Adaptolning aptekalardagi narxlari
ADAPTOL tabletkalari 500mg N20
|
|
265 ta dorixonada bor
|
103 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
142 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
117 600 so'mdan
Bron qilish
|
ADAPTOL kapsulalar 300mg N20
|
|
250 ta dorixonada bor
|
75 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
100 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
82 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Adaptol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ADAPTOL®
ADAPTOL
Preparatning savdo nomi: Adaptol®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebikar
Dori shakli: kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 300 mg mebikar;
yordamchi moddalar:
kapsula ichidagi modda: metilsellyuloza, kalsiy stearati;
kapsulaning tarkibi: titan diksidi, jelatin.
Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi oq/oq rangli № 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar, shisha tayoqcha tekkizilganda to‘kilib ketuvchi presslangan ustuncha ko‘rinishida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Zarrachalarning o‘lchami bo‘yicha har xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: trankvilizatorlar
ATX kodi: N05BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Adaptol® dori vositasining ta‘sir etuvchi moddasi – mebikar anksiolitik vositalar guruhiga mansubdir. Mebikar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha organizmning tabiiy metabolitlariga yaqin – uning molekulasi bisiklik strukturaning tarkibiga kiruvchi mochevinaning ikkita metil guruhini ajralib chiqqan fragmentlaridan iborat. Suvda va ko‘pgina organik erituvchilarda oson eruvchandir. Mebikar kimyoviy jihatdan inert bo‘lib, kislotalar, ishqorlar, oksidlovchilar va kimyoviy qaytaruvchilar, turli dori vositalari va ovqat komponentlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi.
Anksiolitik ta‘siridan tashqari mebikar shuningdek nootrop xususiyatlarga ham ega. Mebikar limbiko-retikulyar kompleksning tarkibiga kiruvchi strukturalar faolligiga, qisman gipotalamusning emosiogen sohalariga ta‘sir qiladi, shuningdek barcha 4 ta asosiy neyromediator tizimlarga – GAMK (gamma-aminomoy kislotasi), xolin-, serotonin- va adrenergik tizimlarga ta‘sir ko‘rsatadi, ularni muvozanatga kelishiga va integrasiyasiga yordam beradi, lekin periferik adrenonegativ ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakodinamik ta‘siri
Mebikar anksiolitik va nootrop xususiyatlarga ega; neyroleptiklar va benzodiazepinlar guruhiga mansub trankvilizator tomonidan chaqirilgan noxush nojo‘ya reaksiyalarni (emosional tushkunlik, xaddan tashqari tinchlantiruvchi samara, mushaklar kuchsizligi) kamaytiradi, alkogolga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Mebikar o‘rtacha anksiolitik faollikka ega, bezovtalik, xavotirlik, qo‘rquv, ichki emosional zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi yoki bartaraf etadi. Dori vositasining tinchlantiruvchi samarasi miorelaksasiya va xarakatlar koordinasiyasini buzilishi bilan kechmaydi. Dori vositasi aqliy va harakat faolligini susaytirmaydi, shuning uchun mebikarni ish kuni yoki o‘qish vaqti davomida qo‘llash mumkin. Uxlatuvchi ta‘sirga ega emas, ammo uyqu vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi va uyquni buzilishlarida uni kechishini yaxshilaydi.
Alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda qon plazmasida endogen etil spirtining darajasi pasaygan bo‘ladi, bu alkogolga moyillikni kuchayishining sabablaridan biri hisoblanadi. Mebikar endogen alkogolning darajasini, alkogolga bo‘lgan moyillikni pasaytirib, boshqa trankvilizatorlarga nisbatan ko‘proq oshiradi. Mebikar nikotinli abstinensiyani yengillashtiradi yoki barataraf etadi.
Mebikar ko‘tarinki kayfiyatni, eyforiya hissini bermaydi, ko‘nikish va qaramlik, bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Klinik tadqiqotlarda mebikar mantiqiylik, assosiativ fikrlashni oshirishi, diqqat va aqliy ish qobiliyatini yaxshilashi, produktiv psixopatologik buzilishlar simptomatikasini – alahsirash, patologik emosional faollikni rag‘batlantirmasligi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Dori vositasi me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi (77-80%) so‘riladi, faol moddaning 40% gacha qismi eritrositlar bilan bog‘lanadi. Preparatning qolgan qismi plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi va plazmada erkin xolda bo‘ladi, shuning uchun ta‘sir etuvchi modda organizm bo‘ylab qarshiliksiz taqsimlanadi va hujayra membranalaridan oson o‘tadi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi 0,9 l/kg ni tashkil etadi. Qonda ta‘sir etuvchi moddaning maksimal konsentrasiyasiga dori vositasi qabul qilinganidan so‘ng 0,5 soatdan keyin erishiladi va yuqori darajada 3-4 soat davomida saqlanib turadi, so‘ngra asta-sekin kamayadi.
