26 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MUKEKS®
MUKEX®
Preparatning savdo nomi: Mukeks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol gidroxloridi
Dori shakli: sirop.
Tarkibi:
Siropning har bir 5 ml quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 15 mg ambroksol gidroxloridi;
yordamchi moddalar: gidroksietilsellyuloza, sorbit eritmasi (Ye 420 sorbiti), gliserin, natriy saxarini, benzoy kislotasi (Ye 210), propilenglikol, «Abrikos» («O‘rik») ta‘m qo‘shimchasi, «Myata sadovaya» («Bog‘ yalpizi») ta‘m qo‘shimchasi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: rangsizdan to yengil sariq tusligacha bo‘lgan tiniq sirop.
Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi: R05CB06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Mukeks® siropining ta‘sir etuvchi moddasi – ambroksol gidroxloridi nafas yo‘llarining bezlari sekresiyasini oshiradi. Ambroksol alveolalarda va bronxiolalardagi Klar hujayralarida ІІ tipdagi pnevmositga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir yo‘li bilan o‘pka surfaktanti ajralishini kuchaytiradi, shuningdek siliar faollikni rag‘batlantiradi. Bu shilliq sekresiyasini oshirishga va mukosiliar klirens yaxshilanishiga yordam beradi.
Suyuqlik sekresiyasini faollashishi va mukosiliar klirensni oshishi shilliqning chiqarilishini yengillashtiradi va yo‘talni kamaytiradi.
Ma‘lumki, ambroksol gidroxloridi mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirga ega, bu uning natriy kanallarini bloklash qobiliyati bilan izohlanadi. Neyron natriy kanallarini bloklanishi shu bilan ifodalanganki, bunda bog‘lanish qaytuvchan va konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lgan.
Ambroksol gidroxloridi yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, chunki qondan sitokin ajratilishini va mononuklear va polimorfnuklear hujayralarning to‘qima bog‘lanishini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Faringitli pasientlarda ambroksol gidroxloridini qo‘llanilishi tomoqdagi og‘riq va qizarishni sezilarli darajada kamayishiga yordam berganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Shuningdek ambroksol gidroxloridi yuqori nafas yo‘llarini davolashda samarali ekanligi ham ma‘lum, chunki nafas olishda og‘riqni va u bilan bog‘liq bo‘lgan burun bo‘shlig‘idagi, quloq va traxeya sohasidagi diskomfortni tezda kamayishiga yordam beradi.
Ambroksol gidroxloridi qo‘llanilganidan keyin bronx-o‘pka sekretida va balg‘amda antibiotiklar (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin) konsentrasiyalari oshadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Ta‘siri uzaytirilmagan peroral shakllaridan ambroksol gidroxloridini so‘rilishi terapevtik diapazonida proporsional bog‘liqlik bilan tez va yetarlicha to‘liq bo‘ladi. Qon plazmasida maksimal darajalariga tezda ajralib chiqadigan dori shakllari peroral qabul qilinganida 1–2,5 soat o‘tgach va sekin ajralib chiqadigan shakllari qo‘llanilganida 6,5 soat o‘tgach erishiladi.
Taqsimlanishi. Peroral qabul qilinganida ambroksol gidroxloridini qondan to‘qimalarga taqsimlanishi o‘pkada faol moddaning konsentrasiyasi eng yuqori bo‘lgan holda tezda va yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Peroral qabul qilinganida taqsimlanish hajmi 552 l ni tashkil etadi. Terapevtik diapazonida qon plazmasida preparatning taxminan 90 foizi oqsillar bilan bog‘lanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi. Peroral qabul qilinganidan keyin dozaning taxminan 30 foizi tizim oldi metabolizmi yo‘li bilan chiqariladi. Ambroksol gidroxloridi glyukuronizasiya va dibromantranil kislotasiga (dozaning taxminan 10 foizi) qadar parchalanishi yo‘li bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Ma‘lumki, odam jigari mikrosomalarida ambroksol gidroxloridini dibromantranil kislotasiga qadar metabolizmga uchrashiga CYP3A4 javob beradi.
3 kunlik peroral qabul qilishda dozaning taxminan 6 % o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi, ayni vaqtda dozaning taxminan 26% kon‘yugasiya shaklida siydik bilan chiqariladi.
Qon plazmasidan yarim chiqarilishi davri taxminan 10 soatni tashkil etadi. Umumiy klirens buyrak klirensi bilan birga minutiga 660 ml chegarasida bo‘ladi, bu umumiy klirensdan 8% ni tashkil etadi.
Pasientlarning alohida guruhlarida farmakokinetikasi. Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi kamaygan bo‘ladi, bu qon plazmasida 1,3–2 marta yuqoriroq darajani keltirib chiqaradi. Ambroksol gidroxloridining terapevtik diapazoni yetarlicha keng bo‘lganligi tufayli, dozalarni o‘zgartirish kerak emas.
Yosh va jins ambroksol gidroxloridi farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta‘sirga ega emas, shu sababli dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Ovqatlanish ambroksol gidroxloridining biokiraolishiligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Bronxial sekresiyani buzilishi va shilliq harakatlanishini kuchsizlanishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklarida sekretor davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, Mukeks® preparatining 15 mg/5 ml li siropini quyidagi qabul qilish tartibi tavsiya etiladi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: sutkada 2 marta 2,5 ml (1/2 choy qoshig‘ida) (sutkada 15 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: sutkada 3 marta 2,5 ml (1/2 choy qoshig‘ida) (sutkada 22,5 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: sutkada 2-3 martagacha 5 ml (1 choy qoshig‘ida) (sutkada 30–45 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).
