×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASEFENAK PLYUS tabletkalari 500 mg+100 mg N100

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Ацеклофенак
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- BKRS Pharma Pvt. Ltd
Vakil:
- Florence Healthcаre
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
TRIMOL FORTE tabletkalari N100 Ajanta Pharma Limited Hindiston
60 000 s`om dan
TERAFLYU EKSTRA poroshok so vkusom limona N10 ГСК Консьюмер Хелскер С.А Shveytsariya
84 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 tabletkadan alyu/alyu folgali blisterda. 10 yoki 100 shunday blisterlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: paratsetamol – 500 mg, atseklofenak – 100 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, makkajo'xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, metilparaben, propilparaben, tozalangan talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyati, natriy kroskarmelloza, polivinilpirrolidon.

plyonka qobig'i: Sunset Yellow FCF bo'yovchisi, FC noyob qoplama, titan dioksidi, tozalangan talk, izopropil spirti, dixlormetan.

Atsefenak® Plyus – majmuaviy preparat bo'lib, farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi atseklofenak va paratsetamolning ta'siri bilan bog'liq.

Atseklofenak – bu ko'p omilli ta'sir mexanizmiga ega bo'lgan, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositadir.

Prostaglandinlar sintezini susaytiradi va shu orqali yallig'lanish, og'riq va isitmaning patogeneziga ta'sir qiladi.

Revmatik kasalliklarda atseklofenak og'riqning yaqqolliligini, ertalabki tanglikni, bo'g'imlar shishini ahamiyatli darajada kamaytirish hususiyatiga ega, bu pasientning funktsional holatini yaxshilanishiga olib keladi.

Paratsetamol – og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishi bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, gipotalamusdagi termoregulyasiya markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bilan bog'liq, buning natijasida tomirlarni kengayishi va kuchli terlash tufayli, tanadan issiqlikni ajralib chiqishi kuchayadi.

Atseklofenak

Og'iz orqali qabul qilinganidan so'ng atseklofenak tez so'riladi, uning Biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil etadi. Plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga qabul qilinganidan so'ng taxminan 1-3 soatdan keyin erishiladi. Ovqat bilan birga qabul qilinganida Tmax sekinlashadi, ayni vaqtda so'rilish darajasi o'zgarmaydi.

Atseklofenak proteinlar bilan deyarli to'liq (>99%) bog'lanadi. Atseklofenak sinovial suyuqlikka o'tadi, u erda plazmadagi kontsentrasiyasiga nisbatan taxminan 60% ga etadi.

Yarim chiqarilish davri T1/2 taxminan 4 soat. Qabul qilingan dozaning 70-80% siydik bilan asosan bog'langan gidroksimetabolitlari ko'rinishida chiqariladi, taxminan 20% axlat bilan chiqariladi. Bir martalik peroral dozaning faqat 1% o'zgarmagan holda chiqariladi. Atseklofenak, ehtimol, CYP2C9 yordamida metabolizmga uchrab, asosiy metaboliti – 4-gidroksiatseklofenak hosil bo'ladi. Atseklofenakning sekin chiqarilish tezligi jigar funktsiyasi yomonlashgan pasientlarda atseklofenakning bir martalik dozasi qabul qilinganidan so'ng aniqlangan. Kuniga bir marta 100 mg dan ko'p marta qabul qilingan dozani o'rganish yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotda, engildan o'rtacha darajagacha jigar tsirrozi bo'lgan shaxslar va jigar funktsiyasi normal bo'lgan shaxslar o'rtasida farmakokinetik ko'rsatkichlarda farq bo'lmagan. Buyrak funktsiyasini engildan o'rtacha darajagacha yomonlashishi bo'lgan pasientlarda bir martalik dozasi qabul qilingandan so'ng farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlangan.

Paratsetamol

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga 10-60 minutdan keyin erishadi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldosh o'sig'i orqali oson o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekroziga olib kelishi mumkin. Qabul qilingan dozaning 85% asosan metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,25 dan 3 soatgacha o'zgarib turadi. Jigar funktsiyasi buzilganida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu holat organizmda metabolitlarni to'planishiga olib keladi.