Biotransformasiyasi
Mebikar organizmda metabolizmga uchramaydi.
Chiqarilishi
Qabul qilingan dozaning 55-70% organizmdan siydik bilan chiqariladi, qolgan qismi – axlat bilan o‘zgarmagan holda sutka davomida chiqariladi.
Mebikar organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalarga
-Nevrozlar va ta‘sirchanlik, emosional beqarorlik, xavotirlik va qo‘rquv ko‘rinishlari bilan kechuvchi nevrozsimon xolatlar.
-Turli genezli kardialgiyalar (yurak ishemik kasalligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kardialgiyalar).
-Neyroleptiklar va trankvilizatorlar tomonidan chaqiriladigan somatovegetativ va nevrologik nojo‘ya samaralarni bartaraf etish maqsadida ularni o‘zlashtira olinishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
-Tamaki chekishga moyillikni pasaytiruvchi vosita sifatida kompleks davolash tarkibida qo‘llaniladi.
Bolalarga
-Nevrozlar va ta‘sirchanlik, emosional beqarorlik, xavotirlik va qo‘rquv ko‘rinishlari bilan kechuvchi nevrozsimon xolatlar – nevrasteniya; maktabdagi dezadaptasiya ko‘rinishlari; umumiy xarakterga ega xavotirli buzilishlar; vegetativ disfunksiya va neyrosirkulyator asteniya sindromi, xavotirli-fobik buzilishlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Adaptol® dori vositasi kapsulalar va tabletkalar ko‘rinishida 300 mg dan va tabletkalar ko‘rinishida 500 mg dan chiqariladi. Shifokoringiz Sizga eng to‘g‘ri keladigan dozani buyuradi.
Dozalar
Kattalar 300-500 mg dan kuniga 2-3 marta qabul qiladilar. Maksimal bir martalik doza 3 g ni, sutkalik – 10 g ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi – bir necha kundan 2-3 oygacha davom etadi.
Tamaki chekishga moyillikni pasaytiruvchi vosita sifatida majmuaviy davolash tarkibida preparat 600-1000 mg dan kuniga 3 marta 5-6 hafta davomida buyuriladi.
Bolalarga (10 yoshdan katta bolalar)
Nevrasteniya, maktab yoshdagi dezadaptasiya ko‘rinishlari, umumiy xarakterga ega xavotirli buzilishlar, xavotirli-fobik buzilishlarni davolashda: 500 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. (Adaptol® 500 mg li tabletkalari dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinadi).
Vegetativ disfunksiya va neyrosirkulyator asteniya sindromida: 300 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi Sutkalik doza – 1000 mg. Davolash kursining davomiyligi – 2 xaftadan 1 oygacha davom etadi.
Adaptol®ga ko‘nikib qolish va qaramlik aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar dozani kamaytirilishiga muhtoj emaslar.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga dozani pasaytirish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish o‘rganilmagan. Mazkur pasientlarda dori vositasini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Qo‘llash usuli
Adaptol® ichga ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi.
Agar Siz dori vositasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni, bu haqida eslashingiz bilanoq qabul qiling, ammo keyingi qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, qabul qilishni o‘tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar dozalarni qabul qilmang.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Boshqa dori vositalari kabi Adaptol® ham nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin, ular barcha pasientlarda xam namoyon bo‘lavermaydi.
MedDRA (Reglamentar faoliyat terminologiyasining tibbiy lug‘ati) tasnifi bo‘yicha tizimlardagi nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi:
juda tez-tez (≥1/10);
tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha);
tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha);
kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha);
juda kam hollarda (<1/10 000);
namoyon bo‘lish tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – bosh aylanishi.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – arterial bosimni pasayishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – ovqat hazm bo‘lishini buzilishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: yuqori dozalar qabul qilingandan keyin allergik reksiyalar (terini qichishishi) yuz berishi mumkin. Allergik reksiya yuz bergan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: kam hollarda – tana haroratini pasayishi, holsizlik.
Arterial bosimni pasayishi va/yoki tana haroratini pasayishi (tana harorati 1-1,5 °S ga pasayishi mumkin) dori vositasini bekor qilishga sabab bo‘la olmaydi. Arterial bosim va tana harorati davolash kursi tugaganidan keyin normallashadi.
Agar davolanish vaqtida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar namoyon bo‘lsa yoki eslatib o‘tilmagan qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar, ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Mebikarga va/yoki dori vositasining yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Siz qabul qilayotgan barcha dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalar haqida albatta davolovchi shifokorni xabardor qiling.
Adaptol®ni neyroleptiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), uxlatuvchi vositalar, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaksiyalari haqida alohida xabarlar olingan.
