Siprofloksatsinning aptekalardagi narxlari
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
6 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SIPROFLOKSASIN-ADJIO tabletkalari 500mg N100
|
|
8 ta dorixonada bor
|
75 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SIPROFLOKSASIN (NIKAPHARM) tabletkalari 500mg N100
|
|
17 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
60 000 so'mdan
Bron qilish
|
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100
|
|
9 ta dorixonada bor
|
58 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SIPROFLOKSASIN-ADJIO tabletkalari 500mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
90 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SIPROFLOKSASIN (NIKAPHARM) tabletkalari 500mg N10
|
|
18 ta dorixonada bor
|
56 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
56 400 so'mdan
Bron qilish
|
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
|
|
247 ta dorixonada bor
|
5 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
110 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
9 500 so'mdan
Bron qilish
|
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
|
|
174 ta dorixonada bor
|
3 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
3 500 so'mdan
Bron qilish
|
SIPROFLOKSASIN eritma 2mg/ml 100ml N1
|
|
8 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
12 000 so'mdan
Bron qilish
|
SIPROFLOKSASIN eritma 100ml N1
|
|
9 ta dorixonada bor
|
9 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
SIPROFLOKSASIN eritma 200mg/100ml 100ml N1
|
|
56 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
6 000 so'mdan
Bron qilish
|
SIPROFLOKSASIN tomchilar 3mg/ml 5ml N1
|
|
38 ta dorixonada bor
|
2 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Siprofloksatsin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
V-SIPROFLOKSASIN
V-CIPROFLOXACIN
Preparatning savdo nomi: V-Siprofloksasin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 500 mg siprofloksasinga ekvivalent bo‘lgan 582 mg siprofloksasin gidroxloridi monogidrati;
yordamchi moddalar: laktoza, natriy karboksimetil, povidon, natriy stearil fumarati;
qobig‘i: oq Opadray Y-1 7000 (gipromelloza E5, polietilenglikol 400, titan dioksidi (Ye171)), tozalangan suv.
Ta‘rifi: oq, uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, ikki tomonida bo‘lish chizig‘i bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi: J01MA02.
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, xinolon hosilasi, bakterial DNK-girazani susaytiradi (yadrodagi RNK atrofidagi xromosoma DNK ni superspirazilasiya jarayoni uchun javobgar II va IV topoizomerazalarni, bu genetik ma‘lumotni o‘qish uchun zarur), DNK sintezini, bakteriyalarni o‘sishi va bo‘linishini buzadi; bakterial xujayrada yaqqol morfologik o‘zgarishlarni (shu jumladan xujayra devori va membranalari) va tez o‘limini chaqiradi.
Tinch va bo‘linish davrida grammanfiy organizmlarga (chunki faqatgina DNK-girazaga ta‘sir qilmasdan, xujayra devorini lizisini ham chaqiradi), grammusbat mikroorganizmlarga – faqat bo‘linish davrida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.
Makroorganizm xujayralariga past toksikligi ularda DNK-girazani yo‘qligi bilan tushuntiriladi. Siprofloksasinni qabul qilish fonida giraza ingibitorlari guruhiga mansub boshqa antibiotiklarga parallel chidamlikni paydo bo‘lishi kuzatilmaydi, bu uni masalan aminoglikozidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, tetrasiklinlar va ko‘pgina boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali hisoblanadi.
Siprofloksasinga grammanfiy aerob bakteriyalar sezgir: (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), ba‘zi xujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii;
grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae).
in vitro sharoitda Bacillus anthracis nisbatan faol.
Metisillinga chidamli ko‘pgina stafilokokklar siprofloksasinga ham chidamli. Streptococcus pneumonia, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium (xujayra ichida joylashgan) ning sezuvchanligi – o‘rtacha (ularni bostirish uchun yuqori konsentrasiyalar talab etiladi).
Preparatga rezistent: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides. Treponema pallidum ga nisbatan samarasiz.
Rezistentlik juda sekin rivojlanadi, chunki bir tomondan siprofloksasinning ta‘siridan keyin doimiy davom etuvchi mikroornazimlar qolmaydi, boshqa tomondan esa – uni faolsizlantiruvchi ferment bakteriyal xujayralarda mavjud emas.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) (asosan 12-barmoq va och ichakda) tez va to‘liq so‘riladi. Ovqatlanish so‘rilishini sekinlashtiradi, lekin maksimal konsentrasiyasi (Smax) va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Biokiraolishligi – 50-85%, taqsimlanish xajmi – 2-3,5 l/kg, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 20-40%. Peroral qabul qilganda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TSmax) -60-90 minut, Smax qabul qilingan dozaga proporsional bog‘liq va 250, 500, 750 va 1000 mg dozalarda muvofiq ravishda 1,2, 2,4, 4,3 va 5,4 mkg/ml ni tashkil etadi. Ichga 250, 500 va 750 mg qabul qilgandan 12 soatdan keyin preparatning plazmadagi konsentrasiyasi muvofiq ravishda 0,1, 0,2 va 0,4 mkg/ml gacha kamayadi.
