×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZIMAK kapsulalar 500mg N3

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Faol modda:
Азитромицин
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 280 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 64 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 49 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SEFURO tabletkalari 250mg N10 Deva Holding A.S Turkiya
AKPIM poroshok 1g Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
SEFAZOLIN poroshok 1,0g Красфарма, ПАО Rossiya
2 500 s`om dan
POLIMIK tabletkalari N10 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
43 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparatning bir kapsulasi 500 mg faol modda - azitromitsin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati.
Keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azolidlarning yangi kichik guruhining birinchi vakilidir. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori konsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Azimak grammusbat (shu jumladan beta-laktamaza hosil qiluvchilar, stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy (enterokokklar, ichak va gemofil tayoqchalar) bakteriyalarga, mikoplazmalar, legionellalar, bakteroidlar, xlamidiyalar va boshqalarga nisbatan faol.

Azitromitsin meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, bu uning kislotali muhitda turgʻunligi va lipofilligi bilan bogʻliq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin Smax 0,4 mg/l ni tashkil qiladi, biroq toʻqimalar va xujayralardagi konsentratsiyasi zardobdagiga qaraganda 10-50-marta yuqori; bunda infeksiya oʻchoqlarida sogʻlom toʻqimalardagiga qaraganda yuqori (24-34% ga) va yalligʻlanish shishining darajasi bilan toʻgʻri keladi. Biokiraolishlishi 37% tashkil qiladi. Oxirgi dozasi qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida infeksion yalligʻlanish oʻchogʻida bakteritsid konsentratsiyalarda saqlanadi.
Preparatga sezgir qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

- yuqori va pastki nafas yoʻllari va LOR aʼzolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, oʻrta otit, bronxit, bakterial va atipik pnevmoniyalar);

- skarlatina;

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);

- uroginetal yoʻllarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);

- Layma kasalligi (borrelioz);

- Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan meʼda va oʻnikki barmoq ichakning kasalliklari.
Marolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik. EHTIYOTKORLIK CHORALARI Azimak va antatsid preparatlarni qabul qilish orasida kamida 2 soat tanaffus qilish tavsiya etiladi. Preparatni teofillin, peroral antikoagulyantlar, karbamazepin, fenitoin, digoksin, siklosporin va ergotamin bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan. Jigar va buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari boʻlgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlik kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida Azitromitsin faqat ona uchun boʻlgan potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgan holdagina buyuriladi. Dozani oshirib yuborilishi – kuchli koʻngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yoʻqotish, qusish, ich ketishi.
Azimakni albatta ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish kerak. Sutkada 1-marta qabul qilinadi.

Kattalarga nafas yoʻllarining yuqori va pastki boʻlimlarini infeksiyalarida, teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida 1 kunda 500 mg dan buyuriladi, soʻngra 250 mg dan 2-5 kunlari yoki sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g).

Uroginetal yoʻllarining oʻtkir infeksiyalarida 1 g bir marta buyuriladi.

Layma kasalligida (borrelioz) birinchi bosqichini davolash uchun (erythema migrans) 1 g dan kuniga 1-marta va 500 mg dan har kuni 2-5 kunlari (kurs dozasi – 3 g).

Bolalarga preparat tana vazni hisobidan buyuriladi. Tana vazni 10 kg dan ortiq boʻlgan bolalarga 1 kun – 10 mg/kg tana vazniga; keyingi 4 kun – 5 mg/kg dan. Uch kunlik davolash kursi mumkin; bu holda bir martalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi. Kurs dozasi –tana vazniga 30 mg/kg.
AZIMAK kapsulalar 500mg N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AZIMAK

AZIMAC

 

Preparatning savdo nomi: Azimak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

Preparatning bir kapsulasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg azitromisin;

yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.

Preparatning bir kapsulasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg azitromisin;

yordamchi moddalar: gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

Kapsula rangi – qopqog‘i va korpusi yashil. Kapsula ichidagisi – oq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik

ATX kodi: J01FA10.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azolidlarning yangi kichik guruhining birinchi vakilidir. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyalari hosil qilinganida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Azimak grammusbat (shu jumladan beta-laktamaza hosil qiluvchilar, stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy (enterokokklar, ichak va gemofil tayoqchalari) bakteriyalarga, mikoplazmalar, legionellalar, bakteroidlar, xlamidiyalar va boshqalarga nisbatan faol.

