×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEDAREKS tabletkalari 2mg N30

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Faol modda:
Рисперидон
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- N05AX08
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

ico 210 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 370 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

AVTORIYA tabletkalari 25mg N30 «PSYCHOTROPICS INDIA LTD» Hindiston
47 000 s`om dan
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml Усолье-Сибирский химико фармацевтический завод,АО Rossiya
3 700 s`om dan
ATARAKS tabletkalari 25mg N25 GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: UCB Pharma S.A. Belgiya
38 000 s`om dan
MELAKSEN tabletkalari 3mg N24 Юнифарм, Инк., США AQSh
87 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Bir qobiq bilan qoplangan Sedareks tabletkasi saqlaydi:

Faol modda: 1 mg, 2 mg va 4 mg risperidon.

Yordamchi moddalar: laktoza, jelatinlangan kraxmal, kroskarmelloza natriy, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati.
Neyroleptik preparat, benzizoksazol hosilasi. Antipsixotik, hamda sedativ, qusishga qarshi va gipotermik taʼsir koʻrsatadi.

Risperidon - selektiv monoaminergik antagonist, serotonin 5-NT2- va dopamin D2-retseptorlarga yuqori affinlikka ega. a1-adrenoretseptorlari bilan va biroz kuchsizroq N1-gistamin retseptorlari va a2-adrenoretseptorlari bilan bogʻlanadi. Xolinoretseptorlarga troplikka ega emas.

Antipsixotik taʼsiri mezolimbik va mezokortikal tizimining D2-dopamin retseptorlarining blokadasi bilan bogʻliq. Sedativ taʼsiri bosh miya stvoli retikulyar farmatsiyasining adrenoretseptorlarning blokadasi; qusishga qarshi taʼsiri - qusish markazining trigger sohasini D2-dopamin retseptorlarining blokadasi; gipotermik taʼsiri - gipotalamusning dopamin retseptorlarining blokadasi bilan bogʻliq.

Risperidon kuchli dopaminni bloklovchi vosita boʻlishiga qaramasdan (qoʻrquv, tajavvuzkorlik, shizofreniyaning mahsulotli belgilari (alahsirash, gallyutsinatsiyalar)) klassik neyroleptiklarga qaraganda miyaning motor faoliyatni bostirilishini kamroq chaqiradi va kamroq darajada katalepsiyani induksiyalaydi.

Serotonin va dopaminga nisbatan muvozanatlangan markaziy antagonizmi ekstrapiramid nojoʻya taʼsirlarga moyillikni kamaytirishi va preparatning shizofreniyani negativ va affektiv belgilariga terapevtik taʼsirini kengaytirishi mumkin.

Risperidon plazmada prolaktinni dozaga bogʻliq konsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin.
Risperidon ichga qabul qilinganidan keyin meʼda-ichak yoʻllaridan (MIY) toʻliq soʻriladi. Cmax ga plazmada 1-2 soatdan keyin erishiladi. Ovqat preparatni soʻrilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Risperidin jigarda CYP2D6 izofermenti ishtirokida risperidonning farmakologik taʼsiriga oʻxshash taʼsirga ega boʻlgan 9-gidroksi-risperidon hosil qilib metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilinganidan keyin risperidonning plazmadagi T1/2 3 soatni tashkil qiladi, faol metabolitning T1/2 - 24 soat.

Keksa yoshli patsiyentlar va buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda preparatni bir marta ichga qabul qilgandan keyin plazmada yuqori konsentratsiyalari va risperidonni chiqarilishini sekinlashishi kuzatilgan.

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda risperidonning plazmadagi konsentratsiyasi oʻzgarmagan.
MNT tizimi tomonidan: uyqusizlik, ajitatsiya, xavotirlik, bosh ogʻrigʻi; baʼzida - uyquchanlik, charchoqlik, bosh aylanishi, diqqatni jamlashni buzilishi, koʻrish aniqligini buzilishi, kam - ekstrapiramid belgilar (shu jumladan tremor, rigidlik, gipersalivatsiya, bradikineziya, akatiziya, oʻtkir distoniya).

