×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Гидрохлоротиазид, Валсартан
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «КРКА-РУС»
ATX kodi:
- C09DA03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
VENO RITZ tabletkalari 450mg+50mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
13 000 s`om dan
VAZILIP tabletkalari 20mg N28 КРКА д.д. Sloveniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALSAKOR®

VALSACOR®

 

Preparatning savdo nomi: Valsakor®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): valsartan

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka plenka qobiq bilan qoplangan saqlaydi:

faol modda: valsartan – 320 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, povidon K25, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

qobig‘: ipromelloza 6cp, titan dioksidi, Ye171, temir oksidi bo‘yovchisi  cariq C.I.77492, E172, temir oksidi bo‘yovchisi qizil C.I.77491, E172, makrogol 4000.

Ta‘rifi: ikki tomonlama qabariq kapsulasimon shaklli, bir tomoni riskali, och-jigarrang rangli plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Angiotenzin II reseptorlarining antagonisti.

ATX kodi: S09SA03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Valsartan ichga qabul qilish uchun, nooqsil tabiatli, angiotenzin II reseptorlarining (AT1 turi) selektiv antagonisti xisoblanadi.

AT1 kichik tur reseptorlarini tanlab bloklaydi. AT1-reseptorlarining blokadasini oqibati angiotenzin II ning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi xisoblanadi, u AT2 kichik turini bloklanmagan reseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin, bu AT1-reseptorlarinining samaralarini boshqarishi taxmin qilinadi.Valsartan AT1-reseptorlariga nisbatan agonistik faollikka ega emas. Uning AT1 kichik tur reseptorlariga yaqinligi, AT2 kichik tur reseptorlariga qaraganda taxminan 20000 marta ko‘p.

Valsartan shuningdek kinaza II nomi ostida ma‘lum bo‘lgan angiotenzin-aylantiruvchi fermentni (AAF) ingibisiya qilmaydi, u angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiradi va bradikininni parchalaydi. AAF ga ta‘siri bo‘lmaganligi tufayli, bradikinin va substansiya R ning samaralarini potensiyalamaydi, shuning uchun angiotenzin II reseptorlarining antagonistlarini (ARA II) qabul qilishda quruq yo‘tal rivojlanishini extimoli kam. Valsartan boshqa gormonlar yoki yurak-tomir tizimining faoliyatida ishtirok qiluvchi ionli kanallarning reseptorlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi va ularni bloklamaydi.

18 yoshdan oshgan pasientlardagi arterial gipertenziyada qo‘llanishi

Arterial gipertenziyani (AG) davolashda valsartan yurak qisqarishlar tez-tezligiga (YUQTT) ta‘sir qilmasdan, arterial bosimni (AB) pasaytiradi.

Valsartanning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan keyin antigipertenziv samara 2 soat davomida rivojlanadi, AB maksimal pasayishiga esa 4-6 soat davomida erishiladi. Valsartanning antigipertenziv samarasi u qabul qilingandan keyin 24 soat davomida saqlanadi. Valsartan takror qabul qilinganda AB maksimal pasayishiga, dozadan qat‘iy nazar, 2-4 xafta o‘tgach erishiladi va uzoq muddatli davolashda erishilgan darajada tutib turiladi. Gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llash AB  qo‘shimcha axamiyatli pasayishiga erishish imkoniyatini beradi.

Valsartan qo‘llashni birdan to‘xtatish AB axamiyatli oshishi yoki boshqa noxush ko‘rinishlar bilan birga kechmaydi.

160-320 mg valsartan qabul qilayotgan, AG, 2 tur qandli diabet va nefropatiyasi bo‘lgan pasientlarda, proteinuriyani (albuminni ekskresiyasi) klinik axamiyatli (36-44%) pasayishi kuzatiladi.

18 yoshdan oshgan pasientlarda o‘tkir miokard infarktidan keyin qo‘llanishi

Chap qorincha yetishmasligi va/yoki chap qorinchaning (CHQ) sistolik disfunksiyasi bilan asoratlangan o‘tkir miokard infarkti rivojlanganidan keyin pasientlarda 12 soatdan to 10 kungacha o‘tgach valsartanni qo‘llash, 2 yil davomida umumiy o‘lim, yurak-tomirli o‘lim ko‘rsatgichlarini pasaytirish imkoniyatini beradi va surunkali yurak yetishmovchiligining (SYUE) kechishini zo‘rayishi, takroriy miokard infarkti, yurakni birdan to‘xtashi  va insult (o‘lim bilan yakunlanishsiz) bo‘yicha birinchi gospitalizasiyagacha bo‘lgan vaqtni uzaytiradi.

