×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOPIREL tabletkalari 75mg N56

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Malta
Faol modda:
Клопидогрел
Qadoqda soni:
- 56
Vakil:
- Аktavis
ATX kodi:
- B01AC04 Клопидогрел
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLENOKS eritma 0,4ml 4000 anti-Xa ME N10 Фармак, ПАО Ukraina
430 000 s`om dan
STAZEKS tabletkalari 75mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
171 000 s`om dan
PLOGREL tabletkalari 75mg N30 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LOPIREL tabletkalari 75mg N56 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOPIREL

LOPIREL

 

Preparatning savdo nomi: Lopirel

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klopidogrel

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 75 mg klopidogrel asosiga mos keluvchi 97,87 mg klopidogrel gidrosulfati,

yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall sellyuloza, krospovidon (A turi), gliseril dibegenati, talk, pushti Opadray II 85 G34669 (polivinil spirti, talk, titan dioksidi (Ye 171), makrogol 3350, lesitin (Ye 322), temir (III) oksidi bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “I” gravirovkasi bo‘lgan pushti rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antiagregant vosita

ATX kodi: B01AC04

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Antiagregant vosita; trombositlar agregasiyasining spesifik va faol ingibitori; toj tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. ADF ni trombositlardagi reseptorlar bilan bog‘lanishini va ADF ta‘sirida GPI Ib/IIIa reseptorlarning faollashuvini tanlab pasaytirib, trombositlar agregasiyasini susaytiradi. Trombositlarning boshqa agonistlar chaqirgan agregasiyasini kamaytirib, erkin ADF tomonidan ularning faollashuvini oldini oladi, FDEni faolligiga ta‘sir qilmaydi. Trombositlarning hayot sikli (7 kun) davomida ADF ni rag‘batlantirishiga moyil bo‘lmagan trombositlarning ADF-reseptorlari bilan qaytmas bog‘lanadi. Trombositlar agregasiyasini tormozlanishi 400 mg boshlang‘ich dozani qabul qilgandan so‘ng (40% ingibirlanish) 2 soat o‘tgach kuzatiladi. Maksimal samara (agregasiyani 60% bostirilishi) sutkada 50-100 mg dozada muntazam qabul qilinganda 4-7 kundan keyin kuzatiladi. Antiagregant samara trombositlarning butun hayoti (7-10 kun) davomida saqlanib qoladi. Tomirlarni aterosklerotik shikastlanishi bo‘lganida tomirdagi jarayonni qaerda joylashishidan (serebrovaskulyar, kardiovaskulyar yoki periferik shikastlanishi) qat‘iy nazar aterotrombozni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori; biokiraolishligi – yuqori; plazmadagi konsentrasiyasi past va qabul qilingandan so‘ng 2 soatdan keyin aniqlash mumkin bo‘lgan chegaraga (0,025 mkg/l) yetadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 94-98%. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti – karboksil kislotasining nofaol hosilasi bo‘lib, 75 mg dozada og‘iz orqali takror qabul qilingandan so‘ng TCmax ga 1 soatdan keyin erishiladi (Cmax – taxminan
3 mg/l).

Buyraklar orqali 50%, ichak orqali 46% (qabul qilgandan so‘ng 120 soat davomida) chiqariladi. Asosiy metabolitining T1/2 bir marta va takroran qabul qilgandan keyin – 8 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladigan metabolitlarining konsentrasiyasi – 50%. Sutkada 75 mg qabul qilgandan so‘ng plazmada asosiy metabolitini konsentrasiyasi buyraklarning og‘ir kasalliklari (kreatinin klirensi (KK) minutiga 5-15 ml) bo‘lgan pasientlarda buyraklarni o‘rtacha og‘irlikdagi kasalliklari ((KK) minutiga 30 dan 60 ml gacha) bo‘lgan bemorlar va sog‘lom shaxslarga nisbatan past bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Aterotrombotik asoratlarni oldini olish

Miokard infarkti bo‘lgan (bir necha kundan 35 kungacha bo‘lgan davr), ishemik insult bo‘lgan (7 kundan 6 oygacha bo‘lgan davr) yoki periferik arteriyalarning okklyuzion kasalligi tashxis qilingan katta yoshli bemorlarda.

