×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SERDJIFEKS poroshok 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
25 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Serdjifeks 0,5 g
Bir flakonda quyidagilar saqlanadi:
Faol modda: seftriakson (tseftriakson natriy holida) – 0,5 g.
Erituvchi: 1% li lidokain gidroxlorid eritmasi – 2 ml.
Serdjifeks 1,0 g
Bir flakonda quyidagilar saqlanadi:
Faol modda: seftriakson (tseftriakson natriy holida) – 1,0 g.
Erituvchi: 1% li lidokain gidroxlorid eritmasi – 3,5 ml.
Serdjifeks sefalosporinlar qatorining uchinchi avlodiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan antibiotikdir. Bakteriyalarning hujayra membranalari sintezini susaytirishi hisobiga bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ko'pchilik grammanfiy, grammusbat qo'zg'atuvchilar va ba'zi anaerob bakteriyalarga nisbatan faoldir. Bakteriyalar ishlab chiqaradigan beta-laktamazaning ta'siriga chidamlidir.
Preparatga sezuvchan aerob grammanfiy bakteriyalar: Aeromonas spp., Alcaligenes spp., Branhamella catarrhalis, Citrobacter spp., Enterobacter spp. (ba'zi shtammlari chidamli), E.coli, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan, Kl. pneumoniae), Moraxella spp., Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (ba'zi shtammlari chidamli), Salmonella spp. (shu jumladan, S. typhi), Serratia spp. (shu jumladan, S. marcescens), Shigella spp., Vibrio spp. (shu jumladan, V. cholerae), Yersinia spp. (shu jumladan, Y. enterocolitica).
Boshqa antibiotiklar, masalan, penitsillinlar, birinchi va ikkinchi avlod sefalosporinlari va aminoglikozidlar ta'sirida jadal ko'payadigan yuqorida sanab o'tilgan mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlari Serdjifeksga sezuvchandir. Klinik ma'lumotlarga ko'ra, birlamchi va ikkilamchi sifilisda preparatning ijobiy samaradorligi kuzatiladi.
Serdjifeksga sezuvchan aerob grammusbat bakteriyalar: Streptococcus agalactiae, Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Streptococcus bovis, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans.
Staphylococcus spp., metitsillinga chidamlidir, sefalosporinlarga, shu jumladan Serdjifeksga ham rezistentdir. Enterococcus spp. ning ko'pchilik shtammlari (masalan, Streptococcus faecalis) ham preparatga chidamlidir.
Serdjifeksga sezuvchan bo'lgan anaerob qo'zg'atuvchilar: Bacteroides spp., Clostridium spp. (Cl. difficile dan tashqari), Fusobacterium spp. (F. mortiferum va F. varium dan tashqari), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.. Beta-laktamaza ishlab chiqaradigan Bacteroides spp. ning ba'zi shtammlari (masalan, V. fragilis), Serdjifeksga chidamlidir.
Mushak ichiga / vena ichiga yuborilganida seftriakson organizmning to'qimalari va suyuqliklariga yaxshi o'tadi. Mushak ichiga yuborilganida biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi. Mushak ichiga yuborilganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2-3 soatda erishiladi. Plazma alьbuminlari bilan 85-95% ga qaytar bog'lanadi, va bu bog'lanish uning qondagi kontsentratsiyasiga teskari proportsional.
Seftriakson interstitsial suyuqlikka diffuziya yo'li bilan tez o'tadi, u yerda unga sezuvchan bo'lgan mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid ta'siri 24 soat davomida saqlanib turadi. Yarim chiqarilish davri davomli, va kattalarda taxminan 8 soatni tashkil etadi, 75 yoshdan oshgan keksa yoshdagi odamlarda taxminan 2 martaga uzayadi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda 6,5-8 kunni tashkil etadi.
Kattalarda 50-60% seftriakson siydik bilan o'zgarmagan holda, 40-50% safro bilan chiqariladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda seftriaksonning yuborilgan dozasini taxminan 70% buyraklar orqali chiqariladi. Kattalarda jigar va buyraklar faoliyati buzilganida seftriaksonning farmakokinetikasi, qayta taqsimlanish faoliyati tufayli, deyarli o'zgarmaydi (yarim chiqarilish davri ahamiyatsiz darajada uzayishi mumkin): agar buyraklar faoliyati buzilgan bo'lsa, safro bilan chiqarilishi ko'payadi, agar jigarda patologiya bo'lsa, buyraklar orqali chiqarilishi kuchayadi.
Seftriakson gematoentsefalik to'siq orqali yaxshi o'tadi.