O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlardagi valsartanning xavfsizlik profili boshqa xolatlardagi shundaylar bilan o‘xshash.

18 yoshdan oshgan pasientlardagi SYUE

NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV sinf SYUE bo‘lgan chap qorincha chiqarib tashlash fraksiyasi (ChQCHTF) 40% dan kam va CHQ ichki yakuniy-diastolik o‘lchami (CHQ YADO‘) 2,9 sm/m2 li pasientlarda 2 yil davomida standart davolash  (AAF ingibitorlari va/yoki diuretiklar va/yoki digoksin va/yoki beta-adrenoblokatorlar) fonida valsartanni qo‘llashda, SYUE kechishini zo‘rayishi bo‘yicha birlamchi gospitalizasiya xavfini axamiyatli pasayishi aniqlangan.

AAF ingibitorlarini olmayotgan pasientlarda, valsartan bilan davolashda umumiy o‘lim, yurak-tomirli o‘lim va SYUE bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanish ishonchli pasayadi. AAF ingibitorlari beta-adrenoblokatorlarsiz qo‘llanganda yurak-tomirli o‘lim va SYUE bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanish ko‘rsatgichlari kamayadi. Valsartan bilan davolash NYHA tasnifi bo‘yicha SYUE FS axamiyatli kamayishiga va yurak yetishmovchiligi simptomlar (xansirash, yuqori charchoqlik, shishlar va o‘pkalardagi «nam» xirillashlar) yaqqolligini kamayishiga olib keladi, xayot sifatini axamiyatli yaxshilaydi (SYUE bo‘lgan pasientlarning xayot sifatini baxolash uchun Minnesota so‘rovnomasi), ChQCHTF ni oshiradi va CHQ YADO‘ ni axamiyatli pasaytiradi.

18 yoshdan katta AG va glyukozaga tolerantlikni buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash

Valsartan qo‘llanganda va hayot tarzi o‘zgarganda bu gurux pasientlarda qandli diabet rivojlanishi xavfini statistik ishonchli pasayishi aniqlangan. Valsartan yurak-tomir xodisalari, miokard infarkti natijasidagi o‘lim va o‘lim bilan yakunlanishsiz ishemik xujumlar tez-tezligiga, SYUE kechishini zo‘rayishi sababi yoki beqaror stenokardiya bo‘yicha gospitalizasiyalar tez-tezligiga, yoshi, jinsi va irqqa taalluqligi bo‘yicha farq qiluvchi glyukozaga tolerantlikni buzilishi va AG bo‘lgan pasientlarda arterial revaskulyarizasiyaga ta‘sir ko‘rsatmagan.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda AG da qo‘llanishi

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda valsartan AB dozaga bog‘liq, tekis pasayishini ta‘minlaydi. Valsartan qo‘llanganda, ichga qabul qilingan dozadan qat‘iy nazar, AB maksimal pasayishiga, odatda 2 xafta davomida erishiladi va uzoq muddatli davolash davomida erishilgan darajada tutib turiladi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin valsartan tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga (Smax) 2-4 soat o‘tgach erishiladi.

Valsartanning mutlaq biokiraolishini o‘rtacha kattaligi 23% ni tashkil qiladi.

Valsartan ovqat bilan qo‘llanganda “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUC) 48% ga kamayadi, garchi, valsartan qabul qilingandan keyin taxminan 8 soatdan boshlab, qon plazmasidagi uning konsentrasiyasi,och qoringa qabul qilgan xolda xam, ovqat bilan qabul qilgan xolda xam, bir xil bo‘ladi. Shunga qaramasdan, AUC ni kamayishi, terapevtik samarasini klinik axamiyatli pasayishi bilan birga kechmaydi, shuning uchun valsartanni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Valsartan axamiyatli darajada (94-97%) qon zardobi oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Valsartanning taqsimlanishini muvozanat xajmi katta emas, taxminan 17 l. Valsartan yaqqol metabolizmga duchor bo‘lmaydi (qabul qilingan dozaning taxminan 20% metabolitlari ko‘rinishida aniqlanadi). Gidroksilli metaboliti qon plazmasida past konsentrasiyalarda (valsartanning AUC dan10% dan kam) aniqlanadi.

Bu metaboliti farmakologik nofaol.

Valsartan ikki fazada chiqariladi: 1 soatdan kam yarim chiqarilish davri (T1/2a) bilan α-faza va β-faza T1/2 – taxminan 9 soat. Valsartan asosan o‘zgarmagan xolda o‘t-safro bilan ichak orqali (taxminan 83%) va buyraklar orqali (taxminan 13%) chiqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin valsartanning plazma klirensi taxminan 2 l/soatni tashkil qiladi va uning buyrak klirensi 0,62 l/soatni (umumiy klirensining taxminan 30% ni) tashkil qiladi. Valsartanning T1/2 6 soatni tashkil qiladi.

