×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Бикалутамид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармасинтез -Норд, АО
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- L02BB03
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
DOKSORUBISIN EBEVE konsentrat 50mg 2mg/ml N1 Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG Avstriya
740 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg, 150 mg. 

Dori preparatining birlamchi o'rami 

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o'ramlarda. 

Plyonka qobiq bilan qoplangan 30 tabletkadan birinchi marta ochilish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polietilen polimer bankalarda. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankalarga yozma qog'oz yoki o'zi elimlanadigan polimer materiallardan tayyorlangan yorliq elimlanadi. 

Dori preparatining ikkilamchi o'rami 

3 kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga xromli yoki xrom-erzasli iste'molchilar tarasi uchun mo'ljallangan karton qutiga joylanadi. Qutilar umumiy o'ramga joylanadi. 

50, 100, 150, 200, 300, 500 yoki 1000 bankalar teng miqdordagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga umumiy o'ramga – gofrirlangan kartonli qutilarga (stasionarlar uchun) joylanadi. 

ta'sir etuvchi modda: bikalutamid 50 mg/150 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 135 mg/397 mg, povidon K-30 4 mg/10 mg, magniy stearati 2 mg/6 mg, natriy karboksimetilkraxmal 8 mg/24 mg, kolloid kremniy dioksidi 1 mg/3 mg;

plyonka qobig'ining tarkibi: gipromelloza 1,6 mg/4 mg, makrogol 0,8 mg/2 mg, talk 0,8 mg/

2 mg, titan dioksidi 0,8 mg/2 mg.

Bikalutamid asosan (R)-enantiomerining nosteroid antiandrogen faolligiga ega bo'lgan ratsemik aralashmasi hisoblanadi, boshqa endokrin faollikka ega emas. Bikalutamid androgen reseptorlari bilan bog'lanadi va, genlarning ekspressiyasini faollashtirmay, androgenlarning rag'batlantiruvchi ta'sirini susaytiradi. Buning natijasi bo'lib prostata bezida havfli o'smalarni regressiyasi hisoblanadi. Ayrim pasientlarda bikalutamidni qabul qilishni to'xtatish klinik "antiandrogenlarni bekor qilish sindromi" rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ichga qabul qilinganidan keyin bikalutamid me'da-ichak yo'llaridan tez va butunlay so'riladi. Ovqatlanish so'rilishiga ta'sir qilmaydi. 

(S)-enantiomer organizmdan (R)-enantiomeriga nisbatan ancha tez chiqariladi, oxirgisini yarim chiqarilish davri – taxminan 7 kunni tashkil etadi. 

Bikalutamida har kuni qabul qilinganida (R)-enantiomerining qon plazmasidagi kontsentrasiyasi, yarim chiqarilish davri uzoq bo'lganligi sababli, taxminan 10 barobar oshadi, bu holat preparatni sutkada bir marta qabul qilish imkonini beradi. 

Bikalutamid 50 mg dozada har kuni qabul qilinganida (R)-enantiomerining muvozanat kontsentrasiyasi taxminan 9 mkg/ml ni tashkil etadi. 150 mg bikalutamid har kuni qabul qilinganida (R)-enantiomerining muvozanat kontsentrasiyasi taxminan 22 mkg/ml ni tashkil etadi. Muvozanat holatida qonda aylanib yuruvchi barcha enantiomerlarining taxminan 99% ni faol (R)-enantiomer tashkil etadi. 

Pasientning yoshi, buyrak funktsiyasini buzilishi, jigar funktsiyasini engil va o'rtacha og'irlik darajasida buzilishi (R)-enantiomerining farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Jigar funktsiyasini og'ir darajada buzilishlari bo'lgan bemorlarda 

(R)-enantiomerini plazmadan chiqarilishini sekinlashishi xaqida ma'lumotlar mavjud. 

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi (ratsemik aralashmasi uchun 96%, (R)-enantiomeri uchun 99,6%) yuqori. Jigarda jadal (oksidlanish va glyukuron kislotasi bilan kon'yugatlar hosil qilish yo'li bilan) metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyrak va ichak orqali taxminan bir xil nisbatlarda chiqariladi.

