×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Mukolitiklar.
Faol modda:
Ацетилцистеин
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Salutas Farma GMBH
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- R05CB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Saqlash shartlari 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Karton qutida foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan 6 ta paket
Oq rangli, limon va asal hidli gomogen kukun.
CHIQARILISH SHAKLI
6 paketchadan qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Ta’sir etuvchi modda: atsetilsistein.
1 paketcha (3 g kukun) 600 mg atsetilsistein saqlaydi.
Yordamchi moddalar: saxaroza, askorbin kislotasi, natriy saxarinati, limon va asal aromatizatori.

Atsetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi bo‘lib hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta’sir namoyon qiladi, shilliqning qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalarni detoksikatsiyasi uchun zarur bo‘lgan glutation sintezini kuchayishiga yordam beradi. Bu paratsetamol bilan intoksikatsiyada atsetilsisteinning antidot samarasini tushuntiradi.
Surunkali bronxit/mukovissedozi bo‘lgan patsiyentlarda atsetilsisteinni profilaktik qo‘llaganda bakterial asoratlar tez-tezligi va og‘irlik darajasi pasayadi.

Peroral qo‘llanilganda atsetilsistein tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuningdek diatsetilsistein, sistin va boshqa aralash disulfidlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilingan atsetilsisteinning biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Plazmada preparatning maksimal konsentratsiyalariga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi – taxminan 50%.
Organizmdan deyarli faqat nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Atsetilsisteinni qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va asosan jigarda tez metabolizmi bilan belgilanadi. Jigar funksiyasini buzilishi yarim chiqarilish davrida hatto 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.
Atsetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi.
Atsetilsisteinni odamda gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Noxush reaksiyalarni baholash ularni paydo bo‘lishining quyidagi tez-tezligiga haqidagi ma’lumotlarga asoslangan.

Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100), kam xollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Juda kam xollarda: anafilaktik shok, anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.

Eshitish a’zolari tomonidan va labirint buzilishlari

Tez-tez emas: tinnitus.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: taxikardiya.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar

Juda kam xollarda: qon ketishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: hansirash, bronxospazm.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, stomatit.

Kam xollarda: dispepsiya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez emas: isitma.

Tez-tezligi noma’lum: yuzni shishi.

Laborator va instrumental ma’lumotlar

Tez-tez emas: arterial gipotenziya.

Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir darajadagi teri reaksiyalari haqida juda kam xabarlar kelib tushgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetilsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Ushbu xolatlarning ko‘pchiligida teri va shilliq qavatlar tomonidan ta’riflangan reaksiyalarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kamida bitta qo‘shimcha preparatni yondosh qabul qilish kuzatilgan.

Agar teri va shilliq qavatlar tomonidan buzilishlar paydo bo‘lsa, ATSTS 600 ni qabul qilishni darhol to‘xtating va shoshilinch shifokorga murojaat eting.

Turli tadqiqotlarda atsetilsistein qondagi trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.

 

АЦЦ 600 — qovushqoq balg‘amni suyultirish va uni nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtiruvchi mukolitik vositadir.
АЦЦ 600 quyuq va qiyin ajraluvchi balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxitlar, obstruktiv bronxit, bronxiolitlar, bronxoektazlar, pnevmoniya, laringit, traxeit, shuningdek mukovissidoz, sinusitlar, o‘rta quloq yallig‘lanishi (o‘rta otit) da qo‘llanadi.

- Atsetilsalitsil kislotasi yoki preparatning biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
- Faol peptik yara.
- Atsetilsisteinni miqdori yuqori bo‘lganligi tufayli АЦЦ 600 preparatini 14 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

АЦЦ  va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolash  buyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.

Hozirgi vaqtgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra atsetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ATSTS 600 dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.

АЦЦ  600 ni glitserintrinitrat (nitroglitserin) bilan yondosh qo‘llash, uning qon-tomirlarni kengaytiruvchi va antiagregant ta’sirni kuchaytirishi mumkin. Bu arterial bosimni haddan tashqari pasayishi (arterial gipotenziya), shu jumladan jiddiy, shuningdek bosh og‘rig‘ini chaqirishi mumkin. Arterial gipotenziya yoki bosh og‘riqlari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat eting.

