×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Капецитабин
Qadoqda soni:
- 120
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармасинтез -Норд, АО
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- L01BC06
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
ANASTROZOL tabletkalari 1mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
98 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg, 500 mg

Dori preparatining birlamchi o'rami 

10 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o'ramlarda. 

60, 120, 360 va 500 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar birinchi marta ochilish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankalarda. Bankalarga yozma qog'oz yoki o'zi elimlanadigan polimer materiallardan tayyorlangan yorliq elimlanadi. 

Dori vositasining ikkilamchi o'rami 

6 yoki 12 kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 1 bankadan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

ta'sir etuvchi modda: kapesitabin 150 mg, 500 mg

yordamchi moddalar: gipromelloza – 3,0 mg/10,0 mg, natriy karboksimetilkraxmal (primogel) – 9,3 mg/31,0 mg, kopovidon – 1,5 mg/5,0 mg, natriy kroskarmelloza – 4,8 mg/ 16,0 mg, laktoza monogidrati – 30,6 mg/102,0 mg, magniy stearati – 2,25 mg/7,5 mg, talk – 1,95 mg/6,5 mg, mikrokristall tsellyuloza – 15,6 mg/52,0 mg. 

tayyor suvda eruvchan plyonka qobig'i: 6,0 mg/20,0 mg (qobig'ini tarkibi: gipromelloza – 74,2%, makrogol 6000 – 14,3%, titan dioksidi – 3,5%, talk – 2,3%, temir II oksidi bo'yovchisi – 4,3%, temir III oksidi bo'yovchisi – 1,4%).

Kapesitabin – ftorpirimidin karbamatining hosilasi bo'lib, peroral tsitostatik hisoblanadi, o'sma to'qimasida faollashadi va unga selektiv tsitotoksik ta'sir ko'rsatadi. In vitro sharoitida kapesitabin tsitotoksik samaraga ega, bir vaqtning o'zida in vivo sharoitida ftorurasil (Fu)ga aylanadi, u keyinchalik metabolizmga uchraydi. 

Funi hosil bo'lishi asosan o'sma to'qimasida o'smaning angiogen faktori – timidinfosforilaza ta'sirida amalga oshadi, bu esa organizmning sog'lom to'qimalariga Funing tizimli ta'sirini minimal darajaga olib keladi. Kapesitabinni Fuga ketma-ket keluvchi fermentli biotransformasiyasi, atrofdagi sog'lom to'qimalarga nisbatan o'sma to'qimalarida yanada yuqoriroq kontsentrasiyalarini hosil qiladi. Yo'g'on ichak raki bo'lgan bemorlarga kapesitabin peroral qo'llanganidan keyin o'pka to'qimasida Funing kontsentrasiyasi, atrofdagi sog'lom to'qimalardagi uning kontsentrasiyasiga nisbatan 

3,2 barobar yuqori bo'ladi. O'sma to'qimasi va plazmadagi Funing kontsentrasiyasi nisbati 21,4, uning sog'lom to'qimalar va plazmadagi kontsentrasiyasi nisbati 8,9 ga teng. Birlamchi kolorektal o'smada timidinfosforilazaning faolligi ham atrofidagi sog'lom to'qimalardagiga nisbatan 4 barobar yuqori. 

Sut bezlari, me'da, yo'g'on ichak, bachadon bo'yni va tuxumdonlar raki bilan xastalangan bemorlarning o'sma hujayralarida 5'-DFUR (5'-dezoksi-5-ftoruridin) ni Fuga aylantirishga qodir timidinfosforilaza, muvofiq sog'lom to'qimalardagiga nisbatan ko'proq saqlanadi. 

Ham sog'lom, ham o'sma hujayralari Funi 5-ftor-2-dezoksiuridin monofosfat (Fdumf) va 5-ftoruridin trifosfati (FUTF)ga metabolizmga uchrashiga olib keladilar. Ushbu metabolitlar ikkita turli mexanizmlar orqali hujayralarni shikastlaydilar. Birinchidan, Fdumf va folat kofaktori N5-10-metilentetragidrofolati timidilatsintetaza bilan bog'lanib, uchlamchi kompleks hosil qiladi. Ushbu bog'lanish urasildan timidilat hosil bo'lishini bostiradi. Timidilat timidin trifosfatning muhim o'tmishdoshi hisoblanadi, u o'z navbatida DNK sintezi uchun juda muhim, shu boisdan ushbu moddaning etishmovchiligi hujayralarni bo'linishini susayishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, RNK sintezi jarayonida yadroning transkripsion fermentlari uridin trifosfati (UTF)ni o'rniga xato ravishda unga Futfni jalb qilishi mumkin. Ushbu metabolik "xatolik" RNK prosessingini va oqsil sintezini izdan chiqaradi.

Kapesitabin ichga qabul qilinganidan keyin tez va to'liq so'riladi, shundan keyin uni 

5'-dezoksi-5-ftortsitidin (5'-DFST) va 5'-DFUR metabolitlariga transformasiyasi kuzatiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish kapesitabinni so'rilish tezligini kamaytiradi, biroq 5'-DFUR va navbatdagi metaboliti, Fu ning "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni (AUC) kattaligiga ahamiyatsiz ta'sir qiladi. Kapesitabin 1250 mg/m2 dozada ovqatdan keyin qabul qilinganida 14-chi kunga kelib kapesitabin, 

5'- DFST, 5'- DFUR, Fu va FBAL ning maksimal kontsentrasiyalari (Smax) muvofiq ravishda 4,47; 3,05; 12,1; 0,95 va 5,46 mkg/ml ni tashkil etgan. Maksimal kontsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) muvofiq ravishda 1,50; 2,00; 2,00; 2,00 va 3,34 soatni, AUC0-∞ esa – 7,75; 7,24; 24,6; 2,03 va 36,3 mkg×soat/ml ni tashkil etgan. Kapesitabin, 5'-DFST, 5'-DFUR va Fu larni plazma oqsillari (eng avvalo, albumin) bilan bog'lanishi muvofiq ravishda 54 %, 10 %, 62 % va 10 % ni tashkil etadi. 

Jigar karboksiesterazasi kapesitabinni 5'-DFST ga birinchi marta metabolik aylantiradi, so'ngra esa asosan jigarda va o'sma to'qimalarida mavjud bo'ladigan tsitidindezaminaza ta'siri ostida 5'-DFUR ga transformasiya bo'ladi. Keyinchalik faol tsitotoksik metabolit Fu gacha transformasiyasi, asosan o'sma to'qimasida o'sma angiogen faktori – timidinfosforilaza ta'sirida amalga oshadi. 

Fu uchun AUC ko'rsatkichi, Fu 600mg/m2 dozada vena ichiga oqim bilan yuborilgandan keyingi ko'rsatkichga nisbatan 6-22 barobar kam. Kapesitabinning metabolitlari Fu ga va Funing metabolitlariga aylanganidan keyingina tsitotoksik bo'ladilar. So'ngra Fu katalizga uchrab, nofaol metabolitlar – digidro-5-ftorurasil (FUN2), 

5-ftorureidopropion kislotasi (FUPK) va alfa-ftor-beta-alanin (FBAL) hosil bo'ladi; ushbu jarayon digidropirimidindegidrogenaza (DPD) ta'sirida amalga oshadi, uning faolligi reaktsiya tezligini cheklaydi. 

Kapesitabin, 5'-DFSR, 5'-DFUR, Fu va FBAL larning yarim chiqarilish davri (T½) muvofiq ravishda 0,85, 1,11, 0,66, 0,76 va 3,23 ni tashkil etadi. Kapesitabin, 5'-DFST va 5'-DFUR larning farmakokinetik ko'rsatkichlari 1-chi va 14-chi kunlarda bir xil bo'ladi. Funing AUC ko'rsatkichi 14-chi kunga kelib 30-35% oshadi va shundan keyin (22 kun) oshmaydi. Terapevtik dozalar diapazonida, Fu dan tashqari, kapesitabin va uning metabolitlarining farmakokinetik ko'rsatkichlari dozaga bog'liq hususiyatga ega bo'ladi. Kapesitabin ichga qabul qilinganidan keyin uning metabolitlari asosan buyraklar orqali – 95,5%, ichak orqali – 2,6% chiqariladi. Siydikdagi asosiy metaboliti bo'lib FBAL hisoblanadi, u qabul qilingan dozaning 57% ni tashkil etadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 3% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. 

