×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEDAKSON poroshok 1,0g N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Kipr
Faol modda:
Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Medochemie Ltd
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare Hindiston
58 000 s`om dan
TAMBAK 100 tabletkalari 100mg N10 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
TETRASIKLIN BELMED tabletkalari 100mg N10 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S. Turkiya
41 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MEDAKSON poroshok 1,0g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Medakson, in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 250 mg

Medakson, in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg

Medakson, in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 1 g

Medakson, in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 2 g

seftriakson (seftirakson natriy)

Preparatni qo‘llashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi:

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, u Sizga takroran tanishib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni biron-bir shaxsga berib yuborish taqiqlanadi, chunki, agar kasallik simptomlari Sizdagi simptomlar bilan mos kelsada, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelgan holatlarda – davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting. Shular ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelishi holatlariga ham taalluqli. (4-bo‘limga qarang)

Ilova-varaqaning qisqacha mazmuni

  1. Medakson preparatining tarkibi va ta‘rifi
  2. Medakson preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Medakson preparatini qo‘llash usuli
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
  5. Medakson preparatini saqlash sharoiti
  6. Tarkibi, o‘rami va boshqa ma‘lumot

  1. Medakson preparatining tarkibi va ta‘rifi

Medakson quyidagi infeksion kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • meningit;
  • yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (shu jumladan pnevmoniya);
  • LOR-a‘zolarining infeksiyalari (shu jumladan o‘rta quloqni yallig‘lanishi);
  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining infeksiyalari (shu jumladan peritonit);
  • buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari;
  • suyaklar va bo‘g‘imlar infeksiyalari;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
  • qon infeksiyalari;
  • yurak infeksiyalari.

Preparat shuningdek quyidagilarda ham qo‘llanadi:

  • jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalar (gonoreya va sifilis);
  • bakterial infeksiya qo‘shilishi oqibatida isitmali holat bilan kechuvchi qonda granulositlar soni kamaygan (neytropeniya) pasientlarni davolash uchun;
  • surunkali bronxiti bo‘lgan shaxslarda nafas yo‘llari infeksiyasini davolash uchun;
  • kattalar va bolalarda, shu jumladan 15 kunlik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda Layma kasalligi (kana borreliozi) ni davolash uchun;
  • operasiyadan keyin infeksion asoratlarni oldini olish uchun.

  1. Medakson preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak

Quyidagi holatlarda Medakson preparatini qo‘llash taqiqlanadi:

  • sefalosporin guruhi antibiotiklarigga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida (6 bo‘limdagi ta‘rifga qarang);
  • anamnezida penisillin yoki shunga o‘xshash antibiotiklarga (sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar) o‘tkir allergik reaksiyalar mavjudligi. Simptomlar tomoq yoki yuzni shishi, bu o‘z navbatida nafas olish va yutish jarayonini qiyinlashtiradi, qo‘llar, to‘piq va tovonni shishi va tez tarqaluvchi teri toshmasi bilan namoyon bo‘ladi;
  • lidokainga allergiya bo‘lganida va mushak ichiga yuborish ko‘rinishida Medakson bilan bir vaqtda buyurilganda.

Medaksonni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash mumkin emas, ayniqsa:

  • agar bola chala tug‘ilgan bo‘lsa;
  • agar bu yangi tug‘ilgan chaqaloq (28 kunlikkacha) bo‘lsa va undan qon yaratish bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘lsa, sariqlik (teri qoplamalari va ko‘z olmasini sarg‘ayishi) bo‘lsa yoki, agar unga kalsiy saqlovchi dori vositasini vena ichiga yuborish buyurilgan bo‘lsa.

