×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Амлодипин, Лизиноприл
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- C09BB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BISOPROL tabletkalari 5mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
11 800 s`om dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
5 000 s`om dan
PRESTARIUM tabletkalari 10mg N30 Les Laboratoires Servier Industrie Frantsiya
95 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMLIPIN

AMLIPIN

 

Preparatning savdo nomi: Amlipin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amlodipin + lizinopril

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi

Amlipin 5/5 mg

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 5 mg,

lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 5 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal 1500, suvsiz kalsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: opadri 03B25577 qizil (gipromelloza, titan dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol).

Amlipin 5/10 mg

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 5 mg,

lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 10 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal 1500, suvsiz kalsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: opadri II 85F18422 oq (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, talk).

Amlipin 10/10 mg

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 10 mg,

lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 10 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal 1500, suvsiz kalsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: opadri 03B25577 qizil (gipromelloza, titan dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol).

Amlipin 10/20 mg

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 10 mg,

lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 20 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal 1500, suvsiz kalsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: opadri II 85F18422 oq (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, talk).

Ta‘rifi:

Amlipin 5/5 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qizil rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Amlipin 5/10 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Amlipin 10/10 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, qizil rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Amlipin 10/20 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari kalsiy kanallarining blokatorlari bilan majmuada.

ATX kodi: S09VV

Farmakologik hususiyatlari

Amlipin – majmuaviy antigipertenziv preparat bo‘lib, farmakologik hususiyatlari amlodipin (kalsiy kanallarining selektiv blokatori) va lizinopril (AAF ingibitori) ning umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi.

Membranalardagi sekin kalsiy kanallarini bloklab, amlodipin kalsiy ionlarini kardiomiositlar va qon tomirlar devoridagi silliq mushak hujayralariga membranalar orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Uning ta‘siri oqibatida qon tomirlar (arteriolalar) ning tonusi va periferik qon-tomirlar qarshiligi pasayadi. Arteriolalarni kengayishi va yurakni keyingi zo‘riqishini pasayishi hisobiga amlodipin antianginal ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli, amlodipin reflektor taxikardiyani chaqirmaydi, u qo‘llanganida miokardni kislorodga bo‘lgan talabi pasayadi. Amlodipin ham intakt, ham patologik o‘zgargan tojtomirlarini kengaytirib, miokardda perfuziyani yaxshilaydi; noxush metabolik samaralarga ega emas.

Lizinopril qon plazmasida angiotenzin II va aldosteronning darajasini pasaytiradi va bir vaqtning o‘zida qon tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega bo‘lgan bradikininning darajasini oshiradi. Lizinoprilni ta‘sirida umumiy periferik qon tomirlar qarshiligi (UPTQ), arterial bosim (AB) o‘pka kapillyarlaridagi bosim pasayadi; lizinopril yurak ritmining tezligiga ta‘sir qilmaydi, bunda minutlik hajmi oshishi va buyrakda qon oqimi kuchayishi mumkin. Lizinopril AB ni pasaytirishi tufayli, shuningdek glomerulyar apparatda va uning to‘qima strukturasida gemodinamikani yaxshilanishi natijasida albuminuriyani kamaytiradi. Uzoq muddat qo‘llanganida miokard hamda rezistiv turdagi arteriyalarning devorini gipertrofiyasi kamayadi. Giperglikemiyasi bo‘lgan bemorlarda lizinopril endoteliyning buzilgan faoliyatini tiklanishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng amlodipin me‘da-ichak yo‘llaridan sekin va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi, maksimal konsentrasiyasiga 6-10 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 35-50 soatni tashkil etadi.

Lizinopril ovqatlanishdan qat‘iy nazar ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi 25-50% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilinganidan so‘ng 6 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil etadi.

Har ikkala ta‘sir etuvchi moddalarni organizmda uzoq muddat aylanib yurishi preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi.

Qo‘llanilishi

  • arterial gipertenziya;
  • yurak ishemik kasalligi (stabil stenokardiya, Prinsmetall stenokardiyasi);
  • surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida);
  • diabetik nefropatiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Amlipin preparatini ichga ovqatlanishdan qat‘iy nazar 1 tabletkadan sutkada 1 marta qabul qilish kerak. Zarurat bo‘lganida sutkalik dozani 2 tabletkagacha oshirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar odatda kuchsiz ifodalangan va o‘tkinchi hususiyatga ega, preparatni bekor qilish kam hollarda talab etiladi. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya, qusish; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi.

Allergik reaksiyalar: tez-tez mas – terini qichishishi, teri toshmasi; kam hollarda – angionevrotik shishi.

Boshqalar: tez-tez – yuz terisini qizarishi, oyoqlarning to‘pig‘ini shishi, quruq yo‘tal, ortostatik gipotenziya, tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlaridan birortasiga yoki digidropiridinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan angionevrotik shish;
  • aorta yoki mitral klapanni gemodinamik jihatdan ahamiyatli stenozi;
  • yaqqol ifodalangan arterial gipotenziya;
  • kardiogen shok;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Giperkaliemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, asosan buyraklar faoliyati pasayganida preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, amilorid, triamteren), kaliy va tarkibida kaliy saqlovchi vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish talab etiladi. Preparat foyda va havf yaxshilab baholangandan so‘ng buyuriladi, bunda qonda kaliyning darajasi va buyraklar faoliyati muntazam ravishda nazorat qilinadi.

