×
×
  • Kandid B

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Kandid B

Kategoriya:
- Dermatologik
Faol modda:
Беклометазон, Клотримазол
Ishlab chiqaruvchi:
- Гленмарк Фармасьютикалз Лтд
ATX kodi:
- D07BC Кортикостероиды активные в комбинации с антисептиками
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GENTRIDERM krem 15g Seoul Pharma Co., Ltd Koreya
BINAFIN tabletkalari 250mg N14 Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
65 000 s`om dan
GERPES STOP krem 10g 1% Livzon (Group) Pharmaceutical Factory Xitoy
49 300 s`om dan
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g Dentafill Plyus, ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
Saqlash shartlari В защищенном от света месте, при температуре не выше 25 °C. Хранить в недоступном для детей месте.
Продажа Retseptsiz.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Kandid B qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KANDID B

CANDID B

 

Preparatning savdo nomi: Kandid B

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): yo‘q

Dori shakli: krem

Tarkibi:

100 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:        klotrimazol – 1,000 g,

beklometazon – 0,025 g;

yordamchi moddalar: benzil spirti, oq vazelin jele, suyuq parafin, setomakrogol, emulgirlangan mum, propilenglikol, metilparaben, propilparaben, butilogidroksitoluol, suvsiz natriy fosfat, natriy digidrofosfat, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq rangli yumshoq krem

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Majmuaviy preparatlar.

ATX kodi: D01AC20

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kandid B – sirtga qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi komponentlari bilan zamburug‘larga qarshi majmuaviy preparatdir. Preparatni farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi klotrimazol va beklametazon dipropionatning xususiyatlari bilan bog‘liq. Klotrimazol – imidazol hosilalari guruhiga mansub keng ta‘sir doirali zamburug‘larga qarshi vosita. Dermatofitlar, achitqi zamburug‘lari (Candida, Torulopsis glabarata, Rhodotorula oilasi), mog‘or zamburug‘i, shuningdek rangbarang temiratki va eritrazmalar klotrimazolga sezgir. Bundan tashqari, klotrimazol grammusbat (stafilakokklar, streptakokklar) va grammanfiy bakteriyalar (Bacteroides, Gardnerella vaginalis) ga nisbatan, shuningdek Trichomonas vaginalis, Malassezia furfur, Corinebacterium minussumum ga nisbatan samaralidir. Klotrimazolni samarasi zamburug‘ hujayralari membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzish qobiliyati bilan bog‘liq.

Beklametazon dipropionati – sintetik glyukokortikosteroid yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishlarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Glyukokortikosteroidlarni tizimli qo‘llash ta‘sir mexanizmi yallig‘lanishning barcha bosqichlari: spesifik steroid reseptorlari bilan bog‘lanib, ular hujayra yadrosiga kiriladi va DNK bilan bog‘laniladi, informasion RNK hosil bo‘lishini rag‘batlantiriladi; natijada ribosomalarda RNK translyasiyasini turli xil boshqaruvchi oqsillari sintezlanadi

Farmakokinetikasi

Klotrimazol mahalliy qo‘llanganida teri yuzasidan yomon so‘riladi (epidemisni shox qavatida to‘planadi).

Krem uzoq muddat qo‘llanganida beklametazon tizimli so‘rilishga ega. Uning faol metaboliti beklametazon dipropinati tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Tmax) erishish vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasining oqsillari bilan bog‘lanishi birmuncha yuqori – 87%. Beklametazon dipropionati yuqori plazma klirensiga ega. Yarim chiqarilish davri – 0,5 soat. Qon oqimiga tushishi va tizimli paydo bo‘lishi kremning umumiy dozasi va terining gidratasiya darajasiga bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Terining zamburug‘li infeksiyalari, ayniqsa agar ular o‘tkir ekzematozni paydo bo‘lishi bilan kechganida:

– tananing turli qismlaridagi dermatomikozlari;

– tovon epidermofitiyasi, chov epidermofitiyasi;

– ikkilamchi asoratlangan infeksiyalar, dermatozlarda qo‘llanadi.

                                                                                                         

Qo‘llash usuli va dozalari                            

Sirtga buyuriladi. Krem terining shikastlangan sohasiga yupqa qatlam qilib kuniga      2-3 marta va ishqalab surtiladi. Shikastlangan sohani birlamchi yuvish va quritish kerak. Odatda dermatozlarni davolash davomiyligi 3-4 hafta, tovon epidermofitiyasida – 4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat qo‘llash zarurati bo‘lganida kam-kam kunora qo‘llaniladi. Surunkali kasalliklarni davolashda kasallikni qaytalanishidan saqlanish uchun davolashni barcha simptomlari yo‘qolganidan keyin yana bir necha vaqt davom ettirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kandid B kremi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Kam hollarda

– preparat surtilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchish hissi.

Juda kam hollarda

– gipopigmentasiya, husnbuzarsimon toshma, kontaktli dermatoz, terini atrofiyasi, terini ikkilamchi infeksiyasi. Ta‘sirlanish paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatni komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

– teri sili, suvchechak, oddiy gerpes, qizamiq;

– emlashdan keyingi teri reaksiyalari, sifilisni teri ko‘rinishi;

– aktinomikoz, blastomikoz;

– surunkali venoz yetishmovchiligi fonida trofik yaralar;

– teri o‘smasi;

– homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori preparatlari bilan preparatni o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat faqat dermatologiya amaliyotida ishlatish uchun mo‘ljallagan. Krem qo‘llanganida, agar preparat faqat ochiq yoki germetik bog‘lamli jarohatlarga surtilmaganda tizimli nojo‘ya reaksiyalari istisno qilingan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak; ko‘z sohasini terisiga va shilliq qavatlarga surtish mumkin emas.

Infeksiyani rivojlanishi yoki tarqalishi preparatni bekor qilish va antibakterial davolashni buyurishni talab etadi.

Pediatriyada qo‘llanishi

2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda teri orqali o‘tishini ehtimolligi yuqoriligini va tizimli toksik reaksiyalarni rivojlanishini inobatga olib ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda germetik bog‘lamlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar amaliyotida kremni qo‘llash qat‘iy shifokor kuzatuvi ostida o‘tkazish kerak.

Dori vositalarini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etish xususiyati

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kandid B mahalliy surtilganida o‘tkir dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam va hayot uchun xavf namoyon qilmasligi mumkin.

Chiqarilish shakli

15 g dan krem teshish uchun o‘tkir qopqog‘i bo‘lgan alyumin tyubalarda.

1 tyuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Kandid B dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Kandid B dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Kandid B dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KANDID B krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Беклометазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASKORIL tabletkalari N20
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
KLENZIT gel 15g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Adapalen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гленмарк Фармасьютикалз Лтд
OFLOMIL LAK DLYA NOGTEY 2,5ml 5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Amorolfin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гленмарк Фармасьютикалз Лтд
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
KANDID poroshok
KANDID 30,0 poroshok dlya narujnogo primeneniya 1%
KANDID gel 30g
KANDID 30,0 vaginal gel 2%
KANDID eritma 15ml 1%
KANDID eritma 15ml 1%
KANDID eritma
KANDID eritma 20ml 1%
KANDID eritma 15ml 1%
KANDID krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
KANDID B krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Беклометазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
KANDID B 15,0 krem
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Беклометазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гленмарк Фармасьютикалз Лтд
KANDID 20,0 krem
KANDID 0,5 tabletkalari N1
KANDID V6 0,1 tabletkalari N6
Kandid B
  • Faol modda: Беклометазон, Клотримазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гленмарк Фармасьютикалз Лтд
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9