×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vetnam
Faol modda:
Бензидамин
Ishlab chiqaruvchi:
- Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Вьетнам произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
SEFEKON D suppozitorii 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
10 000 s`om dan
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10 Дальхимфарм, ОАО Belarusiya
600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA

Preparatning savdo nomi: Balzam Zolotaya zvezda

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

4,0 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Levomentol                                                  – 0,455 g;

Rasemik kamfora                                        – 0,910 g;

Qalampir yalpiz moyi                                 – 0,530 g (0,590 ml);

Evkalipt barglari moyi                           – 0,129 g (0,140 ml);

Chinnigul gullari moyi                             – 0,236 g (0,228 ml);

Xitoy dolchin moyi                                    – 0,056 g (0,053 ml)

yordamchi moddalar:

Asalari mumi                                              – 0,611 g;

Parafin                                                       – 0,842 g;

Suvsiz lanolin                                           – 0,084 g;

Vazelin                                                        – 0,063 g;

Suyuq parafin                                             – 0,084 g;

Xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye104               – 0,0896 mg;

Jigarrang Solvent Red 3 bo‘yovchisi           – 0,0224 mg

Ta‘rifi: och sariqdan to jigarrang-sariq rangligacha bo‘lgan, efir moylariga xos hidli, qattiq bir xil konsistensiyali surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Tabbiy moddalardan olinadigan mahalliy ta‘sirlovchi vosita.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat mahalliy ta‘sirlovchi, chalg‘ituvchi, antiseptik ta‘sirga ega.

Qo‘llanilishi

O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), shamollash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, rinit (tumov), hashoratlar chaqishini kompleks davolashda simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usullari va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Bosh og‘rig‘ida va bosh aylanishida surtmani chakka va ensa sohalariga surtiladi. Rinitda (tumov), O‘RK da – burun qanotlariga, chakka sohalariga surtiladi. Hashoratlar chaqqanida surtma chaqqan joyiga surtiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi lozim. Surtmaning qolgan qismini namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Teri qoplamalarini shikastlanishlar, preparatni qo‘llash taxmin qilingan teri sohalarida teri kasalliklari (piodermiya, dermatit, ekzema) bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Tutqanoq, tirishishga moyillik, spazmofiliya, bronxial astma, ko‘kyo‘talda qo‘llash mumkin emas.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mavjud emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surtmani ko‘z, burun va og‘iz shilliq qavatiga, shuningdek, shikastlangan teri sohasiga tushishdan saqlanishi lozim.

Fotosensibilizasiyani rivojlanish xavfini oldini olishda surtma surtilgandan so‘ng quyosh nurlaridan saqlanish lozim.

Balzamni shilliq qavatlarga tushgan holatlarda preparatni namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Preparatni bolalarga shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli homiladorlik davrida va emizish vaqtida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Xarakatlanuvchi mexanizmlarni va transport vositalarini boshqarishga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Bugungi kungacha dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.

Preparatni tasodifan ichga qabul qilib yuborilganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari: me‘da-ichak tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin sohasida og‘riq) va nevrologik buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizish xissi/“qizib ketish“ tirishish, nafas olishni susayishi va koma) o‘z ichiga oladi.

Davolash simptomatik.

Kichik yoshdagi bolalarda kamforani ingalyasiyasi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan laringospazmni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf borligi tufayli, qusishni chaqirish mumkin emas.

Balzam ichga qabul qilinganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

Sirtga qo‘llash uchun surtma 4 g dan temir bankachalarda. Har bir bankachani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Saqlash sharoiti

300S yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3% dori vositasi Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Вьетнам произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company tomonidan Vetnam mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
GERVETIN pastilkalar so vkusom myati 3mg N20
Narh: 67 088 so'mdan Batafsil
ANGIDAK sprey 30ml 0,255mg 176 doz
GERVETIN eritma 1,5mg
GERVETIN sprey 30ml 1,5mg/ml
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
ZVEZDOCHKA LOR sprey 30ml 0,15%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Бензидамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danson-BG, OOD, Болгария произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ZOLOTAYA ZVEZDA BALZAM 1,3 karandash dlya ingalyasiy
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Ishlab chiqaruvchi: Данафа Фармасьютикал Джойнт Сток Компани
ZOLOTAYA ZVEZDA burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9