×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLATER tabletkalari 75mg N10

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Клопидогрел
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- "Codepharm" ИП ООО
ATX kodi:
- B01AC04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
NOKLOT tabletkalari 75mg N30 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
74 000 s`om dan
PLAGRIL tabletkalari 75mg N10 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLATER tabletkalari 75mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLATER

PLATER

 

Preparatning savdo nomi: Plater

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klopidogrel

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 97, 875 mg klopidogrel gidrosulfati (75 mg klopidogrelga ekvivalient);

yordamchi moddalar: stearin kislotasi, gidrogenlangan o‘simlik moyi, jelatinlangan kraxmal, kolloidli kremniy ikki oksidi, mannitol, 96% yoki 99,8% li etil spirti;

qobig‘i: gipromelloza, laktoza (monogidrat), makrogol 3350, titan ikki oksidi, triasetin, kaliy – alyuminiyli silikat, temir III oksidi, 4 R to‘q qizil.

Ta‘rifi: oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, o‘ta-to‘q qizil rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antiagregantlar.

ATX kodi: S08SA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Antiagregant vosita. Ta‘sir mexanizmi adenozindifosfatni (ADF) trombositlarning reseptorlari bilan bog‘lanishini qaytmas selektiv susayishi va fibrinogenni IIb/IIIa glikoprotein majmuasi bilan ADF-induksiyalangan bog‘lanishini blokadasi bilan bog‘liq. Preparat shuningdek boshqa agonistlar chaqirgan agregasiyani, ADF dan halos bo‘lgan trombositlarning faolligini oshishini blokada qilish yo‘li bilan susaytiradi. Trombositning ADF reseptorlarini qaytmas o‘zgartiradi, shuning uchun trombositlar butun hayoti davomida nofunksional bo‘lib qoladi, normal faoliyatning tiklanishi esa trombositlar yangilangan sari (taxminan 7 kundan keyin) yuz beradi. Trombositlar agregasiyasini susaytirib, qon ketishi vaqtini uzaytiradi. Fosfodiesterazaning faolligiga ta‘sir qilmaydi.

Antiagregant samarasi dozaga bog‘liq ravishda bir marta qabul qilinganidan keyin 2 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi. Preparatni 50-100 mg sutkalik dozada kurslik qabul qilinganida trombositlarning ADF induksiyalangan agregasiyasi 3-7 sutkalarda barqaror muvozanatga yetadi, bunda trombositlar agregasiyasining maksimal susayishi 40-60% ni tashkil qiladi. Preparat bekor qilinganidan keyin trombositlarning agregasiyasi va qon ketishining vaqti dastlabki ko‘rsatkichlarga, oxirgi doza qabul qilinganidan keyin taxminan 5-7 kun o‘tgach qaytadi, bu trombositlarning hayot davriga muvofiq keladi (7-10 kun).

 

Farmakokinetikasi

Sutkada 75 mg dozada peroral qabul qilinganidan keyin klopidogrel tez so‘riladi. O‘zgarmagan klopidogrelning plazmadagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyalariga (75 mg bir martalik dozadan keyin taxminan 2,2-2,5 ng/ml) qabul qilinganidan keyin taxminan 45 minut o‘tgach erishilgan.

Klopidogrel va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy (nofaol) metaboliti, in vitro sharoitlarida odamning plazmasi oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (muvofiq ravishda 98% va 94%). In vitro sharoitlarida konsentrasiyalarning keng diapazoni chegarasida bu bog‘lanish to‘yinmagan holda qoladi.

