×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Бифидобактерии бифидум
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- МИКРОГЕН НПО АО
ATX kodi:
- A07FA
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

146 800 s`om dan
KALKOR tabletkalari N30 Unicure (India) Pvt. Ltd. Hindiston
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Drug Offer Pharm, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BIFIDUMBAKTERIN SUXOY

BIFIDUMBACTERINUM SICCUM

 

Preparatning savdo nomi: Bifidumbakterin suxoy

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bifidumbakterin (bifidumbacterinum).

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun bakterial massa liofilizati ampulalarda

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 doza (1 dozada kamida 107 tirik bifidobakteriyalar mavjud);

yordamchi moddalar: saxaroza, konservasiyalangan sut, jelatin.

Ta‘rifi: jigarrang yoki oqish-kulrang rangli g‘ovak massa.

Farmakoterapevtik guruhi: Eubiotik. Mikrob preparati. ichak normal mikroflorasi komponenti.

ATX kodi: A07FA

 

Farmakologik xususiyatlari

Bifidumbakterin – ichak mikroflorasini normallashtiradi, immunitetni rag‘batlantiruvchi vositadir. Bifidumbakterin probiotik bo‘lib hisoblanadi va liofil quritilgan antagonistik faol tirik bifidobakteriyalar saqlaydi. Keng doiradagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning antagonisti bo‘lib hisoblanadi; ovqat hazm qilish jarayoni va me‘da-ichak yo‘llarining funksiyasini, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.

Qo‘llanilishi

Bifidumbakterin me‘da-ichak yo‘llarining mikrobiosenozini normallashtirish (ichak mikroflorasini muvofiqlashtirish), organizmning nospesifik rezistentligini oshirish, ovqat hazm qilish yo‘llarining funksional faoliyatini rag‘batlantirish, tug‘ruqxonalar va kasalxonalar ichki infeksiyasini oldini olish uchun qo‘llanadi, detoksikasion xususiyatlarga ega. Kattalarga va bolalarga quyidagilarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • disbakteriozlar, shu jumladan antibiotiklar, gormonlar, nur bilan davolash va ximioterapiyada, stresslarda profilaktika uchun;
  • o‘tkir ichak infeksiyalarida, shu jumladan etiologiyasi aniqlanmagan infeksiyalarda;
  • surunkali qabziyatlarda;
  • malabsorbsiya sindromlarida;
  • disbakteriozlar bilan kechuvchi allergik kasalliklarda;
  • O‘RVI bilan tez-tez kasallanuvchi bolalar va kattalarda disbakteriozni oldini olish uchun;
  • emizikli bolalarni sun‘iy ovqatlantirishga erta o‘tkazilganda va donor suti bilan emizilganda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin preparat ovqatning suyuq qismi bilan aralashtiriladi, qatiq bilan aralashtirish afzal va ovqatdan oldin beriladi. Preparatni 30-50 ml xona haroratidagi qaynagan suvda aralashtirish va hosil bo‘lgan aralashmani ichish mumkin. Emizikli bolalarga ko‘krak suti bilan aralashtirib, emizish vaqtida beriladi.

Disbakteriozni oldini olish uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 1-2 marta, 6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 1-2 marta, 3 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga – 10 dozadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Profilaktik kurs 2-3 xafta yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi. Davolash uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 2-6 marta, 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 3-5 marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 10 dozadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 5 kundan 15 kungacha, kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 2-3 marta takrorlash mumkin. Har bir kurs avvalgi kurs yakunlangandan keyin bir oy o‘tgach o‘tkaziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslikdan tashqari qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirida noxush samaralar kuzatilmaydi.

Nomutanosiblik

Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Homiladorlik va laktasiya

Cheklovlar yo‘q.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

5 dozadan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

1 yil

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10 dori vositasi МИКРОГЕН НПО АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LIDAZA liofilizat 1280me N10
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
LAKTOBAKTERIN SUXOY 5 DOZ liofilizat N10
PROSTAKOR eritma 1ml 0,005/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: МИКРОГЕН НПО АО
XONDROLON liofilizat 100mg N10
PIOBAKTERIOFAG POLIVALENTNIY (SEKSTAFAG) 20ml N4
Другие формы препарата
BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бифидобактерии бифидум ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ВИТАФАРМА ФИРМА АО
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бифидобактерии бифидум ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: МИКРОГЕН НПО АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9