Aloxida gurux pasientlaridagi farmakokinetikasi

SYUE li pasientlar

Bu gurux pasientlarda Smax va T1/2 ga erishish vaqti sog‘lom ko‘ngillilardagi shundaylar bilan o‘xshash. AUC va Smax ni oshishi valsartanning dozasini oshishi bilan to‘g‘ri proporsional (40 mg dan 160 mg gacha 2 marta). Kumulyasiya omili o‘rtacha 1,7 ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilganda valsartanning klirensi taxminan 4,5 l/soatni tashkil qiladi. SYUE bo‘lgan pasientlarning yoshi valsartanning klirensiga ta‘sir qilmaydi.

Keksa yoshli pasientlar (65 yoshdan katta)

Ayrim 65 yoshdan oshgan pasientlarda valsartanning tizimli biokiraolishi katta yosh pasientlardagi shundaydan yuqori, lekin buning klinik axamiyati mavjud emas.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyraklar faoliyati va valsartanning tizimli biokiraolishi orasida korrelyasiya mavjud emas. Buyraklar faoliyatini buzilishi va kreatinin klirensi (KK) 10 ml/minutdan yuqori bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini to‘g‘rilash talab etilmaydi. Xozirgi vaqtda gemodializda bo‘lgan pasientlarda qo‘llash xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Valsartan qon plazmasi oqsillari bilan yuqori bog‘lanish darajasiga ega, shuning uchun uni gemodializda chiqarilishini extimoli kam.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda, sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda biokiraolishini (AUC qiymati bo‘yicha) 2 marta oshishi aniqlanadi. Lekin valsartanning AUC qiymatlarini jigar faoliyatining buzilishlari darajasi bilan korrelyasiyasi kuzatilmaydi. Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda valsartanni qo‘llash o‘rganilmagan.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardagi valsartanning farmakokinetikasi 18 yoshdan oshgan pasientlardagi valsartanning farmakokinetikasidan farq qilmaydi.

Qo‘llanilishi

18 yoshdan oshgan pasientlar

  • Arterial gipertenziya.
  • Quyidagi guruxlarning: diuretiklar, yurak glikozidlari, shuningdek AAF ingibitorlari yoki beta-blokatorlarning bir yoki bir necha preparatlari bilan standart davolash olayotgan pasientlardagi surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinfi).
  • Chap qorincha yetishmovchiligi va/yoki chap qorinchaning sistolik disfunksiyasili o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda yashab qolishni oshirish, gemodinamika ko‘rsatgichlari barqaror bo‘lganida.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

  • 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi arterial gipertenziya.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan, sutkada bir marta.

18 yoshdan katta pasientlar

Arterial gipertenziya

Valsakor® preparatini 40 mg, 80 mg, 160 mg, 320 mg dozalarda qo‘llash mumkin.

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza pasientning irqi, yoshi va jinsidan qat‘iy nazar sutkada 1 marta 80 mg ni tashkil qiladi. Antigipertenziv samara davolashni 2 xaftasi davomida rivojlanadi va o‘zining maksimumiga 4 xafta o‘tgach yetadi. AB optimal nazoratiga erishish mumkin bo‘lmagan pasientlarda, Valsakor® preparatining sutkalik dozasi asta-sekin 320 mg maksimal sutkalik dozagacha oshirilishi mumkin.Bir vaqtda diuretiklarni, masalan gidroxlortiazidni qo‘llash, AB ni axamiyatli qo‘shimcha pasayishiga erishish imkoniyatini beradi.

Surunkali yurak yetishmovchildigi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV FS)

Valsakor®  preparatining tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 2 marta 40 mg ni tashkil qiladi. Preparatning dozasini asta-sekin, eng kamida ikki xafta davomida sutkada 2 marta 80 mg gacha, yaxshi o‘zlashtirilishida esa – sutkada 2 marta 160 mg gacha oshirish kerak. Maksimal sutkalik doza  320 mg ikki qabulda. Bir vaqtda diuretiklar qabul qilinganda dozani pasaytirish tavsiya etiladi. SYUE davolash uchun mo‘ljallangan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Lekin AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar va valsartanni majmuaviy qo‘llash tavsiya etilmaydi. SYUE bo‘lgan pasientlarda doimo buyraklar faoliyatini baxolash kerak.