Klopidogrel jigarda ekstensiv tarzda metabolizmga uchraydi. In vitro va in vivo sharoitlarida uning metabolizmini ikki asosiy yo‘li mavjud: biri esterazalar ishtirokida amalga oshiriladi va gidroliziga olib kelib, karbon kislotasining nofaol metaboliti hosil bo‘ladi (u plazmada aylanib yurgan barcha metabolitlarning 85% ni tashkil qiladi) boshqasida esa sitoxrom R450 tizimining fermentlari ishtirok etadi. Avval klopidogrel oraliq metaboliti 2-okso-klopidogrelga aylanadi. 2-okso-klopidogrelning keyingi metabolizmi natijasida tiol hosilasi – faol metaboliti hosil bo‘ladi. In vitro sharoitida bu metabolik yo‘l CYP3A4, CYP2C19, CYP1A2 va CYP2V6 fermentlari yordamida amalga oshadi. In vitro sharoitida ajratib oligan klopidogrelning faol metaboliti (tiol hosilasi) trombositlardagi reseptorlar bilan tez va qaytmas bog‘lanadi, shu yo‘l bilan trombositlar agregasiyasini oldini oladi.

Nishonlangan 14S-klopidogrel ichga yuborilganidan keyin 120 soat o‘tgach, odamda nishonlangan moddaning taxminan 50% siydik bilan va taxminan 46% – ahlat bilan chiqarilgan. 75 mg bir martalik doza peroral qabul qilinganidan keyin klopidogrelning yarim chiqarilish davri taxminan 6 soatni tashqil qiladi. Qondagi aylanib yurgan asosiy (nofaol) metabolitning yarim chiqarilish davri, preparat bir marta va ko‘p marta yuborilganidan keyin 8 soatni tashqil qiladi.

CYP450 ning bir necha polimorf fermentlari klopidogrelni faol metabolitga aylantiradi (klopidogrelni faollashtiradi). CYP2C19 ham faol metaboliti, ham oraliq metaboliti bo‘lgan 2-okso-klopidogrelni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Klopidogrelning faol metabolitining farmakokinetikasi va ex vivo sharoitidagi trombositlarning agregasiyasini o‘lchash ma‘lumotlari bo‘yicha antitrombositar samaralari CYP2C19 ning genotipiga qarab farq qiladi. CYP2C19*1 alleli to‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan metabolizmga muvofiq keladi, ayni vaqtda CYP2C19*2 va CYP2C19*3 allellari pasaygan metabolizmga muvofiq keladi. CYP2C19*2 va CYP2C19*3 allellari oq tanli odamlarda funksiyasini susaytiruvchi 85% alleli uchraydi, osiyoliklarda esa 99% uchraydi. Pasaygan metabolizmi bilan assosiyasiyalangan boshqa allellarga CYP2C19*4, *5, *6, *7 va *8 kiradi, biroq aholida ular ancha kam uchraydi.

Maxsus toifadagi pasientlar

Klopidogrelning faol metabolitining farmakokinetikasi quyidagi maxsus toifa pasientlarda o‘rganilmagan.

Buyrak yetishmovchiligi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 5-15 ml) bo‘lgan pasientlar tomonidan sutkada 75 mg klopidogrel muntazam qabul qilinganidan keyin trombositlarning ADF induksiyalangan agregasiyasini ingibisiya qilinishi, sog‘lom odamlardagi xuddi shunday samaraga nisbatan kamroq (25%) namoyon bo‘lgan, qon ketishining vaqti esa, sutkada 75 mg klopidogrel qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda bo‘lgani kabi, deyarli xuddi shunday oshgan. Klinik o‘zlashtira olinishi barcha pasientlarda yaxshi bo‘lgan.

Jigar yetishmovchiligi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar tomonidan 10 kun davomida sutkada 75 mg klopidogrel muntazam qabul qilinganidan keyin, trombositlarning ADF induksiyalangan agregasiyasini ingibisiya qilinishi sog‘lom shaxslarnikidek bo‘lgan, qon ketishining vaqtini o‘rtacha oshishi ham ikkala guruhda bir xil bo‘lgan.

