×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
Ципрофлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- J01MA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 17 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Kino Kobik bilan koplangan planshetlar 250 mg, 500 mg, 750 yuriknomasi bilan birga tomonidan tibbietda kullanilishiga mg.

10 yoki 7 planshetlar eskizidir uyasi onramga joalanadi.

Фторхинолонлар гуруҳига мансуб кенг таъсир доирасига эга микробларга қарши препарат. Бактерицид таъсир қилади. Препарат бактериал ДНК-гиразасини бостиради, натижада ДНК репликацияси ва бактерияларнинг ҳужайра оқсилларининг синтези бузилади. Ципрофлоксацин кўпаяётган микроорганизмларга ҳам, тинч фазада бўлганларга ҳам таъсир қилади. Ципрофлоксацинга грамманфий аэроб бактериялар: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.; Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella miltocida, Plesiоmonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.; айрим хужайра ички қўзғатувчилар: Legionella pneunophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare сезгир.

Ципрофлоксацинга шунингдек граммусбат аэроб бактериялар: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) ҳам сезгир. Метициллинга чидамли кўпчилик стафилококклар, ципрофлоксацинга ҳам чидамли. Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis бактерияларининг сезгирлиги ўртача.

Ҳам in vinto шароитида, ҳам қон плазмасидаги препаратнинг концентрациясини текшириш маълумотлари бўйича (суррогат маркер сифатида), ципрофлоксацинга шунингдек Bacillus anthracis ҳам сезгир.

Препаратга резистентлар: Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium diffi cile, Nocardia asteroids. Treponema pallidum га нисбатан препаратнинг таъсири етарлича ўрганилмаган. 

қобиқ билан қопланган таблеткалар 250 мг, 500 мг, 750 мг.
1 таблетка қўйидагини сақлайди:

фаол модда: ципрофлоксацин гидрохлориди ципрофлоксацинга қайта ҳисоблаганда – 250 мг, 500 мг, 750 мг.

ёрдамчи моддалар: маккажўхори крахмали, коллидон CL, сут қанди, микрокристаллик целлюлоза, магний стеарати, тальк;

қобиқ: гипромеллоза, макрогол 4000, пропиленгликоль, тальк, титан икки оксиди.