Atseklofenak

Atseklofenak yaxshi o'zlashtiriladi, asosan me'da-ichak yo'llari tizimi tomonidan kuzatiladigan ko'pchilik nojo'ya samaralar qaytuvchan va ahamiyatsizdir.

Ko'pgina tarqalgan holatlar dispepsiya va qorinda og'riqni (>5% hollar) o'z ichiga oladi. Atseklofenakni qabul qilganda shuningdek bosh aylanishi, qichishish, toshma va terini qizarishi va dermatitlar rivojlanishi mumkin, lekin bu holatlar kam (<5%) kuzatilgan.

Shuningdek, atseklofenak qabul qilinganida ko'ngil aynishi, diareya, meteorizm, gastrit, qabziyat, qusish rivojlanishi mumkin. Boshqa NYAQV kabi, atseklofenak ham jigar fermentlarining aylanib yuruvchi qondagi darajasini oshirishi mumkin.

Paratsetamol

Paratsetamol terapevtik dozalarda nisbatan zararsiz hisoblanadi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq. Paratsetamol katta dozalarida uzoq muddat qo'llanganda preparat gepatotoksik ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: yuqori qo'zg'aluvchanlik yoki uyquchanlik.

Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishishi, eshakemi.

ayrimon yaratish tizimi tomonidan: Q hollarda: gemolitik anemiya, neytropeniya, leykopeniya, pantsitopeniya, trombositopeniya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ko'krak qafasi sohasida og'riqlar, arterial gipertenziyani paydo bo'lishini yagona holatlari kuzatilgan, yurak etishmovchiligi aniqlangan;

Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: angionevrotik shish.

retsept bo'yicha
Atsefenak® Plyus me'da-ichak kasalliklari bilan xastalangan pasientlarga va peptik yarasi, tserebrovaskulyar qon ketishlari, yarali kolit, Kron kasalligi, porfiriya, gemopoez yoki koagulyasiyani buzilishlari bo'lgan pasientlarga shifokor nazorati ostida va ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.

Organizmda suyuqlikni tutilishiga moyilligi bo'lgan boshqa holatlardagi pasientlarda bo'lgani kabi, buyrak, jigar yoki yurak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Shuningdek, umuman olganda nojo'ya reaktsiyalarga ko'proq moyilligi bo'lgan pasientlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Asoratlar, masalan, me'da-ichakdan qon ketishi va/yoki perforasiya, ko'pincha o'ta jiddiy oqibatlar, davolashning istalgan vaqtida, ogohlantiruvchi simptomlarsiz kuzatilishi mumkin. Keksa pasientlarda jigar, yurak-qon tomir yoki buyraklar funktsiyasini yomonlashishidan aziyat chekish ehtimoli ko'proq bo'lishi mumkin. NYAQV bilan uzoq muddat davolanayotgan barcha pasientlar ogohlantirish chorasi sifatida tekshiruvdan (masalan, jigar, buyrak funktsiyasi yoki kon tahlili) o'tishlari kerak.

Surunkali og'ir alkogoliklar, paratsetamolni haddan tashqari ko'p qabul qilishi tufayli, ularda jigarni toksik shikastlanish xavfi, garchi bunday holatlar kam kuzatilsada, bo'lishi mumkin. Alkogolni katta miqdorda muntazam qabul qiladigan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday pasientlar Atsefenak® Plyus preparatini tavsiya qilingan maksimal dozasidan oshirmasliklari kerak.

Jigar funktsiyasini engil buzilishi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Atsefenak® Plyusning tavsiya qilingan boshlang'ich dozasi jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda kuniga bir tabletkagacha kamaytirilishi kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda va laktasiya (emizish) davrida preparatni qo'llash mumkin emas

Atsefenak® Plyus isitma bilan yoki isitmasiz kechuvchi o'tkir og'riqli yallig'lanish holatlari (osteoartritlar, revmatoid artritlar, ankilozlanuvchi spondiloartritlarda, shuningdek tayanch-xarakat apparatining og'riq bilan birga kechuvchi boshqa kasalliklarida) ni davolash uchun, bel og'rig'ida, tish og'rig'ida, birlamchi disminoreyada og'riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo'llanadi.