O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda yashab qolishni oshirish

Gemodinamikasi barqaror bo‘lgan pasientlarda davolashni miokard infarktidan keyin 12 soat o‘tishi bilan boshlash kerak. Boshlang‘ich doza sutkada ikki marta 20 mg ni (40 mg Valsakor® preparatining ½ tabletkasi) tashkil qiladi, keyinchalik titrlash usuli bilan bir necha xafta davomida doza, sutkada 2 marta 160 mg maqsadli dozaga erishilguncha,  sutkada 2 marta 40 mg, 80 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza 2 qabulda 320 mg ni tashkil qiladi. Odatda, davolashni o‘zlashtirilishini xisobi bilan davolashni ikkinchi xaftasining oxirida sutkada 2 marta 80 mg gacha va davolashning uchinchi oyining oxirida – sutkada 2 marta 160 mg maksimal maqsadli dozagacha oshirish tavsiya etiladi. Simptomatik arterial gipotenziya yoki buyraklar faoliyatini buzilishi rivojlangan xolda, dozani pasaytirish masalasini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

Valsakor® preparati pasientlarda miokard infarktidan keyin boshqa preparatlar, trombolitiklar, antiagregant vosita sifatida asetilsalisil kislotasi, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) va diuretiklarni xam qo‘shib, davolash fonida qo‘llanishi mumkin. Valsakor® preparatini AAF ingibitorlari RAAT ni ingibisiya qiluvchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda doimo buyraklar faoliyatini baxolash kerak.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

Arterial gipertenziya

Valsakor® preparatining 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi tana vazni 35 kg dan kam bo‘lmagan bolaga 40 mg ni va bola tana vazni 35 kg dan kata bo‘lganda 80 mg ni tashkil qiladi. AB pasayishini xisobi bilan dozani to‘g‘irlash tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozalar quyidagi javdvalda aks ettirilgan. Bundan yuqoriroq dozalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

                      Tana vazni Tavsiya etilgan maksimal sutkalik  doza
                   ≥ 8 kg ≤ 35 kg                             80 mg
                 ≥ 35 kg ≤ 80 kg                            160 mg
                 ≥ 80 kg ≤ 160 kg                            320 mg

SYUE va o‘tkazilgan o‘tkir miokard pasientlarda SYUE va o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarktini davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Pasientlarning aloxida guruxlari

Buyraklar faoliyatini buzilishi

KK 30 ml/minutdan kam yoki, gemodializda bo‘lgan 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda valsartanni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Shuning uchun bunday pasientlarda Valsakor® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. KK 30 ml/minutdan yuqori bo‘lgan 6 dan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Valsakor® preparatining dozasini to‘g‘irlash tavsiya etilmaydi. Buyraklar faoliyatini va qon zardobida kaliy miqdorini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan ko‘p), biliar sirrozi yoki xolestazi bo‘lgan 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Valsakor® preparatini qo‘llash mumkin emas. Xolestaz ko‘rinishlarisiz nobiliar genezli jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ballar) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ballar) buzilishlari bo‘lgan bolalarda valsartan preparatini qo‘llash tajribasi cheklangan. Bunday pasientlarda valsartanning maksimal sutkalik dozasi 80 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ko‘rinishlar (NK) rivojlanishining tez-tezligi plasebo bilan solishtirarli. NK rivojlanish tez-tezligini doza yoki davolashning davomiyligiga, shuningdek pasientning yoshi, jinsi yoki irqqa taalluqligiga bog‘liqligi bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas. 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan AG li pasientlardagi valsartanning xavfsizlik profili 18 yoshdan oshgan AG li pasientlardagi valsartanning xavfsizlik profilidan farq qilmaydi.

Nojo‘ya samaralar rivojlanishining tez-tezligini Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifi:

juda tez-tez                           ≥ 1/10

tez-tez                                    ≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha

tez-tez emas                           ≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha

kam                                         ≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha

juda kam                               ≤ 1/10000

tez-tezligi noma‘lum         bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baxolash mumkin emas.

Klinika amaliyotida va laboratoriya taxlillarida aniqlangan valsartanning xamma NK paydo bo‘lishining qanday-bo‘lmasin tez-tezligiga kiritish mumkin emas, shuning uchun ular “tez-tezligi noma‘lum” guruxiga kiritilgan.

Arterial gipertenziya

Qon yaratish a‘zolari tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin, gematokritni pasayishi, neytropeniya, trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, zardob kasalligini xam qo‘shib.

Moddalar almashinuvi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliyning miqdorini oshishi, giponatriemiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

tez-tez emas: vertigo.

Yurak-tomir tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.

