×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Детям Разрешено
Детям
Разрешено

LINEKS bolalar uchun kukuni 1,5g N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Farmakoterapevtik guruh:
- diareyaga qarshi mikroorganizmlar.
Faol modda:
Бифидобактерии, Лактобактерии ацидофильные
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Lek d.d.
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- A07FA
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 228 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 92 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 78 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g ООО «ТНК СИЛМА» Rossiya
145 000 s`om dan
SLABIKAP tomchilar 10ml 7,5mg/ml Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
SENADEKSIN tabletkalari N10 Herbal Pharm, OOO O'zbekiston
1 300 s`om dan
Saqlash shartlari Bolalar qo'li etmaydigan joyda, asl o'ramida 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang. Yaroqlilik muddati belgilangan oyning oxirgi kunida tugaydi.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
 Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
1,5 g kukun saqlovchi bitta sashe quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Bifidobacterium animalis subsp. lactis (BB-12) tirik liofilizatsiya qilingan sut kislotali bakteriyalarni 109 koloniya hosil qiluvchi birlik.

Yordamchi modda: maltodekstrin (bolada ovqat hazm qilish uchun neytral, inert yordamchi modda).

Bifidobacterium animalis subsp. lactis bifidobakteriyalari me’da-ichak yo‘llarida mahalliy ta’sir ko‘rsatadi; ichga qabul qilingandan keyin so‘rilishi kuzatilmaydi. Shuning uchun klassik farmakokinetik tadqiqotlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bifidobacterium animalis subsp. lactis ning me’da kislotasi va safroga chidamliligi shtammlarni me’da va o‘n ikki barmoq ichak orqali o‘tganda ko‘p miqdorda yashab qolish imkonini beradi. Shtamm ichak shillig‘iga adgeziya qilish qobiliyatiga ega. MIY da joylashuvchi boshqa mikroorganizmlar kabi Bifidobacterium animalis subsp. lactis peristaltika va defekatsiya jarayonida asta-sekin chiqariladi. Xavfsizlik bo‘yicha klinik oldi ma’lumotlari

Bifidobacterium animalis subsp. lactis bifidobakteriyalarga umumqabul qilingan xavfsiz vositalari statusi berilgan (GRAS).

Xavfsizlik farmakologiyasi, takroriy dozalar toksikligi, genotoksiklik va kanserogen potensiali bo‘yicha standart tadqiqotlarda olingan klinik oldi ma’lumotlari odam uchun xavfni aniqlamagan. Reproduktiv toksiklik bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Линекс для детей preparatini qo‘llaganda quyidagi noxush samaralar rivojlanishi mumkin. Ularning tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez ( 1/10), tez-tez ( 1/100 - < 1/10), tez-tez emas ( 1/1000 - < 1/100), kam xollarda ( 1/10000 - < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).


Immun tizimi tomonidan buzilishlar 

Juda kam xollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Retseptsiz chiqariladi.

ЛИНЕКС ДЛЯ ДЕТЕЙ emizikli yoshdagi bolalar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanadi.


ЛИНЕКС ДЛЯ ДЕТЕЙ quyidagilarda qo‘llanishi mumkin:

• ichak mikroflorasining muvozanatini va funksiyasini shakllantirish va tutib turish uchun;

• diareya, meteorizm va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarini oldini olish va tutib turuvchi davolash uchun, agar ular quyidagilar tomonidan chaqirilgan bo‘lsa:

- virusli va bakterial me’da-ichak yo‘llari infeksiyalar (masalan rotavirus); 

- antibakterial vositalar (antibiotiklar va mikroblarga qarshi boshqa sintetik preparatlar) bilan davolash;

- qo‘shimcha ovqat va bolani sun’iy oziqlantirish.

Preparatning ta’sir etuvchi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa bakteriyalar kabi bifidobakteriyalar antibiotiklarga sezgir. Shuning uchun ЛИНЕКС ДЛЯ ДЕТЕЙ ni antibiotik qabul qilgandan keyin kamida 3 soatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda, original o‘ramda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuni tugaydi.

Oqdan biroz och jigarrang ranggacha kukun.

Emizikli bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bitta sashe kuniga bir marta, ovqatlanish vaqtida buyuriladi.

2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bitta sashe kuniga bir yoki ikki marta (ertalab va kechqurun), ovqatlanish vaqtida buyuriladi.


Sashe ichidagisi suv, sharbat, sut yoki bolalar ozuqasi bilan aralashtiriladi.

Issiq ichimliklar bilan aralashtirilmasin!


LINЕKS DLYA DЕTЕY ni simptomlar saqlanguncha qabul qilish mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.


Lineks dlya detey faqat bolalar uchun mo‘ljallangan. 

Homiladorlik vaqtida Bifidobacterium animalis subsp. lactis saqlovchi preparatlarni qabul qilganda noxush samaralar haqida xabar berilmagan. Homiladorlik va emizish davridagi diareyani davolashni shifokor kuzatuvi ostida olib borish kerak.

Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak, agar bolada quyidagilar kuzatilsa: 

• tana harorati 38°C dan yuqori bo‘lsa;

• axlatda qon yoki shilliq bo‘lsa; 

• diareya ikki kundan ortiq davom etsa;

• suvsizlanish va tana vaznini kamayishi bilan kechuvchi kuchli diareya bo‘lsa; 

• qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi diareya bo‘lsa;

• boshqa surunkali kasalliklar (masalan qandli diabet, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari) yoki immuntanqislik (masalan OITV infeksiya) fonida diareya bo‘lsa.


6 yoshdan kichik bolalardagi diareyani shifokor kuzatuvi ostida davolash kerak.

Har qanday diareyani davolaganda suyuqlik va elektrolitlar o‘rnini to‘ldirish muhim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LINEKS bolalar uchun kukuni 1,5g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LINEKS bolalar uchun kukuni 1,5g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LINEKS bolalar uchun kukuni 1,5g N10 dori vositasi Lek d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LINEKS bolalar uchun kukuni 1,5g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LINEKS bolalar uchun kukuni 1,5g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BROMERGON tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 48 900 so'mdan Batafsil
NAKOM tabletkalari 250mg/25mg N100
Narh: 310 000 so'mdan Batafsil
IMMUNAL tabletkalari N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ABAKTAL tabletkalari 400mg N10
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
PERSEN DEN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
PERSEN NOCH kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
5 NOK tabletkalari 50mg N50
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
LOMILAN tabletkalari N30
LOMILAN tabletkalari N20
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
TULIP tabletkalari 40mg N30
TULIP tabletkalari 20mg N30
FLEKSID tabletkalari 250mg N5
IMMUNAL tomchilar dlya priema vnutr 50ml
LOMILAN tabletkalari N10
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
PRILAMID tabletkalari 4mg/1,25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
PRILAMID tabletkalari 2mg/0,625mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9