×
×
  • LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Laborate Pharmaceuticals India Ltd
ATX kodi:
- H01BB02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 44 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 Samarth Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
DEKSAMETAZON eritma 1ml 4mg/ml N25 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
23 500 s`om dan
PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N40 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
18 600 s`om dan
SLIDERON liofilizat 500mg United Biotech (P) Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LABTOSIN®
LABTOCIN®

Preparatning savdo nomi: Labtosin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksitosin
Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: oksitosin (sintetik oksitosin) – 5 XB
yordamchi moddalar: xlorbutanol xlorbutanol gemigidrati ko‘rinishida, natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi: miometriyni qisqaruvchanligini kuchaytiruvchi vosita.
ATX kodi: H01BB02

Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Gormonal vosita. Gipofizning orqa bo‘lagi gormonining sintetik polipeptid analogi. Bachadon tonusini oshiruvchi, tug‘ruq faoliyatini rag‘batlantiruvchi va laktotrop ta‘sirga ega vosita. Miometriyga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi (ayniqsa xomiladorlikning oxirida, tug‘ruq faoliyati davomida va bevosita tug‘ruq vaqtida).
Oksitosinning ta‘sirida kalsiy uchun membranalarning o‘tkazuvchanligi oshadi, tinchlik potensiali pasayadi va ularning qo‘zg‘aluvchanligi oshadi (membrana potensialini pasayishi qisqarishlar soni, jadalligini va davomiyligini oshishiga olib keladi).
Oksitosin gipofizning old bo‘lagi tomonidan prolaktinni ishlab chiqarilishini oshirib, ko‘krak sutini sekresiyasini rag‘batlantiradi. Sut bezi alveolalari atrofidagi mioepitelial xujayralarni qisqartiradi, sutni ajralishini kuchayishiga yordam berib, sutni katta yo‘llar yoki sinuslarga tushishini rag‘batlantiradi.
Qon tomirlarini toraytiruvchi va antidiuretik ta‘sirga deyarli ega emas (faqat yuqori dozalarda), qovuq va ichak mushaklarini qisqarishini chaqirmaydi.
Teri ostiga va mushak ichiga yuborilganida samarasi 1-2 minutdan keyin yuz beradi, 20-30 minut davom etadi; vena ichiga – 0,5-1 minutdan keyin, intranazal yuborilganda – bir necha minut davomida boshlanadi.
Farmakokinetikasi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (30%). Jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Homiladorlik davrida plazmada, nishon-a‘zolarda, yo‘ldoshda, endogen va ekzogen oksitosinni faolsizlantiruvchi oksitosinazaning konsentrasiyasi oshadi. Asosan buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1-6 minut (homiladorlikning kechki muddatlarida va laktasiya davrida kamayadi),