Farmakokinetikasi

Azitromisin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitda turg‘unligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin Smax
0,4 mg/l ni tashkil qiladi, biroq to‘qimalar va xujayralardagi konsentrasiyasi zardobdagiga qaraganda 10-50 marta yuqori; bunda infeksiya o‘choqlarida sog‘lom to‘qimalardagiga qaraganda yuqori (24-34% ga) va yallig‘lanish shishining darajasi bilan to‘g‘ri keladi. Biokiraolishi 37% ni tashkil qiladi. Oxirgi dozasi qabul qilinganidan keyin infeksion yallig‘lanish o‘chog‘ida 5-7 kun davomida bakterisid konsentrasiyalarda saqlanadi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi:

  • yuqori va quyi nafas yo‘llarining va LOR a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, bakterial va atipik pnevmoniyalar);
  • skarlatina;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);
  • urogenital yo‘llarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit);
  • Layma kasalligi (borrelioz);
  • Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘nikki barmoqli ichakning kasalliklari.

Qo‘llash usuli va dozalari

Azimakni albatta ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish kerak.

Preparat sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Kattalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarini infeksiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida 1 kunda 500 mg dan buyuriladi, so‘ngra 250 mg dan 2-5 kunlari yoki sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g).

Uroginetal yo‘llarining o‘tkir infeksiyalarida bir marta 1 g buyuriladi.

Layma kasalligida (borreliozda) birinchi bosqichni davolash uchun (erythema migrans) 1 g dan kuniga 1 marta va 500 mg dan har kuni 2-5 kunlari (kurs dozasi – 3 g).

Bolalarga preparat tana vazni hisobidan buyuriladi.

Tana vazni 10 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga 1 kun – 10 mg/kg tana vazniga; keyingi 4 kun – 5 mg/kg dan. Uch kunlik davolash kursi mumkin; bu holda bir martalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi. Kurs dozasi –tana vazniga 30 mg/kg.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum.

Infeksiyalar

Tez-tez emas — kandidoz, vaginit.

Qon va limfa tizimi tomonidan:

Tez-tez emas — neytropeniya.

Kam hollarda — neytrofiliya, eozinofiliya, trombositopeniya.

MNT tomonidan

Tez-tez emas — bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, ta‘mni buzilishi, sinkope.

Kam hollarda — uyqusizlik, giperfaollik, tez charchash, paresteziya, asteniya.

Ruhiy buzilishlar

Kam hollarda — tajavvuzkorlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik va asabiylik.

Eshitish a‘zolari tomonidan

Kam hollarda — eshitishni buzilishi, karlik va quloqlarda shovqin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

Kam hollarda — AG, taxikardiya, aritmiya, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi, (boshqa makrolidlarni qo‘llashda kuzatilgan). Q–T uzayishi va torsades de pointes turi bo‘yicha aritmiyalar.

MIY tomonidan

Tez-tez emas — ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.

Tez-tez emas — suyuq ich kelishi, meteorizm, ovqat xazm qilishni buzilishi, anoreksiya, dispepsiya.

Kam hollarda — qabziyat, til rangini o‘zgarishi, pankreatit. Soxtamembranoz kolit holatlari aniqlangan.

Gepatobiliar tizimi tomonidan

Kam hollarda — gepatit va  xolestatik sariqlik.

Juda kam hollarda — jigar nekrozi, jigar yetishmovchiligi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Tez-tez emas — qichishish, toshma.

Kam hollarda — angionevrotik shish, eshakemi, fotosensibilizasiya, ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

 

Suyak-muushak tizimi tomonidan

Tez-tez emas — artralgiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan

Kam hollarda — interstisial nefrit, O‘BE.

Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi

Tez-tez emas —  AsAT, AlAT, kreatinin, LDG, bilirubin va IF miqdorini oshishi kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Marolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Azitromisinni antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llash azitromisinni biokiraolishiga ta‘sir qilmaydi, biroq qon plazmasida azitromisinni Smax 30% ga kamayadi. Shuning uchun azitromisinni antiasidlarni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qo‘llash lozim.

Makrolid antibiotiklar bilan (masalan, eritromisin, klaritromisin) kuzatilishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina o‘zaro ta‘sirlar, hozirgi vaqtgacha azitromisin bilan aniqlanmagan. Azitromisin sitoxrom R450 ferment tizimiga ta‘sir qilmaydi deb taxmin qilish mumkin va shuning uchun preparatlar bilan ushbu tizimga o‘zaro ta‘siri yo‘q. Biroq azitromisin va boshqa makrolidlar guruhi antibiotiklari o‘xshash farmakokinetik ta‘sirga ega va analogik o‘zaro ta‘sirning ehtimolini istisno etib bo‘lmaydi. Digoksin, ergotamin yoki digidroergotamin va CYP izofermenti bilan metabolizmga uchraydigan preparatlar (siklosporin, geksobarbital, terfenadin va fenitoin) bilan azitromisinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar domiy kuzatuvni talab etadi, chunki bu ushbu preparatlarning qon plazmasida konsentrasiyasi, shuningdek ushbu dori preparatlarining nojo‘ya samaralarini rivojlanishi xavfini oshiradi. Ushbu o‘zaro ta‘sirlar aynan azitromisin uchun xabar berilmagan, biroq boshqa makrolidlar guruhi xaqida xabar berilgan.