O‘tkir koronar sindromi bo‘lgan katta yoshdagi bemorlarda:

– ST segmenti ko‘tarilmagan (nostabil stenokardiya yoki EKG da Q tishi bo‘lmagan miokard infarkti), shu jumladan teri orqali koronar aralashuv vaqtida bemorlarga o‘tkazilgan stentlash (asetilsalisil kislotasi bilan majmuada).

– ST segmenti ko‘tarilgan (miokard o‘tkir infarkti) dori-darmonlar bilan davolash va trombolizis o‘tkazish imkoniyati bo‘lganda (asetilsalisil kislotasi bilan majmuada).

Aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni oldini olish, shu jumladan insult, yurak bo‘lmachalar fibrillyasiyasi (xipillovchi aritmiya).

Minimum bitta qon tomir asoratlarini rivojlanish xavf omili bilan yurak bo‘lmachalar fibrillyasiyasi (xipillovchi aritmiya), bilvosita antikoagulyantlar qabul qilaolmaydigan va qon ketishni rivojlanish xavfi past bo‘lgan pasientlarda (asetilsalisil kislotasi bilan kombinasiyada) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

75 mg dan sutkada 1 marta ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.

Davolashni miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda bir necha kundan 35 kungacha va ishemik insult o‘tkazgan bemorlarda 7 kundan 6 oygacha bo‘lgan muddatda boshlash kerak.

ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki EKG da Q tishi bo‘lmagan miokard infarkti) bo‘lgan bemorlarga LOPIREL bilan davolashni 300 mg li bir martalik doza bilan boshlanadi, so‘ngra 75 mg sutkada 1 marta (sutkada
75-325 mg dozadagi asetilsalisil kislotasi bilan) doza bilan davom ettiriladi. Optimal davolash davomiyligi aniqlanmagan. Davomiyligi 12 oygacha bo‘lgan davolash sxemasi samarali, maksimal samara davolash boshlangandan so‘ng 3 oydan keyin kuzatiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: tarqalgan (>1/100, <1/10), tarqalmagan (>1/1000, <1/100), kam hollarda (>1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Markaziy nerv tizimi tomonidan:

Tarqalmagan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziya.

Juda kam hollarda: ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, ta‘m bilish hissini buzilishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Tarqalgan: ko‘ngil aynishi, gastrit, meteorizm, qabziyat, qusish, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi.

Juda kam hollarda: kolit (shu jumladan yarali yoki limfositar), pankreatit.

Qon tizimi tomonidan:

Tarqalmagan: leykopeniya, neytrofil va eozinofil granulositlar sonini kamayishi, qon ketish vaqtini uzayishi va trombositlar sonini kamayishi.

Juda kam hollarda: trombotik trombositopenik purpura (TTP) (200000 bemorga 1 holat), og‘ir trombositopeniya (trombositlar soni ≤30x109/l), granulositopeniya, agranulositoz, anemiya va aplastik anemiya/pansitopeniya.

Tarqalgan: turli sohalardagi va jadallikdagi qon ketishlari.

Ko‘pchilik hollarda qon ketishlari (asosan bosh miya, me‘da-ichak va retroperitoneal qon ketishlari) davolashning 1-oyi davomida kuzatilgan; teriga og‘ir qon ketish hollari (purpura), tayanch-harakat apparatiga qon quyilishlar (gematroz, gematoma), ko‘zga qon ketishlari (kon‘yunktival, okulyar, retinal), burundan qon ketishlari, respirator yo‘llardan qon ketishlari (qon tuflash, o‘pkadan qon ketishi), gematuriya va operasion jarohatdan qon ketishlari kuzatilgan.

Teri va uni hosilalari tomonidan:

Tarqalmagan: toshma va qichishish.

Juda kam hollarda: angionevrotik shish, bullez toshma (ko‘p shaklli eritema), eritematoz toshma, eshakemi, yassi temiratki.

Immun tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: anafilaktoid reaksiyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: vaskulit, gipotenziya.

Respirator tizim tomonidan:

Juda kam hollarda: bronxospazm.

Gepato-biliar tizim tomonidan:

Juda kam hollarda: gepatit; transaminazalar faolligini oshishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan:

Juda kam hollarda: artralgiya, artrit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: glomerulonefrit, qon zardobida kreatinin darajasini oshishi.

