×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vitrum Vitality 50+ N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya respublikasi
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «Walmark a.s.»
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 33 ta dorixonasida topildi

ico 126 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 130 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qobiq bilan qoplangan, 1400 mg massali 
tabletkalar.10 tabletkadan blisterda, 3 blisterda karton qutida yoki 30 tabletkalan flakonda, 1 flakon karton qutid
Vitrum Vitaliti 50+ VITRUM VITALITY 50+ biologik faol 
ozuqaviy qoshimcha – bu komponentlari hayotiy tonusni, yaxshi kayfiyat 
va kognitiv funktsiyalarni tutib turishga yordam beruvchi, shuningdek 
antioksidant xususiyatlarga ega vitamin-mineral majmuasidir.
Jenshen ekstrakti umumiy quvvatlovchi vosita sifatida 
quyidagilarga yordam beradi: 
 jismoniy chidamlilikni oshirish (adaptogen ta'sir ko'rsatadi) 
diqqatni jamlash va xotirani yaxshilash (bosh miya 
funktsiyalarini rag'batlantiradi)
 erektil funktsiyani tutib turadi
Dimetilaminoetanol (DMAE) − V guruhi vitamini (xolin) 
analogi hisoblanadi va quyidagilarga yordam beradi: 
 teri elastikligini tutib turishga  xotirani yaxshilashga  kayfiyatni va uyquni yaxshilanishiga S vitamini − teri, bo'g'im va suyaklarda kollagen va biriktiruvchi 
to'qima hosil bo'lishi, yaralarni bitishi uchun muhim ahamiyatga 
ega. Zamonaviy ma'lumotlarga ko'ra, S vitaminining maksimal 
sutkalik dozalarini qabul qilish kollagen tolalarini ishlab 
chiqarishni yaxshilaydi.
Askorbin kislotasi organizm tomonidan temirni 
o'zlashtirilishiga yordam beradi, qizil qon tanachalarini 
shakllanishida ishtirok etadi, milklarda qon quyilishi va 
milklar qonashini oldini oladi, oq qon xujayralarining 
bakteriyalarga qarshi himoya xususiyatlarini oshirib, uning 
faolligini tutib turadi.
Oqsillar, lipidlar, DNK va RNK ni erkin radikallarning 
shikastlovchi ta'siridan bevosita himoyasini ta'minlovchi 
antioksidant hisoblanadi.
Yosh o'tgan sari ushbu vitaminga bo'lgan ehtiyoj faqat oshadi – S 
vitamini tanqisligi bo'lgan odamlarda insult xavfi 2,4 marta yuqori.
B1 vitamini (tiamin) − aqliy ish qobiliyati, sog'liq holatiga 
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. U nerv xujayralarini normal 
faoliyat ko'rsatishi uchun talab etiladi.
B3 vitamini (RR vitamini, niasinamid, Niasin) − nerv tizimi, qon aylanishi va ovqat hazm qilishning funktsional 
holatiga boshqaruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ayrim olimlarning 
ma'lumotlariga ko'ra holsizlik, depressiya, ta'sirchanlik, qisqa 
xotirani yo'qolishi, parishonxotirlikni bartaraf etishga yordam 
beradi. Keksa odamlar xujayralari qisqa hayot tsikliga ega, chunki 
etarli darajada kislorod olmaydi. Kislorod tanqisligiga 
uchragan xujayralar Niasin qabul qilish sabali faollashishi 
mumkin. Niasin shuningdek xujayraviy immunitet faolligini 
tutib turishda ishtirok etadi.
V6 vitamini (piridoksin) − Markaziy nerv tizimini tutib 
turish uchun zarur, ta'sirchanlik, uyquchanlik, polinevritlarni 
bartaraf etishga yordam beradi, teri qoplamalari va shilliq 
qavatlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Pantoten kislotasi − hayot tonusini oshiradi. Uni stresslardan himoya qilish uchun hamda, diqqatni jamlashni engillashtirish uchun 
