103 800 s`om dan
Dorixonalardan izlash142 900 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish117 600 s`om dan
Bron qilishSaqlash shartlari | 25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Ko'rmaydigan va bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 4 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang. |
MedDRA tasnifi tizimiga ko'ra nojo'ya ta'sirlarning chastotasi (Tibbiy tartibga solish terminologiyasi lug'ati):
juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10); kamdan-kam hollarda (≥ 1/1000 dan < 1/100); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000); juda kam (<1/10000); namoyon bo'lish chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlardan aniqlab bo'lmaydi).
Asab tizimining buzilishi: kamdan-kam hollarda - bosh aylanishi.
Qon tomir kasalliklari: kamdan-kam hollarda gipotenziya.
Oshqozon-ichak kasalliklari: kamdan-kam hollarda - ovqat hazm qilish buzilishi.
Teri va teri osti to'qimalarining buzilishi: kamdan-kam hollarda - yuqori dozalarni qabul qilgandan keyin allergik reaktsiyalar (qichishish) mumkin. Allergiya reaktsiyasi bo'lsa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Umumiy buzilishlar va in'ektsiya joyidagi reaktsiyalar: kamdan-kam hollarda - hipotermiya, zaiflik.
Qon bosimining pasayishi va / yoki tana haroratining pasayishi (tana harorati 1-1,5 ° C ga tushishi mumkin) preparatni to'xtatish uchun sabab emas. Davolash kursi tugagandan so'ng qon bosimi va tana harorati normal holatga qaytadi.
Agar davolanish paytida ko'rsatmalarda ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa yoki yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlardan biri ayniqsa aniq bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashing.
Общие нарушения и реакции в месте введения: редко – – гипотермия, слабость.
Снижение артериального давления и/или понижение температуры тела (температура тела может понизиться на 1-1,5°С) не являются причиной для отмены лекарственного средства. Артериальное давление и температура тела нормализуются после окончания курса лечения.
Если во время лечения проявились какие-либо побочные действия, которые не указаны в инструкции или какое-либо из упомянутых побочных действий выражено особенно сильно, просим обратиться к врачу.
Adaptol transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni saqlash qobiliyatiga ta'sir qiladi, chunki u qon bosimining pasayishiga va zaiflikka olib kelishi mumkin.
- asabiylashish, hissiy beqarorlik, tashvish va qo'rquv hodisalari bilan yuzaga keladigan nevrozlar va nevrozga o'xshash holatlar.
- turli xil kelib chiqadigan kardialji (koroner yurak kasalligi bilan bog'liq emas).
- antipsikotiklar va trankvilizatorlar keltirib chiqaradigan somatovegetativ va nevrologik nojo'ya ta'sirlarni bartaraf etish uchun ularning bardoshliligini oshirish.
- Tamaki chekish istagini kamaytirish vositasi sifatida kompleks terapiyada.
Adaptolni antipsikotiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), gipnozlar, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan birlashtirish mumkin.
Ko'rmaydigan va bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Davolash: umumiy qabul qilingan detoksifikatsiya va simptomatik terapiya usullarini o'tkazing.
Maxsus antidot noma'lum.
Faol modda barcha to'qimalarga va tana suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha etarli darajada nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar mavjud emas, shuning uchun preparatni buyurish tavsiya etilmaydi.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ADAPTOL®
ADAPTOL
Preparatning savdo nomi: Adaptol®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebikar
Dori shakli: kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 300 mg mebikar;
yordamchi moddalar:
kapsula ichidagi modda: metilsellyuloza, kalsiy stearati;
kapsulaning tarkibi: titan diksidi, jelatin.
Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi oq/oq rangli № 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar, shisha tayoqcha tekkizilganda to‘kilib ketuvchi presslangan ustuncha ko‘rinishida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Zarrachalarning o‘lchami bo‘yicha har xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: trankvilizatorlar
ATX kodi: N05BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Adaptol® dori vositasining ta‘sir etuvchi moddasi – mebikar anksiolitik vositalar guruhiga mansubdir. Mebikar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha organizmning tabiiy metabolitlariga yaqin – uning molekulasi bisiklik strukturaning tarkibiga kiruvchi mochevinaning ikkita metil guruhini ajralib chiqqan fragmentlaridan iborat. Suvda va ko‘pgina organik erituvchilarda oson eruvchandir. Mebikar kimyoviy jihatdan inert bo‘lib, kislotalar, ishqorlar, oksidlovchilar va kimyoviy qaytaruvchilar, turli dori vositalari va ovqat komponentlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi.