Faollashtirilgan ko‘mir yuqori dozalarda (antidot sifatida) atsetilsisteinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Atsetilsistein salitsilatlarni kolorimetrik usulda aniqlashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siydik tahlilida atsetilsistein keton tanachalarini aniqlash natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

АЦЦ  600 ni boshqa dori vositalari bilan eritish tavsiya etilmaydi.


SAQLASH SHAROITI
Bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Limon va asal hidli oq bir hil kukun.

Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar: 1 paketchadan kuniga 1 marta (sutkada 600 mg atsetilsistein).
АЦЦ 600 preparati tegishli ravishda ta’sir ko‘rsatishi uchun qo‘llanishiga doir yo‘riqnomaga qat’iy amal qilish kerak!
Qo‘llash usuli
Issiq ichimlik ko‘rinishida ovqatdan keyin ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
АЦЦ 600 kamida yarim stakan sovuq suvda eritiladi, so‘ngra issiq, ammo qaynoq bo‘lmagan suv to‘liq stakan bo‘lguncha qo‘shiladi. Eritma aralashtiriladi va harorat ichish uchun yaroqli bo‘lgandan keyin ichiladi. Sovuq suvga issiq suv qo‘shilishiga e’tibor bering, aksincha emas. Tayyorlangan eritma tayyorlanishi bilan darhol qabul qilinadi.
Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.
Qo‘llash davomiyligi
Qo‘llash davomiyligi kasallikning tipi va og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida qo‘llash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Surunkali bronxitda va mukovissidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.
Preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Agar Siz qabul qilishni o‘tkazib yuborgan yoki haddan tashqari past dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani qabul qilish vaqtigacha kuting va preparatni dozalash bo‘yicha tavsiyalarda ko‘rsatilganidek qabul qilishni davom ettiring.

Bolalar va o'smirlar

Asetilsisteinning yuqori miqdori tufayli ACC 600 ni 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolash uchun ishlatish mumkin emas ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

2 yoshgacha bo'lgan bolalarda nafas olish yo'llarining xususiyatlari va balg'am chiqarish qobiliyati cheklanganligi sababli, mukolitiklarni qo'llash havo yo'llarining tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda mukolitiklar qo'llanilmasligi kerak.

Hozirgi vaqtgacha atsetilsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada atsetilsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan atsetilsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikatsiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me’da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekretsiya xavfi mavjud.
Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Atsetilsisteinni homilador ayollarda qo‘llash haqidagi ma’lumotlar yetarli emas. Atsetilsisteinni ko‘krak sutiga kirishi haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat foyda va xavfni qat’iy baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Atsetilsisteinni odam fertilligiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.

Bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Bronxospazm rivojlanganda ATSTS 600 darhol bekor qilinadi va tegishli davolash buyuriladi.

Anamnezida yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta’sirlovchi dori vositalarini yondosh qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

ATSTS 600 ni qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga va uning xajmini oshishiga (ayniqsa davolashni boshida) olib kelishi mumkin. Balg‘amni chiqaraolmaganda (yetarli darajada chiqarmaganda) tegishli choralar (drenaj va aspiratsiya kabi) ko‘rilishi kerak.

Juda kam xollarda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi kabi og‘ir darajadagi teri reaksiyalari kuzatilgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetilsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Teri va shilliq qavatlar tomonidan o‘zgarishlar yuzaga kelganda ATSTS 600 ni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat etish kerak (shuningdek «Nojo‘ya ta’siri» bo‘limiga qarang).

Gistaminni o‘zlashtiraolmaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va ATSTS 600 bilan uzoq vaqt davolashdan saqlanish kerak, chunki atsetilsistein gistamin metabolizmiga ta’sir ko‘rsatadi va uni o‘zlashtiraolmaslik simptomlari (masalan bosh og‘rig‘i, tumov, qichishish) ni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: ATSTS 600 ning 1 paketchasi 2,1 g saxaroza saqlaydi.

Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.


ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASS®

ACC®

 

Preparatning savdo nomi: ASS®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asetilsistein – 20mg/ml;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), natriy benzoati (Ye 211), dinatriy edetati, natriy saxarinati, natriy karmelloza (Ye 466), natriy gidroksidi, 10 % li suvli eritmasi, tozalangan suv, olcha aromatizatori.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, olcha ta‘mli eritma

Farmakoterapivtik guruhi: mukolitiklar

ATX kodi: R05CB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta‘sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalar detoksikasiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchaytirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu parasetamol intoksikasiyasida asetilsisteinni antidot samarasini tushuntiradi. Surunkali bronxit va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda asetilsistein profilaktik qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlar tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.

Farmakokinetika

Asetilsistein peroral qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuning diasetilsisteinni, sistinni va boshqa aralash disulfidlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Ichga qabul qilingan asetilsisteinni biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi –taxminan 50%. Organizmdan deyarli faol bo‘lmagan metaboliti shaklida buyrak orqali chiqariladi. Qon plazmasidan asetilsisteinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va jigarda asosan tez metabolizm bilan belgilanadi.

Jigar faoliyatini buzilishi yarim chiqarish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.

Asetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Odamda asetilsisteinni gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish qobiliyati haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

ASS – qovushqoq balg‘amni suyultirish uchun va bolalar hamda kattalarda nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtirish uchun mukolitik vositadir.

ASS nafas a‘zolarining barcha kasalliklarida, quyuq va og‘ir ajraladigan balg‘am hosil bo‘lishi bilan kuzatiladigan, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, traxeit, gripp, bronxial astma, shuningdek mukovissidozda, sinusit kabilarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash buyuriladi.

Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar 10 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 400-600 mg asetilsisteinga muvofiq);

6-14 yosh bolalar 10 ml sutkada 2 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

2-5 yosh bolalar 5 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 200-300 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz

6 yoshdan katta bolalar 10 ml sutkada 3 marta (sutkada 600 mg asetilsistein);

2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5 ml sutkada 4 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz va 30 kg dan ortiq tana vazni bo‘lgan pasientlarga zarur bo‘lganda sutkada 800 mg gacha asetilsisteinni dozasini oshirish mumkin.

Qo‘llash usuli

Preparatni ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozani o‘lchash uchun gradasiya qilingan 2,5 ml va 5 ml ga va (yoki) o‘lchov stakanchasi bilan 2,5 ml,  5 ml va 10 ml solingan dozalangan shprisdan foydalanish kerak.

Shpris yordamida dozani o‘lchash

  1. Bolalar ochishidan himoyalangan flakonni ochib, qopqoqni bosib va uni chapga burash kerak.
  2. Flakon bo‘g‘ziga solingan perforasiya qilingan qistirmani ichiga bosib kirgiziladi. Agar qistirma to‘liq bosib kirgizilmasa, qopqoqni kiygizib keyin uni aylantiring. Qistirma shprisni flakon bilan biriktiradi va flakon bo‘g‘zida qoladi.
  3. Qistirma teshigiga shprisni zich kirgiziladi. Shpris porshenini oxirigacha tiralguncha tushirilishi kerak.
  4. Flakonni ehtiyotkorlik bilan kirgizilgan shpris bilan tubi yuqoriga qaratilgan holatda aylantiriladi, kerakli dozani ml da o‘lchab olish uchun porshenni tortish kerak. Agar eritmada havo pufakchalari bo‘lsa, shprisni asta – sekin yana to‘ldirish kerak. Agar zarur dozada 5 ml dan oshsa shprisni bir necha marta to‘ldirish kerek.
  5. Flakonni shpris bilan tubini yuqoriga qaratib aylantirish kerak, perforasiya qilingan qistirmadan shprisni olib tashlash lozim.
  6. Eritmani to‘g‘ridan – to‘g‘ri shprisdan bolaga berish mumkin yoki uni ichidagisini qoshiqqa quyish mumkin. Shprisdan eritmani bola qabul qilayotganda to‘g‘ri o‘tirishi lozim. Eritmani lunjlarning ichki tomoniga qaratib bola qalqib ketmasligi uchun shprisni sekin bo‘shatgan afzalroq.