So'rilishi 
Og'iz orqali qabul qilinganida tsiprofloksasin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, asosan ingichka ichakda. Preparatning biosinguvchanligi – 70-80% ni tashkil qiladi. Sog'lom ko'ngillilar tomonidan 250, 500, 750 va 1000 mg preparat peroral qabul qilinganida (ovqatdan oldin) qon zardobida preparatning maksimal kontsentrasiyasiga 1-1,5 soat o'tgach erishiladi va muvofiq 1,2; 2,4; 4,3; va 5,4 mkg/ml ni tashkil qiladi. 
Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (Smax) va "kontsentrasiya – vaqt" (AUC) egri chizig'i osti maydoni ko'rsatkichi dozaga proportsional ko'tariladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan tsiprofloksasin 20-30% bog'lanadi, aktiv modda qon plazmasida ko'proq inonizasiyalanmagan shaklda bo'ladi.
Peroral qabul qilingan tsiprofloksasin organizmning to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Preparatning yuqori kontsentrasiyalari safroda, o'pkada, buyrakda, jigarda, o't pufagida, bachadonda, urug'suyuqligida, prostata bezining to'qimasida, bodomsimon bezlarda, endometriyda, fallopiy naylari va tuxumdonlarda kuzatiladi. Preparatning bu to'qimalardagi kontsentrasiyasi zardobdagidan yuqori bo'ladi. Tsiprofloksasin shuningdek suyaklarga, ko'z suyuqligiga, bronxial sekretga, so'lakka, teriga, mushaklarga plevraga, qorin pardasiga, limfaga yaxshi o'tadi. 
Qon neytrofillarida to'planayotgan tsiprofloksasinning kontsentrasiyasi qon zardobidagiga qaraganda 2-7 marta yuqoridir. 
Organizmda taqsimlanish hajmi 2-3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Orqa miya suyuqligiga preparat ko'p bo'lmagan miqdorda o'tadi, u erda uning kontsentrasiyasi odatda zardobdagi kontsentrasiyasining 6-10% ni tashkil qiladi.
Metabolizmi 
Jigarda biotransformasiyalanadi. Qonda tsiprofloksasinning to'rtta metaboliti kam kontsentrasiyada aniqlanishi mumkin: dietilsiprofloksasin (M1), sulfosiprofloksasin (m2), oksosiprofloksasin (m3), formilsiprofloksasin (M4), ulardan uchtasi (M1-m3) in vitro sharoitida antibakterial aktivlikni namoyon qiladi, nalidiks kislota antibakterial aktivligigi o'xshab. Kam miqdorda uchrovchi M4 metaolitini antibakterial aktivligi in vitro sharoitida norfloksasinnikiga o'xshash.
Chiqarilishi 
Tsiprofloksasinni organizmdan buyrak orqali kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi orqali chiqadi; oz miqdorda - me'da ichak yo'li orqali. Buyrak orqali 50-70% chiqariladi. 15 dan 30% gacha me'da-ichak yo'llari orqali chiqariladi. O't orqali yuborilgan dozani 1% chiqadi.
Buyrak klirensi 0,18-0,3 l/s/kg tashkil qiladi, umumiy klirens – 0,48-0,60 l/s/kg. O't pufagida (safroda) tsiprofloksasin yuqori kontsentrasiyada yig'iladi. Buyraklar faoliyati o'zgarmagan bemorlarda yarim chiqarilish davri odatda 3-5 soatni tashkil qiladi. Buyraklar faoliyatini buzilishlarida yarim chiqarilish davri oshadi. Og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) 20 ml/min/1,73 m2 dan past) bo'lgan bemorlarga preparatning sutkalik dozasini yarmini buyurish kerak
Har qanday dori vositasi kabi, TSIPROFLOKSASIN-Nika ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Ba'zida quyidagi nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin
infektsion va parazitar kasalliklar: ba'zida – zamburug'li superinfektsiyalar; kam xollarda – kolit (juda kam xollarda o'lim bilan tugashi mumkin)
qon yaratish tizimi tomonidan: ba'zida – eozinofiliya; kam xollarda - leykopeniya, anemiya, neytropeniya, leykositoz, trombositopeniya, trombositemiya; juda kam xollarda - gemolitik anemiya, agranulositoz, pantsitopeniya (o'limga olib kelishi mumkin), suyak ko'migini susaytirish (o'limga olib kelishi mumkin);
immun tizim tomonidan – kam xollarda – allergik reaktsiyalar, allergik shish/angionevrotik shish; juda kam xollarda – anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok (o'limga olib kelishi mumkin), zardob kasalligi;
modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: - ba'zida – ishtaxani pasayishi va ovqat qabul qilish sonini kamayishi; kam xollarda - giperglikemiya, gipoglikemiya;
ruxiy o'zgarishlar: ba'zida – psixomotor gipetaktivlik/ ajitasiya; kam xollarda - ongni chalkashishi, orientasiyani buzilishi, xavotirlik, g'alati tushlar ko'rish, depressiya, gallyusinasiya; juda kam xollarda – ruxiyatni buzilishi (ruxiy reaktsiyalar) 
Markaziy nerv tizimi tomonidan: ba'zida - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, ta'm bilishni buzilishi; kam xollarda – parasteziya va dizesteziya, gipesteziya, tremor, tirishish (epilepsiya tirishishlari xam), vertigo; juda kam xollarda – migren, koordinasiyani buzilishi, xidlarni sezishni uzilishi, giperesteziya, bosh miya ichki bosimini oshishi; uchrashi aniq emas - periferik neyropatiya va polineyropatiya; 
ko'rish a'zolari tomonidan: kam xollarda – ko'rish bilan og'liq bo'lgan muammolar; juda kam xollarda - yorug'likka yuqori sezuvchanlik,
eshitish va labirint a'zolari tomonidan: kam xollarda - quloqlarda shovqin, eshitishni yo'qolishi; juda kam xollarda - eshitishni pasayishi;
yurak-tomir tizimi tomonidan:kam xollarda - taxikardiya, vazodilatasiya, arterial bosimni pasayishi, xushdan ketish; juda kam xollarda – vaskulit; uchrashi aniq emas - Q-T intervalini uzayishi, qorincha aritmiyalari (shu jumladan "piruet" turi);
nafas tizimi tomonidan: kam xollarda - nafasni buzilishi (shu jumladan bronxospazm);
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, diareya; kam xollarda - qusish, qorinda og'riq, dispepsiya, meteorizm; juda kam xollarda – pankreatit;
jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan: ba'zida – "jigar" transaminazalari faolligini oshishi, bilirubin kontsentrasiyasini oshishi; kam xollarda – jigar ish faoliyatini buzilishi, sariqlik, gepatit (noinfektsion); juda kam xollarda – jigar to'qimasini nekrozi (ba'zi bir xollarda avjlanuvchi jigar etishmovchiligi rivojlanishi xayot uchun xavf tug'diradi) 
teri va teri osti to'qimalari tomonidan: ba'zida - teri toshmasi, qichishish, eshak Emi; kam xollarda - fotosensibilizasiya, Qavariqlarni hosil bo'lishi; juda kam xollarda - teriga nuqtali qon quyilishi (petexiyalar), mayda shaklli eritema, tugunli eritema, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz); uchrashi aniq emas – o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez;
tayanch-harakat apparati tomonidan: ba'zida – artralgiya; kam xollarda – mialgiya, artrit, mushak tonusini oshishi, mushak tirishishlari; juda kam xollarda - mushak kuchsizligi, tendinit, paylarni (axillov paylarini) uzilishi, miasteniya simptomlarini zo'rayishi.
buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: ba'zida – buyrak faoliyatini buzilishi; kam xollarda – buyrak etishmovchiligi, gematuriya, kristalluriya, tubulointerstisial nefrit;
umumiy o'zgarishlar va yuborilgan joyda buzilishlar: ba'zida – noaniq etiologiyali og'riq sindromi, uzini yomon xis qilish, isitma; kam xollarda – shish, terlash (gipergidroz); juda kam xollarda – xaraklanishni buzilishi;
laborator ko'rsatkichlar: ba'zida – qonda ishqoriy fosfataza aktivligini oshishi; kam xollarda – protrombinni miqdorini o'zgarishi, amilaza aktivligini oshishi; uchrashi aniq emas – MnO oshishi (vitamin K antagonistini olgan bemorlarda) kuzatilishi mumkin.
Bolalar
Bolalarda artropatiya kelib chiishi xaqida ko'p xabarlar bor. Artropatiyani (artralgiya, artrit) uchrash salmog'i kattalarda o'tkazilgan klinik sinovlar natijasi asosiga asoslangan. Bolalarda artropatiyani yuzaga kelishi xususiy deb baxolanadi.
Agar sizda ushbu yo'riqnoma-kiritmada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga xabar bering.
Og'ir infektsiyalarni, stafilokokli infektsiyalarni va anaerobli bakteriyali infektsiyalarni davolashda, tsiprofloksasinni quyidagi antibakterial vositalar bilan birgalikda ishlatish kerak.
Tsiprofloksasin Streptococcus pneumoniae chaqirgani gumon qilingan yoki aniqlangan pnevmoniyada tanlov preparati emas.
Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirish mumkin emas, shuningdek suyuqlikni etarli iste'mol qilish va siydikning kislotali reaktsiyasini tutib turish kerak.
Davolanish vaqtida yuqori diqqatni va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Tutqanog'i, anamnezida tirishish xurujlari, qon tomir kasalliklari va bosh miyaning organik kasalliklari bo'lgan bemorlarga, Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishining xavfi tufayli, tsiprofloksasinni faqat "hayotiy" ko'rsatmalar bo'yicha buyurish kerak.
Davolash vaqtida yoki keyin og'ir va davomli diareya paydo bo'lganida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u preparatni darhol bekor qilishni va muvofiq davolashni buyurishni talab qiladi.
Paylarda og'riqlar yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig'lanishi va xatto uzilishning aloxida xollari ta'riflangan). 
Davolanish vaqtida UB-nurlanishdan (shu jumladan to'g'ri quyosh nurlari bilan kontaktdan) saqlanish kerak. Og'ir infektsiyalarni, stafilokokkli infektsiyalarni va anaerob bakteriyalar bilan bog'liq bo'lgan infektsiyalarni davolashda, tsiprofloksasin muvofiq antibakterial vositalar bilan majmuada ishlatish kerak.
Ftorxinolonlarga chidamli Neisseria gonorrhoeae shtammlari chaqirganligi taxmin qilingan infektsiyalarda, tsiprofloksasinga rezistentlik bo'yicha mahalliy ma'lumotni hisobga olish va laboratoriya testlarida qo'zg'atuvchining sezgirligini tasdiqlash kerak.
Kamdan-kam hollarda birinchi marta qo'llanganidan keyin, xatto anafilaktik shokkacha bo'lgan anafilaktik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Bunday hollarda tsiprofloksasinni qo'llashni darhol to'xtatish va muvofiq davolashni o'tkazish kerak. Paylarning kasalliklari bo'lgan yoki ilgari glyukokortikosteroidlar bilan davolangan keksa pasientlarda, paylarni (asosan axillov payini) uzilish hollari kuzatilishi mumkin. 
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya reaktsiyalar preparat birinchi marta qo'llanganida paydo bo'lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda psixoz suisidal urinishlar bilan namoyon bo'lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak. Tsiprofloksasin CYP450 1A 2 izofermentining o'rtacha ingibitori hisoblanadi. Tsiprofloksasin va bu izofermentlar tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki tsiprofloksasin tomonidan ularning metabolizmini ingibirlanishi bilan bog'liq bo'lgan, qon zardobida bu preparatlarning kontsentrasiyasini oshishi, spesifik noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
In vitro laboratoriya testlarida tsiprofloksasin Mycobacterium spp. ning o'sishini bostiradi, bu tsiprofloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda bu qo'zg'atuvchini tashxisida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Tsiprofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion va yallig'lanish kasalliklari:
Kattalarda:
-Nafas yo'llari infektsiyasi. Tsiprofloksasinni Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus spp., Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Haemophilus spp., Moraxella catarrhalis, Legionella spp. va stafilokokklar chaqirgan zotiljamda buyurish tavsiya qilinadti;
- asosan gramm musat mikroorganizmlar, Pseudomonas aeruginosa yoki stafilokokklar chaqirgan o'rta quloq infektsiyasi (o'rta otit), yondosh bo'shliq infektsiyasi (sinusit);
- buyraklar va siydik chiqarish yo'llari infektsiyasi; 
- jinsiy a'zolar infektsiyasi, jumladan adneksit, gonoreya, prostatit;
- ko'z infektsiyalari;
- ovqat hazm qilish tizimi (me'da ichak tizimini bakterial infektsiyasi, jumladan og'iz, tishlar, jag'lar, peritonit), o't pufagi va safro chiqarish yo'llarining;
- teri qoplamalari, shilliq qavatlar va yumshoq to'qimalarning;
- tayanch-harakat apparatining infektsiyalari
- Neisseria meningitidis chaqirgan invaziv infektsiyalar profilaktikasida;
- qorin bo'shligi infektsiyasida
- Tsiprofloksasin immuniteti pasaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash uchun (immunodepressantlar bilan davolashda), shuningdek kuydirgining o'pka shaklini (Bacillus anthracis infektsiyalanish) infektsion-yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash uchun qo'llanadi.
- tsiprofloksasinga yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga o'ta yuqori sezuvchanlik;
- tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimni yaqqol pasayishi, uyquchanlik xavfi);
- homiladorlik;
- laktasiya davri;
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalik va o'smirlik yoshi ( 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda qand miqdorini o'pka shaklini (Bacillus anthracis bilan kasallanish) profilaktikasi va davolashdan tashqari); 
- soxtamembranoz kolitda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan – bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar etishmovchiligi, anamnezida xinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan paylarning kasalliklari ishoraga ega bo'lgan pasientlar, keksalik yoshi, Q-T intervalini tug'ma uzayishi sindromi, yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), elektrolit disbalansi (gipokaliemiya, giponatriemiya). Q-T intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini (shu jumladan I A va III sinfi antiaritmik) vositalarini bir vaqtda qabul qilish, CYP450 1A 2 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) bilan bir vaqtda qo'llash.
Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
QT intervalini uzayishiga olib keluvchi dori vositalar 
QT intervalini uzayishiga olib keluvchi dori vositalar (misol uchun, I A yoki III sinf antiaritmik preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) qabul qilayotgan pasientlar tsiprofloksasin va boshqa ftorxinolonlarni extiyotkorlik bilan birga qabul qilish kerak.
Xelatli (erimaydigan) birikmalar xosil bo'lishi
Tabletka shaklidagi tsiprofloksasinni va kation saqlovchi preparatlarni, mineral qo'shimchalarni – kaltsiy, magniy, alyuminiy, temir, sukralfat saqlovchi, antasid, polimer fosfat birikmalar (jumladan, sevelamer, lantan karonat) va katta bufer sig'imli preparatlar (didanozin tabletkasi) – magniy, alyuminiy yoki kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qabul qilish tsiprofloksasinni so'rilishini kamaytiradi. Bunday xollarda tsiprofloksasinni 1-2 soat oldin yoki bu preparatlarni kabul qilgandan 4 soatdan so'ng qabul qilish kerak.
Bu xolat N2-gistamin reseptorlarini bloklovchi sinf preparatlariga taaluqli emas.
Ovqat va sutli maxsulotlar qabul qilish
Tsiprofloksasinni minerallar bilan boyitilgan (misol uchun, sut, yogurt, kaltsiy bilan boyitilgan apelsin sharbati) sutli maxsulotlar yoki ichimliklar bilan birgalikda kabul qilinishi tsiprofloksasinni so'rilishini kamayishiga olib keladi. Lekin boshqa ozuqa maxsulotlari tarkibiga kiruvchi kaltsiy tsiprofloksasinni so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
Omeprazol
Tsiprofloksasin va omeprazol bir vaqtda qo'llanganida plazmada preparatning maksimal kontsentrasiyasini biroz pasayishi va "kontsentrasiya-vaqt" farmakokinetik egri chizig'i osti maydonini kamayishi kuzatilishi mumkin.  
Teofillin
Bir vaqtda tsiprofloksasinni teofillin saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llash, teofilinni qon plazmasidagi kontsentrasiyasini oshishiga olib keladi, natijada teofillin-indusirlangan nojo'ya ta'sirga olib keladi; juda kam xollarda bu nojo'ya ta'sir bemor xayotiga xavf tug'dirishi mumkin. Agarda bu ikki preparatni birgalikda ishlatish zarurati bo'lsa, unda teofilinni qondagi kontsentrasiyasini doimo nazorat qilib turish kerak, zarurat bo'lsa teofilinni dozasini kamaytirish.
Ksantinning boshqa unumlari
Bir vaqtda tsiprofloksasinni va kofeinni yoki pentoksifilinni (okspentifillin) qo'llash qon plazmasida ksantin unumlarini kontsentrasiyasini oshishiga olib keladi. 
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar
Juda katta dozalarda xinolonlarni (DNK-giraza ingibitorlari) va ba'zi nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (atsetilsalisil kislotasidan tashqari) birgalikda qo'shib ishlatish tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Tsiklosporin
Tsiprofloksasin va Tsiklosporin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida kreatinin miqdorini qiska vaqtli oshishi kuzatilgan. Bunday hollarda qondagi kreatinin miqdorini xaftada ikki marta aniqlash kerak.
Peroral gipoglikemik preparatlar
Tsiprofloksasin va peroral gipoglikemik preparatlarini bir vaqtda qo'llash, asosan sulfonilmochevina (glibenklamid, glimepirid), gipoglikemiya xolati peroral gipoklikemik preparatlar samarasi oshishi bilan bog'liq.
Probenesid
Probenesid tsiprofloksasinni buyrakdan chiqish tezligini kamaytiradi. Tsiprofloksasinni va probenesid saqlovchi preparatlarni birgalikda ishlatish tsiprofloksasinni qon plazmasidagi miqdorini oshishiga olib keladi.
Fenitoin
Tsiprofloksasin va fenitoin bir vaqtda qo'llash natijasida qon plazmasida fenitoinni miqdorini o'zgarishi (oshishi va pasayishi) kuzatilgan. Fenitoinni qon plazmasidagi miqdorini ikki preparat bir vaqtda qo'llanilish vaqtida va birgalikdagi davoni tugatilgandan so'ng xam qisqa vaqt davomida tekshirib turish kerak.
Metotreksat
Bir vaqtda tsiprofloksasin qo'llanganida metotreksatning buyrak metabolizmi sekinlashishi mumkin, bu qon plazmasida metotreksatning kontsentrasiyasini oshishi bilan birga kechadi. Metotreksatning nojo'ya samaralarining rivojlanishini ehtimoli oshadi. Shuning uchun metotreksat va tsiprofloksasin bir vaqtda qo'llanganda pasientlar doimiy nazoratga olinishi kerak.
Tizanidin
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tekshirishlar ko'rsatdiki, tsiprofloksasin va tizanidin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo'llash, tizanidinni qon plazmasidagi miqdorini oshishi kuzatilgan: tizanidinning Smax ni 7 marta (4 dan 21 martagacha) va "kontsentrasiya vaqt" farmakologik egri chizig'i ostidagi maydonni (AUC) 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi. Tizanidinni qon plazmasidagi miqdorini oshishi arterial bosimni yaqqol pasayishiga va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, tsiprofloksasin va tizanidin saqlovchi preparatlarni birgalikda qo'llash mumkin emas.
Duloksetin
Klinnik tadqiqotlar o'tkazish vaqtida duloksetin va CYP450 1A 2 izofermentining kuchli ingibitorlarini (Fluvoksamin kabi) bir vaqtda qo'llash, duloksetinning AUC va Cmax ni oshishiga olib kelgan. Tsiprofloksasin bilan mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirining klinik ma'lumotlarini yo'qligiga qaramasdan, tsiprofloksasin va duloksentin bir vaqtda qo'llanganida bunday o'zaro ta'sirning ehtimolini oldindan ko'ra bilish mumkin.
Ropinirol
Ropirinol va AUC CYP450 1A 2 ning o'rtacha ingibitori tsiprofloksasinni bir vaqtda qo'llash, ropirinolning Cmax va AUC ni muvofiq 60% va 84% ga oshishiga olib keladi. Tsiprofloksasin bilan birga qo'llansh vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin, ropirenolning nojo'ya samaralarini nazorat qilish kerak.
Lidokain
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tekshirishlar ko'rsatdiki, lidokain va CYP450 1A 2 ning o'rtacha ingibitori tsiprofloksasinni bir vaqtda qo'llash, lidokainni Vega ichiga qilinganda uning klirensini 22% ga tushishiga olib keladi.
Lidokainni tsiprofloksasin bilan bir vaqtda ishlatilishida yaxshi ko'tara olishiga qaramasdan, ularni o'zaro ta'siri xisobiga nojo'ya ta'siri kuchayishi mumkin.
Klozapin
Klozapin va tsiprofloksasin 250 mg dozada 7 kun davomida bir vaqtda qo'llanganida klozapin va N-dezmetilklozapinning zardobdagi kontsentrasiyalari muvofiq 29% va 31% ga oshishi mumkin (uni tsiprofloksasin bilan qo'llash vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin qisqa vaqt davomida klozapinning dozalash tartibini to'g'irlash kerak).
Sildenafil
Tsiprofloksasin 500 mg dozada va sildenafil 50 mg dozada bir vaqtda qo'llanganida, sildenafilning Cmax va AUC 2 marta oshishi aniqlangan. Shu sababli bu majmuani faqat foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin qo'llash mumkin.
Antagonisti vitamina K
Tsiprofloksasin va vitamina K antagonistlari (misol uchun, varfarin, atsenokumarol, fenprokumon, fluindon) bir vaqtda qo'llanganida antikoagulyant ta'sirini oshishiga olib keladi. Bu samara yondosh infektsiya, yosh va pasientni umumiy axvoliga qarab o'zgarishi mumkin, shuning uchun tsiprofloksasinni Xnn (xalqaro normallashtiruvchi nisbat) oshishiga ta'sirini baxolash qiyinchilik tug'diradi. Tsiprofloksasin va vitamina K antagonistlari bir vaqtda qo'llanganida Xnnni tez tez nazorat qilib turish kerak, jumladan birgalikdagi davo tugagandan so'ng qisqa vaqt davomida. 
Agomelatin
Klinik sinovlarda ma'lum bo'lishicha, Fluvoksamin CYP450 1A 2 izofermentining kuchli ingibitori bo'lib agomelatin metabolizmini qisman ingibirlaydi, bu esa agomelatinni ta'sirini 60 baravar oshishiga olib keladi. Tsiprofloksasin bilan mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirining klinik ma'lumotlarini yo'qligiga qaramasdan, CYP450 1A 2 izofermentining o'rtacha ingibitori, tsiprofloksasin va agomelatin bir vaqtda qo'llanganida bunday o'zaro ta'sirning ehtimolini oldindan ko'ra bilish mumkin.
Zolpidem
Tsiprofloksasin va zolpidemni birgalikda ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki zolpidemni qon plazmasidagi miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan Himoyalanan va bolalar ololmaydigan joyda, 25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

3 yil

oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ko'ndalang kesimida oq rangli qatlam ko'rinadi. 250 mg dan dumaloq shaklidagi tabletkalar, 500 mg va 750 mg dan oval shakldagi tabletkalar.
Har doim TSIPROFLOKSASIN-Nika ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Preparat taxmin qilingan yoki tasdiqlangan infisirlanishdan so'ng qabul qilinadi
Ichga buyuriladi. Tabletkalarni butunligicha, ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga ovqatdan keyin yutish kerak. Tabletkalar och qoringa qabul qilinganida faol modda tezroq so'riladi.
Tsiprofloksasin dozasi va davolash davomiyligi kasallikning og'irligiga infektsiyaning turiga, pasientning yoshiga, vazniga va buyrak faoliyatiga bog'liq. Tafsiya etilgan odatiy dozalar:
- Quyi nafas yo'llarining engil va o'rtacha darajali infektsiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.
- O'tkir sinusitda – 500 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 10 kun.
- Teri va yumshoq to'qimalarning engil va o'rtacha darajali infektsiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.
- Suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalarida – engil va o'rtcha darajali – 500 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 4-6 hafta.
- Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalarida – 500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 7-14 kun, ayollardagi asoratlanmagan tsistitda – 3 kun.
- Surunkali bakterial prostatitda – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 28 kun.
- Asoratlanmagan gonoreyada -500 mg bir marta.
- Qorin tifida – 500 mg dan 2 marta. Davolash kursi – 10 kun
- Infektsion diareyada -500 mg dan 2 marta. Davolash kursi – 5-7 kun.
- Asoratlangan intraabdominal infektsiyalarda – 500 mg dan har 12 soatda 7-14 kun davomida.
- Boshqa infektsiyalarda – 500 mg dan sutkada 2 marta.
Kuydirgining o'pka shaklini oldini olish va davolash uchun – 500 mg dan sutkada 2 marta 60 kun davomida.
Pediatriyada:
- Mukovissidozi bo'lgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashda – 20 mg/kg sutkada 2 marta. (maksimal doza 1500 mg). Davolashning davomiyligi – 10-14 kun.
- Kuydirgining o'pka shaklida (oldini olish va davolash) – 15 mg/kg kuniga 2 marta.
Maksimal bir martalik doza – 500 mg, sutkalik – 1000 mg. Tsiprofloksasinni umumiy qabul qilishning davomiyligi – 60 kun. 