Qo‘llanilishi
Tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish va rag‘batlantirish uchun (tug‘ruq faoliyatini birlamchi va ikkilamchi kuchsizligi, gestoz, rezus-konflikt, homilani ona qornidagi o‘limi tufayli muddatidan oldin tug‘ruq zarurati; muddatidan o‘tgan homiladorlik, homila oldi suvlarini muddatidan oldin ketishi, homilani chanoq bilan kelishida tug‘ruqni olib borish uchun) qo‘llaniladi.
Abortdan keyingi (shu jumladan xomiladorlikni katta muddatlarida) va erta tug‘ruqdan keyingi davrda bachadondan gipotonik qon ketishlarini oldini olish va davolash uchun, bachadonni tug‘ruqdan keyingi involyusiyasini tezlashtirish uchun; keserev kesish operasiyasida bachadonning qisqaruvchanlik qobiliyatini kuchaytirish uchun (yo‘ldosh olib tashlanganidan keyin) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari
Oksitosin vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Tug‘ruqni qo‘zg‘atish uchun mushak ichiga 0,5-2 XB oksitosin yuboriladi; zarurati bo‘lganida in‘eksiyalar xar 30-60 minutda takrorlanadi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 1 ml sintetik oksitosin 5 XB 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasining 500 ml da suyultiriladi. Yuborish minutiga 5-8 tomchidan boshlanadi, so‘ngra tug‘ruq faoliyatining xarakteriga qarab, tezlik oshiriladi (har 5-10 minutda 5 tomchiga, lekin minutiga ko‘pi bilan 40 tomchiga oshiriladi).
Muqarrar yoki yakunlanmagan abortni davolash uchun: vena ichiga tomchilab, 10 XB oksitosin 5% li dekstroza eritmasining 500 ml da minutiga 20-40 tomchi tezlikda yuboriladi.
Bachadondan gipotonik qon ketishlarini oldini olish uchun oksitosin mushak ichiga
3-5 XB dan sutkada 2-3 marta xar kuni 2-3 kun davomida yuboriladi, bachadondan gipotonik qon ketishlarini davolash uchun esa, 3 sutka davomida 5-8 XB dan kuniga 2-3 marta yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari
Bradikardiya (ona va homilada), arterial bosimni pasayishi, shok yoki arterial bosimni oshishi va subaroxnoidal qon ketishi, yurak ritmini buzilishi (shu jumladan homilada); bronxospazm; ko‘ngil aynishi, qusish, suvni tutilishi; neonatal sariqlik, homilada fibrinogen konsentrasiyasini pasayishi, allergik reaksiyalar, shuningdek haddan ziyod faol tug‘ruq faoliyati, bu homilaning o‘tkir gipoksiyasini, normal joylashgan yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishini va bachadonni yorilishini chaqirishi mumkin. Bu asoratlarning simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik; tor chanoq (anatomik va klinik), homilaning ko‘ndalang va qiyshiq holati, homilani yuzi bilan kelishi, muddatidan oldingi tug‘ruqlar, bachadonni yorilishga moyilligi, bachadon chandiqlari (ilgari o‘tkazilgan keserev kesishdan yoki bachadondagi boshqa operasiyalardan keyingi), bachadonni haddan ziyod cho‘zilishi, bachadon sepsisi, bachadon bo‘ynining invaziv karsinomasi; bachadonning gipertonusi (tug‘ruqlar davomida paydo bo‘lmagan), homilani ezilishi, arterial gipertenziya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishiga gumon, homilani ona qornidagi gipoksiyasida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Oksitosin simpatomimetiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (simpatomimetiklarning pressor (qon tomirlarni toraytiruvchi) ta‘sirini potensiyalaydi).
Galotan va siklopropan arterial gipotenziya rivojlanish xavfini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar
Oksitosin bachadonning qisqaruvchanlik faoliyatini, homilaning holatini, arterial bosim va ayolning umumiy holatini nazorati ostida qo‘llanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi
Bachadonni giperstimulyasiyasi, bu gipertonusga va bachadonni tetanik qisqarishlariga olib kelishi mumkin, ular o‘z navbatida bachadonni yorilishiga, tug‘ruqdan keyingi qon ketishiga, homilaning yurak faoliyati tomonidan turli o‘zgarishlarga va homilani nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Oksitosin katta dozalarda infuziya yo‘li bilan davomli qo‘llanganida (40-50 ml/min), oksitosinning antidiuretik samarasi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganida oksitosinni yuborishni darxol to‘xtatish kerak, jadallashtirilgan diurez, simptomatik preparatlar va gipertonik tuzli eritmalar (elektrolit balansini normallashtirish maqsadida) yuboriladi.

Chiqarilish shakli
5 XB 1 ml dan ampulada vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma.
10 ampuladan preparatning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2 dan 8oS gacha haroratda..

Yaroqlilik muddati
3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi Laborate Pharmaceuticals India Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
DUO KLAV poroshok so vkusom apelsina 125mg/31,5mg
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1
Narh: 42 900 so'mdan Batafsil
FLYUAUT suspenziya 60ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 250mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 9 400 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
TOBRA ko'z tomchilari i ushnie 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MOKSI D ko'z tomchilari 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
MEDI-PROM eritma 2 ml 25 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
TOBRA D ko'z tomchilari i ushnie 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 10ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9