Nafas tizimi tomonidan:

tez-tez emas: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:

tez-tez emas: qorin og‘rig‘i.

tez-tezligi noma‘lum: jigar faoliyatini buzilishi, qon plazmasida bilirubinning konsentrasiyasini oshishini xam qo‘shib.

Teri qoplamalari tomonidan:

juda kam: angionevrotik shish, teri toshmasi, terini qichishishi.

tez-tezligi noma‘lum: bullez dermatit.

Tayanch-xarakat tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: buyraklar faoliyatini buzilishi, qon zardobida kreatininning konsentrasiyasini oshishi.

Boshqalar

tez-tez emas: yuqori charchoqlik.

Shuningdek klinik tekshirishlar davomida AG bo‘lgan papsientlarda quyidagi NK kuzatilgan (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan): artralgiya, asteniya, orqada og‘riq, diareya, bosh aylanishi, uyqusizlik, libidoni pasayishi, ko‘ngil aynishi, periferik shishlar, faringit, rinit, sinusit, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, virusli infeksiyalar.

O‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti va/yoki SYUE bo‘lgan katta pasientlarda klinik tekshirishlarda xavfsizlik profili AG bo‘lgan pasientlardagi shundaylardan biroz farq qiladi. Bu kasallikning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV FS) va o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarning yashab qolishini oshishi

Qon yaratish a‘zolari tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, zardob kasalligini xam qo‘shib.

Moddalar almashinuvi tomonidan:

tez-tez emas: giperkaliemiya;

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliyning miqdorini oshishi, giponatriemiya.

Nerv tizimi tomonidan:

tez-tez: bosh aylanishi, ortostatik (postural) bosh aylanishi;

tez-tez emas: xushdan ketish, bosh og‘rig‘i.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

tez-tez emas: vertigo.

Yurak-tomir tizimi tomonidan:

Tez-tez: AB yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya;

Tez-tez emas: yurak yetishmovchiligi simptomlarini kuchayishi;

tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.

Nafas tizimi tomonidan:

tez-tez emas: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:

tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, diareya;

tez-tezligi noma‘lum: jigar faoliyatini buzilishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

juda kam: angionevrotik shish,.

tez-tezligi noma‘lum: teri toshmasi, terini qichishishi, bullez dermatit.

Tayanch-xarakat tizimi tomonidan:

juda kam: rabdomioliz;

tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan:

Tez-tez: buyraklar faoliyatini buzilishi;

Tez-tez emas: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; qon zardobida kreatininning konsentrasiyasini oshishi;

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida mochevinaning qoldiq azoti konsentrasiyasini oshishi.

Boshqalar

tez-tez emas: asteniya, yuqori charchoqlik.

Shuningdek klinik tekshirishlar davomida o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarktidan keyin va/yoki SYUE bo‘lgan pasientlarda quyidagi NK kuzatilgan (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan): artralgiya, qorin og‘rig‘i, orqada og‘riq, asteniya, uyqusizlik, libidoni pasayishi, neytropeniya, periferik shishlar, faringit, rinit, sinusit, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, virusli infeksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Valsartanga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Xomiladorlik va emizish davri.
  • Qandli diabeti yoki buyraklar faoliyatini buzilishi (KK 50 ml/minutdan kam) bo‘lgan pasientlarda aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash.
  • Arterial gipertenziya ko‘rsatmasi bo‘yicha – 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 18 yoshgacha – boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha.
  • Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi.
  • Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori), biliar sirroz va xolestaz.

Extiyotkorlik bilan: 18 yoshdan katta pasientlardagi buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (KK 10 ml/minutdan kam), 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi buyraklar faoliyatini buzilishi (KK 30 ml/min), shu jumladan gemodializda bo‘lganlar, aortal va/yoki mitral klapanning stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP), surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinfi), buyrak transplantasiyasidan keyingi xolat, gemodializ, giponatriemiya, osh tuzini iste‘mol qilish cheklangan parxez, buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi, giperkaliemiya, giperaldosteronizm, nasliy angionevrotik shishi, yoki ARA II yoki AAF ingibitorlari bilan oldingi davolash fonidagi shishi bo‘lgan pasientlardagi aylanayotgan qon xajmini (AQX) pasayishi bilan birga kechuvchi xolatlar (shu jumladan diareya, qusish), xolestaz ko‘rinishlarisiz nobiliar genezli jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ballar) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ballar) buzilishlari (valsartanning maksimal sutkalik dozasi 80 mg dan oshmasligi kerak), ARA II ni AAF ingibitorlari kabi renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAT) ingibisiya qiluvchi boshqa dori vositalari va aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash.