Ko'pchilik hollarda Serdjifeks yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya samaralari odatda qaytuvchan va preparat bekor qilinganidan so'ng yo'qoladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, abdominal og'riqlar, ta'm bilishni buzilishi, stomatit, glossit, soxta membranoz kolit, jigar transaminazalari faolligini oshishi (kam hollarda – ishqoriy fosfataza, bilirubin, xolestatik sariqlik), disbakterioz. Seftriaksonni yuqori dozalarda qo'llash psevdoxolelitiazni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Gematologik o'zgarishlar: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, limfotsitopeniya, trombotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, qon ivishini buzilishi, protrombin vaqtini uzayishi, kam hollarda – eozonofiliya, juda kam hollarda agranulotsitoz.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: glyukozuriya, qon plazmasida mochevina va kreatininning miqdorini oshishi, silindruriya, gematuriya, oliguriya, anuriya.
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, qichishish, kam holarda – bronxospazm, ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, zardob kasalligi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Mahalliy reaktsiyalar: preparat vena ichiga yuborilganidan so'ng flebit rivojlanishi mumkin. Preparatni vena ichiga sekin (2-4 minut davomida) yuborib, uni oldini olish mumkin; lidokainsiz mushak ichiga in'ektsiya qilish og'riqlidir, yuborilgan joyda infilьtrat hosil bo'lishi mumkin.
Boshqalar: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, burundan qon ketishi, kandidoz.
Boshqa sefalosporinlar qo'llangandagi kabi, Serdjifeks bilan davolashda anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bilan uzoq muddat davolashda periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak. Kam hollarda ulьtratovush diagnostikasida o't pufagida patologik soya paydo bo'lishi mumkin, preparat bekor qilinganidan so'ng yo'qoladi. Hatto agar bu ko'rinish o'ng qovurg'a osti sohasidagi og'riqlar bilan kechsa, simptomatik davolash fonida preparatni qabul qilishni davom ettirish tavsiya etiladi. Serdjifeks preparatining har bir grammida 3,6 mmolь natriy saqlanadi. Preparat tuzlarni cheklangan parhezga rioya qiluvchi bemorlarga qo'llanganida buni e'tiborga olish kerak. Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Serdjifeksning ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo'q. Biroq preparat bilan davolashda bosh aylanishi paydo bo'lishi mumkinligini yodda tutish kerak. Homiladorlik va laktatsiyada qo'llanishi Homiladorlik vaqtida ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan hollardagina Serdjifeks preparatini qo'llash mumkin (tseftriakson yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi). Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki seftriakson ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Preparat bolalar olomaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Serdjifeksga sezuvchan bo'lgan bakteriyalarning shtammlari chaqirgan barcha infektsiyalarga nisbatan samaralidir:
sepsis;
bosh miya pardasini yallig'lanishi (bakterial meningit, shu jumladan, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda);
qorin bo'shlig'i a'zolarining infektsiyalari (peritonit, safro chiqarish yo'llari infektsiyalari, shu jumladan xolangit, o't pufagi empiyemasi va me'da-ichak yo'llarini boshqa infektsiyalari);
suyak va bo'g'imlarning infektsiyalari, yuz-jag' sohasining infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari, infektsiyalangan jarohatlar va kuyishlar;
immuniteti sust bo'lgan bemorlardagi infektsiyalar (shu jumladan, neytropeniyasi va onkologik kasalliklari bo'lgan infektsiyalar) ni oldini olish va davolash;
buyraklar va siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari (asoratlanmagan va asoratlangan, shu jumladan, piyelit, o'tkir va surunkali piyelonefrit, sistit, prostatit, epididimit);
nafas yo'llarining infektsiyalari (o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o'pka abstsessi, plevra empiyemasi, bronxoektazlar va boshq.);
LOR-a'zolarining infektsiyalari (mastoidit, o'rta quloq otiti va boshq.);
jinsiy yo'l orqali yuqadigan infektsiyalar (shu jumladan, gonoreya);
jarrohlik aralashuvlaridan oldin infektsiyalarni oldini olish maqsadida qo'llanadi.
sefalosporinlar va penitsillinlarga ma'lum yuqori sezuvchanlik;
cho'kindi ko'rinishida seftriakson natriyni hosil bo'lish havfi borligi sababli, kalьtsiy saqlovchi infuziyalar bilan bir vaqtda qo'llash;
giperbilirubinemiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar;
41 haftalikkacha bo'lgan chala tug'ilgan chaqaloqlar (homiladorlik haftalarda + hayoti haftalarda);
sariqlik, gipoalьbuminemiya yoki atsidoz bilan tug'ilgan 28 kunlikkacha bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar.
Erituvchi sifatida lidokain qo'llanganida (mushak ichiga in'ektsiya qilinganida) lidokain uchun qo'llash mumkin bo'lmagan holatlarni ham hisobga olish kerak.
Halqali diuretiklar (masalan, furosemid) bilan bir vaqtda qo'llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi kuzatilmaydi.
Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar va boshqa trombotsitlar agregatsiyasini ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanganida qon ketish ehtimoli oshadi.
Serdjifeks va aminoglikozidlar ko'pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan sinergizm namoyon qiladi. Bunday majmua og'ir darajadagi va hayotga havf tug'diruvchi infektsiyalarni (masalan, Pseudomonas aeruginosa kabi qo'zg'atuvchilar chaqirgan infektsiyalarni) davolashda asoslidir.
Serdjifeks preparatini bir flakon yoki shpritsda boshqa antibiotiklar bilan aralashtirish mumkin emas.
Serdjifeks mushak ichiga va vena ichiga oqim bilan va tomchilab yuboriladi.
Preparatni tayyorlash va yuborish qoidasi
Mushak ichiga yuborish uchun:
500 mg Serdjifeks 2 ml 1% li lidokain gidroxlorid eritmasida eritiladi.
1 g Serdjifeks 3,5 ml 1% li lidokain gidroxlorid eritmasida eritiladi.
Dumba mushagiga chuqur yuboriladi. Bitta dumba mushagiga 1 g dan ortiq yuborish tavsiya etilmaydi.
Vena ichiga yuborish uchun:
500 mg Serdjifeks 5 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi.
1 g Serdjifeks 10 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi.
Vena ichiga sekin 2-4 minut davomida yuboriladi.
Serdjifeks 0,5 g yoki 1 g ni tayyorlangan in'ektsiya uchun eritmasi 2oS-8oS haroratda saqlaganida 24 soat davomida yoki 15oS-25oS haroratda saqlanganida 6 soat davomida ishlatish mumkin.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga (2 haftagacha bo'lgan) Serdjifeks tana vazniga 20-50 mg/kg dozada sutkada bir marta buyuriladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda fermentlar tizimi rivojlanmaganligi tufayli dozasini oshirishga yo'l qo'yilmasin.
Ko'krak yoshidagi bolalar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun Serdjifeksning sutkalik dozasi sutkada 1 marta tana vazniga 20-80 mg/kg ni tashkil etadi. Tana vazni 50 kg va undan ortiq bo'lgan bolalarga kattalar uchun qo'llanadigan odatdagi dozalar qo'llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 g dan sutkada bir marta (har 24 soatda). Og'ir holatlarda yoki qo'zg'atuvchilari seftriaksonga nisbatan o'rtacha sezuvchanlikka ega bo'lgan infektsiyalarda sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil etadi.
Davolashning davomiyligi kasallikni xarakteri va og'irligiga bog'liq. Boshqa antibiotiklar qo'llangandagi kabi, Serdjifeksni tana harorati normal bo'lganidan so'ng yana kamida 3 kun davomida yuborishni davom ettirish tavsiya etiladi.
Preparatni tana vazniga 50 mg/kg dan ortiq dozada vena ichiga tomchilab yuborish kamida 30 minut davomida o'tkazilishi kerak.
Bakterial meningitda yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarga tana vazniga 100 mg/kg boshlang'ich dozada sutkada bir marta buyuriladi. Maksimal sutkalik dozasi – 4 g. Qo'zg'atuvchi aniqlanganidan so'ng dozasi kamaytirilishi mumkin.
Gonoreyani davolashda Serdjifeksni tavsiya etilgan dozasi mushak ichiga bir marta 250 mg ni tashkil etadi.
Jigar faoliyati normal bo'lgan holda buyraklar faoliyatini buzilishlari bo'lgan bemorlarda va buyraklar faoliyati saqlangan holda jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan bemorlarda preparatning dozasini kamaytirish zarurati yo'q. Yaqqol darajadagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi < 10 ml/minut) Serdjifeksning dozasi sutkada 2 g dan oshmasligi kerak.
Jigar va buyraklar faoliyati bir vaqtda buzilganida, shuningdek gemodializdagi bemorlarda qon zardobida seftriaksonning kontsentratsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Jarrohlik operatsiyalaridan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun 1-2 g Serdjifeks preparatini operatsiyadan 30-90 minut oldin bir marta yuborish tavsiya etiladi. Kolorektal xirurgiyada 2 g preparatni anaerob bakteriyalarga nisbatan faol bo'lgan muvofiq modda bilan birga yuborish kerak.
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar mavjud emas.
Homiladorlik vaqtida ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan hollardagina Serdjifeks preparatini qo'llash mumkin (tseftriakson yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi).
Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki seftriakson ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Preparat bolalar olomaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SERDJIFEKS poroshok 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1 dori vositasi Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
MEDAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
SPEKBAKT poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Novopharm Formulations (P) Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9