×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Respirator tizim kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Yo’talga qarshi va shamollashni davolash uchun qo’llanadigan vositalar. Balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi boshqa majmualardan tashqari. Mukolitik vosita.
Faol modda:
Карбоцистеин
Ishlab chiqaruvchi:
- Innothera Chouzy
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- R05CB03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 59 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 60 500 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: karbotsistein 5,0 g

yordamchi moddalar: saxaroza, glitserol, karamel aromatizatori, metilparagidroksibenzoati (E218), sariq quyosh shafag’i bo’yovchisi (E110), patentlangan ko’k bo’yovchisi V (E131), natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli

Sirop 125 ml dan III turdagi tiniq shisha flakonda, Vistop (Vistop) oq rangli polietilen qopqoqchasi yopilgan, va polipropilen o’lchov stakanchasi (20 ml) mavjud.

Sirop 300 ml dan III turdagi tiniq shisha flakonlarda, Vistop (Vistop) oq rangli polietilen qopqoqchasi yopilgan, va polipropilen o’lchov stakanchasi mavjud.

Dorixonalarda barcha xajmdagi chiqarilish shakli bo’lmasligi mumkin

Karbotsistein balg’am erituvchi mukolitik vosita ekanligini ifodalaydi. Asosan glikoproteinlarning disulfid bog’lamlarni uzish bilan, gelsimon balg’amga ta’sir ko’rsatadi va balg’am ko’chishiga olib keladi.
Karbotsistein ichga qabul qilgandan so’ng tezda so’riladi. Plazmada  maksimal konsentratsiyasiga 2 soatdan so’ng aniqlanadi. Dori vositasi past biofaollika egaligi bilan tavfsiflanadi, 10% dan kam qabul qilingan doza, ehtimol metabolizmi va sezilarli birlamchi jigar metabolizmi bilan bog’liq.

Chiqarilishi

Organizmdan chiqish vaqti taxminan 2 soat.

Karbotsisteni va uning metabolitlari asosan, buyraklar orqali chiqariladi.

Terida allergik reaksiyalar, qichishish, terida erimatoz toshmalar, eshakemi va Kvinke shishi.

Terining ayrim joylarida toshmalar ko’ringanligi ayrim xolatlarda qayd etilgan.

Me’da-ichak tomonidan nojo’ya ta’sirlar (qorin bo’shlig’ida og’riq, ko’ngil aynishi, qusish, diareya.) Me’da-ichak qon ketishlari kuzatilishi mumkin.

Terida bullez patologiyasi, ya’ni Stivens-Djonson sindromi va multiform eritema aloxida xolatda uchraganligi qayd etilgan.

Retseptsiz beriladi.
Faqat kattalar va 15 yoshdan katta o’smirlar uchun

Bu dori vositasi saxaroza saqlaydi. Fruktoza, glyukoza i galaktoza qabul qila olmaydigan odamlar uchun, hamda, sindrom malabsorbsiya yetishmovchiligi yoki sukraz-izomaltaz kasalligi bilan aziyat chekkan odamlarga man etiladi.

Qandli diabeti bo’lgan bemorlar 15 ml — 5,25 g saxaroza saqlashini e’tiborga olishlari kerak.

Ushbu preparat 15 ml ichida 100 mg natriy saqlaydi, ekvivalent 5% ya’ni BJSST tomonidan tasdiqlangan natriy qabul qilish kunlik dozasi kattalar uchun 2 g tashkil etadi.

Ushbu dori vositasi metilparagidroksibenzoat (E218) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin (keyinchalik paydo bo’lish ko’rinishida)

Ushbu dori vositasi sariq shafaq bo’yovchi (E110) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Ta’sir qilmaydi.

Ushbu dori preparat kattalar (15 yosh va yuqori) balg’am ko’chishi qiyinlashgan xolatlarda (yo’talda bronxial balg’amni ko’chishining og’irlashuvi), respirator kasalliklarda davolash uchun mo’ljalangan.
— karbotsistein yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— zo’rayish bosqichidagi me’da va o’nikki barmoq ichak yara kasalligi;

— 15 yoshgacha bo’lgan bolalar.

— homiladorlik (I uch oylikda) qo’llash mumkin emas.

25ºC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

Yashil rangli, karamel hidli tiniq suyuqlik.
Ichga qabul qilish uchun.

1 me’yoriy idishcha 15 ml o’lchov belgisigacha, 750 mg karbotsistein saqlaydi.

Kattalar 15 ml dan kuniga 3 marta, yaxshisi ovqatlanish orasida qabul qilish kerak.

Davolash qisqa bo’lmasligi va 5 kundan ko’payib ketmasligi lozim.

Homiladorlik (II va III uch oyliklari) davrida dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Karbotsistein homiladorlik vaqtida faqatgina zarur hollarda qo’llash mumkin.

Ushbu preparatni qo’llash vaqtida emizish ruxsat etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml dori vositasi Innothera Chouzy tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KASLIROL sirop 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Карбоцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
Narh: 38 800 so'mdan Batafsil
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 200 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Narh: 319 300 so'mdan Batafsil
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
Narh: 116 300 so'mdan Batafsil
INOKLIM kapsulalar 382mg N30
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9