Menovazinning aptekalardagi narxlari
MENOVAZIN RMF eritma 40ml N1
|
|
24 ta dorixonada bor
|
3 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
4 000 so'mdan
Bron qilish
|
MENOVAZIN eritma 40ml N1
|
|
213 ta dorixonada bor
|
2 340 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
3 000 so'mdan
Bron qilish
|
MENOVAZIN eritma 50ml N1
|
|
4 ta dorixonada bor
|
4 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MENOVAZIN LIK eritma 40ml N1
|
|
12 ta dorixonada bor
|
3 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
4 000 so'mdan
Bron qilish
|
MENOVAZIN maz 30g N1
|
|
9 ta dorixonada bor
|
14 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
14 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Menovazin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MENOVAZIN
MENOVASINUM
Preparatning savdo nomi: Menovazin
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): rasemat mentol, novokain, anestezin.
Dori shakli: suyuqlik
Tarkibi:
100 ml suyuqlik quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: rasemat mentol – 2,5 g, novokain – 1 g, anestezin – 1 g;
yordamchi modda: 70% etil spirti.
Tarifi: rangsiz, tiniq mentol xidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.
ATX kodi: D04AB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Novokain – o‘rtacha anesteziya faolligiga ega mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv oxirlaridagi impulsning va nerv tolalari bo‘ylab generasiyasiga to‘sqinlik qiladi.
Anestezin – yuzaki anesteziya uchun mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Sezuvchi nerv oxirlarlaridagi og‘riq impulsini paydo bo‘lishiga va ularni nerv tolalari orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Mentol – majmuaviy preparat tarkibidagi novokain va anestezinni bilan bir vaqtda qo‘llanilganda preparatning maxalliy og‘riqsizlantiruvchi tasirini kuchaytiradi.
Farmakokinetika
Sirtga qo‘llanilganda preparat komponentlari tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
Nevralgiya, mialgiya va artralgiyada maxalliy og‘riqsizlantiruvchi, qichishuvchi dermatozda – mahalliy qichishishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi, terining og‘riqli sohalariga bir kunda 2-3 marta surtiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Maxalliy allergik reaksiyalar, uzoq vaqt qo‘llanganda – bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimini pasayishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Preparat komponentlari (novokain, anestezin) sulfanilamid preparatlarini bakteriyalarga qarshi tasirini kamaytiradi. Mahalliy anesteziyalovchi ta‘sirga ega preparatlarni samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:
Preparat yuqori e‘tibor konsentrasiyasiniva psixomotor reaksiya tezligini talab qiluvchi transport vositalari va potensial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va laktasiya:
Xomiladorlik va laktasiya davrida preparatni organizmga ta‘siri xaqida malumot yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida, terida qo‘zg‘aluvchanlik, toshmalar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Spirtli eritma 25, 30, 40, 50 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Olovdan uzoqroqda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari