×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKSON poroshok 1,0g

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цефтриаксон
Ishlab chiqaruvchi:
- Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AZIMAK kapsulalar 500mg N3 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
47 800 s`om dan
SEFURO tabletkalari 250mg N10 Deva Holding A.S Turkiya
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
26 700 s`om dan
SEFAZOLIN poroshok 1,0g Красфарма, ПАО Rossiya
2 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AKSON poroshok 1,0g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKSON

AKSONE

Preparatning savdo nomi: Akson

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): seftriakson (natriyli tuzi ko‘rinishida).

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

faol modda: seftriakson 1 g (natriyli tuzi ko‘rinishida).

Ta‘rifi: oq, erkin sochiluvchan kristall kukun

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DD04

Farmakologik hususiyatlari

Seftriakson – III avlod sefalosporini, β-laktamlar guruhiga mansub bo‘lgan yarimsintetik antibiotik, bakterisid ta‘sirga ega. Ta‘sir mexanizmi transpeptidaza fermenti faolligini susayishi, mikroorganizmlarning hujayra devorida peptidoglikan biosintezini buzilishi bilan bog‘liq. Preparat keng ta‘sir doirasiga ega: aerob grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan faol: fakultativ anaeroblar – Staphylococcus aureus (penisillinaza hosil qiluvchi shtammlarini ham qo‘shib), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, A guruhi b-gemolitik streptokokklari (S. pyogenes), V guruhi streptokokklari: (S.agalactiae), Streptococcus viridans, Streptococcus bovis, D guruhi noenterokokk streptokokklari; grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, H. rarainfluenzae, Klebsiella ning har hil turlari (shu jumladan Klebsiella pneumoniae), Morganella morganii, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia, Salmonella (shu jumladan S.typhy). Serratia (shu jumladan S.marcesceos), Shigella, Yersinia (shu jumladan Y.enterocolitica); mikroaerofillar–Treponema pallidum; aeroblar-Neisseria gonorrheae (shu jumladan penisillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Neisseria meningitides, Pseudomonas aeruginosa; obligat anaeroblar-bakteroidlar (shu jumladan B. Fragilis ning ayrim shtammlari), Clostridium, (biroq S. difficile ning ko‘pchilik shtammlari rezistentlikka ega), Peptococcus, Peptostreptococcus, Fusobacterium (shu jumladan F. mortiferum va F.varium). Preparat mikroorganizmlarni boshqa sefalosporin qatori preparatlariga, aminoglikozidlarga, penisillinlarga rezistent bo‘lganida buyuriladi.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinmaydi, chunki u me‘da shirasi ta‘sirida tez parchalanadi. Mushak ichiga (m/i) yuborilganida tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.

Preparat plazma albuminlari bilan qaytar bog‘lanadi (85-95%), preparatning qondagi konsentrasiyasi oshgan sari oqsillar bilan bog‘lanishi kamayadi. Preparat R-plazmidili        β–laktamazalar va ko‘pchilik xromosomalarga bog‘liq penisillinaza va sefalosporinazalar tomonidan gidrolizlanmaydi, penisillinlar va I va II avlod sefalosporinlar va aminoglikozidlarga tolerant bo‘lgan multirezistent shtammlarga ta‘sir qilishi mumkin. Bakteriyalarning ayrim shtammlarini orttirilgan chidamliligi β-laktamazani hosil bo‘lishi bilan bog‘liq, u seftriaksonni faolsizlantiradi. Preparat yuqori darajali turg‘unlikka va uzoq muddatli yarim chiqarilish davri (T½ ) ga ega. M/i yuborilganidan keyin qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) 2-3 soat o‘tgach aniqlanadi va 1g dozada yuborilganida 80 mg/l ni tashkil qiladi; vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin 30 minut o‘tgach Smax 100-150 mg/l ni tashkil qiladi. Turg‘un konsentrasiyaga 4 soatdan keyin erishiladi. Mikroblarga qarshi minimal konsentrasiya qonda 24 soatdan ko‘proq vaqtgacha aniqlanadi. Seftriakson organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida (sinovial, peritoneal, interstisial) yaxshi taqsimlanadi, miya qobiqlarini yallig‘lanishida orqa miya suyuqligiga o‘tadi, preparat shuningdek suyak to‘qimasida ham aniqlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Preparat ko‘krak suti bilan kam miqdorda (3-4%) chiqariladi. O‘zgarmagan shaklda (50-65%) buyraklar orqali 48 soat davomida, taxminan 40% o‘t-safro bilan chiqariladi. Preparat 0,15-3,0 g dozalarda yuborilganida T½ 5,8-8,7 soatni, taqsimlanish hajmi (Vd) – 5,78-13,5 l ni, plazma klirensi soatiga – 0,58-1,45 l ni, buyrak klirensi soatiga 0,32-0,73 l ni tashkil qiladi. Ichak mikroflorasi ta‘sirida preparat nofaol metabolitga aylanadi. T½ o‘rtacha 8 soatni tashkil qiladi. Bolalarda hayotining birinchi 8 kunida, shuningdek 75 yoshdan katta pasientlarda T½ 16 soatgacha uzayadi. Jigar va buyrak faoliyatining yetishmovchiligida preparatning chiqarilishi sekinlashadi. Kumulyasiya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Preparat unga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan infeksion kasalliklarni davolash uchun buyuriladi: quyi nafas yo‘llarining infeksion kasalliklari (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abssessi, plevra empiemasi), otorinolaringologik infeksion kasalliklari, buyraklar va siydik-jinsiy yo‘llarining infeksion kasalliklari (pielit, sistit, o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarining infeksion kasalliklarini, shu jumladan bakterial streptodermiyani, meningitni, suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksion kasalliklarini, peritonitni, o‘t qopining yallig‘lanishini, me‘da–ichak infeksiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi boshqa infeksiyalarni (yumshoq shankr va zahm), Laym kasalligini (spiroxetoz), terlamali isitmani, salmonellezni, salmonella tashuvchilikni davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat shuningdek jarrohlik operasiyalaridan keyin paydo bo‘luvchi infeksiyalarning oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Og‘riqni bartaraf qilish maqsadida m/i yuborish uchun preparat lidokainning 1% eritmasida quyidagi nisbatda: flakon ichidagi 0,5 g – 2 ml 1% li lidokain eritmasida,  1 g – 3-5 ml da eritiladi. In‘eksiya uchun steril suvni ishlatish mumkin.

V/i yuborish uchun preparat in‘eksiya uchun steril suvda quyidagi nisbatda: flakon ichidagi  0,5 g 5 ml erituvchida, 1 g – 10 ml da suyultiriladi. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga   1-2 g sutkalik dozada (kuniga 1 marta yoki yarim dozadan kuniga 2 marta) buyuriladi. Og‘ir hollarda sutkalik doza 4 g ni tashkil qiladi va bu doza 2 qabulda har 12 soatda yuboriladi. Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun bir marta     1-2 g operasiyadan 30–90 minut oldin yuboriladi (yuqish xavfining darajasiga qarab). Buyraklar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozani faqat kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan past bo‘lganida to‘g‘rilash kerak.

Keksa yoshdagi odamlar uchun dozasi katta yoshdagi bemorlar uchun dozasi bilan mos keladi. Asoratlanmagan gonoreyada v/i bir marta 0,25 g preparat yuboriladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (2 haftagacha bo‘lgan) va chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun sutkalik doza 1 kg tana vazniga 20-50 mg tashkil qiladi. 2 haftalikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 1 kg tana vazniga 20-80 mg teng va 2 ga bo‘lib yuboriladi. V/i yuborishda doza 1 kg tana vazniga 50 mg dan oshsa, bolalarga preparat bo‘lib-bo‘lib, yuborishlar orasidagi kamida 30 minutlik tanaffus bilan qo‘llanadi.

Preparat bilan davolash davomiyligi patologik jarayonning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq va bakteriologik tekshirishlarning ma‘lumotlari bilan belgilanadi.

Odatda davolash davomiyligi 4-14 kunni tashkil qiladi. Ammo og‘ir infeksion kasalliklarida uzoq muddatli davolash talab qilinishi mumkin. Ko‘pchilik infeksion kasalliklarda davolash kasallik belgilari yo‘qolganidan va samarasi bakteriologik tahlilning natijalari tasdiqlanganidan keyin kamida yana 48-72 soat davom etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qabul qilinganida allergik reaksiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaksiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me‘da-ichak tizimi tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘mni yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfeksiya, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qon ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi: neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombositopeniya, kam- gemolitik anemiya; alohida hollarda qon zardobining plazma omillarini (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda kreatininning darajasi oshadi, silindrlar paydo bo‘ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (qon plazmasida jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborilgan joyda og‘riq yoki infiltrat, alohida hollarda – v/i yuborilganida flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefalosporinlar va penisillinlar guruhiga kiruvchi antibiotiklarga, shuningdek (m/i yuborilganda) lidokainga yuqori sezuvchanlik. Jigar-buyrak yetishmovchiligi, anamnezdagi me‘da-ichak tizimining kasalliklari, ayniqsa yarali nospesifik kolit yoki enterit, homiladorlik, laktasiya.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganida sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samarasi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), antiagregantlar qon ketishi ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyraklar faoliyatini buzilishiga olib keladi. Preparat eritmasini boshqa mikroblarga qarshi preparatlar yoki eritmalar bilan farmasevtik nomutanosibligi sababli, aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

M/i katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yuboriladigan in‘eksiya chuqur bo‘lishi kerak. Jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatning dozasi kamaytiriladi. Kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan bemorlarga antibiotikning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.

Arterial gipertenziyada va suv-elektrolit muvozanatining buzilishida plazmada natriy miqdorini nazorat qilish kerak. Uzoq muddat qo‘llanilganida disbakteriozni aniqlash uchun sitologik tekshirishlarni o‘tkazish kerak.

Giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lganlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Keksa yoshdagi shaxslarga qo‘shimcha K vitamini buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Uzoq muddat qo‘llanganida allergik reaksiyalar, dispepsik buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Maxsus antidoti yo‘q – davolash simptomatik. Gemodializ yoki peritoneal dializni qo‘llash mumkin.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 1 g dan alyumin qalpoqcha bilan siqilgan shisha flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKSON poroshok 1,0g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKSON poroshok 1,0g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKSON poroshok 1,0g dori vositasi Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKSON poroshok 1,0g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKSON poroshok 1,0g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 257 600 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 999 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
MEDAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
XOTGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 9 296 so'mdan Batafsil
XOTGRA 50 tabletkalari 50mg N4
Narh: 6 496 so'mdan Batafsil
AKPIM poroshok 1g
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 700 so'mdan Batafsil
AKRISIL krem 10g 1%
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
AMETRONID gel 10g
Narh: 19 400 so'mdan Batafsil
AKIDERM krem 10g
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
FOLZIDE tabletkalari 150mg N1
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
GINO PLYUS tabletkalari 100mg/100mg N10
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
SUMA gel 30g
GIMOR EKSTRA maz 30g
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
AKVIDIN tabletkalari 200mg N10
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AKRITI GRAYP VOTER eritma dlya priema vnutr 150ml
AKMONT 10 tabletkalari 10 mg N3000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AKMONT 10 tabletkalari 10 mg N2000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AKMONT 10 tabletkalari 10 mg N1500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AKMONT 10 tabletkalari 10 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AKMONT 10 tabletkalari 10 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AKMONT 10 tabletkalari 10 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
AKLODIP PLYUS tabletkalari 5 mg+50 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 21 300 so'mdan Batafsil
AKFOMIN 1000 tabletkalari 1000 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AKFOMIN 500 tabletkalari 500 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEFUROM 750 poroshok 750mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEFUROM 1,5 poroshok 1,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9