×
×
  • VITALAYN S YODOM kapsulalar  N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITALAYN S YODOM kapsulalar N30

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ATM Pharm, OOO
ATX kodi:
- A11JB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

45 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 FORTE tabletkalari 100mg/10mg N40 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical and Chemical Works Private Co. Ltd Vengriya
112 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITALAYN S YODOM kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITALAYN

VITALINE

Preparatning savdo nomi: Vitalayn

Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): Beta-karotin, alfa-tokoferol, askorbin kislotasi.

Dori shakli: Kapsulalar.

Tarkibi:

Faol moddalar: Beta-karotin 30% moyda suspenziya ko‘rinishida – 6 mg, alfa-tokoferol asetati – 15 mg, askorbin kislotasi – 75 mg.

Yordamchi moddalar: asalari mumi, tozalangan lesitin, kungaboqar moyi.

Ta‘rifi: Qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – qizil rangli moyli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar.

Farmakologik xususiyatlari

Vitalaynning farmakologik faolligi uning tarkibidagi vitaminlar: askorbin kislotasi, alfa-tokoferol asetati va beta-karotinning kompleks ta‘siriga bog‘liq.

Askorbin kislotasi – organizmdagi oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini boshqarishda qatnashadi, karbonsuv-oqsil almashinuvini faollashtiradi, xolesterin metabolizmini oshiradi, qon ivishini oshiradi, to‘qimalar regenerasiyasini, steroid gormonlar, kollagen va prokollagenlar sintezini kuchaytiradi. U organizmning moslashish imkoniyatlarini oshiradi va uni infeksiyalarga bo‘lgan qarshiligini kuchaytiradi.

Alfa-tokoferol asetati – organizmda yog‘larni oksidlanishni va ulardan zaharli peroksidlar hosil bo‘lishini ingibirlaydi, to‘yinmagan yog‘ kislotalaridagi bog‘larning mustahkamligini barqarorlashtiradi. U eritrositlar, endoteliositlar, enterositlar va boshqalarning strukturasi va faoliyatini normallashtiradi. Tokoferol kollagen, gem va oqsillar biosintezida ishtirok etadi, hujayralar proliferasiyasini, to‘qimalar nafasi faoliyatini va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarini faollashtiradi. U gonadotropinlar hosil bo‘lishini, spermatogenezni, urug‘langan tuxumni, yo‘ldoshni rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Beta-karotin – antioksidant, immunomodulyatorlik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Faol kislorodni bog‘lab olish xususiyati hisobiga preparat hujayra strukturasini tashqi muhitning noxush omillari ta‘sirida yoki organizmda patologik jarayonlar rivojlanishida katta miqdorda hosil bo‘ladigan erkin radikallar ta‘sirida buzilishdan himoya qiladi.

 

Farmakokinetikasi

Vitalaynning ta‘siri uning komponentlarining majmuaviy ta‘siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarini o‘tkazishning iloji yo‘q, barcha komponentlar birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.

 

Qo‘llanilishi

Vitalayn polivitamin antioksidant preparati sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:

  • vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;
  • shamollash kasalliklariga organizmning qarshiligini oshirish uchun;
  • yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;
  • davomli va/yoki og‘ir kechuvchi kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
  • muvozanatlanmagan ovqatlanishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vitalayn ovqatdan keyin, suv bilan qabul qilinadi.

Oldini olish maqsadida bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga preparatni 1 kapsuladan sutkada 1 marta 2-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.

Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi.

Davolash maqsadida Vitalaynning dozasi shifokor tomonidan patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmaydi.

Uzoq muddat davomida yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Dori vositasini yuqori dozalarda qabul qilish qorinda og‘riq paydo bo‘lishiga, K vitamini tanqisligi bo‘lgan pasientlarda qon ketishini kelib chiqishiga, shuningdek ko‘zni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqishiga va holsizlikka olib kelishi mumkin.

Qandaydir nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar quyidagilar:

  • uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • A va Ye gipervitaminozi;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • bolalik yoshi (14 yoshgacha).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kortikosteroid preparatlar, tetrasiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga iste‘mol qilinganda, A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.

Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tokoferol tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarni, hamda A va D vitaminining perekisli oksidlanishi mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan.

Oral kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida  askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi.

Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminini so‘rilishini kamaytiradi.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni tavsiya etilgan dozasidan oshirish mumkin emas.

Vitalaynni A vitaminini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, bunda oxirgisining dozasini oshirib yuborilish xavfi rivojlanishi oshadi.

Preparatni qo‘llash davrida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak

Avtomobilni boshqarish, texnikalar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri: ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi.

Sutkalik norma oshirilganida Vitalayn qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospesifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

 

Chiqarilish shakli

10 ta kapsuladan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITALAYN S YODOM kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITALAYN S YODOM kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITALAYN S YODOM kapsulalar N30 dori vositasi ATM Pharm, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITALAYN S YODOM kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITALAYN S YODOM kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZASIN kapsulalar 500mg N3
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
NIFUROKSAZID ATM kapsulalar 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM-Pharm
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
ASSEIN poroshok 600mg N10
ASSEIN poroshok 200mg N10
AZASIN kapsulalar 250mg N6
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
FLUOKSETIN ATM kapsulalar 20mg N20
OMEPRAZOL ATM kapsulalar 20mg N30
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 150mg N1
NIMESULID ATM granuli 2g N30
VITAMIN S ATM poroshok 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9