Kattalarda va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar: sutkada 3 marta 10 ml (2 choy qoshig‘ida) (sutkada 90 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent) dastlabki 2–3 kun davomida va sutkada 2 marta 10 ml (2 choy qoshig‘ida) (sutkada 60 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).
Zarurat bo‘lganida kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun terapevtik samarasi dozani sutkada 2 marta 20 ml gacha oshirish bilan (sutkada 120 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent) kuchaytirilishi mumkin. Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun yukori konsentrasiyali sirop tavsiya etiladi (Mukeks®, sirop, 30 mg/5 ml).
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropini ovqatlanishdan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin.
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropi ilova qilinadigan o‘lchov stakanchasi yordamida o‘lchab olinishi mumkin.
Umuman olganda qo‘llash davomiyligi bo‘yicha cheklovlar yo‘q, ammo uzoq muddatli davolashni tibbiy kuzatuv ostida olib borish lozim.
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropini shifokor bilan maslahatlashmay 4–5 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropini qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin, 5 ml sirop 1,225 g uglevodlarni saqlaydi.
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropi alkogol saqlamaydi.
Bolalar
Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llanilishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi hamda teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, qichishish, anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, eritema, Stivens–Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) kabi terini og‘ir shikastlanishlari.
Nerv tizimi tomonidan: disgevziya (ta‘m sezishni buzilishi).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikni pasayishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og‘riq, og‘iz qurishi, qabziyat, so‘lak oqishi, tomoq qurishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: hiqildoqda sezuvchanlikni pasayishi, rinoreya, dispnoe (yuqori sezuvchanlik reaksiyasi simptomi sifatida).
Siydik ajratilishi tizimi tomonidan: dizuriya.
Umumiy buzilishlar: isitma, shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropini ambroksol gidroxloridiga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Mukeks® preparatining 15 mg/5 ml li siropi va yo‘talni susaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qo‘llanilishi yo‘tal refleksi so‘ndirilishi oqibatida shilliqni juda ko‘p miqdorda to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli bunday majmua faqat qo‘llanilishidan kutiladigan foyda va xavf orasidagi nisbat shifokor tomonidan baholanganidan keyingina qo‘llanilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ambroksol gidroxloridi kabi balg‘am ko‘chiruvchi vositalar qo‘llanilishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) kabi terini og‘ir shikastlanishlari haqida jami bir nechta xabarlar kelib tushgan. Ularni asosan asosiy kasallikni og‘ir kechishi va/yoki boshqa preparatni bir vaqtda qo‘llanilishi bilan izohlash mumkin. Shuningdek Stivens-Djonson sindromining yoki Layell sindromining boshlang‘ich bosqichida pasientlarda isitma, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi xos bo‘lmagan grippga o‘xshash simptomlar kuzatilishi mumkin. Bunday simptomlarda yo‘talga va shamollashga qarshi preparatlar bilan simptomatik davolashni yanglish holda buyurilishi mumkin. Shu sababli terini yoki shilliq qavatlarni yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida tibbiy yordam olish uchun darhol murojaat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish lozim.
Bronxial motorika buzilganida va shilliq sekresiyasi kuchli bo‘lganida (masalan, birlamchi siliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasallikda) Mukeks® preparatining 15 mg/5 ml li siropini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki ambroksol gidroxloridi shilliq sekresiyasini kuchaytirishi mumkin.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan yoki og‘ir darajada jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Mukeks® 15 mg/5 ml li siropini faqat shifokor bilan maslahatlashilganidan keyin qo‘llash lozim. Jigarda metabolizmga uchrab, so‘ngra buyraklar orqali chiqariladigan har qanday modda kabi ambroksol gidroxloridi qo‘llanilganida og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarni to‘planishi yuz beradi.
Mukeks® 15 mg/5 ml li siropi 5 ml da 1,225 g sorbit (maksimal tavsiya qilingan sutkalik dozasi qo‘llanilganida 9,8 g ga ekvivalent) saqlaydi. Agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik. Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Preparat homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llanilganida homilaga zararli ta‘siri aniqlanmagan. Biroq homiladorlik davrida dorilarni qabul qilish vaqtida umum qabul qilingan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim. Ayniqsa homiladorlikning I uch oyligida Mukeks® 15 mg/5 ml li siropini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish davri. Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga o‘tadi. Emizish davrida Mukeks®
15 mg/5 ml li siropini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiyalar tezligiga ta‘siriga doir tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi kunda dozani oshirib yuborilishining spesifik simptomlari haqida xabarlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilishi va dorilarni yanglish qo‘llanilishi hollari haqidagi ayrim yakka xabarlardan ma‘lum bo‘lgan simptomlar tavsiya etilgan dozalarda ambroksol gidroxloridining ma‘lum nojo‘ya ta‘sirlariga mos keladi va simptomatik davolashni talab qiladi.
Chiqarilish shakli
100 ml dan flakonlarda. Har bir flakon o‘lchov stankanchasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Flakon birinchi marta ochilganidan keyin preparatni ko‘pi bilan 4 hafta saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.