Irqiy mansublik. CYP2C19 ning o‘rtacha va kuchsiz metabolik faolligiga mas‘ul bo‘lgan CYP2C19 allellarining tarqalishi irqiy/etnik mansublikka qarab farq qiladi (xitoylarda ko‘proq tarqalgan). Osiyo aholisiga taalluqli, klinik natijalar nuqtai nazaridan CYP genotiplanishning klinik ko‘rsatkichlarini baholashga imkon beruvchi ma‘lumotlar cheklangan.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda aterotrombozni oldini olish:

  • Miokard infarkti (davolashning boshlanishi – bir necha kundan keyin, lekin paydo bo‘lganidan keyin kechi bilan 35 kundan keyin), ishemik insult (davolashning boshlanishi – 7 kundan keyin, lekin paydo bo‘lganidan keyin kechi bilan 6 oydan keyin) o‘tkazgan yoki periferik arteriyalarning kasalliklari (arteriyalarni shikastlanishi va oyoq tomirlarining aterotrombozi) diagnostika qilingan bemorlarda;
  • o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda:
  • ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki Q tishisiz miokard infarkti), shu jumladan teri orqali koronar angioplastikani o‘tkazish davomida stent qo‘yilgan bemorlarda, asetilsalisil kislotasi bilan majmuada;
  • ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir miokard infarktida, asetilsalisil kislotasi bilan majmuada (standart medikamentoz davo olayotgan va trombolitik davolash ko‘rsatilgan bemorlarda) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va keksa yoshdagi bemorlar. Preparat ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, 75 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarda (nostabil stenokardiya yoki EKG da Q tishisiz miokard infarkti) klopidogrel bilan davolash 300 mg bir martalik yuklama doza bilan boshlanadi, keyin esa sutkada bir marta 75 mg dozada (sutkada 75-325 mg doza asetilsalisil kislotasi bilan) davom ettiriladi. ASKning yuqoriroq dozalarini qo‘llash qon ketishining yuqori xavfi bilan bog‘liqligi tufayli, asetilsalisil kislotasining dozasini 100 mg dan oshirmaslik tavsiya etiladi. Davolashning optimal davomiyligi rasmiy belgilanmagan. Klinik tadqiqotlarning natijalari preparatni 12 oygacha qo‘llash afzalligidan dalolat beradi, maksimal samara esa 3 oy davolashdan keyin kuzatiladi.

ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda klopidogrel 75 mg dan sutkada 1 marta, asetilsalisil kislotasi bilan majmuada, trombolitik preparatlarni qo‘llash bilan yoki ularsiz, 300 mg bir martalik yuklama dozasidan boshlab buyuriladi. 75 yoshdan oshgan bemorlarni davolash klopidogrelning yuklama dozasiz boshlanadi. Majmuaviy davolashni simptomlar namoyon bo‘lganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlash va kamida to‘rt hafta davom ettirish kerak. Klopidogrelni ASK bilan majmuada qo‘llashdan kutiladigan foyda, bu kasallikda to‘rt haftadan ortiq o‘rganilmagan, shuning uchun bunday pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak yetishmovchiligi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar yetishmovchiligi. Jigarning o‘rtacha og‘irlikdagi kasalliklari va gemorragik diatezni paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Farmakogenetikasi. CYP2C19 metabolizmi susaygan shaxslarda klopidogrel bilan davolashga pasaygan javob kuzatiladi. Metabolizmi susaygan shaxslar uchun optimal dozalash tartibi xozircha belgilanmagan (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga tasniflanadi: tez-tez (>1/100 va <1/10), ba‘zida (>1/1000 va <1/100), kam hollarda (>1/10000 va 1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, bosh miyada ichki qon quyilishlari (ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi); juda kam hollarda – gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, ta‘m sezishni o‘zgarishi.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan: ba‘zida – qon ketishlar (kon‘yunktival, okulyar, retinal).