Preparat quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorolikka rioya qilish kerak:

  • diuretiklar bilan (AB keskin pasayishi mumkin);
  • boshqa gipotenziv vositalar bilan (additiv ta‘sir qilishi mumkin);
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan (ayniqsa indometasin bilan), chunki ular natriyni ushlab qoladilar va buyraklarda prostaglandinlar sintezini bloklaydilar, estrogen vositalar va adrenostimulyatorlar, simpatomimetiklar bilan (terapevtik samarasi pasayishi mumkin);
  • litiy bilan (litiyni chiqarilishi yomonlashishi mumkin, qon plazmasida litiyning darajasini nazorat qilish kerak.

Amiodaron, xinidin, beta-adrenoblokatorlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) gipotenziv samarasini kuchaytirishlari mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri uzayadi, bu sutkalik dozasini tanlashda ehtiyotkorlikni talab etadi.

Diuretiklar olayotgan bemorlarda, yoki boshqa genezli degidratasiyada (kuchli terlash, uzoq muddatli qusish, profuz ich ketishi), shuningdek yurak yetishmovchiligida simptomatik gipotenziya rivojlanishi mumkin. Bunday holatda bemorni yotkazish, zarurat bo‘lganida 0,9% natriy xlorid eritmasini infuziya qilish tavsiya etiladi. Davolash boshlanishidan oldin qon zardobida natriyning darajasini normallashtirish va gipovolemiyada suyuqlik hajmini to‘ldirish kerak.

Buyrak arteriyasini stenozida (ayniqsa bilateral stenozda yoki yagona buyrak arteriyasini stenozida), shuningdek degidratasiyada lizinoprilni qo‘llash buyrak faoliyatini odatda qaytuvchan bo‘lgan va preparat bekor qilinganidan so‘ng qaytadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha buzilishiga olib kelishi mumkin.

Arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin bo‘lgan narkoz uchun qo‘llanadigan vositalar yordamida o‘tkazilgan yirik jarrohlik aralashuvlarida, lizinopril lizinopril angiotenzin II ni kompensator ravishda hosil bo‘lishini bloklaydi. Yuqori ko‘rsatilgan mexanizm oqibatida rivojlangan gipotenziya aylanuvchi qon hajmini to‘ldirish bilan bartaraf qilinishi mumkin.

Keksa yoshdagi bemorlarga preparatning dozasini aniqlashda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Agranulositozni potensial rivojlanish havfini butunlay istisno qilish mumkin emasligi tufayli, preparat ishlatilganida periferik qonni vaqti vaqti bilan laborator nazorat o‘tkazish kerak.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda Amlipinni qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi (ayniqsa, davolashni boshlanshida) mumkin, shuning uchun individual reaksiya aniqlangunicha ushbu faoliyatlarni bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB ni yaqqol pasayishi va reflektor taxikardiyani paydo bo‘lishi bilan kechuvchi vazodilatasiya.

Davolash: simptomatik davolash, yurak faoliyatini, AB, diurez va suv-elektrolitlar muvozanatini nazorat qilish, zarurat bo‘lganida unga tuzatish kiritish kerak. AB yaqqol darajada pasayganida bemor oyoqlarini biroz yuqoriga ko‘targan holatda yotkaziladi; suyuqlikni o‘rnini bosuvchi eritmalar vena ichiga yuborilishiga qoniqarli terapevtik javob reaksiyasi kuzatilmaganida, qon aylanishini tutib turish uchun periferik vazopressorni yuborish talab etilishi mumkin. Kalsiyning antagonistini ta‘sirini to‘xtatish uchun vena ichiga kalsiy glyukonat yuborish mumkin.

Amlodipin so‘rilishi sekin amalga oshganligi tufayli, ayrim hollarda me‘da yuviladi, faollashtirilgan ko‘mir ishlatiladi.

Lizinopril gemodializ yordamida organizmdan chiqariladi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30 dori vositasi World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EKVATOR tabletkalari 20mg/10mg N30
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
EKVATOR tabletkalari 20mg/5mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
EKVATOR tabletkalari 10mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амлодипин, Лизиноприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Амлодипин, Лизиноприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
  • Vakil:
EKVAMER 10mg+20mg+20mg kapsulalar N30
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VENOXELP tabletkalari 50mg N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
FOSFOMED poroshok 3g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
LISTORA kapsulalar 120mg N42
Narh: 400 000 so'mdan Batafsil
KOLEDAN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 15000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
GINO VITAL L suppozitorii 750mg/200mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
BENEVRON BF tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
ESLOTIN sirop 60ml 2,5mg/5ml N1
Narh: 35 400 so'mdan Batafsil
ENZOFEN kapsulalar 1000mg N2
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 250mkg 25/250 mkg/doza 120 doz
Narh: 189 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 125mkg 25/125 mkg/doza 120 doz
Narh: 139 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 50mkg 25/50 mkg/doza 120 doz
ORSIPOL tabletkalari 500mg 500mg/500mg N10
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
KULENTO tabletkalari 10mg N28
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
KARMETADIN tabletkalari 35mg N60
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
INOSEDA sirop 120ml 250mg/5ml
DORAMISIN tabletkalari 3000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 93 800 so'mdan Batafsil
DERILAYF krem 50g 0,05% N1
Narh: 68 990 so'mdan Batafsil
SEKNIDOKS tabletkalari 1g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
BUDEKTON kapsulalar 400mkg N60
Narh: 159 600 so'mdan Batafsil
BUDEKTON kapsulalar 200mkg N60
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
MUSKOMED kapsulalar 4mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ASMADA tabletkalari 150mg/30,39mg N100
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9