Bikalutamid plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg qo'llanganida yuzaga keladigan nojo'ya samaralar – juda tez-tez (≥ 1/10): anemiya, ginekomastiya (ayniqsa preparat uzoq vaqt davomida qabul qilinganida, hatto davolash to'xtatilganidan keyin ham saqlnib turishi mumkin), ko'krak bezlarida og'riq, asteniya, toshma; – tez-tez (≥ 1/100 - < 1/10): "qizib ketish" hissi*, anemiya*, bosh aylanishi*, qorinda og'riq*, qabziyat*, ko'ngil aynishi*, shish*, gematuriya*, gepatotoksiklik, "jigar" transaminazalarining faolligini tranzitor oshishi, sariqlik (jigar funktsiyasini ta'riflangan o'zgarishlari kam hollarda jiddiy sifatida baholangan, ko'pincha tranzitor xarakterga ega bo'lgan, davolash davom ettirilganida yoki preparat bekor qilinganidan keyin butunlay yo'qolgan yoki kamaygan), ishtahani pasayishi, libidoni pasayishi, depressiya, uyquchanlik, dispepsiya, meteorizm, alopesiya, girsutizm yoki sochlarni o'sishini tiklanishi, terini qurishi, terini qichishishi, erektil disfunktsiya, ko'krakda og'riq, tana vaznini oshishi, miokard infrakti (o'lim bilan yakunlangan holatlar xaqida xabar tushgan)**, yurak etishmovchiligi**, QT oralig'ini uzayishi; – kam hollarda (≥ 1/10,000 - < 1/1,000): yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, angionevrotik shish, eshakemi, o'pkaning interstisial kasalliklari (o'lim bilan yakunlangan holatlar xaqida xabar tushgan), yorug'likka sezuvchanlik reaktsiyalari **; – juda kam hollarda (< 1/10,000): jigar etishmovchiligi (o'lim bilan yakunlangan holatlar xaqida xabar tushgan). 

*Preparat gonadotropin-rilizing gormon (Gnrg) analoglari bilan majmuada qabul qilinganida nojo'ya samara juda ko'p kuzatilgan. 

**Nojo'ya samara preparat qabul qilinganida kuzatilgan. 

Bikalutamid plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg qo'llanganida yuzaga keladigan nojo'ya samaralar – juda tez-tez (≥ 1/10): ginekomastiya (ayniqsa preparat uzoq vaqt davomida qabul qilinganida, hatto davolash to'xtatilganidan keyin ham saqlnib turishi mumkin), ko'krak bezlarida og'riq, teri toshmasi, asteniya; – tez-tez (≥ 1/100 - < 1/10): depressiya, anoreksiya, bosh aylanishi, uyquchanlik, "qizib ketish" hissi, qichishish, abdominal og'riq, qabziyat, dispepsiya, meteorizm, alopesiya yoki sochlarni o'sishini tiklanishi/girsutizm, jinsiy moyillikni pasayishi, erektil disfunktsiya, ko'krakda og'riq, shish, tana vaznini oshishi, transaminazalarning faolligini oshishi, gepatotoksiklik, sariqlik, anemiya, ishtahani pasayishi; – tez-tez emas (≥ 1/1,000 - < 1/100): yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan angionevrotik shish va eshakemi, o'pkaning interstisial kasalliklari (o'lim bilan yakunlangan holatlar xaqida xabar tushgan)*; – kam hollarda (≥ 1/10,000 - < 1/1,000): yorug'likka sezuvchanlik reaktsiyalari, jigar etishmovchiligi (o'lim bilan yakunlangan holatlar xaqida xabar berilgan)*. "jigar" transaminazalarining faolligini tranzitor oshishi, xolestaz va sariqlik kam hollarda jiddiy sifatida baholangan, tranzitor xarakterga ega bo'lgan, davolash davom ettirilganida yoki preparat bekor qilinganidan keyin butunlay yo'qolgan yoki kamaygan. Bikalutamid bilan davolanish fonida juda kam hollarda jigar etishmovchiligi rivojlangan, biroq jigar etishmovchiligini rivojlanishi va preparat bilan davolanish o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan. 