Majmuaviy davolash 

Kapesitabinni dosetaksel yoki paklitakselning farmakokinetikasiga (Smax va AUC) biror-bir ta'siri, shuningdek dosetaksel yoki paklitakselni 5'-DFUR (kapesitabinning asosiy metaboliti) ning farmakokinetikasiga ta'siri aniqlanmagan. 


Pasientlarning maxsus guruhlaridagi farmakokinetikasi 

Jins, davolashni boshlashdan avval jigarda metastazlarni borligi yoki yo'qligi, pasientning umumiy ahvoli indeksi, umumiy bilirubin, zardob albuminining kontsentrasiyasi, alaninaminotransferaza (Alt) va aspartataminotransferaza (ast)ning faolligi 5'-DFUR, Fu va FBAL larning farmakokinetikasiga ishonarli ta'sir ko'rsatmagan. 

Jigarni metastatik shikastlanishi bilan bog'liq bo'lgan jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlar 

Jigar funktsiyasini, metastazlar bilan bog'liq bo'lgan, engil va o'rtacha darajada buzilishlari bo'lgan pasientlarda kapesitabinning farmakokinetikasi va biofaollashuvini klinik ahamiyatli o'zgarishlari kuzatilmaydi. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarda farmakokinetikasi bo'yicha ma'lumotlar yo'q. 

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlar 

Turli darajadagi (engildan og'ir darajagacha) jigar etishmovchiligi bo'lgan onkologik bemorlarda o'tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarning natijalari, kapesitabin va Funing farmakokinetikasi kreatinin klirensi (kk) ga bog'liq emasligini ko'rsatadi. Kk 

5'-DFUR ning AUC kattaligiga (kk 50% ga pasayganida AUC ni 35% ga oshishi) va Fbalning AUC kattaligiga (kk 50% ga pasayganida AUC ni 114% ga oshishi) ta'sir qiladi. FBAL – antiproliferativ faollikka ega bo'lmagan metabolit. 

Keksa yoshdagi bemorlar 

Pasientlarning yoshi 5'-DFUR va Funing farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. 65 yosh va undan oshgan pasientlarda Fbalning AUC ko'rsatkichi oshgan (yoshni 20% ga oshishi Fbalning AUC ko'rsatkichini 15% ga oshishi bilan kechgan), bu holat ehtimol, buyrak funktsiyasini o'zgarishi bilan ifodalanadi. 

Pasientlarning irqi 

Negroid irqiga mansub pasientlarda kapesitabinning farmakokinetikasi Evropa irqiga mansub pasientlardagi ko'rsatkichlardan farq qilmagan.

Kapesitabinni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan eng ko'p kuzatiladigan nojo'ya samaralar me'da-ichak yo'llari (miy) tomonidan buzilishlar (diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, stomatit), kaft-tovon sindromi, kuchli toliqish, asteniya, anoreksiya, kardiotoksiklik, anamnezida buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda buyrak etishmovchiligini kuchayishi, shuningdek trombozlar/emboliyalar bo'lgan. Preparatni qo'llash bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan nojo'ya samaralar 4 va 5-jadvallarda uchraz tezligi bo'yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000 - <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

4-jadval. Kapesitabinni monoterapiya sifatida qabul qilgan pasientlarda qayd etilgan nojo'ya samaralar.

A'zolar tizimi

Juda tez-tez (barcha darajalar)

Tez-tez (barcha darajalar)

Tez-tez emas (og'ir va/yoki hayot uchun havf tug'diruvchi (3-4 darajalar), yoki klinik jihatdan ahamiyatli hisoblanuvchi)

Kam hollarda

Infektsion va parazitar kasalliklar

-

Gerpes virusli infektsiyalar, nazofaringit, quyi nafas yo'llarining infektsiyalari

Sepsis, siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari, Tsellyulit, tonzillit, faringit, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, gripp, gastroenterit, zamburug'li infektsiyalar, tish infektsiyalari, abssessi

-

Havfsiz, havfli va noma'lum o'smalar

-

-

Lipoma

-

Qon va limfa tizimlari tomonidan

-

Neytropeniya, anemiya

Febril neytropeniya, pantsitopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya, leykopeniya, gemolitik anemiya, xalqaro normallashtirilgan nisbatni oshishi, protrombin vaqtini uzayishi

-

Immun tizimi tomonidan

-

-

Yuqori sezuvchanlik

-

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan

Anoreksiya

Suvsizlanish, tana vaznini pasayishi

Ishtahani pasayishi, ovqat hazm bo'lishini buzilishi, qandli diabet, gipokaliemiya, gipertrigliseridemiya

-

Ruhiyatni buzilishlari

-

Uyqusizlik, depressiya

Ongni chalkashishi, panik hurujlar, libidoni pasayishi, tushkunlik kayfiyat

-

Nerv tizimi tomonidan

-

Bosh og'rig'i, holsizlik, bosh aylanishi (vertigodan tashqari), paresteziyalar, disgevziya

Afaziya, xotirani buzilishi, ataksiya, xushdan ketishlar, muvozanatni buzilishi, sezuvchanlikni yo'qolishi, periferik neyropatiya, toksik leykoentsefalopatiya

-

Ko'rish a'zolari tomonidan

-

Ko'z yoshini ko'p oqishi, kon'yunktivit, ko'zlarni ta'sirlanishi

Ko'rish o'tkirligini pasayishi, diplopiya

-

Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari

-

-

Vertigo, quloqlarda og'riq

-

Yurak tomonidan

-

-

Stenokardiya, shu jumladan nostabil, miokard ishemiyasi, aritmiya, qorinchalar ustki aritmiyasi (shu jumladan bo'lmachalar fibrillyasiyasi), taxikardiya, sinusli taxikardiya, yurak urishini his etish

-

Qon-tomirlari tomonidan

-

Tromboflebit

Chuqur venalar trombozi, arterial bosimni oshishi/ pasayishi, petexiyalar, "qizib ketishlar", qo'l-oyoqlarning distal bo'limlarini sovuq qotishi

-

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan

-

Hansirash, burundan qon ketishi, yo'tal, rinoreya

O'pka arteriyasi emboliyasi,

pnevmotoraks, qon tuflash,

bronxial astma, jismoniy yuklamada hansirash

-

Me'da-ichak yo'llari tomonidan

Diareya, qusish, ko'ngil aynishi, stomatit (shu jumladan yarali), qorinda og'riq

Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, qabziyat, qorinning yuqori qismida og'riq, dispepsiya, meteorizm, og'izni qurishi

Ichak tutilishi, assit, enterit, gastrit, disfagiya, qorinning pastki qismida og'riq, ezofagit, qorinda diskomfort, gastroezofageal reflyuks, kolit, qon aralash axlat kelishi

-

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan

-

Giperbilirubinemiya, jigarning funktsional sinamalarini o'zgarishi

Sariqlik

-

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan

Kaft-tovon eritrodizesteziya sindromi

Teri toshmasi, alopesiya, makulyar toshma, eritema, terini qurishi, qichishishi, terini giperpigmentasiyasi, terini qipiqlanishi, dermatitlar, Tirnoqlarni o'zgarishi, teri pigmentasiyasini buzilishi.

Terida yaralar, po'rsildoqni hosil bo'lishi, nur ta'siridagi dermatit, eshakemi, yorug'likka sezuvchanlik reaktsiyalari, kaft eritemasi, yuzni shishi, purpura

Terida yoriqlarni paydo bo'lishi

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalari tomonidan

-

Qo'l-oyoqlarda og'riq, belda og'riq, artralgiya.

Bo'g'imlarni shishi, suyaklarda og'riq, yuzda og'riq, bo'g'imlarni tangligi, mushaklarni zaifligi

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan

-

-

Gidronefroz, siydikni tutib turolmaslik, gematuriya, nikturiya, qon plazmasida kreatinin kontsentrasisini oshishi

-

Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan

-

-

Qindan qon ketishlar

-

Umumiy buzilishlari va yuborilgan joydagi buzilishlar

Kuchli toliqish, asteniya, uyquchanlik

Isitma, periferik shishlar, lohaslanish, holsizlik, ko'krakda og'riq

Shishlar, etni uvishishi, grippsimon sindrom, tana xaroratini oshishi, titroq.