Dozalangan shprisni ishlatilgandan keyin bir necha marta toza suv ichiga tortib yuvib tashlash kerak.

Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilganda preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida 5-7 kun qabul qilinadi.

Shifokor maslahatisiz davolash kursi 4-5 kunni tashkil qiladi.

Surunkali bronxitda va mukovissidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Najo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish quyidagi tez- tezligi haqida ma‘lumotlarga asoslangan:

Juda tez–tez (≥1/10), tez–tez (≥1/100 va <1/10), tez–tez emas (≥1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez–tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam hollarda: anafilaktik shok, anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: bosh og‘rig‘i.

Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari

Tez–tez emas: tinnitus

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: arterial gipotenziya.

Juda kam hollarda: qon ketishlar.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: hansirash, bronxospazm

Me‘da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diariya, qorinda og‘riq

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema

In‘eksiya yuborish joyida umumiy buzilishlar

Tez–tez emas: isitma.

Tez–tezligi noma‘lum: yuz shishi

Turli tadqiqotlarda asetilsistein qondagi trombositlar agregasiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Asetilsisteinga, metilparagidroksibenzoatga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Faol peptik yara.
  • 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

ASS va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolash  buyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.

Hozirgi vaqtgacha olingan ma‘lumotlarga ko‘ra asetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ASS dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.

ASS nitrogliserinni qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytiradi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxial astmasi bo‘lgan pasentlarga va anamnezida yarasi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparat bilan davolash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.

ASS qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak hajmini oshishiga olib kelishi mumkin (ayniqsa davolash boshida). Yo‘talib chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaganida (etarlicha yo‘talib tashlanaolmaganda) muvofiq choralar (drenaj va aspirasiya kabi) qo‘llanishi kerak.

Asetilsistein qo‘llangan vaqtida juda kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari, Stivens – Djonson va Layell sindromi kabilar kuzatilgan. Teri va shilliq qavati tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ASS qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

3 yoshdan kichik bolalar preparatni faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari mumkin.

Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaksiyalar (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish

Homilador ayollarda asetilsisteinni qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Asetilsisteinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat qat‘iy foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha asetilsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.

Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada asetilsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan asetilsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikasiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me‘da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekresiya xavfi mavjud.

Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Jigar rang rangli shisha flakon qalpoqchasi va plombali xalqasi bilan.

2,5 va 5 ml gradasiyali va o‘lchov stakanchasi bilan 2,5, 5 va 10 ml dozalangan shpris o‘ramiga joylashgan.

1 flakondan 100 yoki 200 ml eritma o‘ram ilovasi va o‘lchov moslamasi bilan qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 11 kun (25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda).

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 dori vositasi Salutas Farma GMBH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LIKVIN inyeksiya uchun eritma 3ml 10% N10
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml 3ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 89 800 so'mdan Batafsil
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 3ml 300mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
ASS 100 tabletkalari 100mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ASIBROKS tabletkalari 600mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
ASIBROKS tabletkalari 200mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 16 800 so'mdan Batafsil
ASSEIN poroshok 600mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ASSEIN poroshok 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ASESEZON poroshok 3g 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Экзон,ОАО
ASESEZON poroshok 3g 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Экзон,ОАО
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
ASS INJEKT inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml N10
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
AS FS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарма Старт, ООО
ASIBROKS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Estoniya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: PharmaEstica Manufacturing OÜ
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
ASS AKTIV 600 mg, paketiki N6
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
ASS® eritma dlya vnutrennego primeneniya 100ml 20mg/ml
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
FLUIMUSIL tabletkalari 0,6g N10
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASS AKTIV 600 mg, paketiki N6
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ASS INJEKT inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml N10
ASS® eritma dlya vnutrennego primeneniya 100ml 20mg/ml
ASS 100 tabletkalari 100mg N20
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS AKTIV 600 mg, paketiki N6
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6