*Bikalutamid ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi qo'llash ma'lumotlar bo'yicha.

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda bikalutamidni chiqarilishini sekinlashishi va uni kumulyasiya bo'lishi mumkinligini inobatga olib, vaqti-vaqti bilan jigar funktsiyasini baholash maqsadga muvofiqdir. Jigar funktsiyasini ko'pgina o'zgarishlari bikalutamid bilan davolanishni dastlabki olti oyi davomida uchraydi. 

Jigar funktsiyasini yaqqol ifodalangan o'zgarishlari kuzatilganida, bikalutamidni qabul qilishni to'xtatish kerak. 

Prostata beziga spesifik antigen (PSA) ning kontsentrasiyasini oshishi fonida kasallikni zo'rayishi kuzatilgan pasientlarda bikalutamid bilan davolashni to'xatish masalasini ko'rib chiqish kerak. 

Bikalutamid bevosita antikoagulyantlar (kumarin hosilalari), shu jumladan varfarin qabul qilayotgan pasientlarga buyurilganida protrombin vaqtini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi. 

Bikalutamid 50 mg va 150 mg preparatining har bir tabletkasi muvofiq ravishda 135 mg va 397 mg laktoza monogidrati saqlaydi. 

Bikalutamidning tsitoxrom R450 (CYP3A4 izofermenti) ning faolligini ingibitsiya qilishi mumkinligini inobatga olib, bikalutamid asosan CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Gnrg agonistlari bilan bir vaqtda qo'llanganida glyukozaga bo'lgan tolerantlik pasayishi mumkin, bu holat qandli diabetni rivojlanishiga yoki qandli diabet bilan xastalangan pasientlarda glyukozaga bo'lgan tolerantlikni pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, bikalutamid preparatini Gnrg agonistlari bilan majmuada qabul qilayotgan pasientlarda qondagi glyukozaning kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak. 

Tsiklosporin bilan birga qabul qilinganida, bikalutamidni qo'llash boshlanganidan yoki bekor qilinganidan so'ng pasientning ahvolini yaxshilab nazorat qilish va qon plazmasidagi tsiklosporinning kontsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. 

Bikalutamid 50 mg va 150 mg preparatining har bir tabletkasi tarkibida muvofiq ravishda 135 mg va 397 mg laktoza monogidrati saqlaydi, shunday qilib, laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo'lgan pasientlarga qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Antiandrogen davolashda QT oralig'ini uzayish havfi bo'lishi mumkin. Preparatni buyurishdan oldin QT oralig'ini ma'lum uzaytirish havf omillari bo'lgan yoki QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda "piruet" turidagi yurak qorinchalari taxikardiyasini rivojlanish havfi va foydasi nisbatini sinchiklab baholash kerak. 

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparatning, asteniya, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik va uyqusizlik kabi ayrim nojo'ya samaralari diqqatni yuqori darajada jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ta'riflangan nojo'ya samaralar paydo bo'lganida ko'rsatilgan faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Prostata bezining tarqoq raki Gnrg (gonadotropin-rilizing gormon) analogi yoki jarrohlik kastrasiya qilish bilan majmuada. 

prostata bezining mahalliy tarqoq raki (TZ-T4, va N, M0; T1-T2, N+, M0 istalgani) monoterapiya yoki radikal prostatektomiya yoki radioterapiya bilan birga ad'yuvant davolash sifatida. 

prostata bezining mahalliy tarqoq nometastatik raki jarrohlik kastrasiya yoki boshqa tibbiy aralashuvlarni qo'llash mumkin bo'lmagan yoki imkoni bo'lmagan holatlarda qo'llanadi.