Maxsus ko‘rsatmalar

Medakson preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat etish kerak, agar:

  • avval Sizga kalsiy saqlovchi dori vositasi buyurilgan bo‘lsa yoki Siz shu preparat bilan davolashni rejalashtirgan bo‘lsangiz;
  • yaqinda antibiotik bilan davolash kursidan keyin Sizda diareya kuzatilgan bo‘lsa. Sizda anamnezda ovqat hazm qilish bilan muammolar, xususan kolit (ichakni yallig‘lanishi) kuzatilgan bo‘lsa;
  • Sizda jigar yoki buyraklar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
  • Sizda o‘t qopida yoki buyraklarda tosh bo‘lsa;
  • Sizda masalan gemolitik anemiya (qizil qon tanachalari sonini qisqarishi, bu terini och-sariq tusga kirishi, shuningdek holsizlik va bo‘g‘ilishni chaqirishi mumkin) kabi boshqa kasalliklar bo‘lsa;
  • Siz hozirda natriyning miqdori past bo‘lgan parhezga rioya qilayotgan bo‘lsangiz.

Qon va siydik tahlilini o‘tkazish zarurligi

Medakson preparati bilan uzoq vaqt davolaganda, ehtimol Sizga muntazam ravishda qon tahlilini o‘tkazish talab etilishi mumkin. Medaksonni qabul qilish qand darajasini aniqlash uchun qon tahlili, shuningdek Kumbs sinamasi kabi ma‘lum qon tahliliga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Sizga tahlil o‘tkazilishi kerak bo‘lsa:

  • Sizda tahlil qabul qilayotgan mas‘ul shaxsga Medakson preparatini qabul qilish haqida albatta xabar bering.

Bolalar

Bolangizda Medakson preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz, farmasevt yoki hamshira bilan maslahatlashish tavsiya etiladi, agar:

  • avval yoki hozirgi vaqtda unga kalsiy saqlovchi dori vositasini vena ichiga yuborish buyurilgan bo‘lsa.

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Siz avval qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori preparatlari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga albatta xabar bering.

Xususan, quyidagi preparatlarni qabul qilishingiz haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering:

  • aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotiklar;
  • xloramfenikol deb nomlanuvchi antibiotik (infeksion kasalliklarni, ayniqsa ko‘z infeksiyalarini davolashda qo‘llanadigan).

Homiladorlik, emizish va fertillik

Homiladorlik yoki emizish davrida, yoki homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki homiladorlik rejalashtirilgan hollarda ushbu tibbiy preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat etish tavsiya etiladi.

Shifokor vakolatiga Medakson preparati bilan davolash foydasini bolangizning hayoti uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf nisbatini baholash kiradi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Medaksonni qabul qilish bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Agar Siz bosh aylanishini sezsangiz, avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishingiz kerak. Agar Siz yuqorida ta‘riflangan simptomlarni his qilsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. Medakson preparatini qo‘llash usuli

Odatda Medakson preparatini yuborish uchun shifokor yoki hamshira jalb etiladi. Preparatni oqim bilan/tomchilab (vena ichiga yuborish orqali) bevosita venaga yoki mushakka yuborish mumkin. Medakson eritmasi bevosita shifokor, farmasevt yoki hamshira tomonidan tayyorlanadi, aralashtirilmaydi va kalsiy saqlovchi in‘eksiyalar bilan bir vaqtda qo‘llanilmaydi.

Tavsiya etilgan dozasi

Davolovchi shifokoringiz vakolatiga Medaksonning Siz uchun mos keladigan dozasini hisoblash kiradi. Dozalash kasallikning og‘irlik darajasi va tipi; qo‘shimcha qabul qilinayotgan antibiotiklarga; bemorning tana vazni va yoshi; jigar va buyraklarning holatiga bog‘liq. Sizga buyurilayotgan davolash davomiyligi kasallikning turiga bog‘liq bo‘ladi.

Kattalar, keksalar va tana vazni 50 kilogramm (kg) dan ortiq yoki teng bo‘lgan 12 yoshdan oshgan bolalar:

  • kasallikning og‘irlik darajasi va tipiga qarab, sutkada 1 marta 1 g dan 2 g g gacha. Agar kasallik og‘ir bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz Sizga yuqoriroq dozani (sutkada 1 marta 4 g gacha) buyuradi. Agar Sizning kunlik dozangiz 2 g dan ortiqni tashkil etsa, ehtimol Sizga sutkada 1 marta bir martalik doza yoki alohida ikkita doza hisobidan buyurilishi mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va 15 kunlikdan katta va tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan bolalar:

  • kasallikning og‘irlik darajasi va tipiga qarab, sutkada 1 marta bolaning har 1 kg tana vazniga 50 mg dan 80 mg gacha Medakson buyuriladi. Agar kasallik og‘ir bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz Sizga yuqoriroq dozani, har 1 kg tana vazniga 100 mg, sutkada 4 g gacha buyuradi. Agar Sizning kunlik dozangiz 2 g dan ortiqni tashkil etsa, ehtimol Sizga sutkada 1 marta bir martalik doza yoki alohida ikkita doza hisobidan buyurilishi mumkin;
  • tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga kattalar uchun odatdagi doza buyuriladi.

 

 

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0 dan 14 kunlikkacha)

  • kasallikning og‘irlik darajasi va tipiga qarab, sutkada 1 marta bolaning har 1 kg tana vazniga 20 mg dan 50 mg gacha Medakson buyuriladi
  • maksimal kunlik doza yangi tug‘ilgan chaqaloqning har 1 kg tana vazniga 50 mg dan oshmasligi kerak.

Jigar va buyrak bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan pasientlar

Tavsiya etilgan dozadan farqli ravishda, Sizdan dozangiz boshqacha hisoblanishi mumkin. Davolovchi shifokoringiz Sizga Medaksonning qanday miqdori talab etilishini hisoblaydi va jigar va buyrak kasalligining og‘irlik darajasiga qarab, Sizning holatingizni kuzatadi.

Medakson preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari

Medakson preparatining dozasi oshirilgan holatda (doza oshirib yuborilganda) darhol davolovchi shifokoringiz bilan bog‘lanish yoki yaqindagi tibbiyot muassasasiga yordam uchun murojaat etish kerak.

Medakson preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborish

Agar in‘eksiya o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qo‘llash kerak. Lekin, agar keyingi in‘eksiyani yuborish vaqti kelgan bo‘lsa, avvalgi dozani o‘tkazib yuborish kerak. Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasini o‘rnini to‘ldirish uchun ikki dozani (ikkita in‘eksiyani bir vaqtda) qo‘llamang.

Medakson preparatini qabul qilishni to‘xtatish

Shifokoringiz tomonidan tegishli tavsiyalar bo‘lmaguncha, Medakson preparatini qabul qilishni to‘xtatish mumkin emas. Ushbu preparat yuzasidan biron-bir savollar paydo bo‘lgan hollarda, davolovchi shifokorga yoki hamshiraga murojaat etish tavsiya etiladi.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Boshqa har qanday dori vositalari kabi ushbu dori preparati ham bir qator nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin, ular namoyon bo‘lmasligi ham mumkin.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarning taxminiy ro‘yxati:

O‘tkir allergik reaksiyalar (ma‘lumotlar yo‘q, mavjud ko‘rsatkichlar asosida statistik hisoblash imkoniyati yo‘q)

Allergik reaksiya yuzaga kelganda, bu haqida darhol davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak.

Allergiya sipmtomlari quyidagilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:

  • yuz, tomoq, lablar yoki og‘izni shishi. Bu o‘z navbatida nafas olish va yutish jarayonlarini qiyinlashtiradi
  • qo‘l, to‘piq va tovonlarni shishi.

O‘tkir teri toshmalari (ma‘lumotlar yo‘q, mavjud ko‘rsatkichlar asosida statistik hisoblash imkoniyati yo‘q)

Allergik reaksiya yuzaga kelganda, bu haqida darhol davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak.

  • allergiya sipmtomlari pufaklar va terini kepaklanishi bilan kechuvchi tez tarqaluvchi teri toshmasi, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘ida pufaklarni hosil bo‘lishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta‘sirlar:

Tez-tez (10 pasientdan bittasida)

  • leykositlar (leykositlar darajasini pasayishi va eozinofillar darajasini oshishi kabi) va trombositlar (trombositlar darajasini pasayishi) darajasining ko‘rsatkichlarini og‘ishi;
  • ichni tez-tez suyuq kelishi yoki diareya;
  • jigar sinamalarining tahlil natijalarini o‘zgarishi;
  • toshma.

Tez-tez emas (100 pasientdan bittasida)

  • zamburug‘li infeksiya, mikoz (masalan aftoz stomatit);
  • qonda granulositlar (leykositlarni bir turi) sonini kamayishi (granulositopeniya);
  • qonda funksional to‘liq qizil xujayralarni, eritrositlarni kamayishi (anemiya).
  • qon ivishi bilan bog‘liq muammolar. Ko‘rinarli sababsiz paydo bo‘luvchi tanadagi ko‘p sonli ko‘karishlar, bo‘g‘imlarda og‘riq va shish bilan namoyon bo‘ladi;
  • bosh og‘rig‘i;
  • bosh aylanishi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • qichishish;
  • Medakson preparati yuborilgan vena bo‘ylab og‘riq yoki achishish hissi. Vena ichiga yuborish sohasida og‘riq;
  • tana haroratini oshishi (isitma);
  • buyrak disfunksiyasi yuzasidan sinama olinganda (qonda kreatinin darajasini oshishi aniqlanadi).

Kam hollarda (1000 pasientdan bittasida)

  • yo‘g‘on ichakni yallig‘lanishi. Simptomlar qon ketish va shilliq, abdominal og‘riq va isitma bilan kechuvchi diareya;
  • nafasni susayishi (bronxospazm);
  • qichishish va shish bilan kechuvchi, tananing katta sohalarini qoplovchi g‘uddasimon toshma (eshakemi);
  • siydikda qon va qand aniqlanishi;
  • edema (suyuqlikni tutilishi);
  • tremor.

Ma‘lumotlar yo‘q (mavjud ko‘rsatkichlar asosida statistik hisoblash imkoniyati yo‘q)

  • avval buyurilgan antibiotik bilan davolashga berilmaydigan ikkilamchi infeksiya;
  • qonda eritrositlarni parchalanishi yuz beradigan anemiyaning bir turi (gemolitik anemiya);
  • leykositlar darajasini juda pasayishi (agranulositoz);
  • tirishishlar;
  • vertigo (bosh aylanishi);
  • me‘da osti bezini yallig‘lanishi (pankreatit). Belga uzatiluvchi o‘tkir og‘riq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi;
  • og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalligi (stomatit);
  • tilni yallig‘lanishi (glossit). Til sohasida shish, qizarish va og‘riq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi;
  • og‘riq va ko‘ngil aynishini paydo bo‘lishi sababi hisoblangan o‘t qopi bilan bog‘liq muammolar;
  • yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yuzaga keladigan va o‘tkir sariqlik bilan kechadigan nevrologik sindrom (bilirubinli ensefalopatiya);
  • buyraklarda seftriakson kalsiyni to‘planishi chaqirgan muammolar. Siyganda og‘riq yoki ajralayotgan siydik miqdorini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi;
  • Kumbs sinamasining (gematologiyada keng qo‘llanadigan tekshiruv) soxta musbat natijalari;
  • galaktozemiyaga soxta musbat natijalar (galaktozani glyukozaga aylanishini buzilishi);
  • Medaksonni qabul qilish shuningdek qonda glyukoza darajasini o‘lchashning ayrim turdagi testlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin – bunday hollarda yordam uchun darhol davolovchi shifokoringizga murojaat etish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishi haqida xabar berish

Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganda davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat eting. Xuddi shu ushbu ilova-varaqada ta‘riflangan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishiga ham taalluqli. Shuningdek Siz nojo‘ya ta‘sirlar haqida shu turdagi ma‘lumotlarni tahlil qilish vakolatiga ega mahalliy organlarga bevosita xabar berishingiz mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlarni aniqlashga yordam berib, Siz shu orqali ushbu preparatning sifatini yaxshilashga yordam berasiz.