-

5-jadval. Kapesitabinni majmuaviy davolash tarkibida qabul qilgan pasientlarda qayd etilgan nojo'ya samaralar, kapesitabin bilan monoterapiyada qayd etilgan reaktsiyalarga qo'shimcha, yoki kapesitabin bilan monoterapiyada kuzatilgan nojo'ya samalarga nisbatan ko'proq kuzatilgan nojo'ya samaralar.

A'zolar tizimi

Juda tez-tez (barcha darajalar)

Tez-tez (barcha darajalar)

Infektsion va parazitar kasalliklar

-

O'rab oluvchi gerpes, siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari, rinit, gripp, og'iz bo'shlig'i gerpesi, infektsiyalari

Qon va limfa tizimlari tomonidan

Neytropeniya (shu jumladan tana xaroratini 38°S dan yuqori bo'lishi bilan assosiasiyalangan 3-4 darajadagi neytropeniya), leykopeniya, anemiya, trombositopeniya

Mielosupressiya, febril neytropeniya

Immun tizimi tomonidan

-

Yuqori sezuvchanlik

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan

Tana vaznini pasayishi, ishtahani pasayishi

Gipokaliemiya, giponatriemiya, gipomagniemiya, gipo/ giperkaltsiemiya, giperglikemiya

Ruhiyatni buzilishlari

-

Uyquni buzilishi, havotirlanish

Nerv tizimi tomonidan

Paresteziya, dizesteziya, periferik neyropatiya, periferik sensor neyropatiya, disgevziya, bosh og'rig'i

Neyrotoksiklik, tremor, nevralgiya, gipesteziya

Ko'rish a'zolari tomonidan

Qo'z yoshini ko'p ajralishi

Ko'rishni buzilishi, ko'rishni noaniqligi, ko'zlarni qurishi, ko'zlarda og'riq

Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari

-

Quloqlarda shovqin, karlik

Yurak tomonidan

-

Bo'lmachalar fibrillyasiyasi, miokard ishemiyasi (jumladan miokard infarkti)

Qon-tomirlari tomonidan

Oyoqlarni shishi, arterial bosimni oshishi,

trombozlar/emboliyalar

Giperemiya, arterial bosimni pasayishi, gipertonik kriz, "qizib ketishi" hissi, flebit

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan

Tomoqda og'riq, xiqildoq-halqum dizesteziyasi

Burundan qon ketishi, rinoreya, halqum va xiqildoqda og'riq, disfoniya

Me'da-ichak yo'llari tomonidan

Qabziyat, dispepsiya

Miyning yuqori bo'limlaridan qon ketishi, xiqichoq tutish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida yaralarni hosil bo'lishi, gastrit, qorinni dam bo'lishi, gastroezofageal reflyuks, og'iz bo'shlig'ida og'riq, disfagiya, to'g'ri ichakdan qon ketishi, qorinning pastki qismida og'riq, og'iz sohasi dizesteziyasi, paresteziyasi va gipesteziyasi, qorinda diskomfort

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan

-

Jigar funktsiyasini buzilishi

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan

Alopesiya, Tirnoqlarni o'zgarishi

Gipergidroz, eritematoz toshma, eshakemi, tunda terlash

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalari tomonidan

Mialgiya, artralgiya, qo'l-oyoqlarda og'riq

Jag'da og'riq, mushak spazmlari, trizm, mushaklarni zaifligi

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan

-

Gematuriya, proteinuriya, kreatinin klirensini pasayishi, dizuriya

Umumiy buzilishlari va yuborilgan joydagi buzilishlar

Isitma, holsizlik, lohaslik (3-4 daraja), yuqori xaroratni o'zlashtirolmaslik

Og'riq, shilliq qavatlarni yallig'lanishi, qo'l-oyoqlarda og'riq, qo'l-oyoqlarda og'riq, et uvishishi, ko'krakda og'riq, grippsimon sindrom, qon talashishlar

Laborator va instrumental ma'lumotlar

-

Giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi,

giperkreatininemiya

Boshqalar

-

Kontuziya

Klinik tadqiqotlarda va kapesitabin qo'llanganida jigar etishmovchiligi va xolestatik gepatit holatlari qayd etilgan. Kapesitabinni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan.

Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi tajriba

Ko'rish a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: kam hollarda – shox pardani shikastlanishi, jumladan keratit, nuqtali keratit, ko'z yoshi kanalini noma'lum stenozi.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan: kam hollarda – jigar etishmovchiligi, xolestatik gepatit.

Yurak tomonidan kuzatilgan buzilishlar: kam hollarda – qorinchalar fibrillyasiyasi, QT oralig'ini uzayishi, "piruet" taxisistoliya tipidagi qorinchalar aritmiyasi, bradikardiya.

Qon-tomirlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: kam hollarda – vazospazm.

Teri va teri osti yog'kletchatkasi tomonidan: kam hollarda – tizimli qizil yugurik (teri shakli), juda kam hollarda – Stivens-Djoson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: kam hollarda – degidratasiya oqibatida o'tkir buyrak etishmovchiligi, jumladan o'lim bilan yakunlangan holatlar.

Dori vositalari ta'siridagi ayrim noxush reaktsiyalar ta'rifi

Diareya

Diareya kapesitabin bilan davolanish vaqtida 50% pasientlarda kuzatilgan. 4700 nafardan ortiq pasientlar ishtirok etgan, kapesitabin bilan davolangan 14 klinik tadqiqotlar meta-tahlil qilinishi natijasida diareyani rivojlanish havfi oshishi bilan statistik jihatdan assosiasiyalangan kovariatlar: kapesitabinning boshlang'ich dozasini oshishi (grammlarda), o'rganilayotgan davolash davrini uzayishi (haftalarda), pasientning yoshini ortishi (har 10 yilda), ayol jinsi aniqlangan. Diareyani rivojlanish havfini kamayishi bilan statistik jihatdan assosiasiyalangan kovariatlar: kapesitabinning kumulyativ dozasini oshishi (0,1 • kg) va davolashning dastlabki 6 haftasida dozaning nisbiy jadalligini oshishi hisoblanadi.

Og'ir diareyasi bo'lgan pasientlarni yaxshilab kuzatish, degidratasiyada ularga regidratasiya o'tkazish va suv-elektrolitlar muvozanatini tiklash kerak. Ko'rsatmalarga ko'ra, diareyaga qarshi standart preparatlarni (masalan, loperamid) iloji boricha ertaroq qabul qilish tavsiya etiladi.

Kardiotoksiklik

4 va 5 jadvallarda keltirilgan nojo'ya samaralardan tashqari, kapesitabin bilan monoterapiyada quyidagi noxush reaktsiyalar: kardiomiopatiya, yurak etishmovchiligi, to'satdan kuzatiladigan o'lim va qorinchalar ekstrasistoliyasi 0,1% dan kamroq rivojlanish tezligi bilan kuzatilgan.

Entsefalopatiya

Kapesitabin bilan monoterapiya o'tkazilganida 0,1% dan kamroq rivojlanish tezligi bilan entsefalopatiya kuzatilgan.

Pasientlarning maxsus guruhlaridagi nojo'ya reaktsiyalar

Keksa yoshdagi pasientlar

Kapesitabinni monoterapiya ko'rinishida yoki dosetaksel bilan majmuada qabul qilgan
≥ 60 yoshdagi keksa pasientlarda < 60 yoshdagi pasientlarga nisbatan jiddiy noxush reaktsiyalar va 3-4 og'irlik darajasidagi noxush reaktsiyalarni rivojlanish tezligini oshishi kuzatilgan. Dosetaksel bilan majmuaviy davolangan ≥ 60 yoshdagi ko'pgina pasientlarda < 60 yoshdagi pasientlarga nisbatan nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanishi oqibatida davolashni ertaroq tugatilishi aniqlangan. 4700 nafardan ortiq pasientlar ishtirok etgan, kapesitabin qabul qilgan 14 klinik tadqiqotlar meta-tahlil qilinishi natijasida, pasientning yosh ko'rsatkichi (har 10 yilda) ko'paygan sayin kaft-tovon sindromi va diareyani rivojlanish havfini oshganligi, ayni vaqtda neytropeniyani rivojlanish havfini esa, aksincha, kamayganligi aniqlangan.

