×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIMPATIL tabletkalari N40

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Sedativ vosita.
Faol modda:
магния оксид, экстракты боярышника
Qadoqda soni:
- 40
Ishlab chiqaruvchi:
- Innothera Chouzy
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- N05CM
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 47 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Eshsholsiyaning quruq ekstrakti        20,0 mg

Do’lananing quruq ekstrakti              75,0 mg

Magniy oksidi                                    124,35 mg bu 75,0 mg elementar magniyga ekvivalent

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 122,0 mg; natriy karboksimetilkraxmali – 15,0 mg; mikronlangan stearin kislotasi – 3,65 mg

plyonka qobiqning tarkibi:

Himoyalovchi glazuri 2,0 mg; gummilak – 1,554 mg, povidon – 0,223 mg, glitserol monoatsetati – 0,223 mg;

Bo’yalgan kukun 13,0 mg: gipromelloza – 7,150 mg, titan dioksidi (E171) – 3,704 mg, makrogol 6000 – 1,788 mg, indigokarmin (E 132) – 0,344 mg, azorubin (E 122) – 0,013 mg, temir II oksidi (E 172) – 0,001 mg, talk juda oz miqdorda.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

20 tabletkadan PVX/alyumin blisterda. 2 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Preparat sedativ ta’sir ko’rsatadi, xavotirlik xolati va u bilan bog’liq bo’lgan vegetativ buzilishlar, taxikardiya va uyquning buzilishlarini bartaraf qiladi. Do’lana ekstraktidagi biologik faol moddlar – uchterpen birikmalari va flavonoidlar spazmolitik ta’sir ko’rsatadi, yurak va miya tomirlarini tanlab kengaytirib, markaziy nerv tizimi va miokardning qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Eshsholsiya ekstrakti anksiolitik, sedativ ta’sir ko’rsatadi, uyquga ketish vaqtini qisqartiradi va dissomniyaning yengil shakllarida uyquning sifatini yaxshilaydi. Eshsholsiya alkoloidlarining protopin guruh in vitro gamma-aminomoy kislotasini miyaning unga sezgir bo’lgan retseptorlari bilan bog’lanishni oshiradi.

Magniy natriy va kaliy ionlarining membranalar orqali almashinuvining boshqarilishini yaxshilaydi, kalsiy ionlarining antagonisti hisoblanadi, neyromushak sinapslar bo’ylab qo’zg’aluvchanlikni o’tishi, silliq va ko’ndalang targ’il mushaklarning qisqarish qobiyatini pasaytiradi; shuningdek neyrosedativ, spazmolitik va anksiolitik ta’sir ko’rsatdi.

Me’dada magniy oksidi magniy xloridiga aylanadi, va ingichka ichakda passiv so’rilish mexanizmi yordamida so’riladi, so’rilish darajasi 50% dan oshmaydi. Magniy asosan siydik bilan chiqariladi. Komponentlarining ta’siri kinetik kuzatishlar uchun murakkabdir.

Me’da-ichak yo’llari tomonidan: diareya, epigastral sohada og’riq kuzatilishi mumkin. 

Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan nojo’ya samaralaridan birortasi og’irlashsa yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Retseptsiz.

Homiladorlik va emizish davrida qo’llanishi

Homiladorlik va emizish davrida qo’llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensail xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash va boshqa.) bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

— yuqori ko’zg’aluvchanlik, bezovtalik, yuqori ta’sirchanlik, xavotirlik, qo’rquv, kuchli toliqish, yurak urishi bilan kechuvchi emotsional zo’riqish va stress holatlari;

— uyquni buzilishi (yengil shakli).

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og’ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan past), 18 yoshgacha bo’lganlarda qo’llash mumkin emas.

Preparatni xinidin saqlovchi dori vositalari bilan birga qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki siydikni ishqorlanishi sababli xinidinni buyraklar orqali chiqarilishi pasayadi va dozani oshirib yuborilishi rivojlanishi mumkin (qon plazmasida xinidinning konsentratsiyasini oshishi sababli).


25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O’ramda ko’rsatilgan muddatdan so’ng ishlatilmasin.

Dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, moviy rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Ichga qabul qilish uchun.

2 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) ovqatdan oldin, suv bilan qabul qilinadi.

Davolashning davomiyligi 3-4 hafta. 

Davolash kurslari orasidagi interval 3 hafta.


Preparatni katta dozalarda qabul qilish siydik tutilishiga olib kelishi mumkin.

Davolash: regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligi bo’lgan holda gemodializ yoki peritoneal dializ o’tkazish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIMPATIL tabletkalari N40 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIMPATIL tabletkalari N40 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIMPATIL tabletkalari N40 dori vositasi Innothera Chouzy tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIMPATIL tabletkalari N40 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIMPATIL tabletkalari N40 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
Narh: 35 900 so'mdan Batafsil
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Narh: 187 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
Narh: 100 800 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Narh: 332 304 so'mdan Batafsil
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
Narh: 36 900 so'mdan Batafsil
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
INOKLIM kapsulalar 382mg N30
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9