  1. Medakson preparatini saqlash sharoiti
  • Medakson preparatini saqlash sharoiti uchun mas‘ul shaxs beo‘lib davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt hisoblanadi. Shuningdek ularga ishlatilmagan preparatni tegishli ravishda utilizasiya qilish vazafasi yuklatiladi.
  • In‘eksiya uchun kukun 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin
  • Tayyor eritma: Tayyor eritmani darhol ishlatish tavsiya etiladi. Preparat hech qanday mikroblarga qarshi konservasiya qiluvchi moddalar saqlamaydi. Aks holda, preparatni saqlash sharoiti va saqlash muddati bo‘yicha javobgarlik iste‘molchiga yuklatiladi
  • Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
  • Yorug‘likdan himoya qilish uchun flakon original karton qutida saqlansin
  • O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.

Hamshira yoki shifokor tomonidan tayyorlangan eritmani darhol ishlatish tavsiya etiladi. Lekin, zarurati bo‘lganda eritmani 25°S haroratda 6 soatgacha va 2°S-8°S haroratda 24 soatgacha saqlash mumkin.

Dori vositasini chiqindilar bilan yoki kanalizasiyaga tashlash taqiqlanadi. Kerak bo‘lmagan dori vositalarini utilizasiya qilish masalalari bo‘yicha farmasevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. Tarkibi, o‘rami va boshqa ma‘lumot

Medakson preparatining tarkibi

Medakson, vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukunning ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib seftriakson hisoblanadi.

Medakson 250 mg, vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun seftriakson natriyli tuzi ko‘rinishida 250 mg seftriakson saqlaydi.

Medakson 500 mg, vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun seftriakson natriyli tuzi ko‘rinishida 500 mg seftriakson saqlaydi.

Medakson 1 g, vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun seftriakson natriyli tuzi ko‘rinishida 1 g seftriakson saqlaydi.

Medakson 2 g, vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun seftriakson natriyli tuzi ko‘rinishida 2 g seftriakson saqlaydi.

Hech qanday to‘ldiruvchilar saqlamaydi.

Medakson preparatining qobig‘i va uning ichidagisi

Deyarli oq yoki sarg‘ish rangli kristall kukun.

Medakson 250 mg, Medakson 500 mg va Medakson 1 g diametri 20 mm bo‘lgan kulrang brombutilkauchuk tiqin va alyumin qopqoq bilan berkitilgan sig‘imi 10 ml bo‘lgan tiniq shisha flakonda (I tip), qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Medakson 2 g diametri 20 mm bo‘lgan kulrang kauchuk tiqin va alyumin qopqoq bilan berkitilgan sig‘imi 20 ml bo‘lgan tiniq shisha flakonda (I tip).

Medakson 250 mg, Medakson 500 mg va Medakson 1 g uchun 1, 10, 50 yoki 100 flakonlar karton qutida.

Medakson 2 g uchun 1, 10, 25, 50 yoki 100 flakonlar karton qutida.

Markirovka barcha o‘ramlarda bo‘lmaydi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEDAKSON poroshok 1,0g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEDAKSON poroshok 1,0g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEDAKSON poroshok 1,0g N1 dori vositasi Medochemie Ltd tomonidan Kipr mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEDAKSON poroshok 1,0g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEDAKSON poroshok 1,0g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
SPEKBAKT poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Novopharm Formulations (P) Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLERIMED tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
KLERIMED tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
AKSETIN poroshok 750mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
AKSETIN poroshok 1.5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
AKSETIN poroshok 1.5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MEDOSEF poroshok 1,0g N10
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MEDOSEF poroshok 1,0g N1
MELOKS tabletkalari 7,5mg N10
APONIL tabletkalari 100mg N20
MEDOKLAV tabletkalari 500mg+125mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MEDOKLAV tabletkalari 250mg+125mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MEDOKLAV tabletkalari 875mg+125mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MEDOKLAV poroshok 100ml 250mg+62,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MEDOKLAV poroshok 100ml 125mg+31,25mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9