Jins

Ayol pasientlarda kaft-tovon sindromi va diareyani rivojlanish havfini statistik ahamiyatli darajada oshishi kuzatiladi, neytropeniyani rivojlanish havfi past bo'ladi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar

Davolash boshlanishidan oldin buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan, kapesitabin bilan monoterapiya sifatida davolangan pasientlarda buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarga nisbatan davolash bilan bog'liq 3 va 4 darajadagi nojo'ya reaktsiyalarni uchrash tezligini oshishi (buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lmagan pasientlarda – 36%, engil darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar – 41% va o'rtacha buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar – 54%) kuzatilgan. O'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dozani pasaytirish zaruriyati (44%) buyrak etishmovchiligi bo'lmagan (33%) va engil darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan (32%) pasientlarga nisbatan ko'proq kuzatilgan, va davolashni muddatidan oldin to'xtatish ko'proq kuzatilgan. 

Kapesitabin bilan davolash o'smalarga qarshi kimyoterapevtik preparatlar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan shifokorning nazorati ostida o'tkaziladi. Ko'pgina nojo'ya samaralari orqaga qaytuvchan va preparatni butunlay bekor qilishni talab etmaydi, garchi preparatning dozasiga tuzatish kiritish yoki vaqtinchalik bekor qilish zaruriyati yuzaga kelishi mumkin. 

Preparatning dozasini cheklaydigan nojo'ya reaktsiyalar diareya, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, stomatit, kaft-tovon sindromi hisoblanadi. 

Diareya 

Kapesitabin diareyani, ba'zida og'ir darajadagi diareyani chaqirishi mumkin. Og'ir diareyasi bo'lgan bemorlarni yaxshilab kuzatish, degidratasiya kuzatilganida suyuqlik va elektrolitlarni o'rnini to'ldirish kerak. Kanada Milliy onkologiya institutining mezonlariga muvofiq (NCIC sts, 2 versiyasi) diareyaning 2 darajasi – axlat kelishini sutkada 4-6 martagacha ko'payishi yoki tungi vaqtda axlatni kelishi, diareyaning 3 darajasi – axlat kelishini sutkada 7-9 martagacha ko'payishi yoki axlatni ushlab turolmaslik va malabsorbtsiya sindromi, diareyaning 4 darajasi – axlat kelishini sutkada 10 marta va undan ko'proq martaga ko'payishi, axlatda qonni paydo bo'lishi yoki parenteral tutib turuvchi davolash zaruriyati sifatida belgilanadi. 2, 3 va 4 darajadagi diareya paydo bo'lganida kapesitabin bilan davolashni diareya yo'qolgunicha yoki uning jadalligi 1 darajagacha kamaygunicha to'xtatish kerak. 3 va 4 darajadagi diareyada kapesitabin bilan davolash kamaytirilgan doza bilan boshlanishi kerak. Diareyaga qarshi standart preparatlar (masalan, loperamid)ni buyurish tavsiya etiladi. 

Degidratasiya 

Degidratasiyani (anoreksiya, asteniya, ko'ngil aynishi, qusish yoki diareyasi bo'lgan bemorlarda tezda rivojlanishi mumkin) oldini olish yoki rivojlangan zahoti bartaraf qilish kerak. 

Degidratasiya, ayniqsa davolashni boshlanishi vaqtida buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda yoki agar pasient kapesitabinni nefrotoksik ta'sirga ega bo'lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan bo'lsa, o'tkir buyrak etishmovchiligini rivojlanishiga, ayrim holatlarda o'lim bilan yakunlanishiga sabab bo'lishi mumkin. 

2 yoki undan yuqori darajadagi degidratasiya rivojlanganida kapesitabin bilan davolashni zudlik bilan to'xtatish va regidratasiya o'tkazish kerak. Regidratasiya tugamagunicha va degidratasiyaga olib kelgan omillar bartaraf yoki korrektsiya qilinmagunicha davoshlashni qayta boshlash mumkin emas. 

Kaft-tovon sindromi 

Terini zaharlanish ko'rinishlari bo'lib 1-3 darajadagi kaft-tovon sindromini (sinonimlari: kaft-tovon eritrodizesteziyasi yoki kimyoterapiya oqibatida yuzaga kelgan akral eritema) rivojlanishi hisoblanadi. Rivojlangungacha bo'lgan vaqt 11 kundan 360 kungacha, o'rtacha 79 kunni tashkil etadi. 

1 darajadagi kaft-tovon sindromi bemorning kundalik faolligini izdan chiqarmaydi va kaft va/yoki tovonlarni uvishishi, dizesteziyalari va paresteziyalari, sanchishi yoki qizarishi, diskomfort bilan namoyon bo'ladi. 2 darajadagi kaft-tovon sindromi oyoq kafta va/yoki tovonlarni og'riqli qizarishi va shishi bilan namoyon bo'ladi, bunda ushbu simptomlar tomonidan chaqirilgan diskomfort pasientning kundalik faolligini izdan chiqaradi. 

3 darajadagi kaft-tovon sindromi kaftlarda va/yoki tovonlarda nam deskvamasiya, yaralarni hosil bo'lishi, pufakchalarni hosil bo'lishi va keskin og'riqlar bilan xarakterlanadi, ular pasientda kuchli diskomfort chaqiradi, bunda kundalik faollikning har qanday turlarini bajarish imkoni bo'lmaydi. 

2 yoki 3 darajadagi kaft-tovon sindromi rivojlanganida preparatni qo'llashni simptomlar yo'qolgunicha yoki 1 darajagacha kamaygunicha to'xtatish kerak; 3 darajadagi sindrom rivojlanganida kapesitabinning navbatdagi dozalarini kamaytirish kerak. 

Agar kapesitabin tsisplatin bilan bir vaqtda qo'llanilsa, kaft-tovon sindromini rivojlanishini oldini olish yoki simptomatik davolash o'tkazish uchun V6 vitaminini buyurish mumkin emas, chunki piridoksin qo'llanganida tsisplatinning samaradorligi pasayishi mumkin. 

Kapesitabin bilan davolanishda kaft-tovon sindromi rivojlanishini oldini olishda dekspantenolning samaradorligi xaqida ma'lumotlar mavjud. 

Kardiotoksiklik 

Kapesitabin bilan davolanganda kardiotoksiklik doirasi boshqa ftormirimidinlar ishlatilganida kuzatiladigan kardiotoksiklik doirasi bilan o'xshash va miokard infarkti, stenokardiya, aritmiyalar, kardiogen shok, to'satdan kuzatiladigan o'lim va EKG dagi o'zgarishlar, jumladan QT oralig'ini uzayishidan iborat. Aritmiyalar (jumladan qorinchalar fibrillyasiyasi, piruet tipidagi qorinchalar taxikardiyasi, bradiaritmiya), stenokardiya, miokard infarkti, yurak etishmovchiligi va kardiomiopatiya kapesitabin qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. Ushbu noxush ko'rinishlar yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan pasientlar uchun ko'proq xos. Anamnezida stenokardiya va aritmiyalari bo'lgan pasientlar kapesitabin bilan davolanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi 

Kolorektal rak bilan xastalangan, kapesitabin bilan monoterapiya sifatida davolangan 60-79 yoshdagi pasientlarda me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatiladigan toksik ko'rinishlarni tezligi pasientlarning umumiy populyasiyasidagi uchrash tezligidan farqlanmagan. 80 yosh va undan oshgan pasientlarda diareya, ko'ngil aynishi va stomatit kabi 3 va 4 darajadagi orqaga qaytuvchan me'da-ichak buzilishlari ko'proq rivojlangan. Kapesitabin va boshqa o'smalarga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolangan, ≥ 65 yoshdagi pasientlarda davolash bilan bog'liq 3 va 4 darajadagi noxush ko'rinishlar, jiddiy noxush ko'rinishlar va noxush ko'rinishlar tufayli davolashni erta bekor qilish tezligini 65 yoshdan kichik pasientlardagi rivojlanish tezligiga nisbatan oshishi kuzatilgan. Kapesitabin va dosetaksel bilan majmuaviy davolangan ≥ 60 pasientlarda havfsizligi bo'yicha ma'lumotlar tahlil qilinganida davolash bilan bog'liq 3 va 4 darajadagi noxush ko'rinishlar, jiddiy noxush ko'rinishlar va noxush ko'rinishlar tufayli davolashni erta bekor qilish tezligini 60 yoshdan kichik pasientlardagi rivojlanish tezligiga nisbatan oshishi kuzatilgan.

