×
×
  • NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4%

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Dentafill Plyus, ООО
ATX kodi:
- V03AB06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 12 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
26 200 s`om dan
LAKTO kapsulalar N16 Biodeal Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
54 000 s`om dan
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10 Лекхим-Харьков, ЧАО Ukraina
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NATRIYA GIDROKARBONAT

NATRII HYDROCARBONAS

 

Preparatning savdo nomi: Natriya gidrokarbonat

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Natriy gidrokarbonati

Dori shakli: Infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

Faol modda: natriy gidrokarbonati – 40,0 g.

Yordamchi moddalar: etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (trilon B) – 0,2 g; in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritma (suv-elektrolit balansi va kislota-ishqor holatini regulyatori).

Kod ATK: B05CB04

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Qonning ishqoriy holatini tiklovchi va metabolik asidozni muvofiqlashtiruvchi vosita. Natriy gidrokarbonati dissosiasiyaga uchraganida vodorod ionlarini bog‘lovchi bikarbonat anioni ajraladi va suv hamda karbonat angidridiga parchalanuvchi va nafas olishda ajralib chiquvchi karbon kislotasini hosil qiladi. Buning natijasida qonning pH ko‘rsatkichi ishqoriy tomonga siljiydi, qonning bufer hajmi ortadi. Shuningdek preparat organizmdan natriy va xlor ionlarini chiqarilishini oshiradi, osmotik diurezni kuchaytiradi, siydikni ishqoriylashtiradi, siydik chiqarish tizimida siydik kislotasi cho‘kmasi hosil bo‘lishini oldini oladi. Bikarbonat anioni hujayra ichiga kirmaydi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Turli hil kasalliklardagi kompensasiyalanmagan metabolik asidoz, jumladan:

  • turli etiologiyali intoksikasiyalar, jumladan dori-darmonlar (barbituratlar, salisilatlar) ta‘siridagi intoksikasiyalar;
  • operasiyadan keyingi davrni og‘ir kechishi;
  • katta kuyishlar;
  • shok;
  • diabetik koma;
  • qandli diabet;
  • yurak to‘xtashi bilan bog‘liq reanimasion choralarni ko‘rishda;
  • yuqumli kasalliklar;
  • quyi nafas yo‘llarining infeksion yallig‘lanish kasalliklarida (o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini og‘ir kechishi);
  • uzoq muddatli diareya;
  • to‘xtatib bo‘lmaydigan qusish;
  • o‘tkir og‘ir qon ketishlar;

  • jigar va buyrakni og‘ir shikastlanishi;
  • uzoq muddatli isitma holatlari;
  • yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning og‘ir gipoksiyasi;
  • narkoz vaqtida va operasiyadan keyingi davrda qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishiga mutloq ko‘rsatma: qonning pH 7,2 dan pasayishi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga vena ichiga (v/i) tomchilab yoki rektal tomchilab yuborish buyuriladi; 1 yoshdan katta bolalarga v/i tomchilab, 1,5 mmol/kg tezlikda, qonning pH, kislota-ishqor va suv-elektrolit balansi ko‘rsatkichlarini nazorati ostida buyuriladi. Asidozni yaqqol namoyon bo‘lish darajasiga qarab, preparat suyultirilmagan yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan 1:1 nisbatda suyultirilgan holda qo‘llanadi.

Kattalarga v/i taxminan minutiga 60 tomchi tezlikda yuboriladi, sutkada 2 marta 200 ml gacha dozada yoki tomchili xo‘qna ko‘rinishida 50-100 ml miqdorida yuboriladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga v/i 1 kg tana vazniga 1-2 ml dozada, boshqa bolalar guruhiga – 1 kg tana vazniga 5-7 ml dozada yuboriladi.

Metabolik asidozni muvofiqlashtirishda, dozalash, kislota va ishqorlar muvozanatini buzilish darajasiga qarab belgilanadi. Doza qondagi gazlarning ko‘rsatkichlariga qarab, quydagi formula yordamida hisoblanadi:

0,5 molyarli buferlangan 4,2% li natriy gidrokarbonati hajmi (ml) = ishqorlar tanqisligi (BE) x bemorning tana vazni x 0,3 x 2 (0,3 omili umumiy suyuqlikka nisbatan hujayradan tashqaridagi suyuqlik qismiga javob beradi).

Preparatning maksimal dozasi kattalar uchun – sutkada 300 ml, bolalar uchun tana vazniga 100 ml dan 200 ml gachani tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shishlar, arterial gipertenziya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tetaniya, bezovtalik, bosh og‘rig‘i.