ARA II ni, valsartanni xam qo‘shib, AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ularni bir vaqtda qo‘llash umumiy o‘lim ko‘rsatgichiga nisbatan, valsartan yoki AAF ingibitori bilan monoterapiya oldida afzallikka ega emas.

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Angiotenzin II reseptorlarining antagonistlarining ta‘sir mexanizmini xisobga olib, xomila uchun xavfni istisno qilish mumkin emas. Preparatni xomiladorlikning II-III qo‘llash mumkin emas, chunki xomiladorlikning II-III oyliklarida fetotoksik samaralar (buyraklar faoliyatini pasayishi, kamsuvlik, xomila bosh suyaklarining suyaklanishini sekinlashishi) va neonatal toksik samaralar (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliemiya) chaqirishi mumkin. Agar xomiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llangan bo‘lsa, xomilaning buyraklari va bosh suyaklarini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak.

RAAT ga bevosita ta‘sir qiluvchi xar qanday boshqa preparat kabi Valsakor® preparatini, xomiladorlik vaqtida, shuningdek xomiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. Xomiladorlik rejalashtirilganda xavfsizlik profilini xisobi bilan pasientni muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish tavsiya etiladi.

RAAT ga ta‘sir qiluvchi vositalar qo‘llanganda, bola tug‘ish yoshidagi ayollarni bu preparatlarni xomiladorlik vaqtida xomilaga salbiy ta‘sirini potensial xavfi borligi xaqida xabardor qilish kerak. Xomiladorlik tasdiqlanganda Valsakor® preparatini iloji boricha erta bekor qilish kerak.

Valsartanni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma‘lum. Laktasiya davrida Valsakor® preparatini qo‘llashni zarurati bo‘lganda, emizishni to‘xtatish kerak.

Valsartanni qo‘llash erkak va urg‘ochi kalamushlarda sutkada 200 mg/kg gacha dozalarda ichga qabul qilganda reproduktiv faoliyatga noxush ta‘sir ko‘rsatmagan. Ko‘rsatilgan doza mg/m2 ga qayta xisoblaganda odamga tavsiya etiladigan maksimal sutkalik dozadan 6 marta yuqori (xisoblar pasientning tana vazni 60 kg va ichga qabul qilganda sutkada 320 mg xisobida xisoblangan).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas

Qandli diabeti yoki buyraklar faoliyatini buzilishi (KK 60 ml/minutdan kam) bo‘lgan pasientlarda ARA II, valsartanni xam qo‘shib, yoki AAF ingibitorlarini aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Litiy

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini qaytuvchi oshishi va intoksikasiya rivojlanishi mumkin. Valsartanni diuretiklar va litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash,litiyning konsentrasiyasini qo‘shimcha oshishiga va intoksikasiya rivojlanishi xavfini oshishiga yordam berishi mumkin. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganda, qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi ozuqa qo‘shimchalari va qon zardobida kaliyning miqdorini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari va moddalar (masalan, geparin)

Kaliyning miqdoriga ta‘sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganda, qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Extiyotkorlik bilan  bir vaqtda qo‘llash

RAAT ni ikki tomonlama blokadasi

Ayrim pasientlarda RAAT ni ikki tomonlama blokadasi arterial gipotenziya, xushdan ketish, giperkaliemiya va buyraklar faoliyatini buzilishi (O‘BE ni xam qo‘shib) rivojlanishi bilan birga kechgan.

ARA II ni, valsartanni xam qo‘shib, AAF ingibitorlari yoki aliskiren kabi RAT II ga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), shu jumladan siklooksigenaza-2 ning (SOG-2) selektiv ingibitorlari, sutkada 3 g dan ko‘p asetilsalisil kislota va noselektiv NYAQV

Bir vaqtda qo‘llanganda antigipertenziv samarani susayishi, buyraklar faoliyatining buzilishlari rivojlanishi xavfini oshishi va qon plazmasida kaliyning miqdorini oshishi mumkin.

Davolashni boshida buyraklar faoliyatini baxolash, shuningdek suv-elektrolit balansining buzilishlarini to‘g‘irlash tavsiya etiladi.