tavsiya etiladi. Yog'zahiralarini kamaytirishga yordam beradi, bu 
qomatni kelishgan holatda saqlash imkoniyatini beradi, moddalar 
almashinuvini rag'batlantiruvchi vosita hisoblanadi.
Pantoten kislotasi etishmovchiligida dermatitlar, 
depigmentasiya va sochlarni to'kilishi, harakat koordinasiyasi, 
yurak, buyrak, me'da va ichak funktsiyasini buzilishi, xotira va 
ko'rish qobiliyatini zaiflashishi kuzatiladi, shuningdek 
ta'sirchanlik, sochlarni to'kilishi, og'iz burchaklarida mayda 
yoriqlar yuzaga keladi. Pantoten kislotasi tanqisligi ayniqsa 
keksa odamlar, shuningdek yangi tayyorlangan ovqat o'rniga 
konservasiya qilingan, uzoq vaqt sovutgichda saqlangan ovqatni 
hush ko'ruvchilar uchun xavfli.
V12 vitamini − qon yaratilishi, oqsillar, yog'lar va uglevodlarni 
qayta ishlashda ishtirok etadi. Ish qobiliyatini oshiradi, xotira 
va diqqatni jamlashni yaxshilaydi, S vitaminining ta'sirini 
kuchaytiradi. V12 vitamini tanqisligi ko'pincha keksa yoshdagi 
odamlarda kuzatiladi, chunki yosh o'tgan sari organizmning 
vitaminlarni o'zlashtira olish qobiliyati pasayadi.
Foliy kislotasi − keksa odamlarda kognitiv qobiliyatlarni 
tutib turish, shuningdek xotirani saqlab qolish uchun talab etiladi.
Foliy kislotasi tanqisligida toliqish, tushkunlik, qo'rquv hissi, 
yomon tush Ko'rishlar kuzatiladi, organizmning himoya kuchlari 
pasayadi
kaltsiy karbonati (kaltsiy), yopishqoqlikka qarshi agent 
tsellyuloza, jenshen ekstrakti, L-askorbin kislotasi (S 
vitamini), DMAE (dimetilaminoetanol bitartrati), tabletka 
qobig'i AquaPolish® F to'q-sariq 039.24 (stabilizator 
gidroksipropilmetilsellyuloza, yopishqoqlikka qarshi agent talk, 
bo'yovchi titan dioksidi, yopishqoqlikka qarshi agent tsellyuloza, 
namlikni tutib turuvchi agent gliserin, temir qizil oksidi va 
temir sariq oksidi), DL-alfa-tokoferol atsetati (E vitamini), 
rux tsitrati (rux), marganes glyukonati (marganes), nikotinamid (B3
vitamini), stabilizator karboksimetilsellyuloza natriyli tuzi 
Kross bog'langan, D-pantotenat kaltsiy (V5 vitamini), yopishishga 
qarshi agent magniy stearati, retinol atsetati (A vitamini), mis 
glyukonati (mis), yopishqoqlikka qarshi agent kremniy dioksidi, 
xolekaltsiferol (D3 vitamini (400 HB)), tiamin gidroxloridi 
(B1 vitamini), riboflavin (V2 vitamini), piridoksini 
gidroxloridi (V6 vitamini), tsianokobalamin (V12 vitamini), foliy kislotasi.
biologik faol ozuqaviy qo'shimcha ─ A, S, B1, B2, V3
(RR), V5, V6, V12, D3, E vitaminlari, foliy kislotasi; ginsenozidlar, dimetilaminoetanol saqlovchi mineral moddalar: rux, marganes, 
mis, kaltsiyning qo'shimcha manbai sifatida buyuriladi.
komponentlarni individual o'zlashtira olmaslik, yuqori arterial bosim, yurak faoliyati 
ritmining buzilishi, uyqusizlik, yuqori asab qo'zg'aluvchanligi, 
homiladorlik, emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Quruq, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan va bolalar qoli yetmaydigan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin
kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1 martta ovqatlanish vaqtida kunning birinchi yarmida buyuriladi. 
Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarurat mavjud bo'lganda, qabul 
qilishni takrorlash mumkin. Qo'llashdan oldin shifokor bilan 
maslahatlashish tavsiya etiladi.
Vitrum Vitality 50+ N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

