23 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash37 400 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish20 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIDAZA
LYDASUM
Preparatning savdo nomi: Lidaza
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gialuronidaza
Dori shakli: in‘eksiya uchun va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat
Tarkibi:
Bitta ampula saqlaydi:
Faol modda: gialuronidaza – 64 SHB
Ta‘rifi: oq rangli yoki sarg‘ish pushti yoki jigarrangroq tusli oq rangli liofilizatlangan kukun yoki g‘ovak massa yoki tabletka sifatida zichlangan g‘ovak massa.
Farmakoterapevtik guruhi: Ferment vositasi.
ATX kodi: [V03AX]
Farmakologik xususiyatlari
Yirik qoramolning urug‘donlaridan ajratib olingan ferment preparat. Biriktiruvchi to‘qimaning oraliq moddasining asosiy komponenti – gialuron kislotasini (tarkibiga asetilglyukozamin va glyukuron kislotasi kiruvchi mukopolisaxarid, biriktiruvchi to‘qimaning sementlovchi moddasini) parchalaydi, uning qovushqoqligini kamaytiradi, to‘qimalarni va qon-tomirlarning o‘tkazuvchanligini oshiradi. To‘qimalararo bo‘shliqlarida suyuqliklarning harakatini yengillashtiradi: to‘qimalar shishini kamaytiradi va chandiqlarni yumshatadi va yassilaydi, bo‘g‘imlarda harakatlar hajmini oshiradi, kontrakturalarni kamaytiradi va ularning shakllanishini oldini oladi. Gialuronidaza glyukuron kislotasini glyukozamin va glyukur kislotasigacha parchalanishini chaqiradi va shu bilan uning qovushqoqligini kamaytiradi. Teri orasiga yuborilganida ta‘sir davomiyligi – 48 soatgacha.
Qo‘llanilishi
Kuyish, travmatik, operasiyadan keyingi chandiqlar; uzoq vaqt bitmaydigan yaralar (shu jumladan, nurlanish), Dyupyuitren kontrakturasi; bo‘g‘imlarning kam harakatliligi, bo‘g‘imlarning kontrakturasi (jarohatlar, yallig‘lanish jarayonlaridan keyingi), osteoartroz, ankilozlovchi spondiloartrit, bel disklarining og‘ir kasalliklari; surunkali tendovaginit, sklerodermiya (teri ko‘rinishlari), yumshoq to‘qimalarning yuza joylashgan gematomasi, chandiqli tortishishlar yuzasidan teri-plastik operasiyalariga tayyorlash. O‘pka tuberkulezi (bronxlarning nospesifik shikastlanishlari bilan asoratlangan), yuqori nafas yo‘llarida va bronxlarda obstruksiya ko‘rinishlari bilan kechuvchi yallig‘lanish jarayonlar. Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishlari (pleksit, nevrit). Gifema, gemoftalm, turli etiologiyali retinopatiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Chandiqli shikastlanishlarda teri ostiga (chandiq oqibatida-o‘zgargan to‘qimalar ostiga) yoki mushak ichiga (shikastlangan joyning yoniga) 64 SHB (1 ml) dan har kuni yoki kunora yuboriladi (ja‘mi 10-20 in‘eksiya).
Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishlarida zararlangan nerv sohasiga teri ostiga (64 SHB prokain eritmasida) kunora yuboriladi; kursga – 12-15 in‘eksiya. Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.
Oftalmologiya amaliyotida ishlatilganida, preparat subkon‘yunktival – 0,3 ml, parabulbar – 0,5 ml, shuningdek elektroforez usuli yordamida yuboriladi.
Kelib chiqishi yallig‘lanishli xarakterga ega o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan bemorlarga zararlanish o‘choqlarida antibakterial dori vositalarning konsentrasiyasini oshirish uchun, majmuaviy davolashda in‘eksiya va/yoki ingalyasiya holida buyuriladi. Ingalyasiyalar 5 ml eritmani (320 SHB) ishlatib, har kuni 1 marta o‘tkaziladi. Davolash kursi 20-25 ingalyasiyadan iborat. Zarurati bo‘lganida, 1,5-2 oylik oraliqlar bilan takroriy kurslar o‘tkaziladi.
