×
×
  • Piridoksina gidroxlorid (Vitamin V6) (Pyridoxini hydrochloridum

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Piridoksina gidroxlorid (Vitamin V6) (Pyridoxini hydrochloridum

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Faol modda:
пиридоксина гидрохлорид (витамин В6)
ATX kodi:
- A11HA02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Aeropharm GmbH Germaniya
18 000 s`om dan
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 4mg N28 Pharmactive Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Piridoksina gidroxlorid (Vitamin V6) (Pyridoxini hydrochloridum qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIRIDOKSIN GIDROXLORID

PYRIDOXINI HYDROCHLORIDUM

 

Preparatning savdo nomi: Piridoksin gidroxlorid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): piridoksin (piridoksin gidroxloridi ko‘rinishida)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: piridoksin gidroxlorid – 10 mg, 25 mg yoki 50 mg.

yordamchi moddalar:in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz, yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar (vitamin V6)

ATX kodi: A11NA02

 

Farmakologik xususiyatlari

V6 vitamini moddalar almashinuvida ishtirok etadi; markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim hisoblanadi. Organizmga tushib u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va dekarboksillanish, transaminlanish va aminokislotalar rasemizasiyasi, shuningdek oltingugurt saqlovchi va gidroksillangan aminokislotalarni fermentativ aylanishini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi.

Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi kam uchraydi, asosan maxsus sun‘iy ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarda uchraydi. Diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin.

Piridoksinga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj kattalar uchun – 2-2,5 mg; 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 0,5 mg; 1-1,5 yoshda – 0,9 mg; 1,5-2 yoshda – 1 mg; 3-4 yoshda – 1,3 mg; 5-6 yoshda 1,4 mg; 7-10 yoshda – 1,7 mg; 11-13 yoshda – 2 mg; 14-17 yoshli o‘smirlar uchun – 2,2 mg; 14-17 yoshli qizlar uchun – 1,9 mg. Ayollar uchun – 2 mg va homiladorlikda qo‘shimcha 0,3 mg ni tashkil qiladi.

Farmakokinetikasi

Farmakologik faol metabolitlarini (piridoksal fosfati va piridoksaminfosfat) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillari bilan piridoksalfosfati 90% bog‘lanadi. Yaxshi so‘riladi va barcha to‘qimalarga kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq miqdorda mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali kiradi, ona suti bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 15-20 kun. Buyraklar orqali (vena ichiga yuborishda – 2% safro bilan), shuningdek gemodializ jarayonida chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

V6 gipo- va avitaminozi (davolash va oldini olish) – sifatsiz ovqatlanish, davomli kechuvchi infeksiyalar, diareya, enterit, spru, davomli stress holatlari, malabsorbsiya sindromi, me‘daning va ichakning katta qismlari olib tashlanganidan keyingi holat, gemodializ.

Majmuaviy davolash tarkibida: gipoxrom va mikrositar anemiya, parkinsonizm, radikulit, Littl kasalligi va Mener kasalligi va sindromi, nevritlar (shu jumladan qandli diabet fonidagi), nevralgiya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi pirodoksinga qaram tirishish sindromi, ftivazidni qabul qilish vaqtida bemorlarda tirishishlarni paydo bo‘lishini oldini olish; gestoz, alkogolizm, etanol va tuberkulezga qarshi dori vositalarini qabul qilish fonida jigarning shikastlanishi, o‘tkir va surunkali gepatitlar, diurezni oshirish va diuretiklarning ta‘sirini kuchaytirish uchun.

Dermatitlar (shu jumladan atopik va seboreyali), gerpetik infeksiyalar (Varicella zoster, Herpes simplex), psoriaz, ekssudativ diatezda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar ichga qabul qilish mumkin bo‘lmasa (qusishda) va ichakdan so‘rilish buzilganida teri ostiga, vena ichiga, mushak ichiga buyuriladi. Kattalarga – sutkada 50-100 mg dan 1-2 qabulda, bolalarga – 20 mg dan. Kattalar uchun davolash kursi 1 oy, bolalar uchun – 2 hafta. Izoniazid, ftivazid bilan yondosh davolashda sutkada 5-10 mg dan.

Sideroblast anemiyani davolash uchun ichga 100 mg dan har kuni yoki 100 mg dan mushak ichiga, haftada 2 marta buyuriladi. Bir vaqtda folat kislotasini, sianokobalaminni, riboflavinni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Parkinsonizmda – m/i sutkada 100 mg dan; davolash kursi – 20-25 in‘eksiya, davolash kursi 2-3 oydan keyin takrorlanadi yoki sutkada 50-100 mg dozada boshlab, har kuni doza 50 mg ga, oshiriladi va sutkada 300-400 mg gacha yetkaziladi, bir martalik in‘eksiya ko‘rinishida 12-15 kun davomida.

Involyusion yoshidagi depressiyalarda m/i – sutkada 200 mg dan.

Piridoksinga qaram tirishish sindromini davolash uchun kattalarga – v/i yoki m/i 30-600 mg; bolalarga – 10-100 mg har kuni buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak sohasida og‘riq.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, qo‘zg‘alish, koordinasiyani buzilishi, paresteziyalar, oyoq-qo‘llarda uvishishi, “paypoq va qo‘lqop” simptomi (oyoq-qo‘llarda noxush hisslarni rivojlanishi), tez yuborilganda hushni yo‘qotish va tirishishni rivojlanishi.

Nafas tizimi tomonidan: nafasni qiyinlashishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riq, me‘da shirasini oshishi.

Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: folat kislotasi darajasini kamayishi.

Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: anafilaktik shok, eshakemi, toshma, qichishish, terini qizarishi, tana haroratini oshishi, dermatit, angionevrotik shish, fotosensibilizasiya.

