×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASEFENAK AKTIV gel 30 g

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Метилсалицилат, Ацеклофенак, льняное масло, Ментол
Ishlab chiqaruvchi:
- BKRS Pharma Pvt. Ltd
Vakil:
- Florence Healthcаre
ATX kodi:
- M02AX
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
205 999 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sirtga qo'llash uchun gel; 30 g dan alyumin tubalarda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.




1 g preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: atseklofenak 15,0 mg; zig'ir moyi 30,0 mg; metilsalisilat 100,0 mg; mentol 50,0 mg; kapsaisin 0,1 mg; yordamchi moddalar: benzil spirti, akripol 940, dietilamin, tvin 80, dinatriy edetati, metilparaben natriy, propilgallat, izopropil spirti, tozalangan suv.
Majmuaviy preparat bo'lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining hususiyatlariga bog'liq. Preparat mahalliy og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Atseklofenak NYAQP bo'lib, yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sirlarga ega. Preparat yallig'lanishning etiologiyasidan qat'iy nazar eritema va shishni rivojlanishini susaytiradi. Atseklofenak sog-1 va sog-2 larni qaytar ingibitsiya qilishi hisobiga prostaglandinlar va leykotrienlarni hosil bo'lishini susaytiradi.

Zig'ir moyining asosiy ta'sir moddasi bo'lib yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan alfa-linolen kislotasi (to'yinmagan yog'kislotasining etil efiri) hisoblanadi.

Metilsalisilat salisil kislotasining hosilasi hisoblanadi va mahalliy qitiqlovchi ta'sirga ega. Teridagi reseptorlarni ta'sirlantirib, metilsalisilat og'riq hislarini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, metilsalisilat prostaglandinlar sintezini tormozlaydi, bu esa yallig'langan to'qimalarni infiltrasiyasi va shishini kamaytiradi.

Mentol sovuqni sezuvchi reseptorlarni ta'sirlantiradi. Bu holat mentol surtilgan joyda kapillyarlarni torayishi va ularning o'tkazuvchanligini kamayishi bilan kechadi. Mahalliy chalg'ituvchi va o'rtacha og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Kapsaisin signallarni nerv oxirlaridan miyaga o'tkazuvchi hisoblangan R moddasiga faol ta'sir qiladi. Bunda u nafaqat og'riq hislarining jadalligini kamaytiradi, balki og'riq va yallig'lanish jarayonlarining namoyon bo'lishini bartaraf qiladigan prostaglandinlar va kollagenazalarning ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Gel holida qo'llanganida atseklofenak va metilsalisilat teriga asta-sekin so'rilib (teriga surtilgan dozasining 3-5%), teri osti yog'kletchatkasi, mushak to'qimasi, bo'g'im kapsulasi va bo'g'im bo'shlig'iga o'tadi. Uzoq muddat qo'llanganida yoki terining katta shikastlangan sohalariga surtilganida preparatning komponentlari teri osti to'qimalariga, sinovial suyuqlikka, plazmaga asta-sekin o'tadi. Atseklofenak dietilamini jigarda glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiya bo'lishi orqali metabolizmga uchraydi. Buyraklar va ichak orqali sekin, o'zgarmagan ko'rinishda qisman chiqariladi.


Surtilgan joyni ta'sirlanishi va/yoki qizarishi, terini allergik reaktsiyalari: eritema, kontakt dermatit toshma bo'lishi mumkin.
Gel surtilgan joyda ta'sirlanish rivojlanganida uni qo'llashni to'xtatish va muvofiq davolash o'tkazish lozim.

Gel surtilganidan so'ng qo'llarni yuvish kerak, gelni surtish sohasi qo'llar hisoblanganida, u holda qo'llarni yuvish bundan mustasno.

Atsefenak® Aktiv gelni ko'zlarga og'iz bo'shlig'iga surtish mumkin emas.

Atsefenak® Aktiv gelni ochiq jarohatlarga, shilliq qavatlarga surtish, shuningdek teri ta'sirlanganida (ekzematoz) yoki terining gel surtiladigan joyida biror-bir boshqa patologik jarayon bo'lganida surtish mumkin emas. Gelni terining faqatgina shikastlanmagan sohalariga surtish kerak.

Yorug'likka sezuvchanlik reaktsiyalarini oldini olish uchun gel surtiladigan sohani quyosh nurlarining ta'siridan himoya qilish kerak.