bikalutamidga va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; 

terfenadin, astemizol va tsizaprid bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas; 

bikalutamid bolalar va ayollarga buyurilishi mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan: 

Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajadagi buzilishlarida; QT oralig'ini ma'lum uzaytirish havf omillari yoki QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda; Tsiklosporin yoki "sekin" kaltsiy kanallarining blokatorlari bilan, dori vositalarini mikrosomal oksidlanishini susaytiruvchi preparatlar (tsimetidin yoki ketokonazol) bilan, asosan CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganida, laktaza tanqisligida, laktozani o'zlashtirolmaslikda, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak

Bikalutamid va Gnrg analoglari o'rtasida farmakokinetik yoki farmakodinamik o'zaro ta'sirlar yuzasidan ma'lumotlar yo'q. 

In vitro sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlar, bikalutamidning (R)-enantiomer CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi, CYP2C9, SUR2S19 va CYP2D6 izofermentlarining faolligiga kamroq darajada ta'sir qilishi ko'rsatilgan. Bikalutamidni boshqa dori vositalari bilan potentsial o'zaro ta'sir qilish hususiyati aniqlanmagan, biroq u midozalamni qabul qilish fonida 28 kun davomida qabul qilinganida, midazolamning "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni (AUC) 80% ga oshadi. 

Bikalutamidni ta'siri ostida CYP3A4 izofermentini ingibitsiya bo'lishi terapevtik indeksi tor bo'lgan, jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalar qo'llanganida ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Shu sababli, bikalutamidni terfenadin, astemizol va tsizaprid bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas. 

Bikalutamid Tsiklosporin yoki "sekin" kaltsiy kanallarining blokatorlari bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ehtimol, ayniqsa nojo'ya ko'rinishlar kuchayganida yoki yuzaga kelganida, ushbu preparatlarning dozalarini pasaytirish talab etilishi mumkin. Bikalutamidni qo'llash boshlanganidan yoki bekor qilinganidan so'ng qon plazmasida tsiklosporinning kontsentrasiyasini va pasientning klinik holatini sinchkov monitoringini o'tkazish tavsiya etiladi. 

Bikalutamid dori vositalarning mikrosomal oksidlanishini susaytirish hususiyatiga ega bo'lgan boshqa preparatlar, masalan tsimetidin va ketokonazol bilan birga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qon plazmasida bikalutamidning kontsentrasiyasini oshishi bilan birga keyinchalik nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish tezligi oshishi mumkin. Bevosita antikoagulyantlar (kumarin hosilalari) ning, shu jumladan varfarinning ta'siri kuchayadi (plazma oqsillari bilan bog'lanish uchun raqobat bo'ladi). 

Antiandrogen davolashda QT oralig'ini uzayish havfi bo'lishi mumkinligi tufayli, bikalutamid QT oralig'ini uzaytiradigan dori preparatlari yoki IA sinf antiaritmik preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid), III sinf antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid) kabi "piruet" turidagi yurak qorinchalari taxikardiyasini chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlar, metadon, moksifloksasin, neyroleptiklar va boshqalar bilan bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

25°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati -3 yil. 

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

50 mg dozasi uchun. Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Bir tomonida riskasi mavjud. Ko'ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko'rinadi. 

150 mg dozasi uchun. Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko'rinadi.

Ichga, ovqatlanishdan qat'iy nazar, etarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. 

Kattalar va keksa erkaklar: 

Prostata bezining tarqoq raki Gnrg (gonadotropin-rilizing gormon) analogi yoki jarrohlik kastrasiya qilish bilan majmuada: ichga 50 mg dan sutkada bir marta qabul qilinadi. Davolashni Gnrg analogini qabul qilishni boshlashdan 3 kun oldin yoki bir vaqtda yoki jarrohlik kastrasiyasi bilan bir vaqtda boshlash kerak. 

Prostata bezining mahalliy-tarqoq rakida: ichga 150 mg dan sutkada bir marta qabul qilinadi. Bikalutamidni uzoq vaqt, kamida 2 yil davomida qabul qilish kerak. Kasallikni zo'rayish belgilari paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak. 