VITRUM®

DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

 

Preparatning savdo nomi: VITRUM®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

TARKIBI: bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

Ta‘sir qiluvchi faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini) va betakaroten1                         5000 XB2

Kolekalsiferol (D3 vitamini)                                                  400 XB3

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                      30 XB4

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                                          60 mg

Tiamin mononitrati (V1 vitamini)                                            1,5 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                                       1,7 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                  2 mg

Nikotinamid                                                                                  20 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                                                  6 mkg

Folat kislotasi                                                                             400 mkg

Biotin                                                                                              30 mkg

Kalsiy pantotenati pantoten kislotasiga hisoblaganda     10 mg

Fitomenadion  (K1 vitamini)                                                     25 mkg

Kalsiy gidrofosfati kalsiyga hisoblaganda                                  162 mg

Magniy oksidi magniyga hisoblaganda                                     100 mg

Kaliy xloridi kaliyga hisoblaganda                                        40 mg

Temir fumarati temirga hisoblaganda                                       18 mg

Mis oksidi misga hisoblaganda                                                  2 mg

Rux oksid ruxga hisoblaganda                                                      15 mg

Xrom xloridi xromga hisoblaganda                                            25 mkg

Marganes sulfati marganesga hisoblaganda                           2,5 mg

Qalay xloridi qalayga hisoblaganda                                         10 mkg

Nikel sulfati nikelga hisoblaganda                                     5 mkg

Kremniy oksidi kremniyga hisoblaganda                                             10 mkg

Natriy metavanadati vanadiyga hisoblaganda                          10 mkg

Kaliy xloridi xlorga hisoblaganda                                           36,3 mg

Kalsiy gidrofosfati fosforga hisoblaganda                        125 mg

Natriy molibdati molibdenga hisoblaganda                            25 mkg

Natriy selenati selenga hisoblaganda                                       25 mkg

Kaliy yodi yodga hisoblaganda                                                  150 mkg

1 – beta-karotin sinonimi

2 – 1515 mkg retinol ekvivalentiga ekvivalent

3 – 10 mkg kolekalsiferol ekvivalent

4 – 30 mg alfa-tokoferol asetati ekvivalent

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.

Kobig‘i: gipromelloza, titan dioksidi, triasetin, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110), qizil bo‘yovchi (Ye129).

TA‘RIFI

Shaftolidan to oqish-shaftoli rangligacha bo‘lgan plyonka qobik bilan qoplangan, kapsulasimon tabletkalar, tabletkaning bir tomonida bo‘luvchi riskasi va boshqa tomonida “VITRUM” gravirovkasi bor. O‘ziga xos hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Polivitamin vositasi + minerallar.

ATX KODI: [A11AA04]

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Preparatning tarkibiga kiruvchi moddalar-ning xususiyatlari bilan belgilanadi.

13 vitaminlar va 17 mineral moddalarni saqlovchi zamonaviy muvozanatlangan majmua. Kuniga bir tabletka katta odam organizmini sog‘liqni mustahkamlash va o‘zini yaxshi xis qilishni tutib turish uchun kerakli bo‘lgan barcha vitaminlar va mineral moddalar bilan ta‘minlaydi.

QO‘LLANILISHI

Gipovitaminozlar, mineral moddalar va mikroelementlar yetishmovchiligini oldini olish, shu jumladan:

  • jadal jismoniy va aqliy yuklanish davrida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzilish davrida;
  • etarlicha bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; A gipervitaminozi; D gipervitaminozi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

PREPARATNI HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin. Preparatni qabul qilishning davomiyligini shifokor belgilaydi.

NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

BOSHQA DORI VOSITALAR BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Preparat temir va kalsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetrasiklin guruhi antibiotiklarini, shuningdek antimikrob vositalar – ftorxinol hosilalarining so‘rilishini kechiktiradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalar ta‘sirini va nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek xolestiramin, temirning so‘rilishini kamaytiradi. Tiazid guruhi diuretik vositalari bir vaqtda buyurilganida, giperkalsiemiya ehtimoli oshadi (qonda kalsiy miqdorini oshishi).

A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan Vitrum® ni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu ushbu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilishi xavfini oshiradi.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Avtomobilni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilmaydi.

CHIQARILISH SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100 yoki 130 tabletkadan xuddi o‘sha materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli va polietilen himoya tasmali polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

SAQLASH SHAROITI

10 – 300S dan haroratda, quruq joyda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Vitrum Vitality 50+ N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Vitrum Vitality 50+ N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Vitrum Vitality 50+ N30 dori vositasi «Walmark a.s.» tomonidan Chexiya respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Vitrum Vitality 50+ N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Vitrum Vitality 50+ N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Narh: 109 000 so'mdan Batafsil
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Narh: 157 900 so'mdan Batafsil
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
VITRUM VITAMIN D3 MAKS tabletkalari N60
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N90
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
VITRUM ENERGY tabletkalari N30
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VITRUM IMMUNAKTIV tabletkalari N30
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N60
VITRUM VITAMIN D3 MAKS tabletkalari N60
VITRUM MAGNEVIT V6 tabletkalari N90
VITRUM (VITAMIN S) jevatelnie tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: «Walmark, a.s.»
VITRUM IMMUNAKTIV tabletkalari N60
VITRUM ENERGY tabletkalari N30
VITRUM YUNIOR JEVATELNIYe MARMELADKI №60
VITRUM KIDS JEVATELNIYe MARMELADKI №60
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Vitrum Vitality 50+ N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9