ERFLYUSAL analoglari


Dori analoglarini taqqoslash ERFLYUSAL

ERFLYUSAL Seretid BEKSITROL
ErFlyuSal Forspiro:
• uzoq ta’sirga ega β2-agonist va ingalyatsion glyukokortikoid bilan majmuaviy davolash ko‘rsatilgan bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda doimiy davolash;
- «talabga ko‘ra» qisqa ta’sirga ega β2-agonistidan foydalanilganda ingalyatsion glyukokortikoidlar bilan doimiy davolash fonida kasallik yetarlicha nazorat qilinmagan patsiyentlarda
yoki
- ingalyatsion glyukokortikoid va uzoq ta’sirga ega β2-agonist bilan davolash fonida kasallikni adekvat nazoratiga erishilgan patsiyentlarda;
• birinchi sekundda jadallashtirilgan nafas hajmi (JNCHH1) kerakli kattalikning < 60% qiymatiga ega bo‘lgan (bronxodilatatorni ingalyatsiya qilishga qadar) patsiyentlarda va bronxodilatatorlar bilan doimiy davolashga qaramay, kasallikning yaqqol simptomlari saqlanib qolgan, anamnezda takroriy zo‘rayishlar bo‘lgan patsiyentlarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun mo‘ljallangan.

Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Retseptli Retseptli / Retsepsiz Retseptli / Retsepsiz
Kategoriya

Nafas olish tizimi

Nafas olish tizimi

Dori vositalari

Nafas olish tizimi

Nojo'ya ta'sirlar
ErFlyuSal Forspiro salmeterol va flutikazon propionatini saqlaganligi tufayli, uning qo‘llanilishi komponentlarning har biri uchun xarakterli bo‘lgan noxush reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ularning bir vaqtda qo‘llanilishi qo‘shimcha noxush reaksiyalarni keltirib chiqarishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Salmeterol/flutikazon propionati qo‘llanilganida qayd etilgan noxush reaksiyalar a’zolar tizimlari sinfiga va ularning rivojlanishi tez-tezligiga muvofiq ravishda quyida keltirilgan.
Noxush reaksiyalarning yuzaga kelishi tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000, 1/1000), juda kam hollarda (1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha yuzaga kelish tez-tezligini aniqlash imkoniyati mavjud emas).
Infeksiyalar va invaziyalar
Tez-tez: og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kandidozi, pnevmoniya (O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda), bronxit;
Kam hollarda: qizilo‘ngach kandidozi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Quyidagi ko‘rinishlar bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari:
Tez-tez emas: terida yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, respirator simptomlar (dispnoe);
Kam hollarda: angionevrotik shish (asosan yuzda va og‘iz-halqumda), nafas olishning buzilishi (bronxospazm), anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: Kushing sindromi, kushingsifat tashqi ko‘rinish, buyrak usti bezlari funksiyasini so‘ndirilishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishning to‘xtab qolishi, suyak to‘qimasi mineral zichligining pasayishi.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez: gipokaliyemiya;
Tez-tez emas: giperglikemiya.
Ruhiy buzilishlar
Tez-tez emas: xavotirlik, uyquning buzilishi; 
Kam hollarda: xulq-atvorning buzilishi, shu jumladan yuqori darajada psixomotor faollik va ta’sirchanlik (ko‘proq bolalarda);
Tez-tezligi noma’lum: depressiya, tajovuzkorlik (ko‘proq bolalarda).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: bosh og‘rig‘i;
Tez-tez emas: tremor.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: katarakta; 
Kam hollarda: glaukoma.
Tez-tezligi noma’lum: ko‘rish o‘tkirliginii pasayishi, markaziy seroz xorioretinopatiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: yurakning kuchli urishi, taxikardiya, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, stenokardiya;
Kam hollarda: aritmiya (jumladan supraventrikulyar taxikardiya va ekstrasistoliyalar).
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: nazofaringit;
Tez-tez: tomoqning qichishishi, ovoz bo‘g‘ilishi/disfoniya, sinusit;
Kam hollarda: paradoksal bronxospazm.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: lat yeyish.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: mushak tirishishlari, jarohat oqibatida sinishlar, artralgiya, mialgiya. 

Ayrim noxush reaksiyalarning ta’rifi
β2-agonistlar bilan davolaganda tremor, yurakni kuchli urishi va bosh og‘rig‘i kabi nojo‘ya farmakologik samaralar haqida xabar berilgan, biroq ular o‘tkinchi bo‘ladi va davolash davom ettirilganida susayib boradi.
Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, bevosita ingalyatsiyadan keyin hushtaksimon nafasni va hansirashni kuchayishi bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm kuzatilishi mumkin. Paradoksal bronxospazm qisqa ta’sirdagi bronxodilatatorlar bilan davolanadi va u darhol buyurilishi kerak. ErFlyuSal Forspiro preparati qo‘llanilishini darhol to‘xtatish, patsiyentni tekshirish va zarurat bo‘lganida boshqa davolashni buyurish zarur.
Preparat tarkibida flutikazon propionati mavjudligi tufayli, ayrim patsiyentlarda ovozni bo‘g‘ilishi va og‘iz bo‘shlig‘i hamda halqumda va kam hollarda qizilo‘ngachda kandidoz (oqarish) yuzaga kelishi mumkin. Ovozni bo‘g‘ilishi va og‘iz bo‘shlig‘i hamda halqumda kandidoz tez-tezligini preparat ingalyatsiya qilinganidan keyin og‘izni suv bilan chayish va (yoki) tish cho‘tkasi bilan tishlarni yuvish yo‘li orqali kamaytirish mumkin. Og‘iz va halqumgi simptomatik kandidozni ErFlyuSal Forspiro preparati bilan davolashni davom ettirgan holda, zamburug‘larga qarshi mahalliy preparatlar bilan davolash mumkin.

Bolalarda qo‘llanilishi
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan tizimli samaralar Kushing sindromini, kushingsifat tashqi ko‘rinishni, buyrak usti bezlari funksiyasi so‘ndirilishini, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni to‘xtab qolishini o‘z ichiga oladi. Bolalarda shuningdek xavotirlik, uyquni va xulq-atvorni buzilishi, shu jumladan giperfaollik va ta’sirchanlik kuzatilishi mumkin.

Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Narh
Qadoqda soni
Dozasi 50мкг
Narh* 170 000 so'm

ERFLYUSAL bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni
Dozasi 50МКГ
Narh* 95 000 so'm

Seretid bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni -
Dozasi -
Narh* -
Mavjud qadoq turlari
  • Kukun
  • Kukun
  • Aerozol
  • Aerozol
Homiladorlik davrida qabul qilish
Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi
Bog'lik kasalliklarni davolash

Astmadan

«ERFLYUSAL analoglar» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9