Anksiolitik ta‘siridan tashqari mebikar shuningdek nootrop xususiyatlarga ham ega. Mebikar limbiko-retikulyar kompleksning tarkibiga kiruvchi strukturalar faolligiga, qisman gipotalamusning emosiogen sohalariga ta‘sir qiladi, shuningdek barcha 4 ta asosiy neyromediator tizimlarga – GAMK (gamma-aminomoy kislotasi), xolin-, serotonin- va adrenergik tizimlarga ta‘sir ko‘rsatadi, ularni muvozanatga kelishiga va integrasiyasiga yordam beradi, lekin periferik adrenonegativ ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakodinamik ta‘siri
Mebikar anksiolitik va nootrop xususiyatlarga ega; neyroleptiklar va benzodiazepinlar guruhiga mansub trankvilizator tomonidan chaqirilgan noxush nojo‘ya reaksiyalarni (emosional tushkunlik, xaddan tashqari tinchlantiruvchi samara, mushaklar kuchsizligi) kamaytiradi, alkogolga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Mebikar o‘rtacha anksiolitik faollikka ega, bezovtalik, xavotirlik, qo‘rquv, ichki emosional zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi yoki bartaraf etadi. Dori vositasining tinchlantiruvchi samarasi miorelaksasiya va xarakatlar koordinasiyasini buzilishi bilan kechmaydi. Dori vositasi aqliy va harakat faolligini susaytirmaydi, shuning uchun mebikarni ish kuni yoki o‘qish vaqti davomida qo‘llash mumkin. Uxlatuvchi ta‘sirga ega emas, ammo uyqu vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi va uyquni buzilishlarida uni kechishini yaxshilaydi.
Alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda qon plazmasida endogen etil spirtining darajasi pasaygan bo‘ladi, bu alkogolga moyillikni kuchayishining sabablaridan biri hisoblanadi. Mebikar endogen alkogolning darajasini, alkogolga bo‘lgan moyillikni pasaytirib, boshqa trankvilizatorlarga nisbatan ko‘proq oshiradi. Mebikar nikotinli abstinensiyani yengillashtiradi yoki barataraf etadi.
Mebikar ko‘tarinki kayfiyatni, eyforiya hissini bermaydi, ko‘nikish va qaramlik, bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Klinik tadqiqotlarda mebikar mantiqiylik, assosiativ fikrlashni oshirishi, diqqat va aqliy ish qobiliyatini yaxshilashi, produktiv psixopatologik buzilishlar simptomatikasini – alahsirash, patologik emosional faollikni rag‘batlantirmasligi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Dori vositasi me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi (77-80%) so‘riladi, faol moddaning 40% gacha qismi eritrositlar bilan bog‘lanadi. Preparatning qolgan qismi plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi va plazmada erkin xolda bo‘ladi, shuning uchun ta‘sir etuvchi modda organizm bo‘ylab qarshiliksiz taqsimlanadi va hujayra membranalaridan oson o‘tadi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi 0,9 l/kg ni tashkil etadi. Qonda ta‘sir etuvchi moddaning maksimal konsentrasiyasiga dori vositasi qabul qilinganidan so‘ng 0,5 soatdan keyin erishiladi va yuqori darajada 3-4 soat davomida saqlanib turadi, so‘ngra asta-sekin kamayadi.
Biotransformasiyasi
Mebikar organizmda metabolizmga uchramaydi.
Chiqarilishi
Qabul qilingan dozaning 55-70% organizmdan siydik bilan chiqariladi, qolgan qismi – axlat bilan o‘zgarmagan holda sutka davomida chiqariladi.
Mebikar organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalarga
-Nevrozlar va ta‘sirchanlik, emosional beqarorlik, xavotirlik va qo‘rquv ko‘rinishlari bilan kechuvchi nevrozsimon xolatlar.
-Turli genezli kardialgiyalar (yurak ishemik kasalligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kardialgiyalar).
-Neyroleptiklar va trankvilizatorlar tomonidan chaqiriladigan somatovegetativ va nevrologik nojo‘ya samaralarni bartaraf etish maqsadida ularni o‘zlashtira olinishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
-Tamaki chekishga moyillikni pasaytiruvchi vosita sifatida kompleks davolash tarkibida qo‘llaniladi.