Shizofreniyasi boʻlgan bemorlarda - gipervolemiya, kechki diskineziya (asosan til va/yoki yuzni ixtiyorsiz ritmik harakatlari), xavfli neyroleptik sindrom (gipertermiya, mushak rigidligi, vegetativ faoliyatning beqarorligi ongni buzilishi va KFK darajasini oshishi). Termoboshqarishni buzilishi va tirishish xurujlari.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, dispepsiya, koʻngil aynishi, qusish, jigar fermentlari faolligini oshishi, ogʻizni qurishi, gipo- yoki gipersalivatsiya, anoreksiya, ishtahani kuchayishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, reflektor taxikardiya, AB ni oshishi. Davolash fonida asosan moyilligi boʻlgan keksa bemorlarda insultlarni rivojlanishi taʼriflangan.

Qon yaratish tizimi tomonidan: neytropeniya, trombotsitopeniya.

Endokrin tizimi tomonidan: galaktoreya, ginekomastiya, hayz koʻrish siklini buzilishi, amenoreya; yakka hollarda - giperglikemiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: priapizm, ereksiyani buzilishi, eyakulyatsiyani buzilishi, anorgazmiya, siydikni tutib tura olmaslik.

Allergik reaksiyalar: rinit, teri toshmasi, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya.

Boshqalar: artralgiya.
Risperidonni homiladorlikda qoʻllashning xavfsizligi oʻrganilmagan. Preparatni homiladorlikda faqat agarda, kutiladigan foyda potensial xavfdan ustun boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin.

Boshqa antipsixotik moddalarga almashtirish:

Shizofreniyada Sedareks bilan davolashni boshida oldingi davolashni asta-sekin, agarda bu klinik oqlangan boʻlsa, bekor qilish kerak. Bunda agarda patsiyentlarda antipsixotik preparatlarning depo shakllari bilan davolash oʻtkazilayotgan boʻlsa, unda Sedareks bilan davolashni navbatdagi rejalashtirilgan inyeksiya oʻrniga boshlash tavsiya qilinadi. Vaqti-vaqti bilan kundalik parkinsonizmga qarshi preparatlar bilan davolash davom ettirish zaruratini baholash lozim.

Sedareksning alfa-adrenobloklovchi taʼsiri tufayli ortostatik gipotenziya, ayniqsa doza tanlashni boshlangʻich davrida, paydo boʻlishi mumkin.

Sedareks yurak-tomir tizimining kasalliklari boʻlgan (masalan: yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, aritmiyalar) patsiyentlarda, shuningdek suvsizlanishda, gipovolemiya yoki serebrovaskulyar buzilishlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Dozani asta-sekin oshirish kerak. Arterial gipotenziya paydo boʻlganida dozani pasaytirish masalasini qayta koʻrib chiqish kerak.

Ekstrapiramid simptomlarni paydo boʻlishi, kechki diskineziyani rivojlanishi uchun xavf omili ekanligi toʻgʻrisida xabarlar bor. Risperidon klassik neyroleptiklarga qaraganda ekstrapiramid belgilarini paydo boʻlishini kamroq chaqiradi.

Agar kechki diskineziyaning belgilari paydo boʻlsa, hamma antipsixotik preparatlarni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish lozim.

Gipertermiya, mushak rigidligi, noturgʻun vegetativ faoliyatlarning beqarorligi, ongni buzilishi va KFK darajasini oshishi bilan ifodalanadigan xavfli neyroleptik sindromini rivojlanishi hollarida, hamma antipsixotik preparatlarni, shu jumladan Sedareksni ham bekor qilish kerak.

Risperidon bilan davolash davrida patsiyentlarga, tana vaznini oshishi sababli, koʻp ovqat yeyishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Sedareks mental va jismoniy faollikni pasayishini chaqiradi, shuning uchun patsiyentlarga avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni talab qiladigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Oʻtkir xurujlarni yoʻq qilish va uzoq muddatli tutib turuvchi davolash:

oʻtkir va surunkali shizofreniya va boshqa mahsulotli va negativ simptomatikali psixotik buzilishlar;
turli ruxiy kasalliklardagi affektiv buzilishlar;
demensiyali patsiyentlarda tajavvuzkorlik belgilarini (gʻazabni qoʻzgʻashi, jismoniy zoʻravonlik), faoliyatni buzilishi (qoʻzgʻalish, alahsirash) yoki psixotik belgilar paydo boʻlganidagi xulqni buzilishlari;
15 yoshdan boshlab oʻsmirlar va katta patsiyentlarda intellektual darajasi past yoki aqliy rivojlanish kechikkanida, agarda destruktiv xulq kasallikning klinik manzarasida (agressiya, impulsivlik, autoagressiya) yetakchi hisoblangan holatlardagi xulqni buzilishlari.
Bipolyar buzilishlarda maniyani davolashda (yordamchi davolash vositasi sifatida) kayfiyatni barqarorlashtirish uchun.
preparatga yuqori sezuvchanlik;
laktatsiya davri;
15 yoshgacha boʻlganlar.
Sedareks birinchi navbatda MNT taʼsir koʻrsatishini hisobga olib, uni boshqa markaziy taʼsirga ega preparatlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Sedareks levodopaning va boshqa dopamin agonistlarining samarasini kamaytiradi. Klozapin risperidonning klirensini pasaytiradi.

