×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Majmuaviy analgetik spazmolitik vositasi
Faol modda:
Фенпивериния бромид, Ибупрофен, Питофенона гидрохлорид
Farmakologik guruhlari:
-
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- МО1АЕ51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 162 ta dorixonasida topildi

ico 28 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 34 400 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 31 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

30 800 s`om dan
KOLIKVEL tomchilar dlya priema vnutr 15ml Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
25 000 s`om dan
BIFOLAK SINKUM stiki 1,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
50 000 s`om dan
NOVAREST tabletkalari N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
141 100 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 5 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan PVX/alyumin blisterda.

2 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylangan (2x10).



Xar bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 5 mg pitofenon gidroxloridi, 0,1 mg fenpiveriniy bromidi;

yordamchi moddalar: 55 mg mikrokristall tsellyuloza, 76 mg makkajo'xori kraxmali; 2,9 mg gliserol; 5 mg kolloid kremniy dioksidi; 12 mg tozalangan talk; 4 mg magniy stearati;

qobiq: 5,686 mg gipromelloza; 1,124 mg makrogol; 1,957 mg tozalangan talk; 1,059 mg titan dioksidi; 0,058 mg polisorbat-80; 0,058 mg sorbin kislotasi; 0,058 mg dimetikon.

Majmuaviy preparat, og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Prostaglandin (Pg) sintezini susaytiradi. Preparat tarkibiga ibuprofen - nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita, pitofenon gidroxloridi - miotrop spazmolitik vosita va fenpiveriniy bromidi - Markaziy va periferik ta'sirga ega

m-xolinobloklovchi vositasi kiradi.

Ibuprofen - fenilpropion kislotasining xosilasi. U og'riqni qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sirlarga ega. Ta'sirining asosiy mexanizmi – prostaglandinlarning - og'riq sezuvchanlik, termoregulyasiya va Markaziy nerv tizimi va periferik to'qimalarning yallig'lanish modulyatorlari - sintezni susaytirishi. Ibuprofen birlamchi dismenoreyasi bo'lgan ayollarda miometriyda prostoglandinlarning yuqori darajasini pasaytiradi, shu hisobiga bachadon ichki bosimi va bachadon qisqarishi tez-tezligini kamaytiradi.

Pitofenon gidroxloridi papaverin kabi ichki a'zolarning silliq mushaklariga to'g'ri miotrop ta'sir ko'rsatib, ularni bo'shashtiradi.

Fenpiveriniy bromidi m-xolinobloklovchi xususiyat hisobiga silliq mushaklariga qo'shimcha bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Preparatning uchta komponent birikmasi ularning farmakologik ta'sirini o'zaro ko'chaytirishga olib keladi.

Ibuklin® aktivni komponentlari me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga preparatni qabul qilgandan 1-2 soatdan keyin erishiladi. Preparatning asosiy komponenti ibuprofen qon plazmasining oqsillari bilan 99% bog'lanadi, sinovial suyuqligida to'planishi mumkin, jigarda metabolizmga uchraydi va 90% siydik bilan metabolit va kon'yugat ko'rinishida chiqariladi. Preparatning ozgina qismi safro bilan chiqariladi. Qon plazmasidan yarim chiqarish davri 2 soatni tashkil qiladi.



Ibuklin® aktiv preparati tavsiya etilgan dozalarda nojo'ya samaralar chaqirmaydi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: NYAQP-gastropatiya (abdominal og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi, ishtaha pasayishi, diareya, meteorizm, qabziyat; ayrim hollarda perforasiya va qon ketishi asoratlar qoldiradigan me'da-ichak trakti shilliq qavatining yaralanishi); og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining ta'sirlanishi va qurishi, og'izda og'riqlar, milk shilliq qavatining yaralanishi, aftoz stomatit, pankreatit.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash , bronxospazm.