Tashuvchi oqsillarning ingibitorlari

In vitro tekshirishlarning natijalari bo‘yicha valsartan jigar tashuvchi oqsillari OATR1V/OATR1V3 va MRP2 ingibitorlarini (masalan, ritonavir) bir vaqtda qo‘llash, valsartanning tizimli ekspozisiyasini (Smax va AUC) oshirishi mumkin. Buni bir vaqtda davolashni boshida va tugaganida xisobga olish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘sirini yo‘qligi

Quyidagi dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan: simetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenolol, indometasin, gidroxlortiazid, amlodipin va glibenklamid.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

Bolalar va o‘smirlarda AG ko‘pincha buyraklar faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq. RAAT ga ta‘sir qiluvchi boshqa dori vositalari bilan valsartanni bir vaqtda qo‘llash, bunday pasientlarda qon plazmasida kaliyning miqdorini oshishini chaqirishi mumkin. Bu gurux pasientlarda yuqorida ko‘rsatilgan majmualarni bir vaqtda qo‘llashda extiyotkorlikka rioya qilish va muntazam buyraklar faoliyatini va qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

AG bo‘lgan pasientlarda Valsakor® preparatini qo‘llashda laboratoriya ko‘rsatgichlarini muntazam nazorat qilish talab etilmaydi.

Giponatriemiya va/yoki degidratasiya

Yaqqol giponatriemiya va/yoki degidratasiyasi, masalan, diuretiklarning katta dozalarini qabul qilish oqibatida, bo‘lgan pasientlarda, kam xollarda Valsakor® preparati bilan davolashni boshida klinik ko‘rinishlari bilan arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Davolashni boshlash oldidan natriy miqdorini tiklash va/yoki AQX ni tiklash tavsiya etiladi, xususan, diuretiklarning dozasini kamaytirish yo‘li bilan.

Klinik ko‘rinishlari bilan arterial gipotenziya rivojlanganda: pasientni gorizontal xolatga keltirish va, zarurati bo‘lganda, vena ichiga natriy xloridining 0,9% li eritmasini yuborish Valsakor preparati bilan davolashni faqat gemodinamika ko‘rsatgichlari barqarorlangandan keyin davom ettirish mumkin.

Giperkaliemiya

Kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi ozuqa qo‘shimchalari yoki qon zardobida kaliyning miqdorini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlarni (masalan, geparin) bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish kerak.

Buyrak arteriyasini stenozi

Yakka buyrak arteriyasini bir tomonlama stenozi oqibatida ikkilamchi rivojlangan renovaskulyar gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda valsartanni davomli bo‘lmagan vaqt qo‘llash, buyrak gemodinamikasi ko‘rsatgichlarini, qon zardobida kreatinin yoki mochevina azoti konsentrasiyalarini axamiyatli o‘zgarishlari bilan birga kechmagan.

RAAT ga ta‘sir qiluvchi boshqa preparatlarni buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasini stenozi bo‘lgan pasientlarda qon zardobidamochevina va kreatininning konsentrasiyalarini oshirish qobiliyatiga ega ekanligi tufayli, extiyotkorlik chorasi sifatida bu ko‘rsatgichlarni doimo nazorat qilish tavsiya etiladi.

Buyrak transplantasiyasi o‘tkazilgandan keyingi xolat

Yaqinda buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarda Valsakor® preparatining xavfsizligi aniqlanmagan.

Birlamchi giperaldosteronizm

Birlamchi giperaldosteronizmi bo‘lgan pasientlar RAAT ga ta‘sir qiluvchi gipotenziv preparatlarga rezistentdirlar, shuning uchun bunday pasientlarda Valsakor® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Aortal va/yoki mitral klapanlarning stenozi, GOKMP

Valsartan preparatini aortal va/yoki mitral klapanlarning gemodinamik axamiyatli stenozi yoki GOKMP bo‘lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak

Buyraklar faoliyatini buzilishi

Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi. Chunki og‘ir buyrak yetishmovchiligida (KK 10 ml/mindan kam yoki 0,167 m/s) va gemodializda bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, bunday xollarda  preparatni extiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ARA II ni, valsartanni ham qo‘shib, yoki AAF ingibitorlari aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatining xolestaz ko‘rinishlarisiz nobiliar genezli yengil yoki o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Valsakor® preparatini 320 mg dozada qo‘llash mumkin emas, chunki maksimal sutkalik doza 80 mg dan oshmasligi kerak.

Anamnezdagi angionevrotik shish

Anamnezida angionevrotik shishi bo‘lgan pasientlarda (nafas yo‘llarining obstruksiyasini chaqiruvchi xalqum va tovush boylamlarining shishi va/yoki yuz, lablar, tomoqni va/yoki tilni shishi) Valsakor® preparati bilan davolash fonida, angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlariga ham, rivojlanish xollari kuzatilgan. Angionevrotik shish rivojlanganda darxol preparatni bekor qilish va takroriy qo‘llash imkoniyatini istisno qilish kerak.

Arterial gipertenziya

AG da Valsakor® preparatini monoterapiyada va boshqa gipotenziv vositalar, xususan diuretiklar bilan qo‘llash mumkin.