Eshitish a‘zosi tomonidan: kam hollarda – bosh aylanishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – gematoma; juda kam hollarda – og‘ir qon quyilishlari, operasiya jarohatidan qon ketishi, vaskulit, arterial gipotenziya.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi, bronxospazm, interstisial pnevmonit.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – me‘da-ichakdan qon ketishlari, diareya, abdominal og‘riq, dispepsiya; ba‘zida – me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; kam hollarda – retroperitoneal qon quyilishlari; juda kam hollarda – o‘lim bilan yakunlanuvchi me‘da-ichakdan va retroperitoneal qon ketishlari, panreatit, kolit (yarali va limfositar), stomatit.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining anomal natijalari.

Teri va suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez – teri ostiga qon quyilishlar; ba‘zida – toshma, qichishish, teri ichiga qon quyilishlari (purpura); juda kam hollarda – bullez dermatit (toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), angionevrotik shish, eritematoz toshma, eshakemi, ekzema, yassi temiratki, suyak-mushak qon quyilishlari, artrit, artralgiya, mialgiya.

Qon va limfatik tizimi tomonidan: ba‘zida – trombositopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda – neytropeniya, shu jumladan og‘ir neytropeniya; juda kam hollarda – trombotik trombositopenik purpura, aplastik anemiya, pansitopeniya, agranulositoz, og‘ir trombositopeniya, granulositopeniya, anemiya.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – zardob kasalligi, anafilaktik reaksiyalar.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: ba‘zida – gematuriya; juda kam hollarda – glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi.

Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar: tez-tez – in‘eksiya joyidan qon ketishlar; juda kam hollarda – isitma.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: ba‘zida – qon ketishi vaqtini uzayishi, neytrofillar va trombositlar sonini kamayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatining komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik. Og‘ir jigar yetishmovchiligi. O‘tkir qon ketishi (masalan, peptik yara yoki kalla suyagi ichki qon quyilishi). Galaktozani nasliy o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktazasi tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishlari. Homiladorlik yoki emizish davri. Bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar. Preparatni peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bunday majmua qon ketishi jadalligini kuchaytirishi mumkin.

IIb/IIIa glikoproteinning ingibitorlari. Jarohat, jarrohlik aralashuvi yoki boshqa patologik holat tufayli, kuchli qon ketishi xavfi bo‘lgan pasientlarga, IIb/IIIa glikoprotein bir vaqtda qo‘llanayotganida klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Asetilsalisil kislotasi. Asetisalisil kislotasi ADF-induksiyalangan, trombositlar agregasiyasiga klopidogrelning ingibisiya qiluvchi ta‘sirini o‘zgartirmaydi, ammo klopidogrel asetilsalisil kislotasining kollogen – induksiyalangan trombositlar agregasiyasiga bo‘lgan ta‘sirini potensiyalaydi. 500 mg asetilsalisil kislotasini bir kun davomida sutkada 2 marta bir vaqtda qo‘llash, klopidogrelni qabul qilish oqibatida oshgan qon ketishi vaqtini ahamiyatli oshishini chaqirmagan. Chunki klopidogrel bilan asetilsalisil kislotasi orasida farmakodinamik o‘zaro ta‘sir qon ketishi xavfini oshishi bilan kechishi mumkinligi tufayli, bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi. Shunga qaramay, klopidogrel va asetilsalisil kislotasi bir yilgacha vaqt davomida birga qabul qilingan.

Geparin. Klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llash geparinning dozasiga tuzatish kiritishni talab qilmagan va geparinning koagulyasiyaga ta‘sirini o‘zgartirmagan hamda trombositlar agregasiyasiga klopidogrelning ingibisiya qiluvchi ta‘sirini o‘zgartirmagan. Bu preparatlar orasida farmakodinamik o‘zaro ta‘siri bo‘lganligi tufayli, ularni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Trombolitik vositalar. Klinik ahamiyatli qon ketishlarining tez-tezligi, trombolitik preparatlar va geparinni asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llaganda kuzatilgani bilan bir xil bo‘lgan.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV). NYAQVning klopidogrel bilan o‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan. Shuning uchun NYAQV, ayniqsa SOG-2 ingibitorlarini klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlik kerak.