Siprofloksasin organizm to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi (yog‘larga boy, masalan nerv to‘qimasidan tashqari). To‘qimalardagi konsentrasiyasi plazmadagidan 2-12 marta yuqori. Terapevtik konsentrasiyalarga so‘lak, bodomcha bezlari, jigar, o‘t qopi, safro, ichak, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolari (endomeriy, fallopiy naylari va tuxumdonlar, bachadon), urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, buyrak va siydik chiqarish a‘zolari, o‘pka to‘qimasi, bronxial sekret, suyak to‘qimasi, mushak, sinovial suyuqlik va bo‘g‘im paylari, peritoneal suyuqlik, terida erishiladi. Orqa miya suyuqligiga (OMS) ga kam miqdorda kiradi, miya pardalarini yallig‘lanishi yo‘qligida uning konsentarsiyasi zardobdagidan 6-10%, yallig‘langanda -14-37% ni tashkil qiladi. Siprofloksasin shuningdek ko‘z suyuqligi, bronxial sekret, plevra, qorin parda, limfaga yaxshi kiradi, yo‘ldosh orqali yaxshi kiradi. Siprofloksasinning qon neytrofillaridagi konsentrasiyasi qon zardobiga nisbatan 2-7 marta yuqori.
rN ko‘rsatkichi 6 dan kam bo‘lganida faolligi biroz kamayadi.
Kam faollikka ega bo‘lgan metabolitlarini (dietilsiprofloksasin, sulfosiprofloksasin, oksosiprofloksasin, formilsiprofloksasin) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi (15-30%).
Yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 4 soat, surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBE) – 12 soatgacha. O‘zgarmagan shaklda (40-50%) va metabolitlari shaklida (15%) kanalchalar filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan buyrak orqali, qolgan qismi me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. Kam miqdori ona suti bilan chiqariladi.
Buyrak klirensi – minutiga 3-5 ml/kg; umumiy klirensi – minutiga 8-10 ml/kg. Surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan yuqori) buyrak orqali chiqariladigan preparatning foizi kamayadi, ammo preparatning metabolizmi va me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqarilishini kompensator oshishi hisobiga organizmda to‘planishi kuzatilmaydi.
Qo‘llanilishi
- Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infeksiyalar: quyi nafas yo‘llarining kasalliklari (o‘tkir va surunkali (zo‘rayish bosqichidagi) bronxit, pnevmoniya, bronxoektatik kasallik, mukovissedozning infeksion asoratlari);
- LOR-a‘zolarining infeksiyalari (o‘tkir sinusit);
- buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (sistit, pielonefrit);
- intraabdominal infeksiyalar asoratlari (metronidazol bilan majmuada);
- surunkali bakterial prostatit;
- asoratlanmagan gonoreya;
- qorin tifi, kampilobakterioz, shigellyoz, “sayohatchilar” diareyasi;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohatlar, kuyishlar, abssesslar, flegmona);
- suyak va bo‘g‘im (osteomielit, septik artrit);
- immuntanqislik fonidagi infeksiyalar (immunodepressiv dori vositalari (DV) bilan davolashda yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda paydo bo‘luvchi);
- kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Bolalar. 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Tabletkalarni butunligicha, oz miqdordagi suyuqlik bilan ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkalarni och qoringa qabul qilishda faol modda tezroq so‘riladi.
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi quyi nafas yo‘llarining infeksiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.
O‘tkir sinusitda – 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 10 kun.
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi teri yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida –
500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.
Suyak va bo‘g‘imlar infeksiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda –
750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 4-6 xaftagacha.
Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – 250-500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 7-14 kun, ayollarda asoratlanmagan sistitda – 3 kun.
Surunkali bakterial prostatitda – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 28 kun.
Asoratlanmagan gonoreyada – 250-500 mg bir marta.
Infeksion diareya – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 5-7 kun.
Qorin tifida – 500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 10 kun.
Asoratlangan intraabdominal infeksiyalarda – 500 mg dan har 12 soatda 7-14 kun davomida.
Kuydirgining o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun – 500 mg dan sutkada 2 marta 60 kun davomida.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi: kreatinin klirensi minutiga 50 ml yuqori bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi; kreatinin klirensi minutiga 30-50 ml bo‘lganida – 250-500 mg har 12 soatda; kreatinin klirensi minutiga 5-29 ml bo‘lganida – 250-500 mg har 18 soatda.
Agar bemorga gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazilayotgan bo‘lsa – sutkada 250-
500 mg, ammo preparatni gemodializ seansidan keyin qabul qilish kerak.
Pediatriyada:
5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashda – 20 mg/kg sutkada 2 marta (maksimal doza 1,5 g). Davolash davomiyligi – 10-14 kun;
kuydirgining o‘pka shaklida (profilaktika va davolash) – 15 mg/kg kuniga 2 marta. Maksimal bir martalik doza – 500 mg, sutkalik doza – 1 g. Siprofloksasinni qabul qilishning umumiy davomiyligi – 60 kunni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o‘tkazgan pasientlarda), gepatit, gepatonekroz.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kuchli charchoqlik, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tush ko‘rishlar, periferik paralgeziya (og‘riqni his qilish anomaliyasi), bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyusinasiyalar, shuningdek psixotik reaksiyaning boshqa ko‘rinishlari (kam hollarda pasient o‘ziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatgacha avj oluvchi), migren, hushdan ketish hollari.
Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, rang ajratishni o‘zgarishi), quloqda shovqin, eshitishni pasayishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, serebral arteriyalar trombozi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombositopeniya, leykositoz, trombositoz, gemolitik anemiya.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari faolligi va ishqoriy fosfotazani oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni uzilishi, mialgiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (eng avvalo siydikni ishqoriyligi va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, gematuriya, buyrakning azotni chiqarish faoliyatini pasayishi, interstisial nefrit.
Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, qon ketish bilan kechuvchi pufaklarni paydo bo‘lishi va qasmoq hosil qiluvchi mayda pufaklarni paydo bo‘lishi, dori isitmasi, terida nuqtali qon talashishlar (petixiyalar), yuz yoki hiqildoq shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘p shaklli ekksudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi).
Boshqalar: asteniya, yorug‘likni yuqori sezuvchanlik, superinfeksiyalar (kandidoz, soxtamembranoz kolit), yuzga qonni “oqib kelishlari”, ko‘p terlash.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samara og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqda shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimni (AB) yaqqol pasayishi, uyquchanlik xavfi), 18 yoshgacha bolalar (5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashdan tashqari), laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyada qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miya qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalar, avval ftorxinolonlar bilan davolanganda paylarni shikastlanishida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Siprofloksasin gepatositlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlari faolligini pasaytirishi sababli teofillin (va boshqa ksantinlarni, masalan kofein), peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita ta‘sir etuvchi antikoagulyant vositalarining T1/2 uzaytiradi, protrombin indeksini pasayishiga olib keladi.
Mikroblarga qarshi boshqa dori vositalari (beta-laktam antibiotiklari, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan birga odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. chaqirgan infeksiyalarda azlosillin va seftazidim bilan; streptokokk infeksiyalarida – mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklari bilan; stafilokokk infeksiyalarida – izoksazolilpenisillinlar va vankomisin bilan; anaerob infeksiyalarda – metronidazol va klindamisin bilan majmuada muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.
Siklosporinning nefrotoksigini kuchaytiradi, zardobda kreatinin miqdorini oshishi kuzatiladi, bunday pasientlarda ushbu ko‘rsatkichni xaftada 2 marta nazorat qilish kerak.
Bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi.
Temir saqlovchi dori vositalari, sukralfat va magniy, kalsiy va alyuminiy ionlarini saqlovchi antasid dori vositalari bilan birga peroral qabul siprofloksasinni so‘rilishini kamayishiga olib keladi, shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalaridan 1-2 soat oldin yoki 4 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) tirishishlar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Didanozin tarkibidagi alyuminiy va magniy ionlari bilan majmualar hosil qilishi sababli didanozin siprofloksasinning so‘rilishini kamaytiradi.
Metoklopramid so‘rilishini tezlashtiradi, bu uning Smax ga erishish vatini kamayishiga olib keladi.
Urikozurik dori vositalarini birga qo‘llash chiqarilishini (50% gacha) sekinlashishiga va siprofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Tizanidning Smax 7 marta (4 dan 21 martagacha) va “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni (AUC) 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi, bu arterial bosimni yaqqol pasayishi va uyquchanlik xavfni oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siprofloksasin Streptococcus pneumonia chaqirgan pnevmoniyaga gumon qilganda yoki aniqlanganda tanlov preparati hisoblanmaydi.
Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish tavsiya etilmaydi, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish va siydikni ishqoriy muhitda tutib turish zarur.
Tutqanog‘i bo‘lgan, anamnezida tirishish hurujlari, bosh miyaning tomir kasalliklari va organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfi sababli siprofloksasinni faqat “xayotiy” ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak.
Davolash vaqtida yoki davolashdan keyin og‘ir darajali va davomli diareya paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurishni talab qiluvchi soxtamembranoz kolit tashhisini inkor qilish kerak.
Paylarda og‘riqni yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lishida davolashni to‘xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig‘lanishi va hatto yorilishini alohida hollari ta‘riflangan).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish, mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlanish kerak.
Siprofloksasinni qo‘llashda bevosita quyosh nurlari va jadal ultrabinafsha nurlanishdan saqlanish kerak. Fotosezuvchanlik paydo bo‘lgan hollarda (kuyishsimon teri reaksiyalarini paydo bo‘lishi) preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash: spesifik antidoti noma‘lum. Me‘da yuvish va boshqa shoshilinch choralar, pasientning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash amalga oshiriladi. Gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatning faqat oz miqdori (10% kamroq) chiqarilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
8 tabletkadan blisterda. 2 blisterdan rus va o‘zbek (davlat) tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton paketga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari