×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Balg‘am ko‘chiruvchi vosita
Faol modda:
Амброксола гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- R05СВ06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20 Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE Gretsiya
34 000 s`om dan
MUKALTIN tabletkalari 50mg N10 Химфарм, АО Qozog’iston
1 400 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi: faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; yordamchi moddalar: 70% suyuq sorbitol, glitserin, natriy saxarinati, banan aromatizatori, in’eksiya uchun suv 5.0 ml gacha. Chiqarilish shakli 5 ml dan tibbiy polietilen yoki polipropilenli yunidozalarda (ampulalarda) 15 mg/5ml sirop. Yunidozalar (ampulalar) karton qutida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Ichga qabul qilish uchun sirop
faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; yordamchi moddalar: 70% suyuq sorbitol, glitserin, natriy saxarinati, banan aromatizatori, in’eksiya uchun suv 5.0 ml gacha.
Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi preparat. Broks kids benzilamin – bromgeksinning metabolitini namoyon etadi. Bromgeksindan metil guruhini bo‘lmasligi va siklogeksil halqaning para-trans holatida gidroksil guruhining bo‘lishi bilan farq qiladi. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega. Ichga qabul qilingandan so‘ng ta’sir 30 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va 6-12 soat davomida davom etadi (qabul qilgan dozaga qarab). Klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlar Broks kids bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Kipriksimon epiteliy hujayralarini faollashtirib va balg‘am qovushqoqligini kamaytirib, mukotsiliar transportni yaxshilaydi. Broks kids 2 tur alveolyar pnevmotsitlar va kichik nafas yo‘llaridagi Klar hujayralariga bevosita ta’sir qilib, surfaktant hosil bo‘lishini faollashtiradi. Hujayra kulturalaridagi va xayvonlardagi tadqiqotlar, Broks kidsning kattalardagi va embrion bronxlari va alveolalari yuzasidagi faol moddalar (surfaktant) ning ajralishini va hosil bo‘lishini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, klinikagacha bo‘lgan tekshiruvlarda preparatning antioksidant samarasi isbotlangan. Broks kids antibiotiklar (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklin) bilan birga qo‘llanganda ularning konsentratsiyasini balg‘amlar va bronxial ajralmalarda oshiradi.
So‘rilishi. Ichga qabul qilinganida MIY (me’da ichak yo‘llari) deyarli to‘liq so‘riladi. Metobolizmi. Smax ga ichga qabul qilgandan keyin 1-3 soatda erishiladi. Tizim oldi metabolizmi tufayli preparatning mutloq biokiraolishligi ichga qabul qilgandan so‘ng tahminan 1/3 ga pasayadi. Buni natijasida hosil bo‘lgan metabolitlar (dibromoantranil kislotasi, glyukuronidlar kabi) buyraklar orqali chiqariladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 85% (80-90%) ni tashkil etadi. Broks kids orqa miya suyuqligiga va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuningdek ko‘krak suti bilan ajraladi. Chiqarilishi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 7 dan 12 soatgachani tashkil etadi. Brokas va uning metabolitlarini jamlangan yarim chiqarilish davri taxminan 22 soatni tashkil etadi. Asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali 90%, chiqariladi –10 % dan kami o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanishini hisobga olib, katta taqsimlanish hajmi va to‘qimalardan qonga sekin qayta taqsimlanishi, dializda Broks kidsning chiqarilishi yoki jadallashtirilgan diurez yuz bermaydi. Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi Jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda klirens 20-40% ga kamayadi. Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda metabolitlarning yarim chiqarilish davri oshadi.
Allergik reaksiyalar: ba’zida – teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, gipertermiya, xansirash: juda kam hollarda – anafilaktik shok. Ovqat xazm qilish tizimi tomnidan: ba’zida – diareya, og‘iz qurushi, qabziyat; uzoq qo‘llaganda- abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish. Teri qoplamlari tomonidan: juda kam hollarda- toksik epidermal nekroliz, Stvens-Djons sindromi. Umumiy buzilishlar: kam hollarda- isitma, holsizlik, bosh og‘rig‘i. Boshqalar: kam hollarda - og‘iz va nafas yo‘llari shilliq qavati qurushi, ekzantemalar, dizuriya, rinoreya.
Shifokor retseptisiz.