CYP2C19 faolligini susaytiruvchi vositalar. CYP2C19 faolligini susaytiruvchi preparatlar qon plazmasida faol metabolitining konsentrasiyasini pasaytiradi, shuning uchun bunday majmualardan saqlanish kerak.

CYP2C19 ning faolligini kuchaytiruvchi preparatlarga omeprazol, ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, siprofloksasin, simetidin, karbamazepin, okskarbamazepin va xloramfenikol kiradi.

Proton nasosining ingibitorlari. Garchi dalillar proton nasosining ingibitorlari sinfiga kiruvchi turli preparatlarning ta‘siri ostida CYP2C19 ning faolligini susayish darajasi bir xil emasligidan dalolat bersada, klinik tadqiqotlar bu sinfning barcha vakillari bilan amalda o‘zaro ta‘siri mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun, proton nasosining ingibitorlarini, bu mutlaqo zarur bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Me‘dada kislotani ishlab chiqarilishini kamaytiruvchi, masalan, N2-blokatorlar yoki antasidlar kabi boshqa preparatlar, klopidogrelning antitrombositar faolligiga ta‘sir qilishi bo‘yicha dalillar yo‘q.

Boshqa dori vositalari bilan majmuasi. Klopidogrelni atenolol, nifedipin yoki ikkala preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda, klinik ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, klopidogrelning farmakodinamik faolligi fenobarbital, simetidin va estrogen bilan bir vaqtda qo‘llanganida amalda o‘zgarmasdan qolgan. Digoksin yoki teofillinning farmakokinetik xususiyatlari klopidogrel bilan bir vaqtda qabul qilinganida o‘zgarmagan. Antasid vositalari klopidogrelning so‘rilish darajasiga ta‘sir qilmagan. Klopidogrelning karboksil metabolitlari sitoxrom R450 2S9 ning faolligini susaytirishi mumkin. Bu potensial sitoxrom R450 2S9 yordamida metabolizmga uchraydigan fenitoin va tolbutamid va NYAQV kabi dori vositalarning plazmadagi darajasini oshirishi mumkin. Shunga qaramay, CAPRIE tadqiqotlarining natijalari fenitoin va tolbutamin klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llanganida xavfsiz ekanligidan dalolat beradi.

Klopidogrel bilan diuretiklar, beta-blokatorlar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, kalsiy antagonistlari, xolesterinning darajasini pasaytiruvchi vositalar, koronar vazodilyatatorlar, antidiabetik vositalar (shu jumladan insulin), tutqanoqqa qarshi vositalar, gormonlar o‘rnini bosuvchi davolash va GPIIb/IIIa antagonistlari kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, klinik ahamiyatli nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qon ketishlari va gematologik nojo‘ya ta‘sirlarining rivojlanishi xavfi tufayli, agar preparatni qo‘llash vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan qon ketishi bo‘yicha dalolat beruvchi simptomlar kuzatilsa, darhol kengaytirilgan qon tahlilini va/yoki boshqa tegishli testlarni o‘tkazish kerak. Boshqa antitrombotik vositalar kabi, klopidogrelni jarohat, jarrohlik aralashuvi yoki boshqa patologik holatlar oqibatida qon ketishlarining yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek bemorlar tomonidan asetilsalisil kislotasi, geparin, IIb/III glikoprotein ingibitorlarini yoki NYAQV preparatlarni, xususan SOG-2 ingiborlarini qo‘llash hollarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bemorlarda qon ketishining simptomlarini, shu jumladan yashirin qon ketishining ko‘rinishlarini, ayniqsa davolashning birinchi haftasida va/yoki yurakdagi invaziv muolajalar va jarrohlik aralashuvlaridan keyin diqqat bilan kuzatish kerak. Antitrombotik vositalarni vaqtinchalik talab qilmaydigan rejali jarrohlik aralashuvlari hollarida, klopidogrel bilan davolashni operasiyadan 7 kun oldin to‘xtatish kerak. Bemorlar biron-bir operasiya tayinlanishidan oldin yoki yangi dori vositasini qo‘llashdan oldin, ular klopidogrelni qabul qilayotganliklari to‘g‘risida shifokorga (shu jumladan stomatologga) xabar berishlari kerak.

