×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Азитромицин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Laborate Pharmaceuticals India Ltd
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 42 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

AZIMAK kapsulalar 250mg N6 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
48 000 s`om dan
TAYGERON infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
51 990 s`om dan
RODINIR poroshok 60ml 250mg/5ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
78 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AZILAB®

AZILAB®

Preparatning savdo nomi: Azilab®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya, 100 mg/5 ml.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin (azitromisin digidrati ko‘rinishida) – 100 mg;

yordamchi moddalar: qalampir yalpiz aromatizatori, gliserin, sorbitol 70%, sariq quyosh shafaqi bo‘yovchisi, kardamon aromatizator, Neotam shirin ta‘m beruvchi, natriy saxarinati, doshion, kansan kamedi, bronopol, metil gidroksibenzoati, propil gidroksibenzoati, suvsiz kolloid kremniy, mentol, saxaroza, tozalangan suv

Ta‘rifi: to‘q sariq rangli kardamon ta‘mli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (makrolidlar guruhi).

ATX kodi: J01FA10

Farmakologik hususiyatlari

Azitromisin keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, makrolid antibiotiklarini yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Bakteriostatik ta‘sirga ega, biroq yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyalarni hosil qilganida bakterisid samara chaqiradi. Azitromisin sezuvchan mikroorganizmlarda oqsillar sintezini susaytirib, grammusbat, grammanfiy, anaerob, hujayra ichidagi va boshqa mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faollik namoyon qiladi:

Mycoplasma pneumoniae, Haemophilus ducreyi, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes, Gardnerella vaginalis, Actinomyces species, Bordetella pertussis, Borrelia burgdorferi, Mobiluncus species.

Haemophilus influenzae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus parainfluenzae, Streptococcus pneumoniae, Legionella pneumophila, Streptococcus agalactiae, Neisseria meningitides, Streptococcus viridans, Neisseria gonorrhoeae, Streptococcus group C, F, G, Helicobacter pylori, Peptococcus species, Campylobacter jejuni, Peptostreptococcus, Pasteurella multocida, Fusobacterium necrophorum, Pasteurella haemolytica, Clostridium perfringens, Brucella melitensis, Bacteroides bivius, Bordetella parapertussis, Chlamydia trachomatis, Vibrio cholerae, Chlamydia pneumoniae, Vibrio parahaemolyticus, Ureaplasma urealyticum, Plesiomonas shigelloides, Listeria monocytogenes, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus (*eritromisinga – sezgir shtammlari);

Escherichia coli, Bacteroides fragilis, Salmonella enteritidis, Bacteroides oralis, Salmonella typhi, Clostridium difficile, Shigella sonnei, Eubacterium lentum, Yersinia enterocolitica, Fusobacterium nucleatum, Acinetobacter calcoaceticus, Aeromonas hydrophilia.

Farmakokinetikasi

Azitromisin og‘iz orqali qabul qilinganida tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan ifodalanadi. Ichga bir marta qabul qilgandan so‘ng azitromisinning 37% so‘riladi, va plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi (0,41 μg/ml) 2-3 soatdan keyin qayd etiladi. Vd taxminan 31 l/kg ni tashkil qiladi. Azitromisin nafas yo‘llari, urogenital tizimning to‘qimalari va a‘zolari, prostata bezi, teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi va to‘qimani turiga qarab 1 dan 9 μg/ml ga yetadi. To‘qimalardagi yuqori konsentrasiyasi (plazmadagi konsentrasiyasiga nisbatan 50 marta yuqori) va davomli yarim parchalanish davri azitromisinni plazma oqsillari bilan kam bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga o‘tishi va lizosomaning atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda to‘planish xususiyati bilan ifodalanadi. Azitromisinni lizosomalarda to‘planish xususiyati hujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilarni eliminasiyasi uchun juda muhim. Fagositlar azitromisinni infeksiya joylashgan joyga yetkazadilar, u yerda u fagositoz jarayonida ajralib chiqadi. Ammo fagositlardagi yuqori konsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning faoliyatlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik konsentrasiyasi oxirgi dozasini ichga qabul qilgandan so‘ng 5-7 kun saqlanadi. Azitromisinni qabul qilganda jigar fermentlarining faolligi tranzitor oshishi mumkin. Plazmadan dozasining yarmini chiqarilishi to‘qimalardagi dozasining yarmini 2-4 kun davomida kamayishini aks ettiradi. Preparatni 8 soatdan 24 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng yarim parchalanish davri 14-20 soatni tashkil qiladi, preparatni 24 soatdan 72 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng esa 41 soatni tashkil qiladi, bu Azilab®ni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi. Asosiy chiqarilish yo‘li – safro orqali. Taxminan 50% o‘zgarmagan holda, qolgan 50% 10 ta faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 6% buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial faringit/tonzillit, sinusit, o‘rta otit)
  • quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial bronxit, interstisial va alveolyar pnevmoniya, surunkali bronxitni zo‘rayishi)
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (surunkali migrasiyalanuvchi eritema – Laym kasalligini boshlang‘ich bosqichi, saramas, impetigo, ikkilamchi piodermatozlar)
  • me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakning Helicobacter pylori chaqirgan infeksiyalari
  • urogenital yo‘llarining infeksiyalari (gonoreyali va gonoreyali bo‘lmagan uretrit va/yoki servisit) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Azilab® peroral suspenziya holida sutkada 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin o‘lchov qoshig‘i yoki o‘lchov shprisi yordamida qabul qilinadi.

Yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (surunkali migrasiyalanuvchi eritemadan tashqari)

Bir kurs dozasi 30 mg/kg tashkil qiladi.

Davolashni ikkita sxemasi qo‘llanadi:

  • tana vazniga 10 mg/kg kuniga bir marta 3 kun davomida;
  • birinchi kunida tana vazniga 10 mg/kg va 2-kundan 5-kungacha tana vazniga 5 mg/kg.

Preparat bolalarga tana vaznidan kelib chiqib buyuriladi:

Tana vazni Azilab peroral suspenziya tayyorlash uchun kukun

100 mg/5 ml

5 kg 2,5 ml (50 mg)
6 kg 3 ml (60 mg)
7 kg 3,5 ml (70 mg)
8 kg 4 ml (80 mg)
9 kg 4,5 ml (90 mg)
10-14 kg 5 ml (100 mg)

Tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga uzoq ta‘sir qiluvchi suspenziya shaklini buyurish tavsiya etiladi.

Surunkali migrasiyalanuvchi eritema

Preparatning bir kurs dozasi 60 mg/kg tashkil qiladi: 1-kunida 20 mg/kg dan va keyingi 2 dan 5-kungacha 10 mg/kg dan bir marta qabul qilinadi.

Me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakni Helicobacter pylori chaqirgan kasalliklari:

Tana vazniga 20 mg/kg kuniga bir marta antisekretor vositalar va boshqa dori preparatlari bilan birga buyuriladi.

Preparatning dozasi o‘tkazib yuborilgan holda, uni darhol qabul qilish kerak, so‘ngra esa navbatdagi dozalari 24 soat interval bilan qabul qilinadi.

Qabul qilishdan oldin flakonning ichidagisi bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyani bevosita qabul qilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ida qolgan suspenziyaning miqdorini yuvish va yutish uchun bolaga bir necha qultum suyuqlik beriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • qusish, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, qabziyat;
  • qonda jigar aminotransferazalari, bilirubin, eozonofillarning miqdorini tranzitor oshishi. Ko‘rsatkichlar davolash tugaganidan so‘ng 2-3 haftadan keyin normaga qaytadi;
  • xolestatik sariqlik, gepatit;
  • o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (qizarish, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, yorug‘likka sezuvchanlik).

Juda kam hollarda:

  • ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz;
  • toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta‘m va hid bilishni buzilishi, paresteziyalar, xushdan ketish, bezovtalik, asabiylik, uyqusizlik;
  • yurakni tez urishi, aritmiyalar;
  • artralgiya, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • makrolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar va buyraklar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar Azilab® suspenziyasini so‘rilishini ahamiyatli darajada kamaytiradilar, shuning uchun preparatni bu preparatlarni qabul qilishdan bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qilish kerak. Makrolid antibiotiklar digoksin, siklosporin, astemizol, triazolam, midazolam yoki alfentanil bilan o‘zaro ta‘sir qiladi. Bu preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.

Azitromisin sitoxrom R-450 bilan bog‘lanmaydi va shuning uchun teofillin, terfenadin, varfarin, karbamazepin, metilprednizolon va simetidin bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Azilab® 100 mg/5 ml suspenziyasi bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni qo‘llash davomiyligi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. Azilab® preparatini jigar faoliyati buzilgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Azilab®ning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Makrolid antibiotiklarining dozalarini oshirib yuborilishi eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, og‘ir darajadagi ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan namoyon bo‘ladi. Bunday holatda qusishni chaqirish va zudlik bilan simptomatik davolash kerak.

Chiqarilish shakli 

15 ml suspenziya RET jigarrang flakonda. 1 flakon o‘lchov qalpoqchasi bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

24 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1 dori vositasi Laborate Pharmaceuticals India Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
DUO KLAV poroshok so vkusom apelsina 125mg/31,5mg
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10
FLYUAUT suspenziya 60ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 250mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 9 400 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
TOBRA ko'z tomchilari i ushnie 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MOKSI D ko'z tomchilari 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
MEDI-PROM eritma 2 ml 25 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
TOBRA D ko'z tomchilari i ushnie 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 10ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9