Yuborish joyida buzilishlar: giperemiya, qichishish, achishish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Me‘da va 12-barmoq ichakning yara kasalligida, yurak ishemik kasalligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diuretiklarning ta‘sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi.

Izonikotin gidrazidi, penisillinamin, sikloserin va esterogen saqlovchi kontraseptivlar piridoksinning samarasini susaytiradi.

Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqaruvchan oqsillarning sintezini oshishiga yordam beradi) glutamin kislotasi va asparkam (gipoksiyaga chidamlilikni oshiradi) bilan yaxshi qo‘shiladi.

Nomutanosibligi

Piridoksin eritmasini bir shprisda tiamin (V1 vitamini) eritmasi, sianokobalamin (V12 vitamini) eritmasi, ishqoriy eritmalar, temir tuzlari va oksidlovchilarni eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Bir infuzion tizimida yoki bir shprisda quyidagi dori vositalari: adrenomimetiklar, ampisillinni natriyli tuzi, amfoterisin V, askorbin kislotasi, fitomenadion, dipiridamol, natriy oksiferriskabon, fenotiazin hosilalari (xlorpromazin), furosemid, etamzilat, eufillin bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

V6 vitamini o‘simliklarda va hayvon a‘zolarida, ayniqsa tozalanmagan donlarda, sabzavotlarda, go‘shtda, baliqda, sutda, baliqda va qoramol jigarida, tuxum sarig‘ida saqlanadi. V6 vitamini achitqilarda nisbatan ko‘p. V6 vitaminiga ehtiyoj ovqat mahsulotlari bilan qondiriladi; qisman u ichak mikroflorasi tomonidan ham sintezlanadi.

Piridoksinning kattalar uchun sutkalik ehtiyoji 2-2,5 mg, 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 0,5 mg, 1-1,5 yosh – 0,9 mg; 1,5 dan 2 yoshgacha – 1 mg, 3-4 yosh – 1,3 mg; 5-6 yosh – 1,4 mg; 7-10 yosh – 1,7 mg, 11-13 yosh – 2 mg; 14-17 yoshli o‘smirlar uchun – 2,2 mg; 14-17 yoshli qizlar uchun – 1,9 mg. Ayollar uchun – 2 mg va qo‘shimcha homiladorlikda – 0,3 mg, emizishda – 0,5 mg ni tashkil etadi.

Jigarning og‘ir shikastlanishlarida piridoksin yuqori dozalarda uning faoliyatini yomonlashuvini chaqirishi mumkin.

Erlix reagenti yordamida urobilinogenni aniqlashda natijalarni buzishi mumkin.

Tuberkulyozni izonikotin kislotasining gidrazidi va uning hosilalari bilan davolashda yuborilgan 1 g izonikotin kislotasining gidrazidiga 0,1 g piridoksinni buyurish lozim (markaziy nerv tizimining faoliyatini buzilishini oldini olish uchun).

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Dori vositasini qo‘llanishi bo‘yicha homilador ayollarda nazoratlangan tadqiqotlar bo‘lmaganligi sababli piridoksinni homiladorlik davrida faqat agar ayollar uchun kutiladigan foyda homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina tavsiya qilinadi. Piridoksin ko‘krak sutiga chiqariladi. Piridoksin yuqori dozalarda laktasiyani bostirishi to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud. Emizish davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizikli ayollar uchun tavsiya qilinadigan sutkalik ehtiyojidan oshadigan dozalarni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Dori vositasi odatda avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi, ammo nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini hisobga olish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarni kuchayishi, oqsillar, uglevodlar va lipidlar almashinuvini buzilishi, MNTda (periferik neyropatiya) va parenximatoz a‘zolarda (nikotinamid kofermentlarini NAD va NADF faolligini sezilarli pasayishi bilan bog‘liq almashinuv jarayonlarini buzilishi va nikotin kislotasini tanqisligi) degenerativ o‘zgarishlar. Periferik neyropatiya simptomlari o‘z ichiga: giperesteziyani, paresteziyani, mushak zaifligini oladi. Qadam tashlashni kuchayib boruvchi buzilishi, uvishish hissi va oyoq va qo‘llarda sanchiq, qisman sochni to‘kilishi, infeksiyalarga nisbatan qarshilikni pasayishi, qon ivishiga qarshi tizimi faolligini pasayishi bilan kechadigan sensor neyropatiya bo‘lishi mumkin. Yuqori dozalarni uzoq vaqt yuborilganda V6 gipervitaminozi rivojlanadi, u mushak to‘qimasida va ichki a‘zolarda oqsil miqdorini kamayishi bilan xarakterlanadi. V6 gipervitaminozini erta bosqichida terida toshma, bosh aylanishi, tirishishlar bo‘lishi mumkin.  Dori preparati bekor qilinganda bu belgilar qaytuvchandir.

Davolash: dori vositasini bekor qilish, simpmtomatik davolash.

 

Chiqarilish  shakli

1% li yoki 2,5% yoki 5% li eritma, ampulada 1 ml dan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Piridoksina gidroxlorid (Vitamin V6) (Pyridoxini hydrochloridum dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Piridoksina gidroxlorid (Vitamin V6) (Pyridoxini hydrochloridum dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Piridoksina gidroxlorid (Vitamin V6) (Pyridoxini hydrochloridum dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
TRIGAMMA inyeksiya uchun eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО, Узбекистан по заказу MaxMed Group Pharm, ООО
PIRIDOKSINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
PIRIDOKSINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
PIRIDOKSINA GIDROXLORID RG inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО,Узбекско-Британское
PIRIDOKSINA GIDROXLORID RG inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО,Узбекско-Британское
PIRIDOKSINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Integra DD, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9