Boshqalar:

Juda kam hollarda: isitma.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik; og‘ir buyrak yetishmovchiligi; gemorragik sindrom, o‘tkir qon ketishi (shu jumladan bosh miyaga qon quyilishi) va uni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan kasalliklar (zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, nospesifik yarali kolit, tuberkulyoz, o‘pka o‘smalari, giperfinrinoliz); homiladorlik, laktasiya davri, neonatal davr, 18 yoshdan kichik pasientlar (samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan), galaktozani o‘zlashtirolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi (chunki preparatning tarkibida laktoza mavjud).

Ehtiyotkorlik bilan: o‘rtacha jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, jarohatlar, operasiyadan oldingi holat, asetilsalisil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (shu jumladan SOG-2 ingibitorlari), varfarin, trombolitik vositalar, geparin va glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlarni bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Varfarin. Klopidogrelni varfarin bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bunday majmua qon ketish jadalligini kuchaytirishi mumkin.

Glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari. Glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlarini klopidogrel bilan birga buyurish ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Asetilsalisil kislotasi. Asetilsalisil kislotasi trombositlarni ADF indusiyalagan agregasiyasiga klopidogrelning ingibirlovchi samarasini o‘zgartirmaydi, biroq klopidogrel kollagen tomonidan indusiyalangan trombositlar agregasiyasiga asetilsalisil kislotasining ta‘sirini kuchaytiradi. Shunga qaramasdan, asetilsalisil kislotasini 500 mg dozada sutkada 2 marta qo‘llash klopidogrelni qabul qilish oqibatida uzaygan qon ketish vaqtini ahamiyatli oshishini chaqirmagan. Asetilsalisil kislotasi va klopidogrelni bir vaqtda uzoq muddat davomida qo‘llash havfsizligi aniqlanmagan, biroq klopidogrel va asetilsalisil kislotasini bir vaqtda bir yilgacha qo‘llash mumkin.

Geparin. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan klinik sinov ma‘lumotlari bo‘yicha klopidogrel va geparinni bir vaqtda qo‘llash geparinning dozasini to‘g‘rilashni talab qilmaydi va klopidogrelni antiagregant samarasiga ta‘sir qilmaydi, biroq bunday majmuani havfsizligi hali aniqlanmagan va bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Trombolitik vositalar. Hozirgi vaqtda klopidogrelni trombolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llash havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP). Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, klopidogrel va naproksenni birga qo‘llash me‘da-ichakdan yashirish qon ketishlari sonini oshirgan. Biroq hozirgi vaqtda preparatni boshqa NYAQP bilan o‘zaro ta‘sir bo‘yicha tadqiqotlar yo‘qligi sababli, bu guruhning boshqa preparatlari qo‘llanganida, me‘da-ichaklardan qon ketishini rivojlanishining yuqori havfi borligi aniqlanmagan. Shunday qilib, NYAQP va klopidogrelni birga qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Preparatlarni boshqa majmualari. Klopidogrel atenolol va/yoki nifedipin bilan birga qo‘llanganida klinik jihatdan ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Lopirelni farmakodinamik faolligi fenobarbital, simetidin yoki estrogenlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida deyarli o‘zgarmaydi. Digoksin yoki teofillinning farmakokinetik hususiyatlari klopidogrel bilan birga qo‘llanganida o‘zgarmaydi. Antasid vositalar klopidogrelni so‘rilishini o‘zgartirmaydi. Odam jigarining mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida olingan ma‘lumotlar, klopidogrel sitoxrom R450 (CYP 2C9) enzimlardan birining faolligini ingibirlashi mumkinligidan dalolat beradi. Buning natijasida plazmada fenitoin va tolbutamid kabi ba‘zi dori vositalarning darajasi oshishi mumkin, chunki ular CYP 2C9 yordamida metabolizmga uchraydi. CAPRIE tadqiqotlarining natijalari fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan birga qo‘llash havfsizligidan dalolat beradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

ST segmenti ko‘tarilgan o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda klopidogrel bilan davolashni miokard infarktidan so‘ng birinchi bir necha kun davomida boshlash mumkin emas. Klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli klopidogrelni o‘tkir ishemik insultda qo‘llash (7 kundan kam) tavsiya etilmaydi. Preparat bilan davolash vaqtida qon ketishi rivojlanganida zudlik bilan qonni klinik taxlili (ACHTV, trombositlar miqdori, trombositlarni funksional faolligini sinamalari) ni o‘tkazish va jigarni funksional faolligini tekshirish kerak.