Azitromisinni varfarin bilan bir vaqtda qabul qilgan barcha pasientlarda protrombin vaqtini nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. Makrolidlar guruhi antibiotiklari va varfarinni bir vaqtda qo‘llash antikoagulyant samaraning oshishi bilan assosasiyalanganligini klinik amaliyot ko‘rsatdi.

Azitromisin atorvastatinning farmakokinetikasiga ahamiyatsiz darajada ta‘sir ko‘rsatadi va shuning uchun preparatlarning dozasiga to‘g‘rilashni kiritish tavsiya etilmaydi. Biroq lovastatinni uzoq muddat qo‘llanilgan pasientlarda azitromisinni peroral qabul qilish (250 mg dan 5 sutka davomida) rabdomioliz rivojlanishini tezlashtirishi mumkin.

Azitromisin va nelfinavirni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida azitromisinning konsentrasiyasini oshiradi.

Azitromisinni dozasiga to‘g‘rilashni kiritishning zarurati bo‘lmasa ham, azitromisinning jigar fermentlarining ko‘rsatkichlarini buzilishi va eshitishni buzilishi kabi nojo‘ya samaralarini rivojlanishini oldini olish maqsadida pasientlarni doimiy kuzatuvi talab etiladi.

Azitromisinni terapevtik dozalarda qabul qilganda ushbu preparatlarning farmakodinamikasiga kam ta‘sir ko‘rsatadi: indinavir, zidovudin, didanozin, triazolam, midazolam, karbamazepin, setirizin, trimetoprim, sulfametoksazol, flukonazol, rifabutin, sildenafil va teofillin. Efavirenza yoki flukonazolni azitromisin bilan bir vaqtda qo‘llash azitromisinni farmakokinetikasiga kam ta‘sir ko‘rsatadi va preparatlarning dozasiga to‘g‘rilash kiritishni talab etmaydi.

Makrolidlar guruhi antibiotiklari pimozidning metabolizmini bostirishi mumkin, bu qon plazmasida o‘zgarmagan pimozidning konsentrasiyasini oshiradi. Pimozidning ushbu farmakokinetik buzilishlari Q-T  va Q-Tc intervalining uzayishini chaqirishi mumkin, pimozidni makrolidli antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Q-T intervalini uzaytiradigan boshqa preparatlar bilan (xinidin, siklofosfamid, sizaprid, ketokonazol, terfenadin, galoperidol, litiy) qabul qiluvchi pasientlarga azitromisinni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Allergik reaksiyalar

Azitromisin bilan davolashni qabul qilayotgan pasientlarda angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir allergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkin. Ushbu  reaksiyalar kelib chiqqanda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni buyurish lozim. Davolash to‘xtatilganidan so‘ng ayrim pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yana saqlanishi mumkin, bu shifokor nazorati ostida maxsus yordamni talab etadi.

Uzaygan yurak repolyarizasiyasi va Q-T intervali

Yurakning uzaygan repolyarizasiyasining yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarga azitromisinni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi:

  • Q-T intervalini tug‘ma yoki aniqlangan uzayishi;
  • Q-T intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlar, masalan I a va III sinf antiaritmik preparatlari, sizaprid va terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish;
  • elektrolitlar almashinuvi buzilishida, ayniqsa gipokaliemiya va gipomagniemiya holatida;
  • klinik ahamiyatga ega bradikardiya, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligida.

Streptokokkli infeksiyalar. Streptococcus pyogenes chaqirgan  LOR –a‘zolarining infeksiyalarini (faringit/tonzillit) davolashda va bo‘g‘imlarning revmatik shikastlanishlarini oldini olish sifatida penisillin birinchi qator preparati hisoblanadi. Shuningdek, azitromisin LOR-a‘zolarini infeksion shikastlanishida samaralidir, biroq revmatik poliartritni oldini olishda uning samarasini tasdiqlovchi xech qanday ma‘lumotlar yo‘q.