Bog‘lov ko‘rinishida preparatning eritmasi shimdirilgan holda qo‘llanadi. Eritmani tayyorlash uchun har 64 SHB natriy xloridining steril 0,9% li eritmasida yoki 10 ml xona haroratidagi qaynagan suvda eritiladi. Bu eritma bilan 4-5 qavat qilib taxlangan steril bog‘lov materiali xo‘llanadi, u shikastlangan sohaga qo‘yiladi, yaltiroq qog‘oz bilan yopiladi va yumshoq bog‘lov bilan bog‘lanadi. Doza shikastlanish maydoniga bog‘liq (32-64 SHB/sm2) o‘rtacha – bir bog‘lovga 320 SHB qo‘llanadi. Bog‘lov har kuni 15-18 soatga 15-60 kun davomida qo‘yiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida har 2 hafta o‘tgach 3-4 kunlik tanaffus qilinadi.
Elektroforez usulida qo‘llanganida 320 SHB 64 ml distillangan suvda eritiladi, 2-3 tomchi 0,1% xlorid kislotasi qo‘shiladi va anod tomondan shikastlangan sohaga 20-30 minut davomida yuboriladi. Davolash kursi – 15-20 seansdan iborat. Applikasion dozalash tartibini elektroforez bilan almashtirib turish mumkin. Tayyorlangan eritma 24 soat davomida ishlatilishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar; uzoq vaqt qo‘llanganida mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta‘siri kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir infeksion-yallig‘lanish kasalliklari, yaqinda yuz bergan qon quyilishlari. Ingalyasion yuborish uchun – yaqqol nafas yetishmovchiligi bilan kechuvchi o‘pka tuberkulezida; o‘pkadan qon ketishi, qon tupurish; xavfli o‘smalar, shishasimon tanaga yangi qon quyilishlari. Estrogenlarni yo‘ldosh qabul qilishda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktasiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Teri ostiga yoki mushak ichiga yuboriladigan dori vositalarning so‘rilishini yaxshilaydi, mahalliy anestetiklarning samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Eritmani ilgari kationlar yuborilgan kateter orqali yuborish mumkin emas.
In‘eksiya uchun eritmalarni 0,9% li natriy xloridi eritmasida, 0,5% li prokain eritmasida, ingalyasiya uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasida, elektroforez uchun – distillangan suvda tayyorlanadi.
Davolashni boshlashdan oldin 20 mkl gialuronidazani teri ichiga yuborish bilan sinama o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
In‘eksion yallig‘lanish sohasi va o‘smalarga yuborish mumkin emas.
O‘tkir qon ketishlarda gialuronidaza qo‘llanmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: et uvishishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, mahalliy shish, eshakemi, eritema.
Davolash: epinefrinni, glyukokortikosteroidlarni; antigistamin preparatlarni yuborish.
Chiqarilish shakli
In‘eksiyalar va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 64 SHB dan ampulalar yoki flakonlarda.
10 ampula yoki flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoqcha yoki ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan birga karton o‘ramda yoki qutida.
5 ampuladan kontur uyali o‘ramlarda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoqcha yoki ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan birga karton qutida.
Stasionarlar uchun 5, 10, 12, 20 kontur uyali o‘ramdan, konrur uyali o‘ramlari soniga teng miqdorda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va pichoqcha yoki ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan birga karton yashikda.
Komplekt holida: preparat bilan ampula yoki flakon va 5 ml dan 5 mg/ml in‘eksiya uchun novokain eritmasi yoki in‘eksiya uchun 2 ml dan 0,9% li natriy xloridi eritmasi bo‘lgan ampula bilan bir komplektni tashkil qiladi. 5 komplektdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoqcha yoki ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan 10 joyli karton qutilarga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan 150S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.