×
×
  • Gemodez-N

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Gemodez-N

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Faol modda:
Натрия гидрокарбонат, Калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, Натрия хлорид, Повидон-8 тыс.
Ishlab chiqaruvchi:
- ОАО «Биохимик»
ATX kodi:
- B05AA Кровезаменители и препараты плазмы крови
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Saqlash shartlari При температуре 0–20 °C. Хранить в недоступном для детей месте.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Gemodez-N qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEMODEZ-N

HAEMODESUM-N

 

Preparatning savdo nomi: Gemodez-N

Kimyoviy nomi: quyimolekulyar polivinilpirrolidon (molekulyar massasi 8000±2000).

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

Quyimolekulyar tibbiy

polivinilpirrolidon 8000±2000                       – 60 g

Natriy xloridi                                                      – 5,5 g

Kaliy xloridi                                                        – 0,42 g

Kalsiy xloridi geksagidrati                            – 0,5 g

magniy xloridi geksagidrati                              – 0,005 g

natriy gidrokarbonati                                         – 0,23 g

in‘eksiya uchun suv                                                  – 1 l gacha.

Ta‘rifi: tiniq, och sariq yoki sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: dezintoksikasion vosita.

ATX kodi: B05AA

 

Farmakologik xususiyatlari

Gemodez-N ning ta‘siri quyimolekulyar polivinilpirrolidonni qonda aylanib yuradigan toksinlarni bog‘lab olish va ularni organizmdan tez chiqarib yuborish xususiyati bilan bog‘liqdir. Gemodez-N polivinilpirrolidonning pasttroq molekulyar massasi bilan Gemodezdan farq qiladi. Polimerning molekulyar massasini pasayishi uni buyraklar orqali organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi va preparatning dezintoksikasion xususiyatlarini yaxshilaydi. U buyrakda qon oqimini kuchaytiradi, kalavalar filtrasiyasini oshiradi va diurezni kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

Organizmda metabolik o‘zgarishlarga uchramaydi. Buyraklar orqali tez chiqariladi, 4 soat davomida 80% chiqariladi, 12-24 soat o‘tgach esa butunlay chiqib ketadi.

Qo‘llanilishi

Shok (posttravmatik, operasiyadan keyingi, kuyish, gemorragik), intoksikasiya (me‘da-ichak yo‘llarning zaharli kasalliklari: dizenteriya, dispepsiya, salmonellyoz); peritonitlarda operasiyadan keyingi davrda dezintoksikasiya vositasi sifatida; jigar yetishmovchiligini rivojlanishi bilan birga kechuvchi jigar kasalliklari, ichak tutilishi, tireotoksikoz; kuyish kasalligi, o‘tkir nur kasalligi, sepsis, pnevmoniya; miokard infarktining o‘tkir bosqichi; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ona qornidagi infeksiyasi va toksemiya, homiladorlarning toksikozi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Filtrli sistema orqali tomchilab (minutiga 40-80 tomchi tezlikda) vena ichiga yuboriladi.

Doza bemorning yoshiga va intoksikasiyaning og‘irligiga bog‘liq.

Kattalar uchun bir martalik doza – 200-500 ml, bolalar uchun 5-10 ml/kg; ko‘krak yoshidagi bolalar uchun maksimal doza – 50-70 ml, 2-5 yosh – 100 ml; 5-10 yosh – 150 ml; 10-15 yosh –
200 ml. Preparat infeksiyaning og‘irligiga qarab, bir marta yoki takror (sutkada 2 martagacha) 1-10 kun davomida yuboriladi. ¡tkir me‘da-ichak infeksiyalarida, kuyish va nur kasalligida sutkada 1-2 marta yuboriladi; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi va toksemiyasida – sutkada 2-8 marta (har kuni yoki kunora); katta o‘chog‘li miokard infarktida (sutkada) – 200 ml bir marta, asoratlarida 2 sutkada – 200 ml.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Gemodez-N sekin yuborilganida odatda asoratlar chaqirmaydi. Yuqori tezlikda yuborish arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, nafasni qiyinlashishini chaqirishi va tomirlarni toraytiruvchi va yurak vositalarini, kalsiy xloridini yuborishni talab qilishi mumkin. Ayrim bemorlarda allergik reaksiyalarni, hatto anafilaktik shokni rivojlanishi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda darhol Gemodez-N infuziyasini to‘xtatish, simptomatik davolashni (antigistamin, kardiotonik vositalarini, glyukokortikoidlarni, vazopressor preparatlarni yuborish) o‘tkazish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik, bosh miya ichki gipertenziyasi, gemorragik insult, bosh-miya jarohatlaridan keyingi holat, IIB-III darajadagi yurak-tomir yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, og‘ir allergik reaksiyalar, tromboemboliya, oliguriya, anuriya, o‘tkir nefrit, bronxial astma, flebotromboz.

Maxsus ko‘rsatmalar

Katta kuyishlarda plazma, albumin, gamma-globulinning yuborilishi bilan birga qo‘shiladi.

Infuziyani boshlashdan oldin shifokor o‘ramning germetikligi va butunligini tekshirishi shart Preparat tiniq bo‘lishi, osilmalar, cho‘kmalar va mog‘orlar saqlamasligi kerak. Vizual ko‘ruv natijalari kasallik tarixida qayd etiladi.

Yuborishdan oldin eritmani tana harotatigacha ilitish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma.

100, 200, 250, 400, 500 ml dan infuziya uchun eritmalar, mos ravishda 100, 200, 250, 450 va 500 ml hajmli, qon, infuzion-transfuzion preparatlar uchun shisha butilkalarda.

1 butilkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton quticha o‘ramlarga joylanadi.

100, 200 ml hajmli 28 butilkadan yoki 450, 500 ml hajmli 15 butilkadan 5-10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga gofrirlangan karton qutilarga joylanadi [stasionarlar uchun].

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Gemodez-N dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Gemodez-N dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Gemodez-N dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Другие формы препарата
Gemodez-N
  • Faol modda: Натрия гидрокарбонат, Калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, Натрия хлорид, Повидон-8 тыс. ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ОАО «Биохимик»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9