×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIJAGARA tabletkalari 100mg N4

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Силденафила цитрат
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- G04BE03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 142 ta dorixonasida topildi

ico 12 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 18 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 12 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

AFALAZA tabletkalari N100 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
POCHKAM tabletkalari N60 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
SIBUTIN tabletkalari 5mg N30 Киевский витаминный завод, ПАО Ukraina
94 000 s`om dan
SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30 Pro. Med. CS Praha a.s. Germaniya
123 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIJAGARA®

NIZAGARA®

Preparatning savdo nomi: Nijagara®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): sildenafil sitrati

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

sildenafil sitrat – 100 mg sildenafilga ekvivalent;

yordamchi moddalar: makkjo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, laktoza, tozalangan suv, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, Opadry Blue bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “100” gravirovkasi va boshqa tomonidan o‘yig‘i bo‘lgan, ko‘k rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ereksiyani buzilishini davolash uchun preparatlar.

ATX kodi: G04BE03

Farmakologik hususiyatlari

Sildenafil g‘ovak tanada sGMF parchalanishiga javobgar bo‘lgan sGMF-spesifik fosfodiesteraza 5 turini (FDE5) kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi. Sildenafil g‘ovak tanaga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo ushbu to‘qimaga azot oksidining bo‘shashtiruvchi samarasini faol ravishda kuchaytiradi. Jinsiy qo‘zg‘alishda sildenafil ta‘sirida NO ni mahalliy ajralib chiqishi g‘ovak tanada FDE5 ni susayishiga va sGMF ning darajasini oshishiga olib keladi, buning natijasida g‘ovak tanada silliq mushaklarni bo‘shashishi va qon oqimini kuchayishi kuzatiladi.

Sildenafil rang (ko‘k/yashil) ajratish qobiliyatini yengil va o‘tib ketuvchi buzilishini chaqirishi mumkin. Rang ajratishni buzilishini taxmin qilingan mexanizmi bo‘lib to‘r pardada rangni o‘tkazish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 ni susayishi hisoblanadi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafilni FDE6 ga ta‘siri uni FDE5 ga nisbatan faolligidan 10 marta kamligini ko‘rsatdi.

In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafilni FDE5 ga nisbatan faolligi uni fosfodiestezaning boshqa izoformalari (FDE 1, 2, 3, 4 va 6) ga nisbatan faolligidan 10-10000 marta ustunligidan dalolat beradi. Xususan sildenafilni FDE5 ga nisbatan faolligi yurak qisqarishida ishtirok etadigan sAMF-spesifik fosfodiesteraza – FDE ga nisbatan faolligidan 4000 marta ustun turadi.

Farmakokinetikasi

Sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi o‘rtacha 40% (25-63%) ni tashkil etadi. 100 mg dozada ichga bir marta qabul qilinganidan so‘ng Smax 18 ng/ml ni tashkil etadi va och qoringa qabul qilinganida 30-120 minut davomida erishiladi. Sildenafil yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga uzayadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi. Muvozanatli holatda sildenafilning Vd o‘rtacha 105 l ni tashkil etadi. Sildenafil va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% ga bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy konsentrasiyasiga bog‘liq emas. 0,0002% dan kamroq dozasi (o‘rtacha 188 ng) sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng 90 minutdan keyin spermada aniqlangan.

Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 (asosiy yo‘li) va CYP2C9 ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi.

Sildenafilni N-desmetilizasiya natijasida hosil bo‘ladigan, qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti navbatdagi metabolizmga uchraydi. FDE ga selektiv ta‘siri bo‘yicha metaboliti sildenafil bilan bir xildir, in vitro sharoitlarda uni FDE5 ga nisbatan faolligi sildenafilning o‘zining faolligini taxminan 50% ni tashkil etadi. Plazmada metabolitining konsentrasiyasi sildenafilning konsentrasiyasini taxminan 40% ni tashkil etadi. N-desmetilmetaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi; uning terminal T1/2 taxminan 4 soatga teng.

Organizmda sildenafilning umumiy klirensi soatiga 41 l ga teng, T1/2 terminal fazada – 3-5 soat. Ichga qabul qilinganidan so‘ng sildenafil asosan axlat bilan (dozasining taxminan 80%) metabolitlar holida va kamroq darajada siydik bilan (dozasining taxminan 13%) chiqariladi.

Keksa yoshdagi (65 yosh va undan oshgan) pasientlarda sildenafilning klirensi pasaygan bo‘ladi, plazmada erkin faol metabolitining konsentrasiyasi esa yosh pasientlardagi (18-45 yosh) konsentrasiyasidan taxminan 40% ga yuqori bo‘ladi.

Yengil (KK minutiga 50-80 ml) va o‘rtacha (KK minutiga 30-49 ml) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil ichga bir marta (50 mg) qabul qilinganidan so‘ng uning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Og‘ir darajadagi (KK ≤ 30 ml/min) buyrak yetishmovchiligida sildenafilning klirensi pasayadi, bu shunday yoshdagi pasientlarda buyraklarni faoliyati normal bo‘lganida AUC (100%) va Cmax (88%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan taxminan ikki marta oshishiga olib keladi.

Jigar sirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinflar) bo‘lgan pasientlarda sildenafilning klirensi pasayadi, shunday yoshdagi pasientlarda jigar faoliyati normal bo‘lganida AUC (84%) va Cmax (47%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

Nijagara preparati jinsiy olat ereksiyasini jinsiy yaqinlik samarali bo‘lishi uchun yetarli darajaga erishish yoki tutib turishga qodir bo‘lmagan erektil disfunksiyasi bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Nijagara ichga qabul qilinadi.

Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan oldindan maslahatlashish kerak. rejalashtirilayotgan jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Bir martalik dozasi 50 mg sildenafilni tashkil etadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib, dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha pasaytirilishi mumkin. Bir martalik maksimal dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Maksimal qabul qilishlar soni sutkada 1 martani tashkil etadi.

65 yoshdan oshgan keksa yoshdagi pasientlar uchun va buyrak yoki jigar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lganida preparatning dozasi 25 mg ni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, qizib ketish hissi, bosh aylanishi, uyqusizlik bo‘lishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, asteniya, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi bo‘lishi mumkin.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushaklar tonusini oshishi.

Nafas tizimi tomonidan: burunni bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llari infeksiyalari, nafasni buzilishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan jismlarning rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘likni his etishni kuchayishi va ko‘rish o‘tkirligini buzilishi), kon‘yunktivit.

Boshqalar: grippsimon sindrom, infeksion kasalliklarni rivojlanishi, vazodilatasiya simptomlari, belda og‘riq, toshma, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, prostata bezining faoliyatini buzilishlari; yakka hollarda – priapizm.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning faol moddasiga yoki to‘ldiruvchilaridan biron-biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Azot oksidini siklik guanozinmonofosfati (sGMF) bilan ma‘lum o‘zaro ta‘siri tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi, shuning uchun uni azot oksidi donorlari (masalan, amilnitrit) bilan yoki nitratlarning har qanday shakli bilan birga qo‘llash mumkin emas.
  • Erektil disfunksiyani davolash uchun qo‘llanadigan vositalarni, shu jumladan sildenafilni jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan odamlarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi kabi og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar) qo‘llash mumkin emas.
  • Ko‘ruv nervini old noarteriit ishemik nevropatiyasi (NAION) tufayli, bir ko‘zni ko‘rishi yo‘qolgan pasientlarga, ushbu holat ilgari FDE5 ingibitorini ta‘siriga bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat‘iy nazar, qo‘llash mumkin emas.
  • Quyidagi pasientlarning kichik guruhlari: og‘ir daradagi jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (arterial qon bosimi < 90/50 mm sim.ust.), yaqin vaqtda kuzatilgan insult yoki miokard infarkti va to‘r pardani, pigmentli retiniti kabi nasliy degenerativ buzilishlari (ushbu pasientlarning kamchiligi to‘r pardani genetik buzilishiga ega) da sildenafilning havfsizligi o‘rganilmagan va shuning uchun uni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

CYP3A4 ni ingibitorlari (eritromisin, simetidin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensi pasayadi, qon plazmasida sildenafilning konsentrasiyasi oshadi.

Indinavir, sekvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning qon plazmasidagi Smax va AUC oshadi, bu indinavir, sekvinavir, ritonavir ta‘sirida CYP3A4 izofermentini ingibisiya bo‘lishi bilan ifodalanadi.

Ketokonazol yoki itrakonazol kabi CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari qon plazmasida sildenafilning konsentrasiyasini oshirishi mumkinligini kutish mumkin.

Nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nitratlarning gipotenziv ta‘siri kuchayadi.

Simvastatin qabul qilayotgan pasientda sildenafilning dozasi bir marta qabul qilinganidan so‘ng rabdomiolizning simptomlarini rivojlanish hollari keltirilgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshirish kerak.

Jinsiy olatni anatomik deformasiyasi bo‘lgan pasientlarda (masalan, angulyasiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligi) va priapizmni rivojlanishiga moyil kasalliklari bo‘lgan (o‘roqsimon hujayrali anemiya, ko‘pchilik mieloma yoki leykemiya) odamlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Qon oqishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda, me‘da o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida, nasliy pigmentli retinitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Eksperimental tekshirishlarda sildenafilning konserogenligi yuzasidan dalillar aniqlanmagan. Mutagenligini o‘rganish bo‘yicha bakterial va in vivo sharoitidagi sinamalar manfiy bo‘lgan.

Sildenafil preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari – nojo‘ya ko‘rinishlari kuchayishi mumkin.

Davolash – simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

4 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIJAGARA tabletkalari 100mg N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4 dori vositasi Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Jenagra tabletkalari 100 mg N4
Jenagra tabletkalari 50 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd
  • Vakil:
MED AGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: WINTECH PHARMACEUTICAL
  • Vakil: Medlife Pharm
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
XOTGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 9 296 so'mdan Batafsil
XOTGRA 50 tabletkalari 50mg N4
Narh: 6 496 so'mdan Batafsil
PENOGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics
  • Vakil: GANGA PHARMA LLC
VIKTAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
  • Vakil: Rhydburg
ADJIGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
SILADEF 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Marham Daru Company»
  • Vakil: Pharm Heres
ABRA 100 tabletkalari 100mg N4
Ishlab chiqaruvchining dorilari
OMES kapsulalar 20mg N30
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
GLISTAGON PLYUS tabletkalari N1
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
UNI FESTAL tabletkalari N100
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
NASMORK TOTAL tabletkalari N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR FORTE tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR gel 30g
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
AZITOKOM 250 kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
KOMASTON tabletkalari 10mg N20
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
YUNIKOLD FORTE tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 8 900 so'mdan Batafsil
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
KOMSILLIN 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9