Me‘da-ichak tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, me‘dada og‘riq.

Boshqalar: gipokaliemiya, gipernatriemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • metabolik yoki respirator alkaloz;
  • gipokaliemiya;
  • gipernatriemiyada qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

  • yurak yetishmovchiligi;
  • eklampsiya;
  • gipertoniya;
  • jigar yetishmovchiligi;
  • buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (buyrakning yondosh kasalligi bo‘lgan bemorlarda natriy ionlarini keragidan ortiqcha qabul qilish shishlar va yurak yetishmovchiligini chaqiradi.).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Natriy gidrokarbonati eritmasida quyidagilarni eritish mumkin emas:

  • kislotali moddalar (askorbin, nikotin va boshqa kislotalar);
  • alkaloidlar (atropin, apomorfin, kofein, teobromin, papaverin va boshqalar);
  • yurak glikozidlari;
  • kalsiy, magniy, og‘ir metall (temir, mis, rux) tuzlari, chunki cho‘kma tushishi yoki organik birikmalarning gidrolizi ro‘y beradi.

Natriy gidrokarbonati quydagi dori vositalari bilan nomutanosib:

  • dobutamin, dopamin, norepinefrin bitartrati eritmalari;
  • sefpirom;
  • esmolol;
  • etamzilat;
  • sisplatin;
  • fosfat saqlovchi eritmalar (kodein fosfati va boshqalar);
  • streptomisin sulfati;
  • tetrasiklin;
  • penisillin G ning kaliyli tuzi.

Flukonazol v/i yuboriladigan eritma ko‘rinishida 4,2% li natriy gidrokarbonati eritmasi bilan mutanosibdir.

Kortikotropin qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Natriy gidrokarbonati gipotenziv dori vositalarining ta‘sirini, shu jumladan rezerpinning antigipertenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Doksisiklinni so‘rilishi va qon plazmasidagi konsentrasiyasini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Laborator tekshirishlar nazorati ostida qo‘llaniladi: kislota-ishqor va elektrolit muvozanati holatini nazorat qilish lozim.

Yurak yoki buyrakning yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi va shishlar rivojlanishi mumkin. Asidozni xaddan tashqari tez muvofiqlashtirilgan hollarda, shu jumladan o‘pka ventilyasiyasi buzilishi oqibatida CO2 (karbonat angidridi) ni tez ajralib chiqishi serebral asidozni kuchaytirishi mumkin. Siydikni ishqoriylanishi mumkinligi va fosfat tuzlarini hosil bo‘lish havfini oshishi tufayli, muntazam qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Qisqa vaqt qo‘llanganida kislota-ishqor holatining ishqoriy tomonga siljishi klinik simptomlar bilan kechmaydi, biroq surunkali buyrak yetishmovchiligida holatni sezilarli og‘irlashtirishi mumkin. Yara kasalligi bilan ko‘pincha birga kechuvchi qusish (xlor ionlarini yo‘qotilishi) alkalozni yaqqol namoyon bo‘lishini kuchaytirishi mumkin.

Preparati bo‘lgan flakonni har gal yuborishdan oldin, unda qattiq zarrachalar mavjudligi va rangini o‘zgarishlarini aniqlash yuzasidan vizual ko‘rikdan o‘tkazish lozim. Flakon faqat butun bo‘lsa va eritma tiniq bo‘lganidagina ishlatilsin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Xomiladorlik va laktasiya davrida, faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganda alkaloz, gipernatriemiya va giperosmiya,  tetanik tirishishlar rivojlanishi mumkin.

Alkalozning klinik belgilari: ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bezovtalik, bosh og‘rig‘i.

Davolash: preparatni darhol bekor qilish, zarurat bo‘lganida natriy xloridining izotonik yoki 5% li glyukoza eritmasi yuboriladi. Tetaniyani rivojlanish havfi bo‘lsa, kattalarga v/i 1-3 g kalsiy glyukonati yuboriladi.

Chiqarilish shakli

4% li infuziya uchun eritma 100, 250, 500 ml dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4% dori vositasi Dentafill Plyus, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 250ml 4% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NISTATIN maz 15g 100000 YeD/1 g
Narh: 6 600 so'mdan Batafsil
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 90ml 2,4%
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
NIKLOZAMID tabletkalari 0,25g N10
GASTROSIDIN DF tabletkalari 20mg N10
SULFASIL NATRIYA ko'z tomchilari 5ml 20%
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
IXTIOL suppozitorii 200mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
LORATADIN tabletkalari 0,01g N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
VALIDOL tabletkalari 0,06g N10
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 20g 20%
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 5 800 so'mdan Batafsil
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9