 

Atseklofenak yoki paratsetamolga yoki har qanday boshqa Nyaqvga o'ta yuqori sezuvchanlik.
  • anamnezida anafilaktik reaktsiyalar yoki peptik yaralar;

  • ta'siri o'xshash dorilar (masalan, aspirin yoki boshqa NYAQV) dori vositalari astma xurujlari, bronxospazm, o'tkir rinit yoki isitma chaqirgan pasientlar yoki bu dorilarga o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlar.

  • me'da-ichakdan qon ketishlari;

  • o'tkir yurak etishmovchiligi yoki jigar yoki buyraklar funktsiyasini o'tkir buzilishlari;

  • homiladorlik va laktasiya davri;

  • 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.



Atsefenak® Plyus preparatini dori vositalari bilan o'zaro ta'siri boshqa NYAQV uchun kuzatiladiganlar bilan bir xil.

Atseklofenak plazmada litiy, digoksin va metotreksatning kontsentrasiyasini oshirishi, antikoagulyantlarning faolligini oshirishi, diuretiklarning faolligini ingibitsiya qilishi, tsiklosporinning nefrotoksikligini kuchaytirishi va xinolon antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganida konvulsiyalarni tezlashtirishi mumkin.

Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan birga buyurilganida, zardobdagi kaliy nazorat qilinishi kerak.

Bundan tashqari, atseklofenak va antidiabetik dori vositalarini birga qo'llash sababli, garchi kam kuzatilsada, gipo - yoki giperkaliemiya kuzatilishi mumkin.

Atseklofenakni boshqa NYAQV yoki kortikosteroidlar bilan birga qo'llash nojo'ya samaralarni rivojlanish tezligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Paratsetamol

Paratsetamolning potentsial gepatotoksikligi barbituratlar, karbamazepin, gidantoinlar, izoniazid, rifampin va sulfinpirazon katta dozalarda uzoq vaqt qo'llanganida kuchayishi mumkin.

Preparat har qanday boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanganida shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Atsefenak® Plyus tabletkalari kattalarda peroral qo'llash uchun mo'ljallangan. Atsefenak® Plyus preparatining tavsiya qilingan dozasi 1 tabletkadan kuniga ikki marta ertalab va kechqurun qabul qilishdan iborat. Tabletkalarni chaynamasdan, butunligicha, etarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinadi.

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun boshlang'ich sutkalik dozasi kuniga 1 tabletkani tashkil etadi.

Davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.



Dozani oshirib yuborilganida nojo'ya ta'sirining simptomlarini kuchayishi kuzatiladi.

Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik davolash o'tkaziladi.

Homiladorlikda va laktasiya (emizish) davrida preparatni qo'llash mumkin emas.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASEFENAK PLYUS tabletkalari 500 mg+100 mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASEFENAK PLYUS tabletkalari 500 mg+100 mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASEFENAK PLYUS tabletkalari 500 mg+100 mg N100 dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASEFENAK PLYUS tabletkalari 500 mg+100 mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASEFENAK PLYUS tabletkalari 500 mg+100 mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BOLNOL AS tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ацеклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
PARES tabletkalari 500mg 100 mg+500 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ацеклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
KONJUNAK PLYUS tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ацеклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sydler Remedies Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: Florence Healthcаre
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: Florence Healthcаre
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
EZOMISEF poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS PHARMA Pvt. Ltd
SULMEROP poroshok 1000 mg+500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
KETOSINK shampun 100 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
KETOSINK shampun 50 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK tabletkalari 200 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK tabletkalari 100 mg N1000
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 60 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Другие формы препарата
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 60 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9