Boshqa antitrombotik preparatlar kabi klopidogrelni jarohatlar, jarrohlik aralashuvlari yoki patologik holatlar oqibatida qon ketish havfi yuqori bo‘lgan bemorlarda, shuningdek klopidogrel asetilsalisil kislotasi, NYAQP, geparin, glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari yoki trombolitiklar bilan majmuada qo‘llanganida, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klopidogrelni asetilsalisil kislotasi yoki asetilsalisil kislotasi va geparin bilan bir vaqtda qabul qilgan bemorlarda og‘ir qon ketish hollari kuzatilgan.

Jarrohlik aralashuvlarida, agarda antiagregant ta‘siri zarur bo‘lmasa, klopidogrel bilan davolash kursini to‘xtatish kerak.

Bemorlarni har bir qon ketish hollari xaqida shifokorga xabar berishlari kerakligi xususida ogohlantirish kerak. Qon ketish belgilari, jumladan yashirish qon ketish, ayniqsa, davolashni birinchi haftasi davomida va/yoki invaziv kardiologik muolajalar yoki jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng yashirin qon ketishni aniqlash uchun bemorning holatini sinchkovlab nazorat qilish kerak.

Klopidogrel qon ketish vaqtini uzaytiradi va qon ketish havfi bo‘lgan (ayniqsa, me‘da-ichakdan va ko‘zlar ichiga) bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llash fonida (ham monoterapiya sifatida, ham asetilsalisil kislotasi bilan majmuada) yuzaga kelgan qon ketishini to‘xtatish uchun uzoq muddat talab qilinishi xaqida bemorlarni ogohlantirish kerak, ular odatda kuzatilmaydigan har qanday qon ketishi xaqida (qon ketish joyi va davomiyligi nazarda tutilmoqda) shifokorga xabar berishlari kerak. Agar bemorlarda jarrohlik aralashuvi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, yoki agar shifokor pasientga yangi dori vositasini buyursa, bemorlar shifokor va stomatologga preparatni qabul qilishi xaqida ma‘lumot berishi kerak.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi va psixomotor reaksiyalar tezligini pasaytirmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Qon ketish vaqti uzayishi mumkin. Maxsus antidoti yo‘q. Uzaygan qon ketish vaqtini tez to‘g‘rilash zarurati bo‘lganida klopidogrelning samarasini trombositar massa quyish bilan bartaraf qilish mumkin.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 75 mg.

7 yoki 10 tabletkadan alyumin folga/alyumin folgali blisterda (stripda).

1, 2, 4, 8 (7 tabletka) yoki 1, 2, 3, 5, 6, 9 (10 tabletka) dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

10, 20, 40, 60 blister (strip) dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan birga karton qutiga joylangan (stasionarlar uchun).

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOPIREL tabletkalari 75mg N56 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOPIREL tabletkalari 75mg N56 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOPIREL tabletkalari 75mg N56 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Narh: 115 400 so'mdan Batafsil
KLOGREL tabletkalari 75mg N30
Narh: 64 900 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
PLOGREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
LOPIREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOPIREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOPIGROL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 136 600 so'mdan Batafsil
KLOPASIN tabletkalari 75mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП (упаков.), Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия (произ.)
PLATER tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: "Codepharm" ИП ООО
KLOPASIN tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
KARUM SANOVEL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
AKRIVIKS 75 tabletkalari 75mg N30
PLOGREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
PLAGRIL tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
LOPIGROL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Cure Quick Pharmaceuticals
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
INSTAKLOP 75 tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
KADNIL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMatrix Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
TROMBOREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
TROMBONET tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 171 000 so'mdan Batafsil
PLAVIKS tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция держ.рег.уд.:Sanofi Clir SNC, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 81 100 so'mdan Batafsil
LOPIREL tabletkalari 75mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
PLAGRIL tabletkalari 75mg N30
ZILT 0,075 tabletkalari N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
ZILT 0,075 tabletkalari N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9