Gipo - yoki giperkaltsiemiya 

Kapesitabin bilan davolanish vaqtida gipo - yoki giperkaltsiemiyani rivojlanish holatlari xaqida xabarlar tushgan. Gipo - yoki giperkaltsiemiya mavjud bo'lgan pasientlarni kapesitabin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Markaziy va periferik nerv tizimining kasalliklari 

Markaziy va periferik nerv tizimining kasalliklari (masalan, bosh miyada metastazlari yoki neyropatiyalar) bo'lgan pasientlarni kapesitabin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Qandli diabet yoki suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari 

Qandli diabet bilan xastalangan yoki suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari bo'lgan pasientlarni kapesitabin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki kapesitabin bilan davolash suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari yoki qandli diabetning kechishini og'irlashtirishi mumkin. 


Kumarin hosilalari bilan davolash 

Kapesitabinni varfarinning bir martalik dozasi bilan o'zaro ta'sirini o'rganishda varfarinning S-izomerining AUC ko'rsatkichini ahamiyatli oshishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari, ehtimol kapesitabin CYP2C9 izofermentini ingibitsiya qilishini ko'rsatadi. Kapesitabin qabul qilayotgan pasientlarga peroral antikoagulyantlar – kumarin hosilalari buyurilganida antikoagulyantlarning samaradorligi (Xnn va protrombin vaqti) ni nazorat qilish, va zarurat bo'lganida dozaga tuzatish kiritish kerak. 

Digidropirimidindegidrogenaza tanqisligi 

Kam holatlarda toksiklikning, ftorurasil (Fu) ni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan, kutilmagan og'ir ko'rinishlari (masalan, stomatit, diareya, neytropeniya va neyrotoksiklik) digidropirimidindegidrogenaza (DPD) ning faolligini etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan. Shunday ekan, Dpdning faolligini pastligi va Funing o'limga olib keluvchi potentsial toksik samaralarini oshishi o'rtasidagi bog'liqlikni istisno qilish mumkin emas. DPD tanqisligi bo'lgan pasientlarda kapesitabinni qo'llash mumkin emas. DPD tanqisligiga tashxis qo'yilmagan pasientlarda dozani o'tkir oshirib yuborilishi sifatida namoyon bo'luvchi hayot uchun havf tug'diruvchi toksik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. 2-4 darajadagi o'tkir toksiklik kuzatilgan pasientlarda toksiklikning ko'rinishlari bartaraf bo'lgunicha davolash zudlik bilan to'xtatilishi kerak. Kapesitabin bilan davolashni bekor qilish masalasini hal qilish uchun toksik samaralarning og'irligi va davomiyligiga klinik baho berish kerak. 

Buyrak etishmovchiligi 

Shifikorlar buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarga kapesitabin buyurishganida ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Fu qo'llash tajribasi, davolash bilan bog'liq bo'lgan 3 va 4 darajadagi noxush reaktsiyalar ko'pincha o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 30-50 ml) bo'lgan bemorlarda rivojlanishini ko'rsatadi. 

Jigar etishmovchiligi 

Engil yoki o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda sinchkov monitoring (jigarda metastazlar borligi yoki yo'qligidan qat'iy nazar) o'tkazish talab etiladi. 

Agar kapesitabin bilan davolash tufayli, normaning yuqori chegarasidan 3 barobardan ko'proq oshgan giperbilirubinemiya, yoki "jigar" aminotransferazalari (Alt, ast) ning faolligini normaning yuqori chegarasidan 2,5 barobardan ko'proq oshishi kuzatilsa, kapesitabinni qo'llashni to'xtatish kerak. Bilirubinning kontsentrasiyasi va "jigar" transaminazalarining faolligi ko'rsatilgan chegalardan past qiymatlarga pasayganida davolashni qayta boshlash mumkin. 

Oftalmologik asoratlar 

Kapesitabin bilan davolanish vaqtida, ayniqsa anamnezida ko'z kasalliklari bo'lgan pasientlarda, keratit va shox pardani shikastlanishi kabi, oftalmologik asoratlarni aniqlash uchun sinchkov monitoring o'tkazish lozim. Aniqlangan patologiyani davolashni klinik vaziyatga qarab o'tkazish lozim. 

Og'ir darajadagi teri reaktsiyalari 

Kapesitabin Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) kabi jiddiy teri reaktsiyalari rivojlanishini, shu jumladan o'lim bilan yakunlanishini chaqirishi mumkin. Kapesitabinni qo'llash fonida og'ir darajadagi teri reaktsiyalari rivojlanganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va uni qayta boshlamaslik kerak. 


Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 


Sut bezi raki

Sut bezining mahalliy tarqalgan yoki metastatik rakini, antrasiklinlardan iborat kimyoterapiya samarasiz bo'lganida, dosetaksel bilan birga majmuaviy davolash uchun. 

Taksanlar va antrasiklinlar bilan kimyoterapiyaga rezistent bo'lgan yoki ularni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar bo'lgan sut bezining mahalliy tarqalgan yoki metastatik rakini monoterapiya sifatida davolash uchun qo'llanadi. 

Kolorektal rak

Yo'g'on ichak rakining III bosqichini jarrohlik yo'li bilan davolangandan keyingi adyuvant davolash uchun.

Metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo'llanadi. 

Me'da raki

Me'daning tarqalgan rakini birinchi qator davolash uchun qo'llanadi.

Kapesitabinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;

ftorurasilga yuqori sezuvchanlik yoki anamnezida ftorpirimidin hosilalari bilan davolashga nisbatan kutilmagan yoki og'ir nojo'ya reaktsiyalarni qayd etilgan rivojlanish holatlarida;

boshqa ftorpirimidinlar uchun bo'lgani kabi, digidropirimidindegidrogenazani (DPD) aniqlangan tanqisligida;

sorivudin yoki uning kimyoviy analoglari, masalan, brivudin bilan bir vaqtda qabul qilinganida;

og'ir darajadagi jigar etishmovchiligida;

og'ir leykopeniya, neytropeniya (1,5 × 109/l dan kam), trombositopeniya (100 × 109/l dan kam) bo'lganida;

og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligida (kk minutiga 30 ml dan kam);

homiladorlik va emizish davrida;

18 yoshgacha bo'lgan bolalarda (qo'llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan) preparatni qo'llash mumkin emas.

Agar majmuaviy davolash sxemasining istalgan boshqa preparatiga qarshi ko'rsatmalar bo'lsa, u holda preparatni qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: yurak ishemik kasalligi, o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 30-50 ml), engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi, keksa shaxslar (60 yosh va undan oshgan), kumarin qatori peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilish, Markaziy va periferik nerv tizimining kasalliklari, qandli diabet va suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari, gipo - va giperkaltsiemiya, anamnezida yurak-qon tomir kasalliklari (aritmiyalar, stenokardiya) va anemiya, anamnezida ko'z kasalliklari bo'lganida; laktozani o'zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori preparatlari – SUR2S9 izofermentining substratlari 
Kapesitabin va, varfarindan tashqari, SUR2S9 izofermenti ta'sirida metabolizmga uchraydigan preparatlarning o'zaro ta'sirini o'rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Kapesitabin va SUR2S9 izofermentining substratlari hisoblangan preparatlar bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, masalan. 