Sedareks va karbamazepin bir vaqtda qoʻllanganida plazmada risperidonning faol antipsixotik fraksiyasining konsentratsiyasini kamayishi aniqlangan.

Sedareks bilan fenotiazinlar, uchsikllik antidepressantlar va ayrim beta-adrenoblokatorlar bir vaqtda qoʻllanganida risperidonning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishlari mumkin, ammo bu faol antipsixotik fraksiyaning konsentratsiyasiga taʼsir qilmaydi.

Sedareks bilan fluoksetin bir vaqtda qoʻllanganida risperidonning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin, ammo faol antipsixotik fraksiya konsentratsiyasini kam darajada oshiradi.

Sedareks plazma oqsillari bilan yuqori darajada bogʻlanadigan boshqa preparatlar bilan birga qoʻllanganida, plazmaning oqsil fraksiyasidan qanday boʻlmasin preparatni klinik yaqqol siqib chiqarilishi kuzatilmaydi.

Antigipertenziv preparatlar risperidonni qabul qilish fonida AB pasayishini yaqqolligini kuchaytiradi.
Shizofreniya:

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga Sedareks sutkada 1 yoki 2-marta buyuriladi.

Sedareksning boshlangʻich dozasi - sutkada 2 mg. Ikkinchi kuni dozani sutkada 4 mg gacha oshirish lozim. Shu vaqtdan boshlab dozani ilgarigi darajasida saqlash yoki shaxsiy zaruratga koʻra toʻgʻrilash mumkin. Odatda optimal doza sutkada 4-6 mg hisoblanadi. Qator hollarda dozani sekinroq oshirish va kichikroq boshlangʻich va tutib turuvchi dozalari yaxshiroq boʻlishi mumkin.

Sutkada 10 mg dan yuqori dozalar kichik dozalari bilan solishtirilganida, yuqori samarani koʻrsatmagan va ekstrapiramid belgilarni paydo boʻlishini chaqirishi mumkin.

Sutkada 16 mg dan yuqori dozaning xavfsizligi oʻrganilmaganligi tufayli, bundan yuqori dozalarni qoʻllash mumkin emas. Sedareks bilan davolashga benzodiazepinlarni, agar qoʻshimcha sedativ samara talab qilinsa qoʻshish mumkin.

15 yoshgacha boʻlgan bolalarda shizofreniyani davolash uchun Sedareksni ishlatish toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Keksa yoshli patsiyentlarga yoki jigar va buyraklar faoliyatini buzilishlarida, preparat 0,5 mg boshlangʻich dozada, sutkada 2-marta buyuriladi. Dozalashni shaxsiy 1-2 mg gacha sutkada 2-martaga oshirilishi mumkin.

Demensiyali bemorlarda hatti-harakat buzilishlarni davolashda

Tavsiya qilingan boshlangʻich doza 0,25 mg dan sutkada 2-martani tashkil qiladi. Zarurati boʻlganida dozani shaxsiy 0,25 mg ga sutkada 2-martagacha, kunoradan tez emas, oshirish mumkin. Koʻpchilik patsiyentlar uchun 0,5 mg sutkada 2-marta optimal doza hisoblanadi. Ammo ayrim patsiyentlarga 1 mg dan sutkada 2-marta qabul qilish koʻrsatilgan.

Optimal dozaga erishilgach preparatni sutkada 1-marta qabul qilishni tavsiya etish mumkin.

Bipolyar buzilishlarda

Preparatning tavsiya etilgan boshlangʻich dozasi 2 mg sutkada 1 qabulni tashkil qiladi. Zarurati boʻlganida bu doza sutkada 2 mg gacha oshirilishi mumkin, kunoradan tez emas. Koʻpchilik patsiyentlar uchun optimal doza sutkada 2-6 mg hisoblanadi.