Tsiprofloksasinni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda boshqa infektsiyalarni davolash uchun qo'llash tavsiya qilinmaydi.Faqat o'pka mukovissidozi bo'lgan bolalarda (5 yoshdan 17 yoshgacha) Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarini va kuydirgining o'pka shaklini (Bacillus anthracis infisirlanish tasdiqlangan yoki gumon qilingan xolda) oldini olish va davolash uchun qullaniladi.
Bolalarda tsiprofloksasin bo'g'imlarga va bo'g'im oldi to'qimalariga nojo'ya ta'sir ko'rsatganligi uchun kutiladigan foyda xavfdan ustun bo'lgan xollarda qo'llash mumkin.
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Buyraklarga qaytuvchi toksik ta'siri aniqlangan. Spesifik antidoti noma'lum. Bemorning holatini sinchiklab nazorat qilish, me'dani yuvish, shoshilinch yordamning odatdagi choralari, etarlicha suyuqlik kirishini ta'minlash kerak. Gemo - va peritoneal dializ yordamida preparatning faqat juda kam miqdori (10% dan kamroq) chiqarilishi mumkin.
Agar siz TSIPROFLOKSASIN-Nikani qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni xal qiladi.
Homiladorlik va laktasiya vaqtida preparatni buyurish mumkin emas. 
Xomiladorlarda tsiprofloksasinni xavfsizligi aniqlanmagan. Xayvonlarda o'tkazilgan tekshiruv natijalari asosida chaqaloqlarning bo'g'im tog'ayiga nojo'ya ta'sirini butunlay inkor qilib bo'lmaydi, shuning uchun xomiladorlarga tsiprofloksasin buyurish mumkin emas.  
Tsiprofloksasin ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Chaqaloqlarda bo'g'im tog'ayini shikastlash xavfi yuqoriligi sababli tsiprofloksasin emizikli ayollarga buyurilmaydi.
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

V-SIPROFLOKSASIN

V-CIPROFLOXACIN

 

Preparatning savdo nomi: V-Siprofloksasin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg siprofloksasinga ekvivalent bo‘lgan 582 mg siprofloksasin gidroxloridi monogidrati;

yordamchi moddalar: laktoza, natriy karboksimetil, povidon, natriy stearil fumarati;

qobig‘i: oq Opadray Y-1 7000 (gipromelloza E5, polietilenglikol 400, titan dioksidi (Ye171)), tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq, uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, ikki tomonida bo‘lish chizig‘i bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

ATX kodi: J01MA02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, xinolon hosilasi, bakterial DNK-girazani susaytiradi (yadrodagi RNK atrofidagi xromosoma DNK ni superspirazilasiya jarayoni uchun javobgar II va IV topoizomerazalarni, bu genetik ma‘lumotni o‘qish uchun zarur), DNK sintezini, bakteriyalarni o‘sishi va bo‘linishini buzadi; bakterial xujayrada yaqqol morfologik o‘zgarishlarni (shu jumladan xujayra devori va membranalari) va tez o‘limini chaqiradi.

Tinch va bo‘linish davrida grammanfiy organizmlarga (chunki faqatgina DNK-girazaga ta‘sir qilmasdan, xujayra devorini lizisini ham chaqiradi), grammusbat mikroorganizmlarga – faqat bo‘linish davrida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Makroorganizm xujayralariga past toksikligi ularda DNK-girazani yo‘qligi bilan tushuntiriladi. Siprofloksasinni qabul qilish fonida giraza ingibitorlari guruhiga mansub boshqa antibiotiklarga parallel chidamlikni paydo bo‘lishi kuzatilmaydi, bu uni masalan aminoglikozidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, tetrasiklinlar va ko‘pgina boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali hisoblanadi.

Siprofloksasinga grammanfiy aerob bakteriyalar sezgir: (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), ba‘zi xujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii;

grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae).

in vitro sharoitda Bacillus anthracis nisbatan faol.

Metisillinga chidamli ko‘pgina stafilokokklar siprofloksasinga ham chidamli. Streptococcus pneumonia, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium (xujayra ichida joylashgan) ning sezuvchanligi – o‘rtacha (ularni bostirish uchun yuqori konsentrasiyalar talab etiladi).

Preparatga rezistent: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides. Treponema pallidum ga nisbatan samarasiz.

Rezistentlik juda sekin rivojlanadi, chunki bir tomondan siprofloksasinning ta‘siridan keyin doimiy davom etuvchi mikroornazimlar qolmaydi, boshqa tomondan esa – uni faolsizlantiruvchi ferment bakteriyal xujayralarda mavjud emas.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) (asosan 12-barmoq va och ichakda) tez va to‘liq so‘riladi. Ovqatlanish so‘rilishini sekinlashtiradi, lekin maksimal konsentrasiyasi (Smax) va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Biokiraolishligi – 50-85%, taqsimlanish xajmi – 2-3,5 l/kg, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 20-40%. Peroral qabul qilganda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TSmax) -60-90 minut, Smax qabul qilingan dozaga proporsional bog‘liq va 250, 500, 750 va 1000 mg dozalarda muvofiq ravishda 1,2, 2,4, 4,3 va 5,4 mkg/ml ni tashkil etadi. Ichga 250, 500 va 750 mg qabul qilgandan 12 soatdan keyin preparatning plazmadagi konsentrasiyasi muvofiq ravishda 0,1, 0,2 va 0,4 mkg/ml gacha kamayadi.