Antikoagulyantlar – kumarin hosilalari 
Kapesitabin va kumarin hosilalari guruhiga mansub antikoagulyantlar (varfarin yoki fenprokumon kabilar)ni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda koagulyasiya ko'rsatkichlarini o'zgarish holatlari va/yoki qon ketishlari xaqida xabarlar tushgan. Ushbu noxush ko'rinishlar preparatni qabul qilish boshlangan vaqtdan boshlab bir necha kundan bir necha oygacha bo'lgan davrda, ayrim holatlarda esa – kapesitabin bilan davolash to'xtatilganidan so'ng 1 oy davomida rivojlangan. 
Varfarinning bir martalik 20 mg dozasi qabul qilinganidan so'ng dorilarning o'zaro ta'sirini o'rganish natijalariga binoan kapesitabin varfarinning S-izomerining AUC ko'rsatkichini 57% ga oshirgan, bunda xalqaro normallashtirilgan nisbatni (Xnn) 91% ga oshishi kuzatilgan. R-izomeri o'zaro ta'sirga uchramaganligi tufayli, tadqiqotning natijalari, kapesitabin CYP2C9 izofermentini ingibitsiya qilishini, ammo SUZ1A2 va CYP3A4 izofermentlariga ta'sir qilmasligini ko'rsatadi. 
Kapesitabin va peroral antikoagulyantlar – kumarin hosilalarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda qon ivishi ko'rsatkichlari (protrombin vaqti, Xnn) ni yaxshilab nazorat qilish va antikoagulyantning dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak. 
Fenitoin 
Fenitoin va kapesitabin bir vaqtda qo'llanganida qon plazmasida fenitoinning kontsentrasiyasi oshadi, bu holat fenitoinning nojo'ya samaralarini rivojlanish havfini oshiradi. Fenitoinni kapesitabin bilan bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda fenitoinning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini sinchkov monitoringini o'tkazish kerak. 
Kaltsiy folinat 
Kaltsiy folinat kapesitabin va uning metabolitlarining farmakokinetik ko'rsatkichlariga ta'sir qilmaydi. Biroq kaltsiy folinatni kapesitabinning farmakodinamikasiga ta'siri hisobiga kapesitabinning toksik samarasi kuchayishi mumkin. 
Sorivudin va uning analoglari 
Digidropirimidindegidrogenaza (DPD) fermentini sorivudin tomonidan bostirilishi tufayli, sorivudin va ftorurasil o'rtasida yuzaga keluvchi klinik ahamiyatli o'zaro ta'sir yoritilgan. Bu holat ftorpirimidinlarning potentsial fatal toksikligini kuchayishiga olib keladi. Shuning uchun kapesitabinni sorivudin yoki uning brivudin kabi kimyoviy analoglari bilan qo'llash mumkin emas. Sorivudin va uning analoglari bilan davolashni to'xtatish va kapesitabin bilan davolashni boshlash o'rtasida kamida to'rt hafta o'tishi kerak. 
Antasidlar 
Albminiy va magniy gidroksidlarini saqlovchi antasidlarni ta'siri qon plazmasida kapesitabin va bitta metaboliti (5'-DFST) ning kontsentrasiyasini biroz oshishidan iborat bo'lgan; ular uchta asosiy metabolitlariga (5'-DFUR, 5-Fu va FBAL) ta'sir qilmagan. 
Allopurinol 
Allopurinol kapesitabinning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Kapesitabinni allopurinol bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. 
Interferon alfa 
Interferon 2-alfa (sutkada 3 mln me/m2) bilan bir vaqtda qo'llanganida kapesitabinning o'zlashtira olinadigan maksimal dozasi sutkada 2000 mg/m2 ni, interferon alfasiz buyurilganida – sutkada 3000mg/m2 ni tashkil etadi. 
Oksaliplatin 
Kapesitabin va oksaliplatin o'rtasida klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan. 
Bevasizumab 
Bevasizumab oksaliplatin mavjudligida kapesitabinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi. 
Nur bilan davolash 
Kolorektal rakni davolash uchun nur bilan davolash bilan bir vaqtda qo'llanganida kapesitabinning o'zlashtira olinadigan maksimal dozasi (uzluksiz tartibda yoki 6 hafta davomida dushanbadan jumagacha bo'lgan 5-kunlik davolash kurslari bilan buyurilganida) sutkada 2000 mg/m2 ni tashkil etadi, ayni vaqtda kapesitabinning monoterapiya sifatida o'zlashtira olinadigan maksimal dozasi sutkada 3000 mg/m2 ni tashkil etadi.
Ishlab chiqaruvchining original o'ramda 25С dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati -3 yil. O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

150 mg dozasi uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo'lgan plyonka qobiq bilan qoplangan riskali tabletkalar. 

500 mg dozasi uchun: kapsulasimon, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo'lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 

Ko'ndalang kesimida tabletka oq rangli.

Kapesitabin ichga, ovqatdan so'ng uzog'i 30 minutdan keyin suv bilan qabul qilinadi.

Standart dozalash tartibi

Monoterapiya

Kolorektal rak, yo'g'on ichak raki va sut bezi raki

Preparatning tavsiya etilgan dozasi sutkada 2500 mg/m2 ni tashkil etadi, 2 marta qabulga bo'linib, 1250 mg/m2 dan ertalab va kechqurun 14 kun davomida qabul qilinadi, keyinchalik 7-kunlik tanaffus qilinadi.

Majmuaviy davolash

Sut bezi raki

Dosetaksel bilan majmuada preparat 1250 mg/m2 dozada sutkada 2 marta 14 kun davomida buyuriladi, keyinchalik 7-kunlik tanaffus qilinadi. Dosetaksel 75 mg/m2 dozada vena ichiga bir soatlik infuziya ko'rinishida 3 haftada 1 marta yuboriladi. Premedikasiya dosetakselni yuborishdan oldin uning qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga muvofiq o'tkaziladi.

Kolorektal rak va me'da raki

Majmuaviy davolash tarkibida kapesitabinning dozasi 14 kun davomida keyinchalik 7-kunlik tanaffus bilan sutkada 2 marta 800-1000 mg/m2 gacha kamaytirilishi yoki tanaffussiz qabul qilganda sutkada ikki marta 625 mg/m2 gacha kamaytirilishi kerak. Majmuaviy davolashga bevasizumabni qo'shilishi kapesitabinning boshlang'ich dozasiga ta'sir qilmaydi. Qusishga qarshi vositalar va adekvat gidratasiyani ta'minlash uchun premedikasiya tsisplatin va oksaliplatinni yuborishdan oldin ular kapesitabin bilan majmuada qo'llanganida qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga muvofiq yuboriladi.

Yo'g'on ichak rakining III bosqichini ad'yuvant davolashda kapesitabin bilan davolashni tavsiya etilgan davomiyligi 6 oyni, ya'ni 8 davolash kursini tashkil etadi.

Tsisplatin bilan majmuada

Preparat 1000 mg/m2 dan sutkada 2 marta 14 kun davomida keyinchalik 7-kunlik tanaffus bilan tsisplatin (80 mg/m2 dan 3 haftada 1 marta 2 soatlik vena ichiga infuziya ko'rinishida yuboriladi, birinchi infuziyasi tsiklning dastlabki kunida buyuriladi) bilan majmuada buyuriladi. Kapesitabinning dastlabki dozasi tsiklning birinchi kunida kechqurun, oxirgisi – tsiklning 15 kunida ertalab yuboriladi.

Oksaliplatin bilan yoki oksaliplatin va bevasizumab bilan majmuada

Preparat 1000 mg/m2 dan sutkada 2 marta 14 kun davomida keyinchalik 7 kunlik tanaffus bilan oksaliplatin bilan yoki oksaliplatin bevasizumab bilan majmuada buyuriladi. Kapesitabinning dastlabki dozasi tsiklning 1-chi kunida, oxirgisi – tsiklning 15-chi kunida buyuriladi. Bevasizumab 7,5 mg/kg dozada 3 haftada 1 marta vena ichiga infuziya ko'rinishida 30-90 minut davomida yuboriladi, dastlabki infuziyasi tsiklning 1-chi kunida buyuriladi. Bevasizumab yuborilganidan keyin oksaliplatin 130 mg/m2 dozada 2-soatlik vena ichiga infuziya ko'rinishida yuboriladi.

Epirubitsin va platina preparatlari bilan majmuada

Preparat 625 mg/m2 dan sutkada 2 marta tanaffussiz epirubitsin bilan (50 mg/m2 dan 3 haftada 1 marta vena ichiga bolyus holida tsiklning birinchi kunidan boshlab) va platina preparati bilan majmuada buyuriladi. Platina preparatlari (tsisplatin 60 mg/m2 dozada yoki oksaliplatin 130 mg/m2 dozada) tsiklning 1-chi kunida vena ichiga infuziya ko'rinishida 2 soat davomida, keyinchalik 3 haftada 1 marta yuborilishi kerak.

Irinotekan bilan yoki irinotekan va bevasizumab bilan majmuada

Preparat 800 mg/m2 dan sutkada 2 marta 14 kun davomida keyinchalik 7-kunlik tanaffus bilan irinotekan bilan yoki irinotekan va bevasizumab bilan majmuada buyuriladi. Irinotekan 200 mg/m2 dozada 3 haftada 1 marta, vena ichiga infuziya ko'rinishida 30 minut davomida, dastlabki dozasi tsiklning 1-chi kunida yuboriladi. Bevasizumab 7.5 mg/kg dozada 3 haftada 1 marta, vena ichiga infuziya ko'rinishida 30-90 minut davomida yuboriladi, dastlabki infuziya tsiklning 1-chi kunida boshlanadi.

Preparatning dozasi tana yuzasi maydoniga qarab hisoblanadi. Quyida keltirilgan 1 va 2 jadvallarda kapesitabinning tana yuzasi maydoniga qarab 1250 mg/m2 yoki 1000 mg/m2 dan hisoblangan boshlang'ich dozalari uchun standart va kamaytirilgan dozalari ko'rsatilgan.

1-jadval. Tana yuzasi maydoniga qarab 1250 mg/m2 dan hisoblangan boshlang'ich dozasi uchun Kapesitabin preparatining standart va kamaytirilgan dozalari

1250 mg/m2 dozasi (sutkada 2 marta)

To'liq doza

1250 mg/m2

1 marta qabul qilish uchun 150 mg va/yoki 500 mg tabletkalar-ning miqdori (ertalab va kechqurun)

Kamaytirilgan doza (boshlang'ich dozaning 75%) 950 mg/m2

Kamaytirilgan doza (boshlang'ich dozaning 50%)

625 mg/m2

Tana yuzasi maydoni (m2)

Bir martalik doza (mg)

150mg

500mg

Bir martalik doza, mg

Bir martalik doza, mg

< 1,26

1500

-

3

1150

800

1,27 - 1,38

1650

1

3

1300

800

1,39 - 1,52

1800

2

3

1450

950

1,53 - 1,66

2000

-

4

1500

1000

1,67 - 1,78

2150

1

4

1650

1000

1,79 - 1,92

2300

2

4

1800

1150

1,93 - 2,06

2500

-

5

1950

1300

2,07 - 2,18

2650

1

5

2000

1300

> 2,19

2800

2

5

2150

1450

2-jadval. Tana yuzasi maydoniga qarab 1000 mg/m2 dan hisoblangan boshlang'ich dozasi uchun Kapesitabin preparatining standart va kamaytirilgan dozalari

1000 mg/m2 dozasi (sutkada 2 marta)

To'liq doza 1000 mg/m2

1 marta qabul qilish uchun 150 mg va/yoki 500 mg tabletkalar-ning miqdori (ertalab va kechqurun)

Kamaytirilgan doza (boshlang'ich dozaning 75%)

750 mg/m2

Kamaytirilgan doza (boshlang'ich dozaning 50%)

500 mg/m2

Tana yuzasi maydoni (m2)

Bir martalik doza (mg)

150mg

500mg

Bir martalik doza, mg

Bir martalik doza, mg

< 1,26

1150

1

2

800

600

1,27 - 1,38

1300

2

2

1000

600

1,39 - 1,52

1450

3

2

1100

750

1,53 - 1,66

1600

4

2

1200

800

1,67 - 1,78

1750

5

2

1300

800

1,79 - 1,92

1800

2

3

1400

900

1,93 - 2,06

2000

-

4

1500

1000

2,07 - 2,18

2150

1

4

1600

1050

> 2,19

2300

2

4

1750

1100

Davolash vaqtida dozaga tuzatish kiritish

Umumiy tavsiyalar

Kapesitabin bilan davolanganda toksiklikning belgilarini simptomatik davolash va/yoki preparatning dozasini kamaytirish (davolashni to'xtatish yoki preparatning dozasini kamaytirish) yordamida bartaraf qilish mumkin. Agar kapesitabinning dozasini kamaytirishga to'g'ri kelgan bo'lsa, u holda keyinchalik uni oshirish mumkin emas.

Agar davolovchi shifokorning fikriga ko'ra, kapesitabinning samarasi jiddiy yoki bemorning hayotiga havf tug'diruvchi xarakterga ega bo'lmasa, davolash, preparatning dolzasini kamaytirmasdan yoki davolashni to'xtatmasdan, boshlang'ich dozada davom ettirilishi mumkin.

Toksiklikning 1-chi darajasida dozasi o'zgartirilmaydi. Toksiklikning 2-chi yoki 3-chi darajasida preparat bilan davolashni to'xtatish kerak. Toksiklikning belgilari yo'qolganida yoki 1-chi darajagacha kamayganida, kapesitabin bilan davolash to'liq dozada boshlanishi yoki 3-jadvalda keltirilgan tavsiyalarga muvofiq ravishda tuzatish kiritilishi mumkin.

Toksiklikning 4-chi darajasi rivojlanganida simptomlar bartaraf bo'lgunigacha yoki 1-chi darajagacha kamaygunicha, davolashni to'xtatish yoki vaqtinchalik bekor qilish kerak, shundan keyin preparatni qo'llashni boshlang'ich dozaning 50% ni tashkil etuvchi dozada boshlash mumkin. Pasient unda noxush ko'rinishlar rivojlanganligi xaqida shifokorga zudlik bilan xabar berishi kerak. Og'ir yoki o'rtacha darajadagi toksiklik rivojlanganida kapesitabinni qabul qilishni darhol to'xtatish kerak. Agar toksik belgilar tufayli, preparatning bir qancha dozalari o'tkazib yuborilgan bo'lsa, u holda ushbu dozalar to'ldirilmaydi.

Gematologik toksiklik

Neytrofillarning dastlabki darajasi 1,5 × 109/l dan kam va/yoki trombositlarning dastlabki darajasi 100 × 109/l dan kam bo'lgan pasientlarda kapesitabinni qo'llash mumkin emas.

Agar laborator ko'rsatkichlarni rejadan tashqari baholash vaqtida neytrofillarning miqdori 1,0 × 109/l dan kam, trombositlarning miqdori esa 75 × 109/l dan kam (3-chi yoki
4-chi darajadagi gematologik toksiklik) bo'lsa, kapesitabin bilan davolashni to'xtatish kerak.

3-jadval. Kapesitabinning dozasiga (3-haftalik davolash tsiklida yoki uzoq muddat davolanganda) tuzatish kiritish sxemasi.

NCIC* mezonlariga muvofiq toksiklik darajasi

Davolash tsikli davomida dozani o'zgartirish

Navbatdagi davolash tsikli uchun dozaga tuzatish kiritish (boshlang'ich dozaning %)

1 daraja

Aynan shunday dozada davom ettirilsin

Aynan shunday dozada davom ettirilsin

2 daraja

1-marta paydo bo'lishi

Davolashni simptomlar yo'qolgunicha yoki toksiklikning og'irlik darajasi 0-1 darajagacha kamaygunicha to'xtatilsin

100 %

2-marta paydo bo'lishi

75%

3-marta paydo bo'lishi

50%

4-marta paydo bo'lishi

Davolashni butunlay to'xtatilsin

Qo'llash mumkin emas

3 daraja

1-marta paydo bo'lishi

Davolashni simptomlar yo'qolgunicha yoki toksiklikning og'irlik darajasi 0-1 darajagacha kamaygunicha to'xtatilsin

75%

2-marta paydo bo'lishi

50%

3 - marta paydo bo'lishi

Davolashni butunlay to'xtatilsin

Qo'llash mumkin emas

4 daraja

1-marta paydo bo'lishi

Davolash butunlay to'xtatilsin, yoki agar davolovchi shifokor davolashni davom ettirish pasientning istagiga ko'ra deb hisoblasa, simptomlar yo'qolgunidan yoki toksiklikning og'irlik darajasi 0-1 darajagacha kamayganidan keyin davolash qaytadan boshlansin

50%

2-marta paydo bo'lishi

Davolashni butunlay to'xtatilsin

Qo'llash mumkin emas

*Toksiklikning umumiy mezonlariga muvofiq Kanada Milliy onkologiya institutining klinik tadqiqotlarni o'tkazish bo'yicha guruhlar (NCIC CTG, 1 versiyasi) yoki noxush ko'rinishlarni umumiy terminologik mezonlari AQSh Milliy onkologiya institutining o'smalarga qarshi davolashni baholash bo'yicha dasturlar (STSAE, 3 versiyasi). Kaft-tovon sindromi va giperbilirubinemiyaning toksiklik mezonlari "maxsus ko'rsatmalar" bo'limida batafsil ta'riflangan.

Majmuaviy davolashdagi umumiy tavsiyalar

Majmuaviy davolashni o'tkazishda toksiklikning ko'rinishlari rivojlanganida, kapesitabinning dozasiga 3-jadvalda ko'rsatilgandek tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalarga va boshqa preparatlarni qo'llanilishiga doir yo'riqnomalardagi muvofiq tavsiyalarga rioya qilish kerak.

Davolash tsiklini boshida, agar kapesitabinni yoki boshqa preparat(lar)ni qabul qilishni kechiktirish kutilayotgan bo'lsa, barcha preparatlar bilan davolashni qayta boshlash uchun sharoitlarga erilishmagunicha, barcha preparatlarni qabul qilishni to'xtatish kerak.

Agar majmuaviy davolash tsiklini o'tkazish vaqtida toksiklikning ko'rinishlari, shifokorning fikriga ko'ra, kapesitabinni qo'llash bilan bog'liq bo'lmasa, u holda kapesitabin bilan davolashni davom ettirish kerak, boshqa preparatning dozasiga esa uni qo'llanilishiga doir yo'riqnomasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak.

Agar boshqa preparat(lar)ni bekor qilishga to'g'ri kelinsa, kapesitabin bilan davolashni qayta boshlash bo'yicha talablar qoniqarli bo'lganida kapesitabin bilan davolashni davom ettirish mumkin. Ushbu tavsiyalar barcha ko'rsatmalarga va pasientlarning barcha alohida guruhlariga taalluqli.

Maxsus holatlarda dozaga tuzatish kiritish

Jigarda metastazlari bo'lgan pasientlarda jigar funktsiyasini buzilishi

Jigarda metastazlari bo'lgan va jigar funktsiyasini engil yoki o'rtacha darajadagi buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun boshlang'ich dozani o'zgartirish talab etilmaydi. Biroq ushbu bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. Og'ir jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash o'rganilmagan. Og'ir jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga kapesitabinni buyurish mumkin emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) minutiga 30 ml dan kam) bo'lgan pasientlarga kapesitabinni qo'llash mumkin emas. Buyrak funktsiyasini o'rtacha darajadagi buzilishlari (kk minutiga 30-50 ml) bo'lgan pasientlarda davolashni boshlanishida 3 va 4 darajadagi nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi qolgan pasientlarga nisbatan oshadi. Buyrak funktsiyasini o'rtacha darajadagi buzilishlari bo'lgan pasientlarda davolashni boshlanishida dozani 1250 mg/m2 boshlang'ich dozaning 75% gacha pasaytirish tavsiya etiladi. Buyrak funktsiyasini o'rtacha darajada buzilishlari bo'lgan pasientlarda boshlang'ich doza 1000 mg/m2 bo'lganida dozani pasaytirish talab etilmaydi. Buyrak etishmovchiligining engil shakli (davolashni boshlanishida kk minutiga 51-80 ml) bo'lgan pasientlar uchun boshlang'ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Davolanish vaqtida toksiklikning 2-chi, 3-chi yoki 4-chi darajadagi simptomlari rivojlanganida sinchkov nazorat va davolash kursini zudlik bilan to'xtatish bilan birga keyinchalik dozasiga, 3-jadvalda ko'rsatilgandek, tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Agar hisoblangan kk davolanish jarayonida minutiga 30 ml dan past qiymatlargacha pasaysa, u holda kapesitabinni qabul qilishni to'xtatish kerak. Buyrak etishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalar kapesitabin bilan ham monoterapiyaga, ham majmuaviy davolashga taalluqli. Dozani hisoblash 1 - va 2-jadvallarda keltirilgan.

Bolalar

Bolalarda preparatni qo'llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Keksa va qarilik yoshdagi pasientlard

Kapesitabin bilan monoterapiya o'tkazilganida dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q. Biroq davolash bilan bog'liq bo'lgan 3-chi va 4-chi darajadagi og'ir noxush ko'rinishlar yoshroq pasientlarga nisbatan 80 yoshdan oshgan pasientlarda rivojlanadi.

Kapesitabin boshqa o'smalarga qarshi preparatlar bilan majmuada ishlatilganida keksa yoshdagi (> 65 yoshdagi) pasientlarda 3-chi va 4-chi darajadagi noxush reaktsiyalar, shuningdek davolashni bekor qilishni talab etuvchi noxush reaktsiyalar yoshroq pasientlarga nisbatan ko'proq kuzatilgan. Keksa yoshdagi bemorlarning ahvolini sinchkov monitoringini o'tkazish tavsiya etiladi.

Dosetaksel bilan majmuada davolanganda 60 yosh va undan oshgan pasientlarda 3-chi va 4-chi darajadagi noxush ko'rinishlar va davolash bilan bog'liq bo'lgan jiddiy noxush ko'rinishlarni rivojlanish tezligini oshishi kuzatiladi. Kapesitabinni dosetaksel bilan majmuada qabul qilayotgan 60 yosh va undan oshgan bemorlar uchun kapesitabinning boshlang'ich dozasini 75% gacha (950 mg/m2 dan sutkada 2 marta) kamaytirish tavsiya etiladi. Toksiklikning ko'rinishlari bo'lmaganida, dozasi sutkada 2 marta 1250 mg/m2 gacha oshirilishi mumkin. Dozani hisoblash 1-jadvalda keltirilgan.

65 yosh va undan oshgan pasientlarda irinotekan bilan majmuada qo'llanganida kapesitabinning boshlang'ich dozasini sutkada 2 marta 800 mg/m2 gacha pasaytirish tavsiya etiladi. 

Dozani o'tkir oshirib yuborilishi simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit, me'da-ichak yo'llarini ta'sirlanishi, qon ketishi, suyak ko'migi funktsiyasini susayishi bo'lishi mumkin. 

Davolash: klinik simptomlarni korrektsiya qilishga va ularning asoratlarini oldini olish qaratilgan standart davolovchi va pasientning ahvolini tutib turuvchi tibbiy choralar o'tkazish lozim bo'ladi.

Homiladorlik 

Homilador ayollarda kapesitabinni qo'llash bo'yicha tadqiqotlar yo'q, biroq, preparatning farmakologik va toksikologik hususiyatlariga asoslanib, kapesitabin homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb taxmin qilish mumkin. Hayvonlarda reproduktivlikka ta'sirini o'rganish yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarda kapesitabinni qo'llash embrionlarni nobud bo'lishi va teratogen ta'siri bilan kechgan, bu ftorpirimidin hosilalarining kutiladigan samarasi hisoblanadi. Kapesitabinni odam uchun potentsial teratogen vosita deb hisoblash kerak. Homiladorlik vaqtida kapesitabinni qo'llash mumkin emas. 

Emizish davri 

Emizayotgan sichqonlarning sutida kapesitabin va uning metabolitlari ahamiyatli darajada aniqlangan. Kapesitabinni odamning suti bilan ajralib chiqishi noma'lum. Kapesitabin bilan davolanganda emizishni to'xtatish kerak. 

Reproduktiv yoshdagi ayollar 

Reproduktiv yoshdagi ayollar kapesitabin bilan davolanish vaqtida homilador bo'lishdan saqlanishlari kerak. Kapesitabin bilan davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so'ng kamida 3 oy davomida ishonchli kontratsepsiya usullaridan foydalanish kerak. Agar pasientda kapesitabinni qabul qilish vaqtida homiladorlik kuzatilsa, ushbu preparat homilaga qanday potentsial havf tug'dirishi mumkinligini ayolga tushuntirish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120 dori vositasi Фармасинтез -Норд, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N120 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KAPESITABIN NAPROD tabletkalari 500mg N10
EKANSIYA tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
KAPFURO tabletkalari 500mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
KAPFURO tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
KAPESITABIN SANDOZ tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
KAPESITABIN SANDOZ tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
KAPETERO 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hetero Labs Limited
KAPESITABIN SANDOZ tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
EKANSIYA tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
KSELODA tabletkalari 500mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Meksika
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Productos Roche S.A. de C.V.
Narh: 2 550 000 so'mdan Batafsil
KAPETERO 150 tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hetero Labs Limited
KAPFURO tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 303 600 so'mdan Batafsil
MAMAKARIT tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Капецитабин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N1
BIKALUTAMID tabletkalari 50 mg N30
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N360
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 500 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N500
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N360
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
KAPESITABIN tabletkalari 150 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
IMATINIB tabletkalari 400 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
Narh: 900 000 so'mdan Batafsil
IMATINIB tabletkalari 100 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
BORTEZOL liofilizat 3,5 mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
BIKALUTAMID tabletkalari 150 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез -Норд, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9