×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IMMUNAL tabletkalari N20

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Эхинацеи пурпурной травы сок
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Lek d.d.
ATX kodi:
- L03AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 126 ta dorixonasida topildi

ico 36 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 46 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 45 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 Авексима,ОАО Россия, произведено Иммафарма,ООО Rossiya
480 800 s`om dan
PROGRAF kapsulalar 1mg N50 Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd Irlandiya
208 900 s`om dan
IMUNORIKS eritma dlya priema vnutr 400mg/7ml N10 Polichem S.A., Люксембург произведено: Doppel Pharmaceutical S.r. Italiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Chiqarilish shakli

O‘ramda 20 (2x10) tabletkadan.
1 tabletkada gullayotgan qirmizi exinatseyaning (Echinacea purpurea) yangi yig‘ilgan o‘tidan olingan 80 mg quritilgan sharbatini saqlaydi.
Yordamchi moddalar: magniy sterati, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksidi, natriy saxarinati, vanilin, olcha hushbo‘yi.

Barcha dori vositalari kabi, Immunal tabletkalari ham garchi har kimda ham rivojlanmasada nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Agar Immunalni qabul qilgandan keyin yuz, lab, qovoqlar, tilni shishi rivojlansa, nafas olish qiyinlashsa, terida reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat eting. Qirmizi exinatseya preparatlari allergiyaga nasliy moyilligi bo‘lgan shaxslarda allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.


Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi ma’lum emas. Ayrim hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin:

- qichishish, teri toshmasi, eshakemi, yuzni shishi;

- nafas yo‘llarida yuqori sezuchanlik reaksiyalari, ular ularni torayishini va astmani chaqirishi mumkin;

- teri, teri osti to‘qimalari va shilliq qavatlarni og‘riqli shishi (angionevrotik shish), shuningdek lab, til, tomoq, hiqildoqni shishi, nafas olishni qiyinlashishi (Kvinke shishi) bilan kechuvchi og‘ir darajadagi allergik reaksiya;

- pufaklar, terini ko‘chishi va yaralar bilan kechuvchi teri, teri osti to‘qimalari va shilliq qavatlar tomonidan og‘ir reaksiyalar;

- yuqori sezuvchanlikning darhol reaksiyasi (anafilaktik shok deb nomlanuvchi);

- uzoq vaqt (8 xaftadan ko‘proq) qo‘llaganda oq qon tanachalari sonini kamayishi.

Exinatseyani autoimmun kasalliklar (tarqalgan ensefalit, tugunli eritema, autoimmun trombotsitopeniya, Evans sindromi, buyrak kanalchalarining disfunksiyasi bilan kechuvchi Shegran sindromi) bilan bog‘liqligi aniqlangan.

Agar biron-bir nojo‘ya samaralar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.

Retseptsiz beriladi.

Immunal - o‘simlik xomashyosidan tayyorlangan immunitetni rag‘batlantiruvchi preparatdir. Immunal tabletkalarining ta’sir etuvchi moddasi, gullayotgan qirmizi exinatseya (Echinacea purpurea) o‘simligining yangi yig‘ilgan o‘tidan olingan quritilgan sharbati hisoblanadi.
Qirmizi exinatseyaning faol moddalari organizmning tabiiy himoya kuchlarini kuchaytiruvchi va immunitetni nospetsifik rag‘batlantiruvchisi sifatida ta’sir qiladi.
Leykotsitlar (granulotsitlar va makrofaglar) sonini oshirib va fagotsitozni faollashtirib, ular kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotishga yordam beradi. 
Bundan tashqari, qirmizi exinatsiya o‘tining gripp va gerpes qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan viruslarga qarshi ta’siri aniqlangan.

Qo‘llanilishi
 immunitetni rag‘batlantirish,
 shamollash kasalliklari va grippni oldini olish va ularni qisqa muddatda davolanishi;
 nafas yo‘llarining asoratlanmagan virusli va bakterial kasalliklarining simptomlarini (tumov, angina, yo‘tal, holsizlik) yengillashtirish, 
 surunkali infeksion kasalliklarni antibiotiklar bilan davomli davolashda yordamchi dori vositasi sifatida qo‘llanadi.