Klopidogrel qon ketishi vaqtini uzaytiradi, shuning uchun qon ketishi (ayniqsa me‘da-ichak va ko‘z ichki qon ketishi) ning yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klopidogrel bilan davolanish vaqtida (ayniqsa asetilsalisil kislotasi bilan majmuada) qon ketishi odatdagidan kechroq to‘xtashi mumkin, va ular g‘ayritabiiy qon ketishining har qanday holati to‘g‘risida shifokorga xabar berishlari lozimligi haqida bemorlarni ogohlantirib qo‘yish kerak.

Klopidogrel qo‘llanganidan keyin, ba‘zida xatto uni qisqa vaqt qo‘llagandan keyin ham, juda kam hollarda trombotik trombositopenik purpura (TTP) hollari kuzatilgan. TTP hayotga xavf soluvchi va shoshilinch davolashni, xususan plazmoferezni talab qiluvchi holatdir. Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, klopidogrelni o‘tkir ishemik insultdan keyin birinchi 7 kun buyurish tavsiya qilinmaydi.

Farmakogenetikasi: adabiyotlardan olingan ma‘lumotlarga qo‘ra, CYP2C19 ning genetik funksiyasi pasaygan pasientlarda qon plazmasida klopidogrelning faol metabolitining konsentrasiyasi kamroq bo‘lgan va antitrombotik samarasi ham kuchsizroq namoyon bo‘lgan. Ularda, odatda CYP2C19 normal faoliyat ko‘rsatadigan pasientlar bilan solishtirganda miokard infarktidan keyin yurak-qon tomir asoratlari ancha ko‘proq yuz bergan (“Farmakologik xususiyatlari” bo‘limiga qarang).

CYP2C19 ning faolligini susaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Preparat gidrogenlangan kanakunjut moyini saqlaydi, u me‘daning buzilishi va diareyani chaqirishi mumkin.

Klopidogrel avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Klopidogrelning dozasi oshirib yuborilganida qon ketishi vaqtini uzayishi kuzatilishi mumkin. Qon ketishi paydo bo‘lganida simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Davolash: uzaygan qon ketishi vaqtini tez tuzatish zarurati bo‘lganida, trombositar massani quyish kerak. Spesifik antidot yo‘q.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 75 mg dan blisterda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLATER tabletkalari 75mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLATER tabletkalari 75mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLATER tabletkalari 75mg N10 dori vositasi "Codepharm" ИП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLATER tabletkalari 75mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLATER tabletkalari 75mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Narh: 115 400 so'mdan Batafsil
KLOGREL tabletkalari 75mg N30
Narh: 64 900 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
PLOGREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
LOPIREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOPIREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOPIGROL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 136 600 so'mdan Batafsil
KLOPASIN tabletkalari 75mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
LOPIREL tabletkalari 75mg N56
KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП (упаков.), Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия (произ.)
KLOPASIN tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
KARUM SANOVEL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
AKRIVIKS 75 tabletkalari 75mg N30
PLOGREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
PLAGRIL tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
LOPIGROL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Cure Quick Pharmaceuticals
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
INSTAKLOP 75 tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
KADNIL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMatrix Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
TROMBOREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
TROMBONET tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 171 000 so'mdan Batafsil
PLAVIKS tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция держ.рег.уд.:Sanofi Clir SNC, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 81 100 so'mdan Batafsil
LOPIREL tabletkalari 75mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
PLAGRIL tabletkalari 75mg N30
ZILT 0,075 tabletkalari N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
ZILT 0,075 tabletkalari N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9