Superinfeksiya. Boshqa antibakterial preparatlar bilan davolashdagi kabi, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug‘lar chaqirgan superinfeksiyaning simptomlarini kelib chiqishi ehtimolini hisobga olish lozim.

Jigar funksiyasini buzilishi. Azitromisin asosan jigar orqali chiqarilganligi uchun, azitromisinni jigarni og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurilmaydi. Tez rivojlanuvchi asteniya sariqlik, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi bilan birgalikda kelishi kabi jigar funksiyasini buzilishi paydo bo‘lganida, qon ketishi yoki ensefalopatiyaga moyilligi bo‘lganda jigar funksiyasini tekshirishni o‘tkazish lozim.

Buyrak funksiyasini buzilishi. Azitromisinni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga (glomerulyar filtrasiya tezligi <10 ml/min) buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki ushbu pasientlarda azitromisinga tizimli ekspozisiya 33% ga oshadi.

Miasteniya gravis. Azitromisini qabul qilgan pasientlarda miasteniya sindromlari holatlari va miasteniya simptomlarining xurujlari xaqida xabar berilgan.

Diareya. Deyarli barcha antibakterial vositalarni, shu jumladan Azitromisinni qo‘llashdagi kabi, Clostridium difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareyaning holatlari xaqida xabar berilgan, ular kuchsiz ifodalangan diareyadan to kolitni o‘lim bilan tugashi holatlarigacha bo‘lgan.

Anamnezni sinchkovlik bilan tahlil  qilish lozim, chunki Clostridium difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareya antibakterial preparatlarni qabul qilgandan so‘ng 2 oydan keyin rivojlanishi mumkin va davolanishga turg‘un bo‘lishi va koloektomiyaga sabab bo‘lib qolishi mumkin.

Ergotizm. Shoxkuya hosilalari va makrolidli antibiotiklarni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda, ba‘zida ergotizmning ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Shoxkuya hosilalari va azitromisin orasida o‘zaro ta‘sirini tasdiqlovchi ma‘lumotlar yo‘q. Biroq, makrolidlar va shoxkuya hosilalarini qabul qilayotgan shaxslarda ergotizmning amalda rivojlanishi tufayli, azitromisin bilan davolanishda shoxkuya hosilalarini qabul qilishdan saqlanish lozim.

Preparat bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni ichishdan saqlanish lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni qo‘llash xavfsizligiga tegishli ma‘lumotlarni yetarli emasligini hisobga olib, azitromisinni homiladorlik yoki emizish davrida buyurish tavsiya etilmaydi, faqat preparatni qo‘llashdagi ona uchun kutilayotgan samara homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun xavfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan istisno.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishini buzilishi kabi nojo‘ya reaksiyalarni kelib chiqishi ehtimolini hisobga olish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Azitromisin bilan dozani oshirib yuborilishida uni oddiy terapevtik dozalarda qabul qilgandagi kabi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Makrolidlar guruhi antibiotiklari bilan dozani oshirib yuborilishi eshitishni yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan namoyon bo‘ladi.

Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish va organizmning hayot uchun muhim bo‘lgan funksiyalarini tutib turishga yo‘naltirilgan simtomatik davolashni o‘tkazish.

Chiqarilish shakli

250 mg dan 6 kapsula yoki 500 mg dan 3 kapsula.

Saqlash sharoiti

10-250S haroratda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.  

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha!

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZIMAK kapsulalar 500mg N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZIMAK kapsulalar 500mg N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZIMAK kapsulalar 500mg N3 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZIMAK kapsulalar 500mg N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZIMAK kapsulalar 500mg N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30
Narh: 44 900 so'mdan Batafsil
ALBEZ tabletkalari 200mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ISMIJEN tabletkalari 7mg N30
Narh: 184 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 10mg N30
Narh: 55 200 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
PEO poroshok 1g N1
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30
Narh: 210 000 so'mdan Batafsil
KAFRA tabletkalari 400mg N5
VALTAN tabletkalari 80mg N30
PULMOLAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SIKLOVAL tabletkalari 500mg N10
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
TRIMEKOR MR tabletkalari 35mg N30
Narh: 68 999 so'mdan Batafsil
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
Narh: 171 000 so'mdan Batafsil
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg
Narh: 50 500 so'mdan Batafsil
SUARON tabletkalari 100mg N20
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
VENO RITZ tabletkalari 450mg+50mg N30
LORANEKS tabletkalari 5mg N10
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
URSOMAK kapsulalar 300mg N20
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9