SYUE/o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarning yashab qolishini oshirish

Valsakor® preparatini o‘tkir miokard infarktida qo‘llanadigan boshqa dori vositalari (trombolitiklar, antiagregant vosita sifatida asetilsalisil kislota, beta-adrenoblokatorlar va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) bilan majmuada qo‘llash mumkin. Bu gurux pasientlarda Valsakor® preparati va AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu majmuaviy davolash qo‘shimcha klinik samaraga olib kelmaydi va aloxida ikki preparatlar bilan davolash bilan solishtirganda noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshishi bilan birga kechadi.

SYUE bo‘lgan pasientlarda uchlik majmuaviy davolash: Valsakor® preparati, AAF ingibitori va beta-adrenoblokator tavsiya etilmaydi, chunki qo‘shimcha klinik samaraga olib kelmaydi va noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshishi bilan birga kechadi.

SYUE yoki o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda Valsakor® preparatini qo‘llash, odatda, dozalash bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qilinganda preparatni bekor qilishsiz, ko‘pincha AB ni katta bo‘lmagan pasayishiga olib keladi.

Buyraklar faoliyati RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan pasientlarda (masalan, NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV FS SYUE bo‘lgan pasientlarda), AAF ingibitorlari va ARA II bilan davolash, oliguriya va/yoki azotemiyani yuksalishi, kam xollarda esa – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki o‘lim bilan birga kechadi. Valsartan  ARA II bo‘lganligi tufayli, u qo‘llanganda buyraklar faoliyatini yomonlashishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas.SYUE yoki o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda davolashni extiyotkorlik bilan boshlash kerak. Pasientlarni tekshirishda doimo buyraklar faoliyatini baxolash kerak.

Yordamchi moddalar bo‘yicha maxsus ma‘lumot

Valsakor® preparati laktoza saqlaydi, shuning uchun preparatni laktoza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki arterial gipotenziya fonida bosh aylanishi yoki kuchsizlik rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB yaqqol pasayishi, u ongni buzilishiga, kollapsga va/yoki shoka olib kelishi mumkin.

Davolash: simptomatik, uning xarakteri preparat qabul qilgandan keyingi o‘tgan vaqt, va simptomlarning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Tasodifan doza oshirib yuborilganda qusishni chaqirish (agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa) yoki me‘dani yuvishni o‘tkazish kerak.

AB yaqqol pasayganda bemorni oyoqlari yuqoriga ko‘tarilgan xolda chalqancha «yotgan” xolatga keltirish kerak; keyin  yurak-tomir va nafas tizimlari faoliyatini, AQX ni tutib turishga qaratilgan choralarni (vena ichiga nartiy xloridining 0,9% li eritmasini yuborish) o‘tkazish va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 320 mg. 14 yoki 15 tabletkadan PVX/PE/PVDX folga va alyumin folga blisterda.

2,4 yoki 6 blisterdan (blister 14 yoki 15 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

30 S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bilan beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30 dori vositasi ООО «КРКА-РУС» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
VALZ N tabletkalari 160g+12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Валсартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Balkanpharma-Dupnitsa AD
VALZ N tabletkalari 160 mg+12,5 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Валсартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Balkanpharma-Dupnitsa AD
VALZ N tabletkalari 80 mg+12,5 mg N14
VALSAKOR N80 tabletkalari 80mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Валсартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
VALSAKOR N160 tabletkalari 160mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Валсартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
Narh: 103 600 so'mdan Batafsil
VALZ N tabletkalari 80g+12,5mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Валсартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Balkanpharma-Dupnitsa AD
DIOKOR tabletkalari 80mg/12,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Валсартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Асино,ООО произведено Фарма Старт,ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOLISIN tabletkalari 400mg N10
NOLISIN tabletkalari 400mg N20
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
FLEBAVEN tabletkalari 0,5g N64
FLEBAVEN 0,5 tabletkalari 0,5g N32
BRAVADIN 0,0075 tabletkalari N28
BRAVADIN 0,0075 tabletkalari N56
BRAVADIN 0,005 tabletkalari N56
BRAVADIN 0,005 tabletkalari N28
ORSOTEN kapsulalar 0,12g N42
ORSOTEN kapsulalar 0,12g N84
NIPERTEN 0,005 tabletkalari 0,005g N30
NIPERTEN 0,0025 tabletkalari 0,0025g N30
NIPERTEN 0,01 tabletkalari 0,01g N30
ZILT 0,075 tabletkalari N14
ZILT 0,075 tabletkalari N84
ENAP 0,01 tabletkalari N20
ENAP 0,005 tabletkalari N20
NIPERTEN tabletkalari 2,5mg N60
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9