- Balg‘am ajralishini qiyinlashtiradigan yo‘talga qarshi dori vositalar bilan birga qo‘llanilmasligi kerak. - 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash mumkin. - Teri qoplamlari yoki shilliq qavatlar o‘zgarishida, darhol shifokorga murojaat qiling va preparatni qabul qilishni to‘xtating. - Buyrak funksiyasi buzilishlarida faqat shifokor tavsiyasiga qo‘llanilishi kerak. - Preparat tarkibidagi sorbitol yengil surgi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Xususan, bu homiladorlikning birinchi 28 haftasiga tegishli. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar teratogen ta’sirni aniqlamadi. Homiladorlik (II-III uchoyligi) paytida Broks kids preparatini qo‘llash xavf/foyda nisbatini yaxshilab baholagandan so‘ng, faqat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra berilishi mumkin. Laktatsiya davri. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar ambroksol gidroxloridi ona sutiga o‘tishini ko‘rsatgan. Laktsiya davrida ayollarda preparatdan qo‘llanishi yetarli o‘rganilmaganligi uchun, Broks kids preparatini qo‘llash xavf/foyda nisbatini yaxshilab baholagandan so‘ng, faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha berilishi mumkin. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatish Tranportni haydash va mashinalar va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri xozirgi vaqtda ma’lum emas.
Balg‘am sekretsiyasi va transportini buzilishi bilan kechdigan nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari: - o‘tkir va surunkali brongxit; - pnevmoniya; - o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (O‘SOK); - balg‘am ko‘chishini qiyin kechgan bronxial astma; - bronxoektatik kasallik; - mukovossidozda qo‘llaniladi.
Ta’sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalarning biriga yuqori sezuvchanlik; Homiladorlik( I uchoylik) Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza kam so‘rilishida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: - homiladorlikning II va III uchoyliklari; - laktatsiya davri; - bronxlarning motor funksiyasining buzilishi va balg‘am hosil bo‘lishining ortishi (xarakatsiz kiprikchalar sindromida); - oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasining zo‘rayishi fazasi; - buyrak funksiyasi kasalliklari yoki og‘ir jigar kasalligida. Ushbu toifadagi patsiyentlarda Broks kidsni juda ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, shuningdek patsiyentlar dozalar orasidagi uzoq intervallarni kuzatishlari yoki preparatni kam dozada qabul qilishlari kerak.
Yo‘tal refleksining kuchayishi tufayli yo‘talga qarshi vositalardan bir vaqtda foydalanilganda sekretning dimalanishi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmualar ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Antibiotiklar amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklin bilan birga Broks kidsni qabul qilganda balg‘am va bronxial sekretsiyalarda ularning konsentratsiyasi ortadi.
Yorug‘likdan himoyalangan, quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin!
Shaffof, rangsiz yoki biroz sarg‘ish, o‘ziga xos banan xidiga ega siropsimon eritma.
Siropni ovqatdan keyin qabul qilinadi. - 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan (7,5 mg) buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 15 mg. - 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan (7,5 mg) buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 22,5 mg. - 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml dan (15 mg) buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 30-45 mg. - 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga 10 ml dan (30 mg) buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 90 mg. Davolash davomiyligi kasallik kechishiga ko‘ra individual ravishda tanlanadi. Broks kidsni shifokor ko‘rsatmasisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatning mukolitik samarasi ko‘p miqdordagi suyuqlik qabul qilinganda namoyon bo‘ladi, shuning uchun davolash vaqtida ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Preparatni bevosita uyqudan oldin qabul qilmaslik kerak.
Broksning dozasi oshirib yuborilganda alohida intoksikatsiyaning xarakterli belgilari aniqlanmagan. Nerv qo‘zg‘alishi va diareya haqida xabarlar mavjud. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir holatida, so‘lak ajralishining oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish va arterial qon bosimining pasayishi kuzatilishi mumkin. Davolash. Qusishni chaqirish, me’dani yuvish kabi jadal davolash usullari, faqat preparat qabul qilingandan so‘ng birinchi 1-2 soat ichida, og‘ir dozani oshirib yuborilish hollarida qo‘llanilishi kerak. Simptomatik davolash buyuriladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BROKS tabletkalari 30mg N30
BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 90ml 15mg/5ml
AMBROLONG kapsulalar 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
MUKEKS sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM eritma dlya priema vnutr 40ml 15mg/5ml
AMBRONOL tabletkalari 30mg N50 (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 24 900 so'mdan Batafsil
Ambronol sirop 100ml 15mg/5ml (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
BROKS tabletkalari 30mg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9