Lidokain analoglari


Dori analoglarini taqqoslash Lidokain

Lidokain Katedjel ANGAL
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
ANGAL LIMON spreyi ikki tomonlama (mikroblarga qarshi va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi) ta’sirga ega, chunki ikki faol modda saqlaydi: xlorgeksidin va lidokain.

Shuning uchun preparat tomoqdagi yallig‘lanish simptomlarini yumshatadi, og‘ir bakterial infeksiyalar rivojlanishi xavfini kamaytiradi, yutishdagi og‘riqni va tomoqni ta’sirlanishini kamaytiradi.

Angal Limon spreyi qand (saxaroza) saqlamaydi, shuning uchun uni xatto qandli diabetda xam qo‘llash mumkin.


Angal Limon spreyi quyidagilarda mahalliy qo‘llanadi:

• og‘iz bo‘shlig‘i (stomatit, gingivit) va tomoq (faringit) shilliq qavatining yallig‘lanishini davolash;

• og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishida og‘riqni yengillashtirish;

• tomoqning yallig‘lanish simptomlarini (yutishdagi og‘riq, ta’sirlanish) yengillashtirish.

Angal Limon spreyi kattalar, o‘smirlar va 5 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan. 

Agar 3-4 kun davomida simptomlar kuchaysa yoki yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Batafsil
Retseptli / Retsepsiz Retseptli Retsepsiz
Kategoriya

Dermatologik

Yurak-qon tomir

Anestetik vositalar

Oftolmologik vositalar

Anestetik vositalar

Tomoq kasalliklari

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Barcha dori vositalari kabi Angal Limon ham, garchi ular hammada paydo bo‘lmasa-da, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.

Quyida sanab o‘tilgan xar qanday simptomlar paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtating va shoshilinch shifokorga yoki yaqindagi tibbiy muassasaga murojaat qiling:

• qo‘llar, oyoqlar, to‘piqlar, yuz, lablar, og‘iz yoki tomoqni shishi, bu yutish yoki nafasni buzilishini chaqirishi mumkin;

• butun tana bo‘ylab toshma;

• eshakemi;

• xushdan ketish.

Bu juda jiddiy nojo‘ya samaralar, ular preparatga og‘ir allergik reaksiyalar haqida dalolat beradi. Bunday hollarda shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘ladi.

Boshqa nojo‘ya samaralari

Tez-tez (10 patsiyentlarda 1 dan ko‘p bo‘lmaganida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, teri allergik reaksiyalari.

Kam hollarda (1000 patsiyentlarda 1 dan ko‘p bo‘lmaganida uchraydi): preparat bilan kontaktdan keyin qichishuvchi toshma, terida qichishuvchi tugunli toshma, til yoki tomoqni shishi, nafasni qiyinlashishi, qorin og‘rig‘i, diareya, arterial bosimni keskin tushishi oqibatidagi bosh aylanishi kabi simptomlar bilan og‘ir allergik reaksiyalar.

Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas): uyquchanlik, oriyentatsiyani buzilishi, ongni chalkashishi (shu jumladan nutqni chalkashishi), bosh aylanishi, tremor, psixoz, asabiylik, sanchilish, uvishish, tirishishlar, xushdan ketish, koma, quloqlarda shovqin, qo‘zg‘alish (shu jumladan xarakat bezovtaligi bilan og‘ir qo‘zg‘alish), xursand-qo‘zg‘algan xolat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda ikkilanish), yutishni qiyinlashishi, o‘tkinchi ta’mni buzilishdari va tilda achishish xissi, og‘izda yaralar yoki toshma, mushak tortilishlari yoki qaltirashi (tremor), og‘izda issiqlik yoki sovuqlik tuyg‘usi, quyosh nurlari ta’siriga terining sezuvchanligini oshishi (sekinlashgan turi) yoki terida boshqa reaksiyalar, lixenoid reaksiya, yanada qiyinlashgan va tezlashgan va terini ko‘karishiga olib keluvchi nafasni qiyinlashishi, tez va yuzaki nafas, nafasni birdan to‘xtashi, kuchsizlik va kuch va quvvatni yo‘qligi xissi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, nafasni qiyinlashishi va terini ko‘karishi bilan namoyon bo‘luvchi qondagi o‘zgarishlar.

Butun og‘iz bo‘shlig‘iga sepish bilan xlorgeksidinni davomli va uzluksiz qo‘llashda, tishlarni vaqtinchalik qorayishi paydo bo‘lishi mumkin. Tishlarni bunday qorayishini bartaraf qilish mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparat tomoq sohasiga mahalliy qo‘llanganda tishlarni qorayishi haqida xabarlar tushmagan.

Bolalar

Bolalarda nojo‘ya samaralarini rivojlanish tez-tezligi va og‘irligi, kattalardagidek bo‘lishi kutiladi.

Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Shuningdek, agar Sizda bu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Batafsil
Narh
Qadoqda soni 5
Dozasi 2мл
Narh* 1 200 so'm

Lidokain bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni 1
Dozasi 12,5г
Narh* 28 000 so'm

Katedjel bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni 24
Dozasi
Narh* 26 400 so'm

ANGAL bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Mavjud qadoq turlari
  • Eritma
  • Tomchilar
  • Sprey
  • Aerozol
  • Gel
  • Sprey
  • Pastilkalar
Homiladorlik davrida qabul qilish
Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi
Bog'lik kasalliklarni davolash

Yurak uchun

Aritmiyadan

Insultdan

Tomoq og'rig'idan

«Lidokain analoglar» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9