Homiladorlik va emizish davri
Ta‘sir etuvchi modda organizmning barcha to‘qima va suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Dori vositasini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha adekvat nazoratli klinik tadqiqotlar yo‘q, shuning uchun preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobilyatiga ta‘siri
Adaptol® transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin, chunki arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasi kam zaharli. Dozani oshirib yuborilishi holati to‘g‘risida ikkita xabar olingan. O‘z joniga qasd qilishda dori vositasini 30 g dozada bir vaqtda qabul qilish o‘limga olib kelgan.
Davolash: doza oshirib yuborilganida umum qabul qilingan detoksikasiya usullari va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Spesifik antidot ma‘lum emas.
Chiqarilish shakli
Birlamchi o‘ram: 10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda (blisterda).
Ikkilamchi o‘ram: 2, 3 yoki 4 kontur o‘ram (20, 30 yoki 40 kapsuladan) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda: mebikar 300 mg;
Yordamchi moddalar:
kapsula tarkibi: metiltsellyuloza, kaltsiy stearati;
kapsula qobig'i: titan dioksidi, jelatin.
Adaptol preparatining faol moddasi - mebikar anksiyolitik dorilar guruhiga kiradi. Mebikar kimyoviy tuzilishi bo'yicha tananing tabiiy metabolitlariga o'xshaydi - uning molekulasi bisiklik tuzilishning bir qismi bo'lgan ikkita metillangan karbamid parchasidan iborat. Keling, suvda va ko'plab organik erituvchilarda osongina eriydi. Mebikar kislotalar, gidroksidi, oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar, turli dorilar va oziq-ovqat komponentlari bilan o'zaro ta'sir qilmaydi.
Anksiyolitik ta'sirga qo'shimcha ravishda, mebikar ham nootrop xususiyatlarga ega. Mebikar limbik-retikulyar kompleksga kiradigan tuzilmalar faoliyatiga, qisman gipotalamusning emotiogen zonalariga ta'sir qiladi, shuningdek, barcha organlarga ta'sir qiladi.
4 ta asosiy neyrotransmitter tizimlari - GABA (gamma-aminobutirik kislota), xolin, serotonin va adrenergik, ularning muvozanati va integratsiyasiga hissa qo'shadi, ammo periferik adrenonegativ ta'sirga ega emas.
Farmakodinamik ta'sir
Mebikar anksiyolitik va nootropik xususiyatlarga ega; benzodiazepin guruhining neyroleptiklari va trankvilizatorlari (emotsional tushkunlik, haddan tashqari sedativ ta'sir, mushaklar kuchsizligi) keltirib chiqaradigan kiruvchi nojo'ya reaktsiyalarni kamaytiradi, alkogolga qarshi ta'sirga ega.
Mebikar o'rtacha anksiyolitik faollikka ega, tashvish, tashvish, qo'rquv, ichki hissiy stress va asabiylikni yo'q qiladi yoki kamaytiradi. Preparatning tinchlantiruvchi ta'siri mushaklarning gevşemesi va harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi bilan birga kelmaydi. Preparat aqliy va motor faolligini kamaytirmaydi, shuning uchun mebikar ish kuni yoki o'qish paytida ishlatilishi mumkin. U gipnoz ta'siriga ega emas, lekin gipnoz ta'sirini kuchaytiradi va uning buzilishida uyquni yaxshilaydi.
Alkogolizm bilan og'rigan bemorlarda qon plazmasidagi endogen etil spirti darajasi pasayadi, bu spirtli ichimliklarga bo'lgan ishtiyoqning kuchayishining sabablaridan biridir. Mebicar endogen alkogol darajasini boshqa trankvilizatorlarga qaraganda ko'proq oshiradi, spirtli ichimliklarga bo'lgan ishtiyoqni kamaytiradi. Mebicar nikotinni olib tashlash alomatlarini engillashtiradi yoki engillashtiradi.
Mebikar ko'tarilgan kayfiyatni yaratmaydi, eyforiya, giyohvandlik va qaramlik hissi, olib tashlash sindromi kuzatilmaydi.
Klinik samaradorlik va xavfsizlik
Klinik tadkikotlar shuni ko'rsatdiki, mebikar mantiqiy, assotsiativ fikrlashni oshiradi, diqqat va aqliy faoliyatni yaxshilaydi, bunda samarali psixopatologik kasalliklar - deliryum, patologik emotsional faollik alomatlarini qo'zg'atmaydi.
Preparatning toksikligi juda past. Dozani oshirib yuborishning odatiy klinik ko'rinishi yo'q. Og'ir zaharlanish ko'rinishlari qayd etilmagan.
Davolash: simptomatik davolash, shu jumladan oshqozonni yuvish.
Chiqarish shakllari