Buyrak funktsiyasini buzilishi 

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. 

Jigar funktsiyasini buzilishi 

Jigar funktsiyasini engil buzilishlari bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajadagi buzilishlarida bikalutamidni kumulyasiyasini oshishi kuzatilishi mumkin. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligida bikalutamidning faol enantiomerini T1/2 76% oshishiga qaramay, dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Odamda dozani oshirib yuborilish holatlari ta'riflanmagan. Spesifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik. Dializ o'tkazish samarali emas, chunki bikalutamid plazma oqsillari bilan kuchli bog'lanadi va buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqarilmaydi. Umumiy tutib turuvchi davolash va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini monitoringini o'tkazish ko'rsatilgan.

Preparatni ayollarda qo'llash mumkin emas va homiladorlikda va emizish davrida preparatni buyurish mumkin emas.

BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BIKALUTAMID

BICALUTAMIDE

Preparatning savdo nomi: Bikalutamid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bikalutamid (bicalutamide)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg yoki 150 mg bikalutamid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (sut qandi), kartoshka kraxmali, natriy karboksimetilkraxmal, povidon K 25 (polivinilpirrolidon K 25), magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi;

qobig‘ining tarkibi: Advantiya Praym 190100VA01 [gipromelloza, titan dioksidi, makrogol (polietilenglikol)].

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita. antiandrogen.

ATX kodi: L02BB03

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Bikalutamid asosan (R)-enantiomerining nosteroid antiandrogen faollikka ega bo‘lgan rasemik aralashmasidir, boshqa endokrin faollikka ega emas. Bikalutamid androgen reseptorlari bilan bog‘lanadi va, genlarning ekspressiyasini faollashtirmay, androgenlarning rag‘batlantiruvchi ta‘sirini susaytiradi. Buning natijasida, prostata bezining havfli o‘smalarini regressiyasi kuzatiladi.

Bikalutamidni qabul qilishni to‘xtatish ba‘zi pasientlarda “androgenlarni bekor qilish klinik sindromi” ni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Ovqatlanish preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi.

(S)-enantiomeri (R)-enantiomeriga nisbatan organizmdan ancha tez chiqariladi, oxirgisining yarim chiqarilish davri – taxminan 7 kunni tashkil etadi.

Bikalutamid har kuni qabul qilinganida plazmada (R)-enantiomerining konsentrasiyasi yarim chiqarilish davrini uzayishi oqibatida taxminan 10 marta oshadi, bu preparatni sutkada bir marta qabul qilish imkonini beradi.

Bikalutamid 50 mg dozada har kuni qabul qilinganida plazmada (R)-enantiomerining muvozanatli konsentrasiyasi taxminan 9 mkg/ml ni tashkil etadi. Bikalutamid 150 mg dozada har kuni qabul qilinganida plazmada (R)-enantiomerining muvozanatli konsentrasiyasi taxminan 22 mkg/ml ni tashkil etadi. Muvozanatli holatda qonda aylanib yurgan barcha enantiomerlarining taxminan 99% ni faol (R)-enantiomeri tashkil etadi.

Pasientning yoshi, buyrak faoliyatini buzilishi, jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi (R)-enantiomerining farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda plazmadan (R)-enantiomerini eliminasiyasini sekinlashishi xususida ma‘lumotlar mavjud.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori (rasemik aralashmasi uchun 96%, (R)-enantiomeri uchun 99,6%). Jigarda jadal metabolizmga uchraydi (oksidlanish va glyukuron kislotasi bilan kon‘yugatlar hosil bo‘lishi orqali metabolizmga uchraydi). Metabolitlari siydik va safro bilan teng nisbatlarda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Prostata bezining, GnRG (gonadotropin-rilizing gormon) analogi bilan yoki jarrohlik kastrasiyasi bilan majmuadagi, tarqoq raki.
  • Prostata bezining mahalliy tarqoq raki (T3-T4, har qanday N, M0; T1-T2, N+, M0) monoterapiya sifatida yoki radikal prostatektomiya yoki radioterapiya bilan birga ad‘yuvant terapiya sifatida qo‘llanadi.
  • Prostata bezining mahalliy tarqoq nometastatik raki, jarrohlik kastrasiyasi yoki boshqa tibbiy aralashuvlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki to‘g‘ri kelmaydigan hollarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va keksa yoshdagi erkaklar:

Prostata bezining, GnRG (gonadotropin-rilizing gormon) analogi yoki jarrohlik kastrasiyasi bilan majmuadagi, tarqoq raki: ichga 50 mg dan sutkada bir marta qabul qilinadi. Bikalutamid bilan davolashni GnRG analogini qabul qilish yoki jarrohlik kastrasiyasi bilan bir vaqtda boshlash kerak.

Prostata bezining mahalliy tarqoq raki: ichga 150 mg dan sutkada bir marta qabul qilinadi. Bikalutamid preparatini uzoq muddat, kamida 2 yil davomida qabul qilish kerak. Kasallikning zo‘rayish belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi: preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi: yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligida, bikalutamidning faol enantiomerini T1/2 76% ga oshishiga qaramay, dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bikalutamidning farmakologik ta‘siri quyidagi nojo‘ya samaralarga sabab bo‘lishi mumkin:

  • juda tez-tez (>10%): ginekomastiya (hatto davolash to‘xtatilganidan keyin ham, ayniqsa preparat uzoq vaqt davomida qabul qilinganida saqlanib turishi mumkin), sut bezlarida og‘riq, “qizib ketish” hissi;
  • tez-tez (≥1% va <10%): diareya, ko‘ngil aynishi, “jigar” transaminazalarining faolligini tranzitor oshishi, xolestaz va sariqlik (jigar faoliyatini ta‘riflangan o‘zgarishlari kam hollarda jiddiy o‘zgarishlar sifatida baholangan, tranzitor xarakterga ega bo‘lgan, preparat bilan davolash davom ettirilganida yoki bekor qilinganida butunlay yo‘qolgan yoki kamaygan), qichishish, asteniya; preparat 150 mg sutkalik dozada qo‘llanganida – alopesiya yoki sochlarni o‘sishini tiklanishi, jinsiy moyillikni pasayishi, jinsiy faoliyatni buzilishi, tana vaznini oshishi.
  • kam hollarda (≥0,1% va <1%): yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, jumladan angionevrotik shish va eshakemi, o‘pkani interstisial kasalliklari; preparat 150 mg sutkalik dozada qo‘llanganida – qorinda og‘riq, depressiya, dispepsiya, gematuriya.
  • juda kam hollarda (≥0,01% va <0,1%): qusish, terini qurishi (preparat 150 mg sutkalik dozada qo‘llanganida terini qurishi ko‘proq kuzatiladi), jigar yetishmovchiligi (bikalutamidni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi ishonchli darajada aniqlanmagan).

Bikalutamid va GnRG analoglari bir vaqtda qo‘llanganida uchrash tez-tezligi ≥ 1% bo‘lgan quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar ham kuzatilishi mumkin (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan, keltirilgan nojo‘ya samaralarning ba‘zilari

keksa yoshdagi pasientlarda kuzatilgan):

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, og‘izni qurishi, dispepsiya, qabziyat, meteorizm.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, kuchli uyquchanlik.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: jinsiy disfunksiya, nikturiya, poliuriya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya.

Teri va uning hosilalari tomonidan: alopesiya, teri toshmalari, kuchli terlash, girsutizm.

Boshqalar: qandli diabet, giperglikemiya, tana vaznini oshishi yoki kamayishi, qorinda og‘riq, ko‘krakda og‘riq, chanoq sohasida og‘riq, et uvishishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • bikalutamidga yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • terfenadin, astemizol va sizaprid bilan bir vaqtda qabul qilish;
  • bikalutamidni bolalar va ayollarga buyurish mumkin emas.

Tarkibida laktoza borligi sababli laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyatini buzilishi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bikalutamid va GnRG analoglari o‘rtasida farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, bikalutamidning (R)-enantiomeri CYP3A4 izofermentini ingibisiya qilishini, CYP2C9, 2C19 va 2D6 izofermentlarning faolligiga kamroq darajada ta‘sir qilishini ko‘rsatdi. Bikalutamidni boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sir qilishi yuzasidan bikalutamidning potensial hususiyati aniqlanmagan, biroq u midazolamni qabul qilish fonida 28 kun davomida ishlatilganida midazolamning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni 80% ga oshadi.

Terfenadin, astemizol, sizaprid bilan nomutanosibdir.

Bikalutamid siklosporin yoki “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ayniqsa, nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanganida yoki kuchayganida ushbu preparatlarning dozalarini pasaytirish talab etilishi mumkin. Bikalutamidni qo‘llash boshlanganidan so‘ng yoki bekor qilinganida plazmada siklosporinning konsentrasiyasini va pasientning klinik holatini sinchkov monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Bikalutamid va mikrosomal oksidlanish ingibitorlarini, masalan, simetidin yoki ketokonazolni bir vaqtda qo‘llash plazmada bikalutamidning konsentrasiyasini oshishiga, va ehtimol nojo‘ya samaralarning rivojlanish tez-tezligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Bilvosita antikoagulyantlar (kumarinni hosilalari), shu jumladan varfarinning ta‘sirini kuchaytiradi (plazma oqsillari bilan bog‘lanish uchun raqobat kuzatiladi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda bikalutamidning organizmdan chiqarilishini sekinlashishi va uni to‘planishi mumkinligini hisobga olib, vaqti-vaqti bilan jigar faoliyatini baholash maqsadga muvofiqdir. Jigar faoliyatini aksariyat o‘zgarishlari bikalutamid bilan davolashning birinchi olti oyi davomida uchraydi.

Jigar faoliyatini yaqqol o‘zgarishlari aniqlanganida bikalutamidni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Prostata beziga nisbatan spesifik antigen (PSA) ning konsentrasiyasini oshishi fonida kasallikni zo‘rayishi kuzatilgan pasientlarda bikalutamid bilan davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.

Bilvosita antikoagulyantlar (kumarinni hosilalari), shu jumladan varfarin qabul qilayotgan pasientlarga bikalutamid buyurilganida protrombin vaqtini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi.

50 mg bikalutamidning har bir tabletkasi tarkibida 61 mg laktoza monogidrati saqlaydi.

150 mg bikalutamidning har bir tabletkasi tarkibida 183 mg laktoza monogidrati saqlaydi.

Bikalutamid sitoxrom R450 (CYP3A4 izofermenti) ning faolligini ingibisiya qilishi mumkinligini inobatga olib, bikalutamid asosan CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Bikalutamidni ayollarda qo‘llash mumkin emas va homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Bikalutamid va GnRG analoglari birga qo‘llanganida bosh aylanishi va uyquchanlik rivojlanishi mumkinligi sababli, bikalutamid transport vositalarini boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Spesifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik. Dializ o‘tkazish samarali emas, chunki bikalutamid plazma oqsillari bilan kuchli bog‘lanadi va siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqarilmaydi. Umumiy tutib turuvchi davolashni o‘tkazish va organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini monitoringini o‘tkazish ko‘rsatilgan.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg, 150 mg dan.

28 tabletkadan dori vositalari uchun mo‘ljallangan polimer bankada.

Bankadagi bo‘shliq gigroskopik tibbiy paxta bilan to‘ldiriladi.

Har bir banka davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30 dori vositasi Фармасинтез -Норд, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Бикалутамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hetero Labs Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N360
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N360
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
IMATINIB tabletkalari 400 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
Narh: 900 000 so'mdan Batafsil
IMATINIB tabletkalari 100 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
BIKALUTAMID tabletkalari 150 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9