Sezgi a'zolari tomonidan: eshitishni buzilishi: eshitishni pasayishi, quloqlarda jaranglashi yoki shang'illashi; ko'rishni buzilishi: ko'rish nervini toksik shikastlanishi, ko'rish qobiliyatini noaniqligi, skotoma, ko'zni qurishi va ta'sirchanligi, kon'yuktiva va ko'z qovog'ini shishi (allergik genezli), akkomodasiya falaji.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og'rigi, bosh aylanishi, uyqusizlik, xavotirlik, asabiylik va ta'sirchanlik, psixomotor qo'zg'alishi, uyquchanlik, depressiya, ongning chalkashligi, gallyusinasiyalar, aspetik meningit (ko'proq autoimmun kasalliklari bo'lgan pasientlarda).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak etishmovchiligi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o'tkir buyrak etishmovchiligi, allergik nefrit, nefrotik sindrom (shishlar), oliguriya, anuriya, poliuriya, proteinuriya, tsistit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.

Allergik reaktsiyalar: ter toshmasi (odatda eritematoz toshmalari yoki eshakemi), ter qichishi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok, bronxospazm yoki dispnoe, isitma, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eozinofiliya, allergik rinit.

Qon yaratuvchi a'zolar tomonidan: anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik anemiya), trombositopeniya va trombositopenik purpura, agranulositoz, leykopeniya.

Boshqalar: terlashning kuchayishi yoki pasayishi.

Laboratoriya ko'rsatkichlar tomonidan: qon ivish vaqti (uzayishi mumkin), zardobda glyukoza kontsentrasiyasi (pasayishi mumkin), kreatinin klirensi (pasayishi mumkin), gematokrit yoki gemoglobin (pasayishi mumkin), kreatininning zardob kontsentrasiyasi (ko'payishi mumkin), jigar transaminazlar faolligi (oshishi mumkin).

Agar preparatni qabul qilgandan keyin ahvolingiz o'zgarganini sezgan bo'lsangiz, uni qabul qilishni to'xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.

Preparat uzoq muddat qo'llanganida periferik qon manzarasi va jigarning funktsional holatini nazorat qilish lozim.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan noxush ko'rinishlar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani qo'llash kerak. Gastropatiya simptomlari paydo bo'lganida o'ziga ezofagogastroduodenoskopiya o'tkazishni, gemoglobin va gematokritni aniqlash uchun qon analizini, axlatda yashirin qon aniqlash uchun analizni qamrab oluvchi sinchkov nazorat o'tqazish kerak.

17-ketosteroidni aniqlash zaruriyati tug'ilganda, preparatni tekshiruvdan 48 soat oldin bekor qilish lozim.

Davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish lozim.

Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash vaqtida pasient yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli ishlarni bajarishdan saqlanish lozim.



-Ichki a'zolarning silliq mushaklarini spazmlaridagi kuchsiz va o'rtacha og'riq sindromi: buyrak va jigar sanchiqlari, safro chiqarish yo'llarining diskineziyasi, ichak sanchig'i.

- Ginekologik kassaliklari: dismenoreya.

- Bosh og'rig'i, shu jumladan Migrenoz xarakterli.

- Bo'g'imlardagi og'riklarda, nevralgiyada, ishialgiyada, mialgiyada qisqa muddatli simptomatik davolashda qo'llanadi.



Preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday ingredientlarga o'ta yuqori sezuvchanlik; me'da va o'n ikki barmoq ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o'zgarishlar, me'da-ichakda faol qon ketishi; zo'rayish bosqichidagi ichak yallig'lanish kasalliklari, shu jumladan yarali kolit; bronxoobstruktsiya, rinit, eshakemi xurujlari xaqida anamnez ma'lumotlari, atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatni qabul qilinganidan keyin – NYAQP (atsetilsalisil kislotasini to'liq yoki to'liqsiz ko'tara olmaslik sindromi – rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavat poliplar, bronxial astmasi); jigar etishmovchiligi yoki faol jigar kasalliklari; buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), kuchayib borayotgan buyrak kasalliklari; tasdiqlangan giperkaliemiya; gemofiliya va boshqa qon ivishini buzilishi (shu jumladan gipokoagulyasiya), gemorragik diatezlar; aortokoronar shuntlash o'tkazilishidan keyingi davr; o'tkir vaqti-vaqti bilan sodir bo'ladigan porfiriya; granulositopeniya; qon yaratishni buzilishlari; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; taxiaritmiya; yopiq burchakli glaukoma; ko'rish nervi kasalliklari; prostata bezining giperplaziyasi; ichak tutilishi; homiladorlik va laktasiya davri; 16 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Qo'llashda ehtiyotkorlik choralari

Keksa yosh, dimlangan yurak etishmovchiligi, tserebrovaskulyar kasalliklar, arterial gipertenziya, yurak ishemik kassaligi, dislipidemiya / giperlipidemiya, qand diabeti, periferik arteriyalar kasalliklari, nefrotik sindrom, kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml dan kamroq, giperbilirubinemiya, me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalliklari (anamnezda), Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi, gastrit, enterit, kolit, Nyaqpni uzoq muddat qo'llashligi, etiologiyasi noaniq bo'lgan qon kasalliklari (leykopeniya, anemiya), chekish, spirtli ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish (alkogolizm), og'ir somatik kasalliklari, quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda davolash: antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalisil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Terapevtik dozalarda Ibuklin® aktiv preparati keng qo'llaniladigan preparatlar bilan ahamiyatli o'zaro ta'sirga kirishmaydi.

Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlar induktori (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumesinol, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksil guruhini ko'shilgan faol metabolitlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa, og'ir zaharlanishlar xavfini kuchaytiradi.

Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari gepatotoksik ta'sir yuzaga kelish xavfini kamaytiradi.

Vazodilatatorlarning gipotenziv faolligini hamda furosemid va gidroxlorotiazidning natriyuretik ta'sirini pasaytiradi.

Urikozurik preparatlar samarasini kamaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklar ta'sirini kuchaytiradi (bu o'z navbatida qon ketish rivojlanish xavfini oshiradi).

Mineralokortikosteroidlar, glyukokortikosteroidlarning (me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi xafvi oshadi), estrogenlarning va etanolning nojo'ya ta'sirini kuchaytiradi; sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini oshiradi.

Antasidlar va kolestiraminlar ibuprofenning so'rilishini kamaytiradi.

Digoksin, litiy preparatlari va metotreksatning qondagi kontsentrasiyasini oshiradi.

M-xolinblokatorlar, H1-gistaminoblokatorlari, butirofenonlar, fenotiazinlar, amantadin va xinidinning ta'sirini kuchaytiradi.

Preparatning bir vaqtda boshqa Nyaqplar bilan buyurilishi nojo'ya samaralarni tez-tezligini oshiradi.

Kofein analgetik (og'riqsizlantiruvchi) samarasini kuchaytiradi.

Bir vaqtda buyurilganda atsetilsalisil kislotasining yallig'lanishga qarshi va antiagregant ta'sirini kamaytiradi (atsetilsalisil kislotasi kam miqdorda antiagregant vosita sifatida ko'llanilayotgan bemorlarda, Ibuklin® aktiv preparatini qabul qilishdan keyin o'tkir koronar etishmovchilik rivojlanish tez-tezligini oshishi mumkin).

Tsefamandol, tsefoperazon, tsefotetan, valproat kislotasi va plikamisin bilan bir vaqtda qo'llanganida gipoprotrombinemiya rivojlanish tez-tezligini oshiradi.

Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksik ko'rinishlarini kuchaytiradi.

Tsiklosporin va oltin preparatlari ibuprofenning buyrakdagi prostoglandinlarning sinteziga ta'sirini kuchaytiradi va natijada preparatning nefrotoksikligi oshadi. Ibuprofen tsiklosporinning plazmadagi kontsentrasiyasini va uning gepatotoksik samaralar rivojlanish ehtimollini oshiradi.

Naychali sekresiyani bloklovchi dori vositalari ibuprofenning chiqarilishini susaytiradi va plazmadagi kontsentrasiyasini oshiradi.



Ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 3 soat keyin ichga qabul qilinadi. Me'daga ta'sirlovchi ta'siriga yo'l qo'ymaslik uchun preparatni ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi yoki sut bilan ichiladi.

Shifokorning maxsus ko'rsatmasi bo'lmaganda spastik og'riqlarda Ibuklin® aktivni 1 tabletkadan kuniga 3 martagacha qabul qilish tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza - 3 tabletkani tashkil qiladi. Ko'rsatilgan dozani oshirmang!

Shifokorning maslahatisiz Ibuklin® aktiv preparati bilan davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Preparat periferik qonning va jigar funktsiyasini holatining ko'rsatmalarini shifokorning nazorati ostida uzoqroq muddat iste'mol qilinishi mumkin.

Ko'rsatilgan dozani oshirmang. Agar siz dozani oshirib yuborgan bo'lsangiz, darhol shifokorga yoki eng yaqin tibbiy muassasasiga murojat qiling. O'zingiz bilan preparatning o'ramini olib boring.

Simptomlari: qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, susayib qolish holati, uyquchanlik, depressiya, bosh og'rig'i, quloq shang'illashi, metabolik asidoz, koma, o'tkir buyrak etishmovchiligi, arterial bosimning pasayishi, bradikardiya, taxikardiya, yurak bo'lmasi fibrillyasiyasi, nafas to'xtashi.

Davolash: me'dani yuvish (qabul qilingandan faqat 1 soat ichida), faollashtirilgan ko'mir, ishqor suyuqlikni ichish, jadalashgan diurez, simptomatik davolash (kislota-ishqoriy holat va arterial bosimni yaxshilash) o'tkaziladi. Maxsus antidoti mavjud emas.



IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IBUKLIN®  

IBUKLIN

Preparatning savdo nomi: Ibuklin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ibuprofen, parasetamol

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 325 mg parasetamol;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, talk, natriy kraxmal klikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol, sariq apelsin laki FCF, titan dioksidi, sorbin kislotasi, polisorbat 80, relikton.

Ta‘rifi: zarg‘aldoq yoki och-zarg‘aldoq rangli, dog‘li yoki marmarsimon bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, bir tomoni silliq, ikkinchi tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi:  nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.

ATX kodi:  M01AE51

 

Farmakologik xususiyatlari

Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenilpropion kislotasining hosilasi, yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenizida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizimiga javob beruvchi asosiy ferment – SOG ning faolligini susaytirishi hisobiga, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Analgetik (og‘riq qoldiruvchi) ta‘siri ham periferik (prostaglandinlar sintezini pasayishi orqali), ham markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibirlanishi) mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Trombositlar agregasiyasini bostiradi.

Parasetamol – nonarkotik og‘riqni qoldiruvchi vosita, SOG ning faolligini susaytirishi va prostaglandinlar ishlab chiqarilishini pasaytirishi hisobiga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ibuprofen ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikda maksimal konsentrasiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen jigarda metabolizmga uchraydi (90%). Buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 80%) ham o‘zgarmagan holda (10%), ham metabolitlari holida (70%) chiqariladi. Ichak orqali metabolitlari xolida (20%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soat.

Parasetamol MIY dan, asosan ingichka ichakdan tez so‘riladi, bir marta qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyaga 10-60 minutdan keyin erishiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Parasetamol yog‘ to‘qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to‘qima suyuqliklarga keng taqsimlanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid, sulfat bilan bog‘lanish va jigar oksidazalari va sitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Kattalarda parasetamolning katta qismi glyukuron kislotasi bilan, bolalarda – sulfat kislotasi bilan bog‘lanadi. Bu kon‘yugasiyalangan metabolitlari metabolik faolikka ega emas, plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydilar. Shuningdek preparatning dozasi oshirib yuborilganida toksik ta‘sir qiluvchi gidroksilangan metaboliti – N-asetil-r-benzoxinolinni to‘planishi yuz berishi mumkin, u jigar va buyraklarda aralash oksidazalarning ta‘sirida hosil bo‘ladi va odatdagi sharoitlarda glutation bilan bog‘lanib detoksikasiyalanadi.

Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil qiladi va jigar sirrozida oshishi mumkin. Parasetamolning buyrak klirensi 5% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda (taxminan 5%) va glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari holida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan revmatoid va revmatik artrit, osteoartroz, ankilozlanuvchi spondiloartroz), podagra zo‘rayganidagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, tendinitlar, bursit.
  • Radikulit, nevralgiyalar, mialgiyalar.
  • Bosh va tish og‘rig‘i, jaroxatlar, kuyishlar, LOR-a‘zolari, kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklaridagi (adneksit, algodismenoreya) og‘riq sindromi.
  • Infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma.

Preparatni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasalikning rivojlanishiga ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ibuklin® kattalarga odatda ½-1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Shifokor nazoratisiz preparatni og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin, minimal samarasi dozada va mumkin bo‘lgan minimal kursda qabul qilish tavsiya qilinadi.

12 yoshdan yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan yuqori) – sutkada 1 tabletkadan 2 marotaba beriladi.

Davolash muddati isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida – 3 kungacha, ogriq koldiruvchi dori vositasi sifatida – 5 kungacha. Shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘nggina davolashni davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish a‘zolari: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, gepatit bo‘lishi mumkin.

MNT: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘rishni buzilishi (rang ajratishni buzilishi, skotoma, ambliopiya).

Qon yaratish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz.

Siydik chiqarish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, Kvinke shishi, kam hollarda – aseptik meningit, bronxospastik sindrom.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi
  • me‘da-ichakdan qon ketishi
  • jigar yoki buyrak kasalliklari
  • aspiringa bog‘liq bronxial astma
  • ko‘ruv nervini shikastlanishi
  • glyukoza-6-fosfatdegidrogenezaning genetik bo‘lmasligi
  • qon tiziming kasalliklari

·      homiladorlik davri (III uchoyligi)

  • 12 yoshgacha (bolalarga mo‘ljallangan shakli “Ibuklin® Yunior”) bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ibuklinni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar, rifampisin, qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, gormonal kontraseptivlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi, ibuprofen, gipotenziv vositalarning ta‘sirini susaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi, bevosita (geparin) va bilvosita (kumarin va indandion hosilalari) antikoagulyantlar, trombolitiklar (altepaza, antistreplaza, streptokinaza, urikinaza), antiagregantlar, kolxisining ta‘siri kuchaytirishi va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Preparat insulin va qand miqdorini kamaytiruvchi peroral preparatlarning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llash giperkalemiya chiqarish mumkin. Birga qo‘llanganida qonda digoksin, fenitoin, metotreksat va litiyning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Metotreksat bilan birga qo‘llanganida qonda parasetamolning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Alkogol bilan birga qabul qilganda har ikki komponentning gepatotoksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Parasetamol siklosporin va oltin preparatlari bilan birga qo‘llash nefrotoksik samarasini oshiradi. Kortikosteroidlar, kortikotropin, etanol bilan birga qo‘llash MIY eroziv yarali shikastlanishi xavfini oshiradi. Sefamandol, sefoperazon, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antasidlar va xolestiramin preparatning faol ingredientlarini so‘rilishini pasaytiradi. Mielotoksik preparatlar nojo‘ya gemotoksik samaralarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa pasientlar: bu guruhdagi pasientlarda ayniqsa MIY tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarni (qon ketishi, perforasiya) rivojlanish xavfi yuqori, shu sababli preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nafas a‘zolarining kasalliklari: NYAQV lar bronxial astma yoki allergik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.

Yurak-tomir tizimi: NYAQV lar organizmda tutilib qolishi va shishlarni chiqarishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati yomonlashishi mumkin. Ba‘zi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg) uzoq muddat qo‘llash, arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. Ibuprofenni kichik dozalarda (kuniga 120 mg dan kam) qo‘llash, extimol, bunday samara ko‘rsatmaydi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ibuprofenni, faqat potensial xavfi sinchiklab baholangandan keyin qo‘llash mumkin. Yurak-tomir kasalliklarini rivojlanishini xavf omillari (giperlipidemiya, qandli diabet, chekish va boshqa.) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Me‘da-ichak yo‘llari: NYAQV MIY laridan, shu jumladan anamnezida ilgari MIY kasalliklariga ko‘rsatmalar bo‘lmagan pasientlarda qon ketishi, yaralar va perforasiyani chiqarishi mumkin. Anamnezida og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, NYAQV larni katta dozalarini qo‘llash, keksa yoshli pasientlarda ushbu asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun bu guruhda davolashni minimal tavsiya qilingan dozalar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shuningdek bu guruh pasientlarida hamda MIY tomonidan nojo‘ya samaralar xavfini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, serotininni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va boshqa) yoki salisil kislotasining kichik dozalarini yo‘ldosh qo‘llashga muxtoj bo‘lgan shaxslarda, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida me‘da-ichakdan qon ketish epizodlari bo‘lgan pasientlar ularda MIY tomonidan ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida odatdagi bo‘lmagan har qanday simptomlar paydo bo‘lganligi haqida davolovchi shifokorga ma‘lumot berish kerakligi haqida ogohlantirishlari kerak. Gastro-intestinal yara simptomlari yoki qon ketishi rivojlanganida preparat qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Anamnezida MIY larini kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda umumiy holatni yomonlashish xavfi borligi tufayli, NYAQV larni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tizimli kasalliklar: tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarda NYAQV lar aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshirish mumkin.

Dermatologik buzilishlar: juda kam hollarda NYAQV lar qo‘llanganida teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaksiyalar, shu jumladan o‘lim bilan tugaydigan og‘ir reaksiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarni rivojlanish xavfi NYAQV larni qabul qilishning birinchi oyi davomida yuqori. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarda har qanday toshmalar, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Shuningdek preparatni jigar yoki buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga, bevosita jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng, anamnezida NYAQV larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganda, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining poliplari bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq muddat (5 kundan ko‘p) qo‘llanganida periferik qonni va jigar va buyraklarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Buyraklar (belda og‘riq, sutkalik siydik hajmini kamayishi, shishlar) yoki jigar (o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, sariqlik, siydikning rangini o‘zgarishi) funksional holatini buzilishini belgilari paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerkak.

Preparatning gepatoksik ta‘siridan saqlanish uchun davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I va II chi uchoyligida preparatni ona va xomila uchun kutiladigan foydasi, ona va homila uchun bo‘lgan potensial havfdan yuqori bo‘lgan hollarda, shifokor tavsiyasi bilan ko‘llanilishi mumkin. Homiladorlikning III chi uchoyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya (emizish) davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Eksperimental tadqiqotlarda Ibuklin® preparatining embriotoksik, teratogen va mutogen ta‘sir etuvchi komponentlari aniklanmagan.

Preparat ayollarning fertilligiga ta‘sir ko‘rsatish mumkin, shu sababli homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan pasientkalarga uni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lishda muammolari bo‘lgan ayollarda preparatni bekor qilish kerak.

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. preparatni qabul qilish vaqtida pasientga diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda pasient o‘zini yaxshi xis qilsa ham, dozani oshirib yuborilishining simptomlarini kechikib rivojlanishini xavfi borligi sababli, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining xavfi jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yuqori.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral soxada og‘riq, anoreksiya, protrombin vaqtini oshishi, 12-48 soatdan keyin qon ketishi, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, ongni buzilishi, yurak ritmini buzilishi, gipotoniya, tirishishlar, og‘ir hollarda gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi.

Davolash: zaharlangandan so‘ng birinchi 4 soat davomida me‘dani yuvish, ishqoriy ichimliklar ichish, jadallashtirilgan diurez, adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 8-9 soatda metionin, birinchi 12 soatda N-asetilsistein vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) yuborish, gemodializ, simptomatik davolash. Keyingi davolash choralarini o‘tkazishning zarurati qondagi parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek doza oshirib yuborilganidan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 dori vositasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IBUKLIN AKTIV Tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10
Narh: 30 335 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9