Siprofloksasin organizm to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi (yog‘larga boy, masalan nerv to‘qimasidan tashqari). To‘qimalardagi konsentrasiyasi plazmadagidan 2-12 marta yuqori. Terapevtik konsentrasiyalarga so‘lak, bodomcha bezlari, jigar, o‘t qopi, safro, ichak, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolari (endomeriy, fallopiy naylari va tuxumdonlar, bachadon), urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, buyrak va siydik chiqarish a‘zolari, o‘pka to‘qimasi, bronxial sekret, suyak to‘qimasi, mushak, sinovial suyuqlik va bo‘g‘im paylari, peritoneal suyuqlik, terida erishiladi. Orqa miya suyuqligiga (OMS) ga kam miqdorda kiradi, miya pardalarini yallig‘lanishi yo‘qligida uning konsentarsiyasi zardobdagidan 6-10%, yallig‘langanda -14-37% ni tashkil qiladi. Siprofloksasin shuningdek ko‘z suyuqligi, bronxial sekret, plevra, qorin parda, limfaga yaxshi kiradi, yo‘ldosh orqali yaxshi kiradi. Siprofloksasinning qon neytrofillaridagi konsentrasiyasi qon zardobiga nisbatan 2-7 marta yuqori.

rN ko‘rsatkichi 6 dan kam bo‘lganida faolligi biroz kamayadi.

Kam faollikka ega bo‘lgan metabolitlarini (dietilsiprofloksasin, sulfosiprofloksasin, oksosiprofloksasin, formilsiprofloksasin) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi (15-30%).

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 4 soat, surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBE) – 12 soatgacha. O‘zgarmagan shaklda (40-50%) va metabolitlari shaklida (15%) kanalchalar filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan buyrak orqali, qolgan qismi me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. Kam miqdori ona suti bilan chiqariladi.

Buyrak klirensi – minutiga 3-5 ml/kg; umumiy klirensi – minutiga 8-10 ml/kg. Surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan yuqori) buyrak orqali chiqariladigan preparatning foizi kamayadi, ammo preparatning metabolizmi va me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqarilishini kompensator oshishi hisobiga organizmda to‘planishi kuzatilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infeksiyalar: quyi nafas yo‘llarining kasalliklari (o‘tkir va surunkali (zo‘rayish bosqichidagi) bronxit, pnevmoniya, bronxoektatik kasallik, mukovissedozning infeksion asoratlari);
  • LOR-a‘zolarining infeksiyalari (o‘tkir sinusit);
  • buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (sistit, pielonefrit);
  • intraabdominal infeksiyalar asoratlari (metronidazol bilan majmuada);
  • surunkali bakterial prostatit;
  • asoratlanmagan gonoreya;
  • qorin tifi, kampilobakterioz, shigellyoz, “sayohatchilar” diareyasi;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohatlar, kuyishlar, abssesslar, flegmona);
  • suyak va bo‘g‘im (osteomielit, septik artrit);
  • immuntanqislik fonidagi infeksiyalar (immunodepressiv dori vositalari (DV) bilan davolashda yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda paydo bo‘luvchi);
  • kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Bolalar. 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Tabletkalarni butunligicha, oz miqdordagi suyuqlik bilan ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkalarni och qoringa qabul qilishda faol modda tezroq so‘riladi.

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi quyi nafas yo‘llarining infeksiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.

O‘tkir sinusitda – 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 10 kun.

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi teri yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida –
500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.

Suyak va bo‘g‘imlar infeksiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda –
750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 4-6 xaftagacha.

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – 250-500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 7-14 kun, ayollarda asoratlanmagan sistitda – 3 kun.

Surunkali bakterial prostatitda – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 28 kun.

Asoratlanmagan gonoreyada – 250-500 mg bir marta.

Infeksion diareya – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 5-7 kun.

Qorin tifida – 500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 10 kun.

Asoratlangan intraabdominal infeksiyalarda – 500 mg dan har 12 soatda 7-14 kun davomida.

Kuydirgining o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun – 500 mg dan sutkada 2 marta 60 kun davomida.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi: kreatinin klirensi minutiga 50 ml yuqori bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi; kreatinin klirensi minutiga 30-50 ml bo‘lganida – 250-500 mg har 12 soatda; kreatinin klirensi minutiga 5-29 ml bo‘lganida – 250-500 mg har 18 soatda.

Agar bemorga gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazilayotgan bo‘lsa – sutkada 250-
500 mg, ammo preparatni gemodializ seansidan keyin qabul qilish kerak.

Pediatriyada:

5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashda – 20 mg/kg sutkada 2 marta (maksimal doza 1,5 g). Davolash davomiyligi – 10-14 kun;

kuydirgining o‘pka shaklida (profilaktika va davolash) – 15 mg/kg kuniga 2 marta. Maksimal bir martalik doza – 500 mg, sutkalik doza – 1 g. Siprofloksasinni qabul qilishning umumiy davomiyligi – 60 kunni tashkil etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o‘tkazgan pasientlarda), gepatit, gepatonekroz.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kuchli charchoqlik, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tush ko‘rishlar, periferik paralgeziya (og‘riqni his qilish anomaliyasi), bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyusinasiyalar, shuningdek psixotik reaksiyaning boshqa ko‘rinishlari (kam hollarda pasient o‘ziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatgacha avj oluvchi), migren, hushdan ketish hollari.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, rang ajratishni o‘zgarishi), quloqda shovqin, eshitishni pasayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, serebral arteriyalar trombozi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombositopeniya, leykositoz, trombositoz, gemolitik anemiya.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari faolligi va ishqoriy fosfotazani oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni uzilishi, mialgiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (eng avvalo siydikni ishqoriyligi va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, gematuriya, buyrakning azotni chiqarish faoliyatini pasayishi, interstisial nefrit.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, qon ketish bilan kechuvchi pufaklarni paydo bo‘lishi va qasmoq hosil qiluvchi mayda pufaklarni paydo bo‘lishi, dori isitmasi, terida nuqtali qon talashishlar (petixiyalar), yuz yoki hiqildoq shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘p shaklli ekksudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi).