Immunal tabletkalarini qabul qilmang, agar Sizda:
 exinatseya va murakkab gullilar oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklarga (masalan moychechak, arnika, tirnoqgul, bo‘ymadaron) yoki preparatning o‘rdamchi moddalariga allergiya;
 avj olib boruvchi tizimli kasalliklar, masalan, tuberkulyoz va sarkoidoz;
 kollagenozlar va tarqoq skleroz kabi autoimmun kasalliklar;
 immuntanqislik (OIV-infeksiya, OITS);
 immun tizimini susayishini chaqiruvchi davolash (masalan, rakni davolash yoki suyak ko‘migini yoki boshqa a’zolarni ko‘chirib o‘tkazgandan keyin qo‘llanadigan dori vositalari);
 leykotsitlarni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tizimining har qanday kasalliklari (masalan, agranulotsitoz, leykoz);
 allergik reaksiyalarga nasliy moyillik (eshakemi, atopik dermatit, bronxial astma).
Preparatni 1 yoshdan kichik bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Agar Siz biron-bir boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz sotiladigan dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Immunalning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan. Shunga qaramasdan immun tizimini susaytiruvchi dori vositalarini (masalan siklosporin va metotreksat) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 3 yil.

Dori preparatlarini doimo original o‘ramda saqlang va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmang. Yaroqlilik muddatining tugash sanasi ko‘rsatilgan oyining oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarni kanalizatsiyaga yoki uydagi chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dorilardan qanday forig‘ bo‘lishni dorixonadan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Davolashni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida boshlash kerak.


Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi; qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan  bolalar: 1 tabletkadan kuniga 2 marta; qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

4 yoshdan kichik bolalar: preparatni qo‘llab bo‘lmaydi.


Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Tabletkalarni suv bilan ichish kerak. Ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilinadi.


Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli profilaktika va davolash uchun preparatni uzluksiz 10 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi. 14 kunlik tanaffusdan keyin kursni takrorlash mumkin.


Agar simptomlar zo‘raysa yoki 10 kundan ko‘p saqlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi
Exinatseya purpuraning dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan. 
Agar doza oshirib yuborilganidan keyin nojo‘ya samaralar aniqlansa, shifokorga murojaat qiling.
Qabul qilishni o‘tkazib yuborish
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang. Keyingi qabul qilish vaqti kelganida qabul qilishni davom ettiring.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya davrida Immunalning ta’siri haqida ma’lumotlar yetarli emasligi tufayli, ushbu preparatni homilador va emizayotgan ayollar qabul qilishi tavsiya etilmaydi, shifokor buyurgan holatlar bundan mustasno.

Immunalni fertillikka ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.

Agar preparatni qabul qilish fonida simptomatika yomonlashishi kuzatilsa yoki tana haroratini oshishi aniqlansa, shifokor bilan maslahatlashing.

Agar allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lsa, Immunal tabletkalarini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

Bolalarda qo‘llash yuzasidan “Immunal tabletkalarini qanday qabul qilish kerak” bo‘limidan ko‘ring.

Preparatning ayrim komponentlari haqida ma’lumotlar

Immunal tabletkalari laktoza saqlaydi. Agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, unda tabletkalarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.


Agar 10 kun davomida yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat eting.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IMMUNAL tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IMMUNAL tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IMMUNAL tabletkalari N20 dori vositasi Lek d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IMMUNAL tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IMMUNAL tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BROMERGON tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 48 900 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NAKOM tabletkalari 250mg/25mg N100
Narh: 310 000 so'mdan Batafsil
ABAKTAL tabletkalari 400mg N10
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
PERSEN DEN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
PERSEN NOCH kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
5 NOK tabletkalari 50mg N50
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
LOMILAN tabletkalari N30
LOMILAN tabletkalari N20
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
TULIP tabletkalari 40mg N30
TULIP tabletkalari 20mg N30
FLEKSID tabletkalari 250mg N5
IMMUNAL tomchilar dlya priema vnutr 50ml
LOMILAN tabletkalari N10
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
PRILAMID tabletkalari 4mg/1,25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
PRILAMID tabletkalari 2mg/0,625mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Другие формы препарата
IMMUNAL eritma 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Serbiya / Sloveniya
  • Faol modda: Эхинацеи пурпурной травы сок ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Хемофарм А.Д.,/Лек д.д.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9