Drotaverinning aptekalardagi narxlari
DROTAVERIN-NGP tabletkalari 40mg N50
|
|
5 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DROTAVERINA GIDROXLORID tabletkalari 40mg N20
|
|
47 ta dorixonada bor
|
4 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
7 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
4 500 so'mdan
Bron qilish
|
DROTAVERIN tabletkalari 40mg N20
|
|
106 ta dorixonada bor
|
3 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
DROTAVERIN tabletkalari 40mg N30
|
|
2 ta dorixonada bor
|
15 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DROTAVERIN-LEKXIM tabletkalari 40mg N30
|
|
15 ta dorixonada bor
|
9 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
DROTAVERIN eritma 40mg/2ml 2ml N5
|
|
8 ta dorixonada bor
|
4 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DROTAVERIN eritma 40mg/2ml 2ml N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
25 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DROTAVERIN eritma 20mg/ml 2ml N5
|
|
1 ta dorixonada bor
|
6 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DROTAVERIN eritma 20mg/ml 2ml N10
|
|
17 ta dorixonada bor
|
17 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
17 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Drotaverin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
DROTAVERIN GIDROXLORID
ILOVA-VARAQA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
Preparatning savdo nomi: Drotaverina gidroxlorid.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): drotaverin (drotaverine).
Chiqarilish shakli: tabletkalar.
Ta‘rifi: sariq yoki yashil tusli sariq rangli faskali yassi silindrik tabletkalar. Tarkibi: har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi.
faol modda: drotaverin gidroxloridi – 40 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.
Farmakoterapevtik guruhi: Sintetik spazmolitiklar. Papaverin hosilalari.
ATX kodi: A03AD02.
Qo‘llanilishi
-biliar tizimining kasalliklari: xolesistolitiaz, xolangiolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq silliq mushaklarning spazmi;
-siydik- chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini spazmi: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlarida qo‘llaniladi.
Yordamchi davolash dori vositasi sifatida:
– quyidagi me‘da-ichak kasalliklari: me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, gastrit, kardiya va privratnik sohalarining spazm, enterit, kolit, qabziyat va meteorizm bilan kechadigan spastik kolit bilan bog‘liq silliq mushaklarning spazmlarida;
– zo‘riqish oqibatidagi bosh og‘riqlarida;
– akusherlik va ginekologiyada: dismenoreyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, kattalarga 40-80 mg (1-2 tabletka) dan sutkada 3 marta buyuriladi; 1-6 yoshlik bolalarga 10-20 mg li bir martalik dozada (1/4-1/2 tabletka) buyuriladi, maksimal sutkalik doza-120 mg (3 tabletka); 6 dan 12 yosh gacha bo‘lgan bolalarga –bir martalik doza-20 mg (1/2 tabletka), maksimal sutkalik doza-200 mg (5 tabletka) ni tashkil etadi. Buyurishlar soni sutkada- 2-3 marta.
Nojo‘ya ta‘siri
Turli nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lish tezligini baholashda quyidagi gradasiyalardan foydalanilgan: juda tez-tez->1/10, tez-tez-1/100 dan <1/10 gacha, ba‘zida-1/1000 dan <1/100 gacha, kam hollarda -1/10 000 dan <1/1000 gacha, juda kam hollarda -<1/10 000.
Me‘da ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda-ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda -bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda- yurak urishini tezlashishi, arterial arterial qon bosimini pasayishi.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda- allergik reaksiyalar (Kvinke shishi, eshakemi, toshma, qichishish).
Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni bekor qilish kerak. Ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, bu haqida davolovchi shifokorni xabardor qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-dori vositasining faol moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;
-og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi;
-og‘ir yurak yetishmovchiligi (yurakdan otilib chiqadigan qon hajmini pasayishi sindromi);
-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Drotaverin levodopa bilan bir vaqtda qo‘llanganda uning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasini gipotenziyada qo‘llash yuqori ehtiyotkorlikni talab etadi.
Drotaverin tabletkasi 53 mg laktoza saqlaydi. Tavsiya qilingan dozaga muvofiq qabul qilinganda har bir doza bilan 159 mg laktoza qabul qilinadi. Bu laktozani o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalangan shaxslarda me‘da-ichak buzilishlarini chaqirishi mumkin. Ushbu dori shakli laktaza, tanqisligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilishi bilan hastalangan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Buyrak va jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilishi
Buyrak va jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda qo‘llash taviya qilinmaydi.
Keksa yoshdagi pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Bolalar
Bolalarda qa‘tiy ko‘rsatma bo‘yicha qo‘llash kerak, chunki bu guruh bemorlarda preparatni qo‘llanishi yetarli darajada o‘rganilmagan.
Homiladorlik va laktasiya
Drotaverinni homiladorlik davrida qo‘llash teratogen va embriotoksik ta‘sirlarga olib kelmaydi. Ammo homiladorlikda dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyurilishi zarur.
Kerakli klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, laktasiya davrida buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Bemorlarni bosh aylanishi paydo bo‘lganida ularni transportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish kabi potensial xavfli harakatlardan saqlanishlari kerakligi to‘g‘risida xabardor qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: yurak ritmini va o‘tkazuvchanligini buzilishi, jumladan o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan Gis tutami oyoqchalarini to‘liq blokadasi va yurakni to‘xtab qolishi..
Davolash: pasient kuzatuv ostida bo‘lishi va simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni qabul qilishi kerak. Qusishni chaqirish va/yoki me‘dani yuvish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram ilova-varaqa bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari