×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
бортезомиб
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармасинтез -Норд, АО
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- L01XX32
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

KSELODA tabletkalari 500mg N120 F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Productos Roche S.A. de C.V. Meksika
2 550 000 s`om dan
SIKLOFOSFAN GETWELL poroshok 200mg N1 Getwell Pharmaceuticals Hindiston
24 500 s`om dan
NOVANEFRON tabletkalari 650mg N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
138 800 s`om dan
FULVEDJEKT inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
3,5 mg Bortezomib TSH 9461-003-83426370-2012 (tip I, USP/EP) bo'yicha 10 ml sig'imli rangsiz shisha flakonda, nd 9467-003-74837311-2010 bo'yicha brombutil tiqin bilan qadoqlangan va GOST R 51314-99 bo'yicha "flip-off" tipidagi alyuminiy qopqoq bilan yopilgan. Flakonga yorliq yopishtiriladi.

1 flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan GOST 7933-89 binoan istemol o'ramida karton qutida yoki TSH 5453-010-04766354-2006 binoan xrom-erzas kartonda yoki boshqa analog sifatlisi.

5 flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalari bilan ajratuvchili karton qutida (stasionarlar uchun).

ta'sir etuvchi modda: Bortezomib 3,50 mg;
yordamchi moddalar: mannitol 35,00 mg.
  Bortezomib – sut emizuvchilarning hujayralaridagi 26S-proteasomaning ximotripsinga o'xshash faolligini qaytar ingibitoridir. Ushbu proteasoma ubikvitin bilan kon'yugasiya bo'lgan oqsillarni parchalaydigan yirik oqsil kompleksi hisoblanadi. Ubikvitin-proteasoma yo'li ayrim oqsillarning hujayralar ichidagi kontsentrasiyasini boshqarishda muhim rol o'ynaydi va, shunday orqali, hujayra ichidagi gomeostazni ushlab turadi. Proteasomaning faolligini susayishi ushbu selektiv proteolizni bartaraf qiladi, bu esa hujayralarga signallarni o'tkazishda ko'pgina reaktsiyalar kaskadiga ta'sir qilishi mumkin. Gomeostazni ushlab turish mexanizmini buzilishi hujayrani nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. 

In vivo sharoitida Bortezomib ko'pgina eksperimental modellarda, shu jumladan ko'p sonli mielomada o'smani o'sishini sekinlashtirgan. 

In vitro, ex vivo va hayvonlarning modellarida o'tkazilgan tadqiqotlarda Bortezomib osteoblastlarning differentsiasiyasi va faolligini kuchaytirgan va osteoklastlarning funktsiyasini ingibitsiya qilgan. Ushbu samaralari Bortezomib bilan davolanayotgan, ko'p sonli osteoliz o'choqlari bo'lgan ko'p sonli mieloma bilan xastalangan pasientlarda kuzatilgan.

Bortezomib ko'p sonli mieloma bilan xastalangan bemorlarga 1,0 mg/m2 va 1,3 mg/m2 dozalarda vena ichiga oqim bilan yuborilganida preparatning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi muvofiq ravishda 57 va 112 ng/ml ni tashkil etadi. Preparatni navbatdagi yuborilishida qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyalari 1,0 mg/m2 dozasi uchun 67-106 ng/ml atrofida va 1,3 mg/m2 dozasi uchun taxminan 89-120 ng/ml bo'ladi. Preparat ko'p marta yuborilganida uning o'rtacha yarim chiqarilish davri 40-193 soatni tashkil etadi. 

Preparatning navbatdagi dozalariga nisbatan birinchi dozasi yuborilganidan keyin tezroq chiqariladi. 1,0 mg/m2 va 1,3 mg/m2 dozalarda birinchi marta yuborilganidan so'ng o'rtacha umumiy klirensi soatiga muvofiq ravishda 102 va 112 l ni tashkil etadi, navbatdagi dozalari yuborilganidan keyin esa – soatiga muvofiq 15-32 l ni tashkil etadi. 

Ko'p sonli mielomasi bo'lgan bemorlarga teri ostiga yoki vena ichiga 1,3 mg/m2 dozada yuborilganida aynan shunday dozada takroran yuborilganidan keyingi umumiy tizimli ta'siri (AUClast) har ikkala yuborish yo'llari uchun ekvivalent (teri ostiga yuborilganida 155 ngxsoat/ml va vena ichiga yuborilganida 151 ngxsoat/ml) bo'lgan. Teri ostiga yuborilganidan keyin Smax qiymati (20,4 ng/ml) vena ichiga yuborilgandan keyingi qiymatga (223 ng/ml) nisbatan past bo'lgan. 

O'rtacha geometrik nisbati AUClast – 0,99 ni tashkil etgan, 90% li ishonch intervali – 80.18-122.80% ni tashkil etgan. Tmax teri ostiga yuborilganida 30 minutni va vena ichiga yuborilganida 2 minutni tashkil etgan. 

Taqsimlanishi 

Bortezomib 1,0 mg/m2 va 1,3 mg/m2 dozalarda bir marta yoki ko'p marta yuborilganidan keyin ko'p sonli mielomasi bo'lgan pasientlarda bortezomibning taqsimlanish hajmi 1659-3294 l (489-1884 l/m2) ni tashkil etadi. Bu holat bortezomibni periferik to'qimalarga jadal taqsimlanishidan dalolat beradi. Bortezomib 100-1000 ng/ml kontsentrasiyalarda preparatni plazma oqsillari bilan bog'lanishi o'rtacha 83% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'langan bortezomibning fraktsiyasi kontsentrasiyasiga bog'liq emas. 

Metabolizmi 

In vitro sharoitlarida bortezomibning metabolizmi tsitoxrom R450 tizimining asosan CYP3A4, CYP2C19 va CYP1A2 izofermentlari bilan amalga oshiriladi. 

Bortezomibning metabolizmida CYP2D6 va CYP2C9 izofermentlarini ishtiroki ahamiyatsiz darajada. Asosiy metabolizm yo'li bo'lib bor atomlarini ajralishi natijasida ikkita metabolitlarini hosil bo'lishi hisoblanadi, keyinchalik gidroksil guruhini biriktirib, bir qancha boshqa metabolitlarni hosil qiladi. Bortezomibning metabolitlari 26S proteasomani ingibitsiya qilmaydi. 

Chiqarilishi 

Odamda bortezomibni chiqarilish yo'li o'rganilmagan. 

Pasientlarning maxsus guruhlaridagi farmakokinetikasi 

Yoshi, jinsi va irqi 

Bortezomibning farmakokinetikasi o'tkir limfoblast leykemiya yoki o'tkir mieloid leykemiya bilan xastalangan 2 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarda Bortezomib 1.3 mg/m2 dozada haftada 2 marta vena ichiga bolyus holida yuborish yo'li bilan o'rganilgan. Farmakokinetikasini populyasion tahlil qilish natijalariga ko'ra, bortezomibni chiqarilishi pasientning tana yuzasi maydoni kattalashishi bilan tezlashib borgan. Bortezomibning o'rtacha klirens qiymati (variasiya koeffisienti, %) 7.79 (25%) l/soat/m2 ni tashkil etgan, muvozanatdagi taqsimlanish hajmi 834 (39%) l/m2 ni, yarim chiqarilish davri esa – 100 (44%) soatni tashkil etgan. Tana yuzasi maydoni samarasi korrektsiya qilinganidan keyin boshqa demografik o'zgaruvchilar (yosh, tana vazni va jins kabilar) bortezomibning klirensiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmagan. Tana yuzasi maydoniga normallashtirilgan bolalarda bortezomibning klirensi kattalardagi klirensi bilan solishtiradigan darajada bo'lgan. 

Bortezomibning farmakokinetikasiga jins va irqning ta'siri o'rganilmagan. 

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar 

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan onkologik bemorlarda bortezomibning farmakokinetikasigi o'rganish yuzasidan tadqiqotlar jigar funktsiyasini turli darajadagi buzilishlari bo'lgan 61 nafar pasientda (5-jadval) bortezomibni 0,5-1,3 mg/m2 dozalarda yuborish bilan o'tkazilgan. Jigar funktsiyasini engil darajada buzilishi bortezomibning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajada buzilishlari bo'lgan pasientlarda bortezomibning AUC ("kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydon) qiymatini jigar funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarga nisbatan 60% oshishi kuzatiladi. Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajada buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun bortezomibning boshlang'ich dozasini kamaytirish tavsiya etiladi. Bunday pasientlarni diqqat bilan kuzatish talab etiladi. 

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar 

Buyrak funktsiyasini engil, o'rtacha yoki og'ir darajada buzilishlari bo'lgan bemorlarga, jumladan dializdagi pasientlarga Bortezomib 0,7-1,3 mg/m2 dozalarda vena ichiga haftada 2 marta yuborilganida uning farmakokinetikasi buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlardagi farmakokinetikasi bilan solishtiradigan darajada bo'lgan.

Umuman olganda, monoterapiya sifatida qo'llanganida bortezomibning havfsizlik ko'rsatkichlari u melfalan va prednizon bilan majmuada qo'llangandagi ko'rsatkichlar bilan o'xshash. 

Jiddiy noxush reaktsiyalar Bortezomib bilan davolanish vaqtida ko'p kuzatilmagan va yurak etishmovchiligi, o'smani lizisi sindromi, o'pka gipertenziyasi, orqaga qaytuvchan orqa entsefalopatiya sindromi, o'pkaning o'tkir diffuz infiltrativ kasalliklaridan iborat bo'lgan. Bundan tashqari, kam holatlarda vegetativ neyropatiya kuzatilgan. Bortezomib bilan davolanish vaqtida quyidagi noxush reaktsiyalar: ko'ngil aynishi, diareya, qabziyat, qusish, toliqish, pireksiya, trombositopeniya, anemiya, neytropeniya, periferik neyropatiya (shu jumladan sensor), bosh og'rig'i, paresteziya, ishtahani pasayishi, hansirash, toshma, o'rab oluvchi gerpes va mialgiya eng ko'p kuzatilgan. 

Quyida sanab o'tilgan noxush reaktsiyalar bortezomibni qo'llash bilan bog'liq bo'lishi mumkin yoki ehtimol sifatida baholangan. Noxush reaktsiyalar tizimli-a'zolar sinfi va paydo bo'lish tezligi bo'yicha guruhlashtirilgan. Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligi quyidagi tarzda tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000) va uchrash tezligi noma'lum. 

Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez – oddiy gerpes, o'rab oluvchi gerpes (shu jumladan disseminasiyalangan va oftalmogerpes), pnevmoniya, zamburug'li infektsiyalar; tez-tez emas – infektsiyalar, bakterial, virusli infektsiyalar, sepsis (shu jumladan septik shok), bronxopnevmoniya, gerpesvirusli infektsiya, gerpetik meningoentsefalit, bakteriemiya (shu jumladan stafilokokkli), govmichak, gripp, teri-osti yog'kletchatkasini yallig'lanishi, tibbiy buyumlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan infektsiyalar, teri infektsiyalari, quloq infektsiyalari, stafilokokk infektsiyalari, tish infektsiyalari; kam hollarda – meningit (shu jumladan bakterial), Epshteyn-Barr-virusli infektsiya, genital gerpes, tonzillit, mastoidit, surunkali toliqish sindromi. 

Havfsiz o'smalar, havfli o'smalar va noma'lum o'smalar (shu jumladan kistalar va poliplar): kam hollarda – havfli o'smalar, plazmositar leykoz, buyrak karsinomasi, o'smalar, zamburug'simon mikoz, havfsiz o'smalar. 

Qon yaratish tizimi va limfa tizimi tomonidan: juda tez-tez – trombositopeniya, neytropeniya, anemiya; tez-tez – leykopeniya, limfopeniya; tez-tez emas – pantsitopeniya, febril neytropeniya, koagulopatiya, leykositoz, limfadenopatiya, gemolitik anemiya; kam hollarda – qonni qon-tomirlar ichida disseminasiyalangan ivishi (DVS-sindrom), trombositoz, qonning qovushqoqligini oshishi sindromi, trombositlar tomonidan buzilishlar, trombositopenik purpura, qon tomonidan buzilishlar, gemorragik diatez, limfositar infiltrasiya. 

Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – Kvinke shishi, o'ta yuqori sezuvchanlik; kam hollarda – anafilaktik shok, amiloidoz, immun komplekslarni hosil bo'lishi bilan kechuvchi reaktsiyalar (III turi). 

Endokrin tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – Itsenko-Kushing sindromi, gipertireoz, antidiuretik gormon sekresiyasini buzilishi; kam hollarda – gipotireoz. 

Metabolik buzilishlar va oziqlanishni buzilishlari: juda tez-tez – ishtahani pasayishi; tez-tez – suvsizlanish, gipokaliemiya, giponatriemiya, gipokaltsiemiya, qonda glyukozaning kontsentrasiyasini o'zgarishi, fermentlarning faolligini o'zgarishi; tez-tez emas – o'smani lizisi sindromi, tana vaznini qo'shilmasligi, gipomagniemiya, gipofosfatemiya, giperkaliemiya, giperkaltsiemiya, gipernatriemiya, siydik kislotasining kontsentrasiyasini o'zgarishi, qandli diabet, organizmda suyuqlikni ushlanib qolishi; kam hollarda – gipernatriemiya, asidoz, suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishi, suyuqlikni ortiqcha to'planishi, gipoxloremiya, gipovolemiya, giperxloremiya, giperfosfatemiya, moddalar almashinuvini buzilishi, V guruhi vitaminlarini tanqisligi, V12 vitaminini tanqisligi, podagra, ishtahani oshishi, alkogolni o'zlashtirolmaslik. 

Ruhiy buzilishlar: tez-tez – kayfiyatni buzilishlari va o'zgarishlari, uyquni buzilishlari va o'zgarishlari; tez-tez emas – ruhiy holatni o'zgarishlari, gallyusinasiyalar, ruhiy buzilishlar, ongni chalkashishi, qo'zg'aluvchan holati; kam hollarda – suiqasdlik fikrlari, adaptasiyani buzilishi, deliriy, libidoni pasayishi. 

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda tez-tez – neyropatiya, periferik sensor neyropatiya, nevralgiya; tez-tez – harakat neyropatiyasi, xushni yo'qolishi (shu jumladan xushdan ketish), bosh aylanishi, ta'm bilishni buzilishi, holsizlik, bosh og'rig'i; tez-tez emas – tremor, periferik sensor neyropatiya, diskineziya, muvozanatni buzilishi, xotirani yo'qolishi (dementsiyadan tashqari), entsefalopatiya, orqaga qaytuvchi orqa entsefalopatiya sindromi, neyrotoksiklik, tirishishlar, gerpesdan keyingi nevralgiya, nutqni buzilishi, "bezovta oyoqlar" sindromi, migren, ishias, diqqatni jamlash funktsiyasini buzilishi, patologik reflekslar, parosmiya; kam hollarda – bosh miyaga qon quyilishi, kalla suyagi ostiga qon quyilishi (shu jumladan subaraxnoidal), miya shishi, tranzitor ishemik huruj, koma, vegetativ nerv tizimini disbalansi, vegetativ neyropatiya, bosh miya nervlari falaji, falaj, parez, xushni yo'qotishdan oldingi holat, miya ustunini shikastlanish sindromi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, ildiz sindromi, psixomotor giperfaollik, orqa miya kompressiyasi, kognitiv buzilishlar, harakatni buzilishlari, nerv tizimini buzilishlari, radikulit, so'lak oqishi, mushaklar gipotoniyasi. 

Ko'rish a'zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – ko'zlarni shishi, ko'rishni buzilishi, kon'yunktivit; tez-tez emas – ko'zlarga qon quyilishi, qovoqlarni infektsiyasi, ko'zlarni yallig'lanishi, diplopiya, ko'zlarni qurishi, ko'zlarni ta'sirlanishi, ko'zlarda og'riq, ko'z yoshi oqishini kuchayishi, ko'zlardan ajralma ajralishi; kam hollarda – shox pardani shikastlanishi, ekzoftalm, retinit, skotoma, ko'zlarni shikastlanishi (shu jumladan qovoqlarni), dakrioadenit, yorug'likdan qo'rqish, fotopsiya, optik neyropatiya, ko'rishni turli darajadagi buzilishlari (ko'rlikkacha). 

Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – vertigo; tez-tez emas – quloqlarda shovqin, eshitishni buzilishi (karlikkacha), quloq sohasida diskomfort; kam hollarda – qon ketishi, vestibulyar neyronit, eshitishni buzilishi. 

Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – brak tomponadasi, kardiopulmonal shok, yurak fibrillyasiyasi (shu jumladan bo'lmachalar fibrillyasiyasi), yurak etishmovchiligi (shu jumladan chap va o'ng qorinchalar), aritmiya, taxikardiya, yurak urishini his etish, stenokardiya, perikardit (shu jumladan, ekssudativ perikardit), kardiomiopatiya, qorinchalar disfunktsiyasi, bradikardiya; kam hollarda – bo'lmachalar lipillashi, miokard infarkti, atrioventrikulyar blokada, yurak-qon tomir buzilishlari (shu jumladan, kardiogen shok), "piruet" taxisostoliyasi turidagi qorinchalar aritmiyasi, nostabil stenokardiya, yurak klapanlari kasalliklari, koronar etishmovchilik, sinus tugunini to'xtashi. 

Qon-tomirlari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – arterial bosimni pasayishi, ortostatik gipotenziya, arterial bosimni oshishi; tez-tez emas – insult, chuqur venalar trombozi, qon ketishi, tromboflebit (shu jumladan yuzaki), tsirkulyator kollaps (shu jumladan gipovolemik shok), flebit, qizib ketishlar, gematoma (shu jumladan, perirenal), periferik qon oqimini pasayishi, vaskulit, giperemiya (shu jumladan, okulyar giperemiya); kam hollarda – periferik qon-tomirlar emboliyasi, limfedema, terini oqarishi, eritromelalgiya, vazodilatasiya, venalarning rangini o'zgarishi, venoz etishmovchilik. 

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – hansirash, burundan qon ketishi, yuqori va quyi nafas yo'llari infektsiyalari, yo'tal; tez-tez emas – o'pka emboliyasi, plevra bo'shlig'iga suyuqlik yig'ilishi, o'pka shishi (shu jumladan, o'tkir kechuvchi), o'pka alveolalariga qon quyilishi, bronxospazm, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipoksemiya, nafas yo'llarini berkilishi, gipoksiya, plevrit, xiqichoq tutish, rinoreya, disfoniya, xushtaksimon nafas; kam hollarda – nafas etishmovchiligi, o'tkir respirator distress-sindrom, apnoe, pnevmotoraks, atelektaz, o'pka gipertenziyasi, qon tuflash, giperventilyasiya, ortopnoz, pnevmonit, respirator alkaloz, taxipnoe, o'pkalar fibrozi, bronxlar tomonidan buzilishlar, gipokapniya, o'pkaning intrestisial kasalligi, o'pka infiltrasiyasi, tomoqda siqilish hissi, tomoqni qurishi, yuqori nafas yo'llarining yuqori sekresiyasi, tomoqni ta'sirlanishi, yuqori nafas yo'llarining yo'tal sindromi. 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat; tez-tez – Miydan qon ketishi (shu jumladan, shilliq qavatlardan qon ketishi), dispepsiya, stomatit, miy tonusini buzilishi, tomoq va xalqum sohasida og'riq, qorin sohasida og'riq (shu jumladan, me'da-ichakda og'riq va taloqda og'riq), og'iz bo'shlig'i tomonidan buzilishlar, meteorizm; tez-tez emas – pankreatit (shu jumladan, surunkali), qon aralash qusish, lablar shishi, miy obstruktsiyasi (shu jumladan, ichak tutilishi), qorinda diskomfort, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida yaralarni hosil bo'lishi, enterit, gastrit, milklardan qon ketishi, gastroezofageal reflyuks kasalligi, kolit (shu jumladan, soxtamembranoz kolit), ishemik kolit, miy shilliq qavatini yallig'lanishi, disfagiya, ta'sirlangan ichak sindromi, miy tomonidan buzilishlar, tilda karash hosil bo'lishi, miy motorikasini buzilishi, so'lak bezlari tomonidan buzilishlar; kam hollarda – o'tkir pankreatit, peritonit, tilni shishi, assit, ezofagit, xeylit, axlatni ushlab turolmaslik, anal sfinkter atoniyasi, fekaloma, me'da-ichak yo'llarida yaralarni hosil bo'lishi va perforasiyasi, milklar gipertrofiyasi, megakolon, to'g'ri ichakdan ajralma ajralishi, tomoqda po'rsildoqlarni hosil bo'lishi, lablarda og'riq, periodontit, anal yoriqlar, defekasiya ritmini o'zgarishi, prostalgiya, axlatni buzilishi. 

Gepatobiliar tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – "jigar" fermentlarining faolligini o'zgarishi; tez-tez emas – gepatotoksiklik (shu jumladan, jigar funktsiyasini buzilishlari), gepatit, xolestaz; kam hollarda – jigar etishmovchiligi, gepatomegaliya, Badd-Kiar sindromi, tsitomegalovirus gepatiti, jigardan qon ketishi, o't-tosh kasalligi. 


Bortezomib bilan davolashni o'smalarga qarshi kimyoterapiyani qo'llash tajribasiga ega bo'lgan shifokorning nazorati ostida o'tkazish kerak. 

Bortezomib ixtiyoriy ravishda intratekal yuborilganida o'lim holatlari qayd etilgan. Bortezomib faqat vena ichiga va teri ostiga yuborish uchun mo'ljallangan. Intratekal yuborish mumkin emas. 

Har davolash tsiklini boshlashdan oldin va tsikl vaqtida leykositar formula va trombositlar miqdorini hisoblash bilan birga to'liq qon tahlilini o'tkazish kerak. 

Trombositopeniya/neytropeniya

Bortezol preparati bilan davolash trombositopeniya va neytropeniyaga olib kelishi mumkin. Trombositlarning eng kam miqdori odatda tsiklning 11 kunida kuzatiladi va keyingi tsiklni boshlanishiga tiklanadi. Trombositlar miqdorini tsiklga qarab davriy kamayishi va oshishi ko'p sonli mielomasi yoki mantiya hujayrali limfomasi bo'lgan pasientlarda klinik tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan. Dozalash tartiblaridan birortasida ham o'sib boruvchi trombositopeniya yoki neytropeniyani tasdiqlovchi ma'lumotlar yo'q. Trombositlarning miqdori < 25000/mkl pasayganida Bortezomib bilan davolashni to'xtatish kerak. Trombositlarning miqdori tiklanganida davolashni, davolashdan kutiladigan foyda va havf nisbatini yaxshilab taqqoslab, kamaytirilgan dozalarda davom ettirish kerak. 

Gematologik toksiklikni davolash uchun koloniestimulyator faktorlarini qo'llash, trombositar va eritrositar massalarni quyish mumkin. Melfalan va prednizon bilan bir vaqtda qo'llanganida, trombositlarning miqdori ≤ 30000/mkl bo'lganida preparat bilan davolashni to'xtatish kerak. 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar 

Ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish maqsadida qusishga qarshi preparatlarni qo'llash tavsiya etiladi. Diareya rivojlanganida diareyaga qarshi dori vositalari buyuriladi. Suvsizlanishni oldini olish yoki davolash uchun bemorlarga regidratasion davolash o'tkazish va suv-elektrolitlar muvozanatini ushlab turish kerak. Ichak tutilishini rivojlanganlik holatlari (tez-tez emas) xaqida xabarlar tushgan. 

Zo'rayib boruvchi multifokal leykoentsefalopatiya (ZML) 

Bortezol preparatini qabul qilgan pasientlarda zo'rayib boruvchi multifokal leykoentsefalopatiyaga va o'limga olib keluvchi, noma'lum etiologiyali Djon Kanningem virusli infektsiyasini juda kam rivojlanish holatlari xaqida xabarlar tushgan. ZML tashxisi qo'yilgan pasientlar Bortezol preparatini qo'llashdan avval yoki bir vaqtda qo'llash vaqtida immunodepressiv terapiya olganlar. Ko'pchilik holatlarda ZML tashxisi Bortezol preparatining birinchi dozasi yuborilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida qo'yilgan. ZML dan dalolat berishi mumkin bo'lgan nevrologik simptomlar yoki belgilarni rivojlanishi yoki yomonlashishini aniqlash uchun pasientlarni muntazam ravishda kuzatish lozim. ZML ga shubha qilinganida pasientni ZML sohasida faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassisga yuborish va muvofiq diagnostik choralarni amalga oshirish kerak. ZML tashxisi qo'yilganida Bortezol preparatini qo'llashni to'xtatish kerak. 

Periferik neyropatiya 

Neyropatiya rivojlanganida organizmni tutib turuvchi davolash o'tkaziladi. Odatda periferik neyropatiyani rivojlanish tezligi Bortezomib bilan davolashning 5 tsikliga kelib erishiladi. Periferik neyropatiyaning yangi simptomlari paydo bo'lganida yoki mavjud bo'lgan simptomlar kuchayganida bortezomibning dozasini kamaytirish va yuborish tartibini o'zgartirish talab etilishi mumkin. 

Neyropatiyaning simptomlari (achishish hissi, giperesteziya, gipesteziya, paresteziya, diskomfort hissi, neyropatik og'riq yoki holsizlik) rivojlanishi mumkinligi tufayli, pasientlar doimiy kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Neyropatiyani rivojlanish tezligi Bortezomib teri ostiga yuborilganida, u vena ichiga yuborilgandagiga nisbatan kam bo'ladi. 

Davolashni to'xtatishga yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin bo'lgan og'ir darajadagi vegetativ neyropatiyani rivojlanish holatlari kuzatilgan. 

Nevrologik baholash bilan birga neyropatiya simptomlari borligini erta va muntazam monitoringi bortezomibni neyropatiyani chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlar (masalan, Talidomid) bilan majmuada qabul qilayotgan pasientlarda o'tkazilishi kerak. Bunda dozani muvofiq ravishda pasaytirish yoki davolashni bekor qilish mumkinligi ko'rib chiqiladi. 

Tirishishlar 

Anamnezida tirishishlar yoki tutqanog'i bo'lmagan bemorlarda tirishishlarni ko'p bo'lmagan rivojlanish holatlari ta'riflangan. Tirishishlar rivojlanishini biror-bir havf omillari bo'lgan bemorlarni davolashda juda ehtiyotkorlik talab etiladi. 

Ortostatik gipotenziya 

Bortezomib bilan davolash ko'pincha ortostatik gipotenziya bilan kechadi. Ko'pgina holatlarda u engil yoki o'rtacha og'irlik darajasida bo'ladi va butun davolash davomida kuzatilishi mumkin. Kam hollarda xushni qisqa vaqt yo'qolishi kuzatilgan. Anamnezida xushdan ketish holatlari, diabetik neyropatiya bo'lgan, gipotenziv preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda, shuningdek diareya yoki qusish fonida suvsizlanish kuzatilgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bosh aylanishi, "boshda engillik" hissi yoki xushdan ketish holatida shifokorga murojaat qilish kerakligi xaqida bemorlar ogohlantirilishi kerak. Ortostatik gipotenziya rivojlanganida gidratasiya o'tkazish, glyukokortikosteroidlar va/yoki simpatomimetiklarni yuborish tavsiya etiladi; zarurat bo'lganida gipotenziv preparatlarning dozasini pasaytirish lozim. 

Yurak etishmovchiligi 

Bortezomib qo'llanganida mavjud bo'lgan surunkali yurak etishmovchiligini kuchayishi yoki uni rivojlanishi ta'riflangan. Yurak etishmovchiligining belgilari va simptomlarini rivojlanishiga suyuqlikni ushlanib qolishi shubha tug'dirishi mumkin. Anamnezida havf omillari yoki yurak kasalliklari bo'lgan bemorlar sinchkov kuzatuvda bo'lishlari lozim. 

Jigar etishmovchiligi 

Bortezomib bilan davolanish fonida yondosh davolash sifatida boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda o'tkir jigar etishmovchiligini rivojlanish holatlari ta'riflangan. Jigar funktsiyasini, jigar fermentlarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya yoki gepatit kabi bunday buzilish belgilari odatda Bortezomib bekor qilinganida o'tib ketgan. Bortezomib bilan davolash qayta boshlangandan keyin ushbu pasientlarning holati xaqida ma'lumotlar cheklangan. 

Jigar funktsiyasini buzilish simptomlari bo'lgan pasientlarga bortezomibni kichik boshlang'ich dozalarda buyurish va toksiklik rivojlanishini aniqlash uchun monitoring o'tkazish kerak, chunki Bortezomib jigar fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi va uning kontsentrasiyasi jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajada buzilishlarida oshishi mumkin ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). 

Orqaga qaytuvchan leykoentsefalopatiya sindromi 

Bortezomib qo'llanayotgan pasientlarda tirishishlar, arterial bosimni oshishi, bosh og'rig'i, letargiya, ongni chalkashishi, ko'rlik, karlik va boshqa vizual va nevrologik buzilishlar bilan kechishi mumkin bo'lgan, kam uchraydigan, nevrologik buzilishlar orqaga qaytuvchi – orqaga qaytuvchan leykoentsefalopatiya sindromi kuzatilgan. Tashxisni tasdiqlash uchun bosh miyani magnit-rezonans tomografiyasi o'tkaziladi. Orqaga qaytuvchan orqa entsefalopatiya sindromi rivojlanganida bortezomibni qo'llashni to'xtatish kerak. Orqaga qaytuvchan orqa entsefalopatiya sindromi erta aniqlanganidan so'ng Bortezomib bilan davolashni qayta boshlash havfsizligi noma'lum. 

Herpes zoster virusini qayta faollashuvi 

Davolovchi shifokorlar Bortezomib bilan davolanayotgan pasientlarda viruslarga qarshi profilaktika o'tkazish mumkinligini ko'rib chiqish kerak. Bortezomib, melfalan va prednizon bilan davolanayotgan pasientlarda Herpes zoster virusini qayta faollashish tezligi melfalan va prednizon bilan davolanayotgan pasientlarga nisbatan (muvofiq ravishda 14% va 4%) katta bo'lgan. Viruslarga qarshi profilaktikani o'tkazish Herpes zoster virusini qayta faollashish tezligini ishonarli pasaytiradi. 

O'pka funktsiyasini buzilishi 

Kam holatlarda Bortezomib qo'llanganida o'pkaning, noma'lum etiologiyali, pnevmonit, interstisial pnevmoniya, o'pka infiltrasiyasi va o'tkir nafas etishmovchiligi sindromi kabi o'tkir diffuz infiltrativ kasalliklari kuzatilgan. Ushbu holatlarning ayrimlari o'lim bilan yakunlangan. O'pka funktsiyasini buzilish simptomlari paydo bo'lganida yoki mavjud bo'lgan simptomlar yomonlashganida darhol diagnostika o'tkazish va pasientlarga muvofiq davolash buyurish kerak bo'ladi. 

O'smani lizisi sindromi 

O'smani lizisi sindromi bilan bog'liq bo'lgan giperurikemiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida pasientlarning qon zardobida siydik kislotasi va kreatininning kontsentrasiyasini aniqlash tavsiya etiladi. Giperurikemiyani bartaraf qilish uchun ko'p miqdorda suyuqlik ichish, zarurat bo'lganida allopurinol qabul qilish va siydikning muhitini ishqoriyga o'zgartirish tavsiya etiladi. 

Peroral gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarga Bortezomib qo'llanganida qonda glyukozaning darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak va zarurat bo'lganida gipoglikemik preparatlarning dozalariga tuzatish kiritish kerak. 

Jinsiy sheriklardan birortasini davolash vaqtida ishonchli kontratsepsiya usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

Immunokompleks tipidagi reaktsiyalar 

Zardob kasalligi, toshma bilan kechuvchi poliartrit, proliferativ glomerulonefrit kabi immunokompleks tipidagi reaktsiyalar ko'p qayd etilmagan. Jiddiy reaktsiyalar rivojlanganida bortezomibni qo'llashni to'xtatish kerak. 

Qo'llashdagi ehtiyotkorlik choralari 

Bortezomib bilan ishlashda tsitotoksik preparatlar bilan umumiy qabul qilingan muomala qoidalariga rioya qilish kerak. 

Avtomobilni va harakatlanayotgan mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Bortezomib bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan bosh aylanishi, xushdan ketish, ko'rish funktsiyasini buzilishlari va boshqa noxush ko'rinishlar kuzatilishi mumkinligi xaqida pasientlarni ogohlantirish lozim. Shunday simptomlar rivojlanganida pasientlar avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori darajada jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanishlari tavsiya etiladi.

ko'p sonli mieloma;

mantiya hujayrali limfoma.

Bortezomib, bor va mannitolga yuqori sezuvchanlik; 

homiladorlik va emizish davri; 

18 yoshgacha bo'lgan bolalar (qo'llash tajribasi yo'q); 

o'pkaning o'tkir diffuz infiltrativ kasalliklari; 

perikardni shikastlanishi; 

SUR3A izofermentining kuchli induktorlari (rifampisin, karbamazepim, fenitoin, fenobarbital, teshik dalachoy) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan: jigar funktsiyasini og'ir va o'rtacha darajada buzilishi; buyrak funktsiyasini og'ir darajada buzilishi; anamnezida tirishishlar yoki tutqanoq; xushdan ketishlar; anamnezida diabetik neyropatiya; gipotenziv preparatlarni bir vaqtda qabul qilish; diareya yoki qusish fonida suvsizlanish; qabziyat; surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish havfi; CYP3A4 izofermentining ingibitorlari yoki substratlarini bir vaqtda qabul qilish, CYP2C9 izofermentining substratlari, peroral gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bortezomib tsitoxrom R450 1A2, 2S9, 2S19, 2D6 va 3A4 izofermentlarining kuchsiz ingibitori hususiyatlarini namoyon qiladi. 

Bortezomibning metabolizmida CYP2D6 izofermentini qisman ishtiroki (7%) borligidan kelib chiqib, ushbu fermentning faolligi past bo'lgan odamlarda preparatni umumiy taqsimlanishini o'zgarishi kutilmaydi. 

Bortezomibning farmakokinetikasiga CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori ketokonazol bilan o'zaro ta'sirini o'rganish bortezomibning o'rtacha AUC ("kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni) qiymatini o'rtacha 35% ga oshishini ko'rsatgan. Shuning uchun bir vaqtda Bortezomib va CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori (ketokonazol, ritonavir)ni qabul qilayotgan bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. 

Bortezomibning farmakokinetikasiga CYP2C19 izofermentining kuchli ingibitori omeprazol bilan o'zaro ta'sirini o'rganish yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotda bortezomibning farmakokinetikasida ahamiyatli o'zgarishlar aniqlanmagan. 

Bortezomibning farmakokinetikasiga CYP3A4 izofermentining kuchli induktori rifampisin bilan o'zaro ta'sirini o'rganish bortezomibning o'rtacha AUC ("kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni) qiymatini o'rtacha 45% ga pasayishini ko'rsatgan. Shuning uchun bortezomibni CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki davolash samaradorligi pasayishi mumkin. CYP3A4 izofermentining induktorlariga rifampisin, karbamazepin, fenitoin, fenobarbital va teshik dalachoy kiradi. Aynan shu tadqiqotda CYP3A4 izofermentining kuchsiz induktori deksametazonning samarasi baholangan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, bortezomibning farmakokinetikasini ahamiyatli o'zgarishlari aniqlanmagan. 

Melfalan-prednizon majmuasi bilan dorilarning o'zaro ta'sirini o'rganish bortezomibning o'rtacha AUC ("kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni) qiymatini o'rtacha 17% ga oshishini ko'rsatgan. Bu o'zgarish klinik jihatdan ahamiyatli hisoblanmaydi. 

Qandli diabet bilan xastalangan, peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilgan bemorlarda gipoglikemiya va giperglikemiya holatlari qayd etilgan. 

Bortezomib periferik neyropatiyani assosiasiya qilishi mumkin bo'lgan preparatlar (amiodaron, viruslarga qarshi vositalar, izoniazid, nitrofurantoin yoki statinlar) va arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar bilan birga qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25С dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati -2 yil. O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng preparatni ishlatish mumkin emas.

 oq rangdan deyarli oq ranggacha bo'lgan liofilizatlangan massa yoki kukun.

Bortezomib vena ichiga oqim bilan 3-5 sekund davomida yoki teri ostiga yuboriladi.

Bortezol dori preparati faqat vena ichiga va teri ostiga yuborish uchun ko'rsatilgan. Intratekal yuborilganida o'lim holatlari qayd etilgan.

Vena ichiga yuborilganida eritmaning kontsentrasiyasi 1 mg/ml ni tashkil etishi kerak. Teri ostiga yuborilganida eritmaning kontsentrasiyasi 2,5 mg/ml ni tashkil etishi kerak.

Vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan eritmaning va teri ostiga yuborish uchun eritmaning kontsentrasiyasida farq bo'lganligi tufayli, eritmaning kontsentrasiyasi juda sinchiklab hisoblanishi kerak.

Monoterapiya

Qaytalanuvchi ko'p sonli mieloma va qaytalanuvchi mantiya hujayrali limfoma

Bortezomibning tavsiya etiladigan dozasi tana yuzasi maydoniga 1,3 mg/m2 ni tashkil etadi, 2 hafta davomida haftada ikki marta (1, 4, 8 va 11 kunlari) yuboriladi, keyinchalik 10-kunlik (12-21 kunlari) tanaffus qilinadi. Bortezol preparatining ketma-ket yuboriladigan dozalari o'rtasida kamida 72 soat o'tishi kerak. Klinik javob reaktsiyasi darajasini 3 va 5 davolash tsikli o'tkazilganidan keyin baholash tavsiya etiladi.

To'liq klinik javob reaktsiyasiga erishilganida 2 ta qo'shimcha davolash tsiklini o'tkazish tavsiya etiladi.

Davolash tsikli davomiyligi 8 tadan ortiq bo'lganida Bortezol preparatini standart sxema bo'yicha yoki qaytalanuvchi ko'p sonli mielomani tutib turuvchi davolash sxemasi bo'yicha – 4 hafta davomida har kuni (1, 8, 15, 22 kunlari) qo'llash mumkin, keyinchalik 13-kunlik tanaffus (23-35 kunlari) qilinadi. Bortezol preparati bilan davolashda klinik javob reaktsiyasi kuzatilmagan pasientlarga (2 yoki 4 davolash tsiklidan keyin muvofiq ravishda kasallikni zo'rayishi yoki barqarorlashuvi) Bortezol preparati bilan birga deksametazonning yuqori dozalari majmuada buyurilishi mumkin. Bunday holatda Bortezol preparatining har bir dozasi bilan 40 mg deksametazon peroral buyuriladi: Bortezol preparati yuborilgan kunida 20 mg va Bortezol preparati yuborilganidan so'ng keyingi kunida 20 mg qabul qilinadi. Shunday qilib, deksametazon 1, 2, 4, 5, 8, 9, 11 va 12 kunlari qabul qilinadi, 3 haftada umumiy 160 mg qabul qilinadi.

Dozaga tuzatish kiritish va davolashni qaytadan boshlash

Gematologik toksiklikning 4-chi darajasi yoki neyropatiyadan tashqari, nogematologik toksiklikning 3-chi darajasi rivojlanganida Bortezol preparati bilan davolashni to'xtatish kerak. Toksiklikning simptomlari yo'qolganidan keyin Bortezol preparati bilan davolashni 25% ga kamaytirilgan dozada (1,3 mg/m2 doza 1,0 mg/m2 gacha kamaytiriladi; 1,0 mg/m2 doza 0,7 mg/m2 gacha kamaytiriladi) qayta boshlash mumkin.

Bortezol preparatini qo'llash bilan bog'liq neyropatik og'riq va/yoki periferik sensor neyropatiya paydo bo'lganida preparatning dozasi 1-jadvalga muvofiq o'zgartiriladi. Davolashni tugatishga yoki to'xtatishga olib keladigan og'ir darajadagi vegetativ neyropatiyani rivojlanish holatlari kuzatilgan. Anamnezida og'ir neyropatiya bo'lgan bemorlarda Bortezol preparatini havf/foyda nisbati yaxshilab baholangandan keyin qo'llash mumkin.

1-jadval. Bortezol preparatini qo'llash oqibatida chaqirilgan neyropatik og'riq va/yoki periferik sensor yoki harakat neyropatiyasi rivojlanganida tavsiya etilgan dozani o'zgartirishlar

Periferik neyropatiyani og'irlik darajasi

Preparatning dozasi va yuborishlar sonini o'zgartirish

1-chi daraja (paresteziya, holsizlik va/yoki reflekslarni susayishi) og'riqsiz yoki funktsiyani susayishisiz kechuvchi.

Preparatning dozasiga va yuborish tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Og'riq bilan kechuvchi 1-chi daraja yoki
2-chi daraja (funktsiyani buzilishi bilan, ammo kundalik faollikni buzilishisiz kechuvchi).

Dozasi 1,0 mg/m2 gacha pasaytirilsin yoki yuborish tartibi haftada 1 marta 1,3 mg/m2 gacha o'zgartirilsin.

Og'riq bilan kechuvchi 2-chi daraja yoki 3-chi daraja (kundalik faollikni buzilishi bilan kechuvchi).

Bortezomibni qo'llash toksiklikning simptomlari yo'qolgunicha to'xtatilsin. Shundan keyin preparatning dozasini 0,7 mg/m2 gacha pasaytirib va yuborishlar tezligini haftada bir martagacha kamaytirib, davolash qaytadan boshlansin.

4-chi daraja (nogironlikka olib keluvchi sensor neyropatiya yoki hayotga havf tug'diruvchi yoki falajga olib keluvchi harakat neyropatiyasi)

Bortezomibni qo'llash to'xtatilsin.


Majmuaviy davolash

Ilgari davolanmagan, va o'zak hujayralarni transplantasiyasini o'tkazish uchun nomzod hisoblanmagan pasientlarda ko'p sonli mieloma

Melfalan va prednizon bilan majmuada tavsiya etiladigan dozasi

Bortezomib vena ichiga oqim bilan 3-5 sekund davomida yoki teri ostiga ichga qabul qilinadigan melfalan va prednizon bilan majmuada yuboriladi. To'qqizta 6-haftalik tsikllar 2-jadvalda ko'rsatilganidek o'tkaziladi. 1-4 tsikllarda Bortezomib haftada 2 marta (1, 4, 8, 11, 22, 25, 29 va 32 kunlari), 5-9 tsikllarda esa – haftada 1 marta (1, 8, 22 va 29 kunlari) yuboriladi.

2-jadval. Ilgari davolanmagan ko'p sonli mieloma bilan xastalangan, o'zak hujayralarni transplantasiyasini o'tkazish ko'rsatilmagan pasientlarda melfalan va prednizon bilan majmuada qo'llanadigan bortezomibning tavsiya etiladigan dozalash sxemasi

Bortezomib haftada 2 marta (1-4 tsikllar)

Haftalar

1

2

3

4

5

6

Bortezomib

(1,3 mg/m2)

1 4

kun kun

   8 11

 kun kun

tanaffus davri

  22 25

 kun kun

  29 32

 kun kun

tanaffus davri

Melfalan

(9 mg/m2) +

Prednizon

(60 mg/m2)

   1 2 3 4
kun kun kun kun

tanaffus davri

Bortezomib haftada 1 marta (5-9 tsikllar)

Haftalar

1

2

3

4

5

6

Bortezomib

(1,3 mg/m2)

   1
kun      -       -        -

8

kun

tanaffus davri

22

kun

29

kun

tanaffus davri

Melfalan

(9 mg/m2) +

Prednizon

(60 mg/m2)

    1 2 3 4

kun kun kun kun

tanaffus davri


Bortezomib melfalan va prednizon bilan birga qo'llanganida preparatning dozasi va qo'llash sxemasiga tuzatish kiritish

Yangi davolash tsiklini boshlashdan avval:

trombositlarning soni ≥ 70000/mkl bo'lishi kerak;

neytrofillarning mutloq miqdori (NMM) ≥ 1000/mkl;

nogematologik toksiklik 1 darajagacha yoki dastlabki darajagacha pasayishi kerak.

3-jadval. Navbatdagi davolash tsikllarida dozaga tuzatish kiritish

Toksikligi

Dozaga tuzatish kiritish yoki dozani kechiktirish

Ilgarigi davolash tsiklidagi gematologik toksiklik:

- Davomli neytropeniya yoki 4 darajali trombositopeniya, yoki qon ketishi bilan kechuvchi trombositopeniya

Navbatdagi tsiklda melfalanning dozasini 25% ga kamaytirish lozim

- Bortezomib yuborilgan kunda (1 kundan tashqari) trombositlarning miqdori ≤ 30000/mkl yoki NMM ≤ 750/mkl

Bortezomibni yuborishni kechiktirish

- Bir tsiklda bortezomibni yuborishni biroz kechiktirish (haftada 2 marta yuborilganida ≥ 3 marta yoki haftada 1 marta yuborilganida ≥ 2 marta)

Bortezomibning dozasi 1 darajaga pasaytiriladi (1,3 mg/m2 dan 1,0 mg/m2 gacha; 1,0 mg/m2 dan 0,7 mg/m2 gacha).

Nogematologik toksiklik ≥ 3 daraja

Bortezomibni qo'llash nogematologik toksiklik 1 darajagacha yoki dastlabki darajagacha pasaygunicha kechiktiriladi. Shundan keyin Bortezomib bilan davolashni 1 qadamga (1,3 mg/m2 dan 1,0 mg/m2 gacha; 1,0 mg/m2 dan 0,7 mg/m2 gacha) pasaytirilgan dozada qayta boshlash mumkin. Bortezomibni qo'llash bilan bog'liq neyropatik og'riq va/yoki periferik neyropatiya rivojlanganida navbatdagi dozasini yuborish kechiktiriladi va/yoki 1-jadvalda ko'rsatilganidek dozaga tuzatish kiritiladi.


Melfalan va prednizon xaqida qo'shimcha ma'lumotlar ushbu preparatlarning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalarida keltiriladi.

Ilgari davolanmagan, va o'zak hujayralarni transplantasiyasini o'tkazish uchun nomzod hisoblangan pasientlarda ko'p sonli mieloma

Tavsiya etiladigan doza

Bortezomib boshqa dori preparatlari bilan majmuada qo'llanganida uning tavsiya etiladigan boshlang'ich dozasi tana yuzasi maydoniga 1,3 mg/m2 ni tashkil etadi, 2 hafta davomida haftada ikki marta (1, 4, 8, 11 kunlari) yuboriladi, keyinchalik 10-18 kun davomiylikdagi tanaffus qilinadi, bu holat davolashning 1 tsiklini tashkil etadi. 3 dan 6 tagacha shunday tsikllarni o'tkazish kerak. Bortezol preparatini ketma-ket yuboriladigan dozalari o'rtasida kamida 72 soat o'tishi kerak.

O'zak hujayralar transplantasiyasini o'tkazish ko'rsatilgan pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritishni 1-jadvalda keltirilgan tavsiyalarga muvofiq o'tkazish kerak.

Bortezol preparati bilan majmuada qo'llanadigan dori preparatlarni dozalash bo'yicha ko'rsatmalar ularning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalarida keltirilgan.

Qaytalanuvchi ko'p sonli mieloma

Polietilenglikol birikkan liposomal doksorubitsin bilan majmuada qo'llanganida tavsiya etiladigan dozasi

Bortezol preparatining dozasiga tuzatish kiritish va dozasi bo'yicha ko'rsatmalar yuqorida "monoterapiya" kichik bo'limida ta'riflangan.

Polietilenglikol birikkan liposomal doksorubitsin 30 mg/m2 dozada Bortezol preparatini 3-haftalik qo'llash tsiklining 4-chi kunida 1 soat davomiylikdagi vena ichiga infuziya ko'rinishida Bortezomib yuborilgan zahoti yuboriladi.

Polietilenglikol birikkan liposomal doksorubitsin xaqida qo'shimcha ma'lumot ushbu preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasida keltiriladi.

Deksametazon bilan majmuada qo'llanganida tavsiya etiladigan dozasi

Bortezol preparatining dozasiga tuzatish kiritish va dozasi bo'yicha ko'rsatmalar yuqorida "monoterapiya" kichik bo'limida ta'riflangan.

Deksametazon ichga 20 mg dozada Bortezol preparati yuborilgan kunda va keyingi kunda qabul qilinadi.

Deksametazon xaqida qo'shimcha ma'lumot ushbu preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasida keltiriladi.

Ko'p sonli mielomani takroran davolash

Bortezol preparati bilan ilgari davolanish (monoterapiya yoki majmuaviy terapiya) ga nisbatan javob reaktsiyasi kuzatilgan pasientlarda qaytalanish kuzatilganida davolashni eng yuqori o'zlashtiriladigan doza bilan boshlash kerak.

Dozalash bo'yicha ko'rsatmalar "monoterapiya" kichik bo'limida ta'riflangan.

Ilgari davolanmagan mantiya hujayrali limfoma

Rituksimab, tsiklofosfamid, doksorubitsin va prednizon bilan majmuada qo'llanganida tavsiya etiladigan dozasi

Bortezol preparatining dozasiga tuzatish kiritish va dozasi bo'yicha ko'rsatmalar yuqorida "monoterapiya" kichik bo'limida ta'riflangan. Bortezomib bilan 6 ta davolash tsiklini o'tkazish kerak. Agar pasientlarda davolashga javob reaktsiyasi dastlab 6-chi tsikl vaqtida kuzatilsa, Bortezol preparati bilan yana 2 ta qo'shimcha davolash tsiklini o'tkazish tavsiya etiladi.

Bortezol preparati bilan har 3-haftalik davolash tsiklining 1-chi kunida vena ichiga infuziya ko'rinishida quyidagi dori preparatlarni: rituksimab 375 mg/m2 dozada, tsiklofosfamid 750 mg/m2 dozada va doksorubitsin 50 mg/m2 dozada yuborish kerak. Prednizon Bortezol preparati bilan har davolash tsiklining 1, 2, 3, 4 va 5 kunlarida 100 mg/m2 dozada ichga qabul qilinadi.

Ilgari davolanmagan mantiya hujayrali limfomani davolash vaqtida dozaga tuzatish kiritish

Yangi davolash tsiklini (1 tsikldan tashqari) boshlashdan oldin:

trombositlarning miqdori ≥ 100000/mkl va neytrofillarning mutloq miqdori (NMM) ≥ 1500/mkl bo'lishi kerak;

gemoglobinning kontsentrasiyasi ≥ 8 g/dl (≥ 4,96 mmol/l) bo'lishi kerak;

nogematologik toksiklik 1 darajagacha yoki dastlabki darajagacha pasayishi kerak.

Gematologik toksiklikning 3-chi darajasi yoki neyropatiyadan tashqari, istalgan nogematologik toksik samaraning 3-chi darajasi rivojlanganida, Bortezol preparati bilan davolashni to'xtatish kerak. Dozaga tuzatish kiritish bo'yicha ko'rsatmalar 4-jadvalda keltirilgan.

4-jadval. Ilgari davolanmagan mantiya hujayrali limfoma bilan xastalangan pasientlarda davolanish vaqtida dozaga tuzatish kiritish

Toksiklik

Dozaga tuzatish kiritish yoki kechiktirish

Gematologik toksiklik:

Isitma bilan kechuvchi neytropeniya ≥ 3 daraja yoki 7 kundan ortiq davom etuvchi 4 darajadagi neytropeniya, trombositlar-ning miqdori ≤ 10000/mkl

Bortezol preparati bilan davolash pasientda quyidagi ko'rsatkichlar: NMM ≥ 750/mkl, trombositlarning miqdori ≥ 25000/mkl kuzatiladigan muddatgacha 2 haftagacha bo'lgan muddatga to'xtatilishi kerak.

Agar davolash to'xtatilganida toksikligi yuqorida ta'riflangan ko'rsatkichlargacha kamaymasa, u holda davolash butunlay to'xtatilishi kerak.

Agar toksiklik ko'rsatkichlar: NMM > 750/mkl, trombositlarning miqdori > 25000/mkl bo'lgungacha kamaysa, u holda Bortezol preparatining dozasi 1 qadamga pasaytirilishi (1,3 mg/m2 dan 1,0 mg/m2 gacha, yoki 1,0 mg/m2 dan 0,7 mg/m2 gacha) kerak.

Bortezol preparati yuboriladigan kunda (1 kundan tashqari) trombositlarning miqdoni < 25000/mkl yoki NMM < 750/mkl

Bortezol preparatini yuborish kechiktiriladi

Nogematologik toksiklik 3 ≥ daraja

Bortezol preparatini qo'llash nogematologik toksiklik 2 daraja va undan past darajagacha pasaygunigacha kechiktiriladi. Shundan keyin Bortezol preparati bilan davolashni 1 qadamga (1,3 mg/m2 dan 1,0 mg/m2 gacha yoki 1,0 mg/m2 dan 0,7 mg/m2 gacha) pasaytirilgan dozada qayta boshlash mumkin. Bortezol preparatini qo'llash bilan bog'liq neyropatik og'riq va/yoki periferik neyropatiya rivojlanganida navbatdagi dozasini yuborish kechiktiriladi va/yoki 1-jadvalda ko'rsatilganidek dozaga tuzatish kiritiladi.

Rituksimab, tsiklofosfamid, doksorubitsin va prednizonni dozalash tartibi yuzasidan ma'lumotlar ushbu preparatlarning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalarida keltirilgan.

Pasientlarning maxsus guruhlari

Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar

Buyrak funktsiyasini buzilish darajasi bortezomibning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. Shu boisdan buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Dializ bortezomibning qondagi kontsentrasiyasini pasaytirishi mumkinligi tufayli, preparatni dializ o'tkazilganidan keyin yuborish kerak.

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar

Jigar funktsiyasini engil darajada buzilishlari bo'lgan pasientlarga preparatning boshlang'ich dozasini o'zgartirish talab etilmaydi. Tavsiya etilgan dozani buyurish kerak. Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajada buzilishlari bo'lgan pasientlarga bortezomibni kamaytirilgan dozada buyurish kerak (5-jadvalga qarang).

5-jadval. Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda bortezomibning boshlang'ich tavsiya etilgan dozasiga o'zgartirish kiritishlar

Jigar funktsiyasi buzilishini og'irlik darajalari

Bilirubinning kontsentrasiyasi

ACT ning faolligi

Boshlang'ich dozaga o'zgartirish kiritishlar

Engil

≤ 1,0 x NYUCH

>NYUCH

Talab etilmaydi

> 1,0 x-1,5 x NYUCH

istalgan

Talab etilmaydi

O'rtacha

> 1,5 x-3 x NYUCH

istalgan

Bortezomibni birinchi tsikl davomida kamaytirilgan 0,7 mg/m2 dozada buyurish talab etiladi. Dozani 1,0 mg/m2 gacha oshirish ehtimolini yoki keyinchalik pasient tomonidan o'zlashtirilishiga qarab navbatdagi tsikllarda dozani 0,5 mg/m2 gacha kamaytirishni ko'rib chiqish kerak.

Og'ir

> 3 x NYUCH

istalgan


Ast = aspartataminotransferaza

NYUCH = normaning yuqori chegarasi

Qo'llash usuli

Bortezol o'smalarga qarshi preparat hisoblanadi. Eritmani tayyorlashda va preparat bilan muomala qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Muvofiq aseptika qoidalariga rioya qilish kerak. Teri bilan kontaktda bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun qo'lqoplar va boshqa himoya kiyimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Preparatni, 0,9% li natriy xloridi eritmasidan tashqari, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash

Flakonning ichidagisi 3,5 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi. Vena ichiga yuborish uchun tayyorlangan eritmaning kontsentrasiyasi – 1,0 mg/ml bo'ladi.

Tayyorlangan eritma tiniq va rangsiz bo'lishi kerak. Eritmada mexanik zarrachalar aniqlanganida yoki uning rangi o'zgarganida tayyorlangan eritmani ishlatish mumkin emas.

Tayyorlangan eritma periferik yoki Markaziy venoz kateter orqali 3-5 sekund davomida vena ichiga bolyus in'ektsiya ko'rinishida yuboriladi, so'ngra esa in'ektsiya uchun natriya xloridining 0,9% li eritmasi bilan yuviladi.

Teri ostiga yuborish uchun eritmani tayyorlash

Flakonning ichidagisi 1,4 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi. Teri ostiga yuborish uchun tayyorlangan eritmaning kontsentrasiyasi – 2,5 mg/ml bo'ladi.

Tayyorlangan eritma tiniq va rangsiz bo'lishi kerak. Eritmada mexanik zarrachalar aniqlanganida yoki uning rangi o'zgarganida tayyorlangan eritmani ishlatish mumkin emas.

Tayyorlangan eritma teri ostiga son sohasiga (o'ng yoki chap) yoki qorin sohasiga (o'ng yoki chap) yuboriladi. Preparatni yuborish sohasini doimo o'zgartirib turish kerak. Har navbatdagi in'ektsiya ilgari in'ektsiya qilingan joydan kamida 2,5 sm masofada yuborilishi kerak. Preparatni sezuvchan sohalarga, shikastlangan sohalarga (qizargan, ko'kargan sohalarga), shuningdek ignani yuborish qiyinchilik tug'diradigan sohalarga yuborish mumkin emas.

Teri ostiga yuborilgan sohada mahalliy reaktsiyalar rivojlanganida bortezomibning teri ostiga yuborish uchun kontsentrasiyasi kamroq eritmasini (2,5 mg/ml o'rniga 1 mg/ml eritmasini; buning uchun flakonning ichidagisi 3,5 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi) yuborish yoki preparatni vena ichiga yuborishga o'tish mumkin. 

Bortezomibni tavsiya etilgan dozadan 2 marta yuqori dozada yuborish arterial bosimni o'tkir pasayishi va o'lim bilan yakunlangan trombositopeniya bilan namoyon bo'lgan. 

Bortezomibga spesifik antidot ma'lum emas. Dozasi oshirib yuborilganida pasientning hayotiy muhim funktsiyalari ko'rsatkichlarini va tana haroratini nazorat qilish, arterial bosimni ushlab turish uchun muvofiq davolash o'tkazish (infuzion davolash, qon-tomirlarni toraytiruvchi va/yoki inotrop preparatlar yuborish) kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida preparatni qo'llash mumkin emas. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to'xtatish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1 dori vositasi Фармасинтез -Норд, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MAYBORTE liofilizat 3,5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: бортезомиб ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120
BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N360
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N360
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
IMATINIB tabletkalari 400 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
Narh: 900 000 so'mdan Batafsil
IMATINIB tabletkalari 100 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
BIKALUTAMID tabletkalari 150 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9