Aqliy rivojlanishi kechikkan yoki klinik manzarasida destruktiv tendensiya ustun boʻlgan patsiyentlardagi hatti-harakatni buzilishlari:

Tana vazni 50 kg va undan koʻp boʻlgan patsiyentlarga preparatning tavsiya qilinadigan boshlangʻich dozasi 0,5 mg sutkada 1-martani tashkil qiladi. Zarurati boʻlganida bu doza sutkada 0,5 mg ga oshirilishi mumkin, kunoradan tez emas. Koʻpchilik patsiyentlar uchun optimal doza sutkada 1 mg hisoblanadi. Ayrim patsiyentlar uchun sutkada 0,5 mg qabul qilish yaxshiroq, ayrimlarga esa sutkada dozani 1,5 mg gacha oshirish talab qilinadi.

Tana vazni 50 kg dan kam boʻlgan patsiyentlarga preparatning tavsiya qilinadigan boshlangʻich dozasi sutkada 1-marta 0,25 mg ni tashkil qiladi. Zarurati boʻlganida bu doza sutkada 0,25 mg ga oshirilishi mumkin, kunoradan tez emas.

Koʻpchilik patsiyentlar uchun sutkada 0,5 mg doza optimal boʻladi. Ayrim patsiyentlar uchun sutkada 0,25 mg qabul qilish yaxshiroq, ayrimlarga esa dozani sutkada 0,75 mg gacha oshirish talab qilinadi.

Sedareksni oʻsmirlarda uzoq qabul qilish doimo shifokor nazorati ostida oʻtkazilishi kerak.

Sedareksni 15 yoshdan kichik boʻlgan bolalarda shizofreniyani davolash uchun ishlatish toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.
Simptomlari: uyquchanlik, sedativ taʼsirini koʻrinishlari, taxikardiya, arterial gipotenziya, ekstrapiramid belgilar. Dozani oshirib yuborilishida kam hollarda QT oraligʻini uzayishi aniqlanadi. 360 mg gacha preparatni qabul qilingani toʻgʻrisida xabar berilgan.

Davolash: kislorod bilan adekvat taʼminlash va ventillyatsiyasini taʼminlash uchun nafas yoʻllarining erkin oʻtishni taʼminlash kerak. Meʼdani yuvish (intubatsiyadan keyin, agarda bemor xushni yoʻqotgan boʻlsa) va faollashtirilgan koʻmirni surgi vositalari bilan birga buyurish koʻrsatilgan. Mumkin boʻlgan yurak ritmini buzilishlarini aniqlash uchun darhol EKG monitoringini boshlash lozim.

Spetsifik antidoti yoʻq, muvofiq simptomatik davolash oʻtkazilishi kerak: arterial gipotenziya va tomirli kollapsda vena ichiga infuzion eritmalarni yuborish va/yoki simptomimetik preparatlarni qoʻllash kerak. Oʻtkir ekstrapiramid belgilarni rivojlanishi hollarida antixolinergik preparatlarni buyurish lozim. Doimiy tibbiy kuzatuvni va monitoringni intoksikatsiya belgilari yoʻqolgunicha davom ettirish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEDAREKS tabletkalari 2mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RESPONGIL tabletkalari 4mg N20
RESPONGIL tabletkalari 2mg N20
Narh: 76 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 2mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 196 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 4mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 322 500 so'mdan Batafsil
ROSTALEPT ROTA tabletkalari 2mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RISPAKSOL tabletkalari 2mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
RISPERIDON tabletkalari 2 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Рафарма, АО
TORENDO tabletkalari 0,004g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
TORENDO 0,003 tabletkalari 0,003g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
TORENDO 0,002 tabletkalari 0,002g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
TORENDO 0,001 tabletkalari 0,001g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Рисперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30
Narh: 44 900 so'mdan Batafsil
ALBEZ tabletkalari 200mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N6
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 500mg N3
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ISMIJEN tabletkalari 7mg N30
Narh: 184 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 10mg N30
Narh: 55 200 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
PEO poroshok 1g N1
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KAFRA tabletkalari 400mg N5
VALTAN tabletkalari 80mg N30
PULMOLAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SIKLOVAL tabletkalari 500mg N10
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
TRIMEKOR MR tabletkalari 35mg N30
Narh: 68 999 so'mdan Batafsil
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
Narh: 171 000 so'mdan Batafsil
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg
Narh: 50 500 so'mdan Batafsil
SUARON tabletkalari 100mg N20
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
VENO RITZ tabletkalari 450mg+50mg N30
LORANEKS tabletkalari 5mg N10
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
URSOMAK kapsulalar 300mg N20
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9