Boshqalar: asteniya, yorug‘likni yuqori sezuvchanlik, superinfeksiyalar (kandidoz, soxtamembranoz kolit), yuzga qonni “oqib kelishlari”, ko‘p terlash.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samara og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqda shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimni (AB) yaqqol pasayishi, uyquchanlik xavfi), 18 yoshgacha bolalar (5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashdan tashqari), laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyada qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miya qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalar, avval ftorxinolonlar bilan davolanganda paylarni shikastlanishida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siprofloksasin gepatositlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlari faolligini pasaytirishi sababli teofillin (va boshqa ksantinlarni, masalan kofein), peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita ta‘sir etuvchi antikoagulyant vositalarining T1/2 uzaytiradi, protrombin indeksini pasayishiga olib keladi.

Mikroblarga qarshi boshqa dori vositalari (beta-laktam antibiotiklari, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan birga odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. chaqirgan infeksiyalarda azlosillin va seftazidim bilan; streptokokk infeksiyalarida – mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklari bilan; stafilokokk infeksiyalarida – izoksazolilpenisillinlar va vankomisin bilan; anaerob infeksiyalarda – metronidazol va klindamisin bilan majmuada muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.

Siklosporinning nefrotoksigini kuchaytiradi, zardobda kreatinin miqdorini oshishi kuzatiladi, bunday pasientlarda ushbu ko‘rsatkichni xaftada 2 marta nazorat qilish kerak.

Bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Temir saqlovchi dori vositalari, sukralfat va magniy, kalsiy va alyuminiy ionlarini saqlovchi antasid dori vositalari bilan birga peroral qabul siprofloksasinni so‘rilishini kamayishiga olib keladi, shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalaridan 1-2 soat oldin yoki 4 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) tirishishlar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Didanozin tarkibidagi alyuminiy va magniy ionlari bilan majmualar hosil qilishi sababli didanozin siprofloksasinning so‘rilishini kamaytiradi.

Metoklopramid so‘rilishini tezlashtiradi, bu uning Smax ga erishish vatini kamayishiga olib keladi.

Urikozurik dori vositalarini birga qo‘llash chiqarilishini (50% gacha) sekinlashishiga va siprofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.

Tizanidning Smax 7 marta (4 dan 21 martagacha) va “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni (AUC) 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi, bu arterial bosimni yaqqol pasayishi va uyquchanlik xavfni oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Siprofloksasin Streptococcus pneumonia chaqirgan pnevmoniyaga gumon qilganda yoki aniqlanganda tanlov preparati hisoblanmaydi.

Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish tavsiya etilmaydi, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish va siydikni ishqoriy muhitda tutib turish zarur.

Tutqanog‘i bo‘lgan, anamnezida tirishish hurujlari, bosh miyaning tomir kasalliklari va organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfi sababli siprofloksasinni faqat “xayotiy” ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak.

Davolash vaqtida yoki davolashdan keyin og‘ir darajali va davomli diareya paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurishni talab qiluvchi soxtamembranoz kolit tashhisini inkor qilish kerak.

Paylarda og‘riqni yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lishida davolashni to‘xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig‘lanishi va hatto yorilishini alohida hollari ta‘riflangan).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish, mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlanish kerak.

Siprofloksasinni qo‘llashda bevosita quyosh nurlari va jadal ultrabinafsha nurlanishdan saqlanish kerak. Fotosezuvchanlik paydo bo‘lgan hollarda (kuyishsimon teri reaksiyalarini paydo bo‘lishi) preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: spesifik antidoti noma‘lum. Me‘da yuvish va boshqa shoshilinch choralar, pasientning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash amalga oshiriladi. Gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatning faqat oz miqdori (10% kamroq) chiqarilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

8 tabletkadan blisterda. 2 blisterdan rus va o‘zbek (davlat) tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton paketga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Nika Pharm tomonidan Узбекистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SIPRO SD tabletkalari 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
IFISIPRO tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
ZID 200 infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа Лабораториез
  • Vakil: Medlife Pharm
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SIPROKS 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROKS 250 tabletkalari 250mg N100
FLAPROKS tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
PROSIPRO tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROSIPRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIP 200 eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIP 200 eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 200ml 400mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tomchilar 5ml 0,3% N1
SIPROKSIM eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
SISPRES tabletkalari 750mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Другие формы препарата
SIPROFLOKSASIN konsentrat 10 ml 10 mg/ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM СП ООО
SIPROFLOKSASIN konsentrat 10 ml 10 mg/ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM СП ООО
SIPROFLOKSASIN konsentrat 10 ml 10 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM СП ООО
SIPROFLOKSASIN konsentrat 10 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM СП ООО
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа Лабораториез
  • Vakil: Medlife Pharm
SIPROFLOKSASIN eritma 100 ml 200 mg/100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
SIPROFLOKSASIN tomchilar 5ml 0,3% N1
SIPROFLOKSASIN SOLOFARM ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
SIPROFLOKSASIN AKOS ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
SIPROFLOKSASIN ko'z tomchilari 10ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
SIPROFLOKSASIN tomchilar 5 ml 0,3% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM СП ООО
SIPROFLOKSASIN tomchilar 10 ml 0,3% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9