Bolalarga
-Nevrozlar va ta‘sirchanlik, emosional beqarorlik, xavotirlik va qo‘rquv ko‘rinishlari bilan kechuvchi nevrozsimon xolatlar – nevrasteniya; maktabdagi dezadaptasiya ko‘rinishlari; umumiy xarakterga ega xavotirli buzilishlar; vegetativ disfunksiya va neyrosirkulyator asteniya sindromi, xavotirli-fobik buzilishlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Adaptol® dori vositasi kapsulalar va tabletkalar ko‘rinishida 300 mg dan va tabletkalar ko‘rinishida 500 mg dan chiqariladi. Shifokoringiz Sizga eng to‘g‘ri keladigan dozani buyuradi.
Dozalar
Kattalar 300-500 mg dan kuniga 2-3 marta qabul qiladilar. Maksimal bir martalik doza 3 g ni, sutkalik – 10 g ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi – bir necha kundan 2-3 oygacha davom etadi.
Tamaki chekishga moyillikni pasaytiruvchi vosita sifatida majmuaviy davolash tarkibida preparat 600-1000 mg dan kuniga 3 marta 5-6 hafta davomida buyuriladi.
Bolalarga (10 yoshdan katta bolalar)
Nevrasteniya, maktab yoshdagi dezadaptasiya ko‘rinishlari, umumiy xarakterga ega xavotirli buzilishlar, xavotirli-fobik buzilishlarni davolashda: 500 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. (Adaptol® 500 mg li tabletkalari dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinadi).
Vegetativ disfunksiya va neyrosirkulyator asteniya sindromida: 300 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi Sutkalik doza – 1000 mg. Davolash kursining davomiyligi – 2 xaftadan 1 oygacha davom etadi.
Adaptol®ga ko‘nikib qolish va qaramlik aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar dozani kamaytirilishiga muhtoj emaslar.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga dozani pasaytirish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish o‘rganilmagan. Mazkur pasientlarda dori vositasini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Qo‘llash usuli
Adaptol® ichga ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi.
Agar Siz dori vositasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni, bu haqida eslashingiz bilanoq qabul qiling, ammo keyingi qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, qabul qilishni o‘tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar dozalarni qabul qilmang.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Boshqa dori vositalari kabi Adaptol® ham nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin, ular barcha pasientlarda xam namoyon bo‘lavermaydi.
MedDRA (Reglamentar faoliyat terminologiyasining tibbiy lug‘ati) tasnifi bo‘yicha tizimlardagi nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi:
juda tez-tez (≥1/10);
tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha);
tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha);
kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha);
juda kam hollarda (<1/10 000);
namoyon bo‘lish tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – bosh aylanishi.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – arterial bosimni pasayishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – ovqat hazm bo‘lishini buzilishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: yuqori dozalar qabul qilingandan keyin allergik reksiyalar (terini qichishishi) yuz berishi mumkin. Allergik reksiya yuz bergan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: kam hollarda – tana haroratini pasayishi, holsizlik.
Arterial bosimni pasayishi va/yoki tana haroratini pasayishi (tana harorati 1-1,5 °S ga pasayishi mumkin) dori vositasini bekor qilishga sabab bo‘la olmaydi. Arterial bosim va tana harorati davolash kursi tugaganidan keyin normallashadi.
Agar davolanish vaqtida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar namoyon bo‘lsa yoki eslatib o‘tilmagan qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar, ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Mebikarga va/yoki dori vositasining yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Siz qabul qilayotgan barcha dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalar haqida albatta davolovchi shifokorni xabardor qiling.
Adaptol®ni neyroleptiklar, trankvilizatorlar (benzodiazepinlar), uxlatuvchi vositalar, antidepressantlar va psixostimulyatorlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaksiyalari haqida alohida xabarlar olingan.
Homiladorlik va emizish davri
Ta‘sir etuvchi modda organizmning barcha to‘qima va suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Dori vositasini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha adekvat nazoratli klinik tadqiqotlar yo‘q, shuning uchun preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobilyatiga ta‘siri
Adaptol® transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin, chunki arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasi kam zaharli. Dozani oshirib yuborilishi holati to‘g‘risida ikkita xabar olingan. O‘z joniga qasd qilishda dori vositasini 30 g dozada bir vaqtda qabul qilish o‘limga olib kelgan.
Davolash: doza oshirib yuborilganida umum qabul qilingan detoksikasiya usullari va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Spesifik antidot ma‘lum emas.
Chiqarilish shakli
Birlamchi o‘ram: 10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda (blisterda).
Ikkilamchi o‘ram: 2, 3 yoki 4 kontur o‘ram (20, 30 yoki 40 kapsuladan) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.