik tuzlarini erigan holatda saqlaydi va ularning cho'kma xosil qilishini oldini oladi. Buyraklardagi tosh shakllanishini, hatto kam konsentrasiyalarda ham kristallanishni bostiradi. MD2 + ionlari siydikda oksalat kislotasining 40% gacha bog'lanadi. Kaltsiy birikmalarining cho'kmaga tushishini oldini oladi. Bu og'ir metall tuzlari bilan zaharlanganda antidot xisoblanadi.

Faol moddalar:

Magniy tsitrati (Magnesium citrate)                                        - 150mg

Oddiy toloknyanka (Arctostaphylos uva-ursi)                            - 80mg

Klyukva (Vaccinium oxycoccos)                                                  - 80mg

Makkajo'hori popugi (Stigmatis Zeae maydis)                          - 80mg

Buyrak choyi ortosifon (Orthosiphon stamineus Benth) - 80mg

Oddiy Chernika (Vaccínium myrtíllus L.)                                   - 40mg

Dorivor QOqigul (Taraxacum officinale Wigg.)                        - 40mg

Qirqbo'g'im (Equisetum arvense L.)                                           - 40mg

Maxsulot odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Kam xollarda: allergik reaktsiyalar, holsizlik.

Biologik faol qo'shimcha sifatida asosiy davolash fonida qo'llaniladi.

-siydik ajratish va jinsiy organlarning o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarida (uretrit, tsistit, pielonefrit, vulvit, vaginit);

-buyrak toshi (nefrolitiaz), siydik qopi tosh kasalliklari;

-nefrotik sindrom;

- arterial gipertenziya;

- I-II-III darajali surunkali yurak etishmovchiligida (yurak glikozidlari bilan birga);

- surunkali virusli gepatit;

- xolesistit, jigar tsirrozi, assit, gelmintlar invaziyasi.

Giperasidli gastrit, me'da shirasi kislotasini oshishi fonida me'da yoki o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, qon ivishi ko'rsatkichlari oshganda. 14 yoshgacha bo'lgan bolalar.

 

Ogoxlantirish

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.


Iste'molchi tomonidan mustaqil foydalanilsa, qadoqlangan o'ramdagi qo'llash yo'riqnomasiga rioya qilish kerak. Shifokor tomonidan buyurilsa dozani o'zgartirish mumkin. Ichga qabul qilish uchun. Kattalarga va 14 yoshdan katta bolalarga: 1-2 kapsulAdan 2 maxal ertalab va kechqurun ovqatdan keyin. Davolanish davomiyligi: 2 – 8 xafta.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Urosimag kapsulalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Urosimag kapsulalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Urosimag kapsulalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9