Paylarni cho'zilishi, ko'karishlar, periferik bo'g'imlarning osteoartriti, tendosinovit, miozit, bursit, sport jarohatlari, belda og'riq, yumshoq to'qimalar revmatizmini mahalliy shakllari, paylar, mushaklar va bo'g'imlarni jarohatlari oqibatidagi yallig'lanishidan iborat bo'lgan og'riq bilan kechuvchi mahalliy yallig'lanish holatlarida qo'llanadi. Osteartritni engil shakllari, periartropatiya, elka-kurak periartriti, bo'yin spondilitida qo'llanadi.
  • atseklofenak, mentol, metilsalisilat, zig'ir moyi yoki kapsaisinga yoki yordamchi moddalardan birortasiga yuqori sezuvchanlik;

  • ilgari NYAQP, shu jumladan atseklofenakni o'zlashtirolmaslik kuzatilgan bo'lsa;

  • ilgari atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP ni qabul qilish fonida bronxial astma hurujlari, urtikar toshma yoki o'tkir rinit kuzatilgan bo'lsa;

  • varisella-zoster tomonidan chaqirilgan infektsiyalar bo'lsa;

  • gelni surtish lozim bo'lgan sohada teri qoplamlarining butunligini buzilgan bo'lsa;

  • homiladorlikning oxirgi uch oyligi, laktasiya;

  • 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasi (zo'rayishi); miy eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish fazasida); jigar va buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlari; surunkali yurak etishmovchiligi; bronxial astma; ask yoki boshqa NYAQP qabul qilish bilan qo'zg'atilgan eshakemi yoki o'tkir rinit; qon ivishini buzilishi (shu jumladan, gemofiliya, qon ketishi vaqtini uzayishi, qon ketishlariga moyillik); keksalikda; laktasiya davrini ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.



Atseklofenak trombositlarning agregasiyasini bostiradi. Antikoagulyantlarning og'iz orqali qabul qilinadigan shakllari bilan birga qo'llash qon ivishini yaxshilab monitoring qilish va antikoagulyantlarning dozalarini boshqarishni talab etadi. Preparat metotreksat, digoksin va tsiklosporinning toksikligini oshirishi mumkin. Preparat shuningdek litiyning darajasi va mumkin bo'lgan toksik samarasini oshiradi.

Insulin va og'iz orqali qabul qilinadigan antidiabetik vositalarga ta'sir qilishi mumkin. Ushbu dori vositalar bilan birga qo'llash glikemiyasi bo'lgan pasientlarda sinchiklab monitoring o'tkazishni talab qiladi.

Preparat diuretiklarning ta'sirini bloklaydi – ularni birga qo'llash nefrotoksiklik havfini oshiradi. Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan birga qo'llash giperglikemiyani chaqirishi va kuchaytirishi mumkin. Shunday qilib, enzimlarga aylantiruvchi ingibitorlar bilan birga qo'llash nefrotoksiklik va giperkaliemiyani rivojlanish havfini oshiradi. Preparat β-ingibitorlar va enzimlarga aylantiruvchi ingibitorlarning gipotenziv samarasini kamaytirishi mumkin. Xinolinlar bilan birga qo'llash konvulsiyani chaqirishi mumkin. Kortikoidlar bilan birga qo'llash me'da-ichakdan qon ketishi havfini oshiradi. Boshqa Nyaqvlar bilan birga qo'llash nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish havfini oshiradi.

Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Sirtga qo'llanadi. Gel to'liq so'rilgunicha og'riqli sohalarga massaj harakatlari bilan surtiladi.

Kattalar: shikastlangan sohaning o'lchamiga qarab 2-4 g dan (diametri taxminan 2-2,5 sm bo'lgan yumaloq gelning miqdori) kuniga 3-4 marta surtiladi.

Keksalarda qo'llanishi: kattalar uchun qo'llanadigan odatdagi dozalarda ishlatish mumkin.

Bolalar va o'smirlar: preparat 14 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda qo'llanilmasin.
14 yosh va undan oshgan bolalarda, agar preparatni 7 kundan ortiq qo'llash talab etilsa yoki agar simptomlarning jadalligi kuchaysa, pasient yoki uning ota-onalari shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Preparat sirtga qo'llanganida uning faol komponentlarini tizimli so'rilishi juda kam bo'lishi preparatning dozasini deyarli oshirish imkonini bermaydi. Har qanday holatda ham surtilgan joyni suv bilan yuvish lozim.
Homiladorlikning I va II uch oyliklarida preparatni, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun kuzatilishi mumkin bo'lgan havfdan ustun bo'lgan holatlardagina qo'llash mumkin

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASEFENAK AKTIV gel 30 g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASEFENAK AKTIV gel 30 g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASEFENAK AKTIV gel 30 g dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASEFENAK AKTIV gel 30 g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASEFENAK AKTIV gel 30 g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: Florence Healthcаre
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: Florence Healthcаre
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
EZOMISEF poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS PHARMA Pvt. Ltd
SULMEROP poroshok 1000 mg+500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
KETOSINK shampun 100 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
KETOSINK shampun 50 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 60 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Другие формы препарата
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 60 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: Florence Healthcаre
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: Florence Healthcаre
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9