×
×
  • SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- G04BE08
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONOPROST kapsulalar 0,4mg N30 NIKA PHARM OOO O'zbekiston
63 000 s`om dan
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
17 900 s`om dan
UROREK kapsulalar 4mg N30 Recordati Ireland Ltd, Ирландия произведено: Recordati Industria Chimica e Farmaceutica S.p.A. Italiya
220 000 s`om dan
SILDAP tabletkalari 60mg 100mg/60mg N4 Karbon Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SILDOREKS

SILDOREX

 

Preparatning savdo nomi: Sildoreks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sildenafil sitrati.

Dori shakli: og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi yalpiz ta‘mli plyonka 50 mg

Tarkibi:

1 plastinka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg sildenafil (sitrati ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: Insta mask (IC-MK-9014), sukraloza, neotam, ammoniy glisirrizati, pullulan, polivinil spirti, akrizol k-150, simetikon, polietilenglikol 600, mannitol, mentol, evkaliptol, limon moyi, Fdc Blue No. 1 bo‘yovchisi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: kvadrat shaklli, och-moviy rangli, quruq yupqa plastinka.

Farmakoterapevtik guruhi: potensiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: G04BE03

Farmakologik xususiyatlari

Sildenafil sitrati spesifik 5 tip fosfodiesterazaning (FDE 5) kuchli va selektiv ingibitoridir.

Jinsiy rag‘batlantirish vaqtida g‘ovak tanadan azot oksidining (NO) ajralib chiqishi jinsiy olatdagi ereksiyaning fizioligik mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. NO guanilatsiklaza fermentini faollashtiradi, bu esa siklik guanozin monofosfat (sGMF) miqdorining oshishiga va muvofiq ravishda, g‘ovak tana mushaklarining bo‘shashishiga olib keladi, buning oqibatida jinsiy olatda qon oqimi kuchayadi.

Sildenafil izolyasiyalangan g‘ovak tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, balki g‘ovak tanadagi sGMFni parchalanishiga mas‘ul bo‘lgan FDE 5 ni ingibisiya qilishi orqali, shu to‘qimaga NO ning bo‘shashtiruvchi ta‘sirini faol kuchaytiradi. Bu sGMF miqdorini oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklar bo‘shashadi va g‘ovak tanadagi qon oqimi kuchayadi.

Shuning uchun Sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda jinsiy rag‘batlantirish bo‘lmaganida qo‘llash samarasiz.

Farmakokinetikasi

Sildenafilning farmakokinetikasi ichga qabul qilingan dozalar diapazoniga bog‘liq.

Preparatning metabolizmi asosan jigarda (asosan sitoxrom R450 3A4 izofermenti yordamida) xususiyatlari bo‘lgan sildenafilga o‘xshash bo‘lgan faol metabolitlarni hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi.

Preparat og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan mikro-qon tomirlar devorlari orqali tez so‘riladi. Preparat ichga, och qoringa qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyaga 30-120 minutdan (o‘rtacha 60 min) keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 41% (23-63%) tashkil qiladi. Yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida sildenafilning so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga oshadi, Smax esa 29% ga kamayadi.

Muvozanat holatidagi sildenafilning taqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 105 l ni tashkil qiladi, bu uning to‘qimalarga taqsimlanishini ko‘rsatadi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metabolitining taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Sildenafilni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilar spermasida qabul qilinganidan 90 minutdan keyin dozaning 0,002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.

Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari sitoxrom R450 3A4 (asosiy yo‘l) va sitoxrom R450 2S9 (qo‘shimcha yo‘l) ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetilizasiya yo‘li orqali hosil bo‘luvchi asosiy aylanib yuruvchi metaboliti keyin yana parchalanadi. FDE ga nisbatan bo‘lgan ta‘siri bo‘yicha metabolit sildenafil bilan bir xil, in vitro sharoitda FDE 5 ga nisbatan faolligi bo‘yicha esa sildenafil faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitning plazmadagi konsentrasiyasi sildenafilni taxminan 40% ni tashkil qiladi. Sildenafilni organizmdagi umumiy klirensi soatiga 41 l, terminal fazadagi yarim chiqarilish davri (T ½) 3-5 soat. Metabolitlari ko‘rinishida asosan axlat bilan (tahminan ichga qabul qilingan dozaning 80%) va kam miqdorda siydik orqali (tahminan ichga qabul qilingan dozaning 13%) chiqariladi.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi.

Qon plazmasida sildenafilning (AUC) darajasini oshishiga quyidagi omillar ta‘sir ko‘rsatadi:

  • 65 yoshdan kattalar (AUC darajasi 40% ga oshadi);
  • jigar funksiyasining yetishmovchiligi (masalan, jigar sirrozida 84%ga);
  • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <30 ml/min, 100%ga);
  • sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (masalan, ketokonazol, itrakonazol, eritromisin 182%, sakvinavir 210%).

Qo‘llanilishi

Jinsiy aloqadan qoniqish uchun yetarli bo‘lgan jinsiy olatning ereksiyasiga erishaolmaslik yoki saqlab turaolmaslik bilan belgilanuvchi buzilishlarini davolash.

Sildenafil faqat jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganidagina ta‘sir qiladi!

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat bukkal qo‘llanadi. Ta‘sir etuvchi modda og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan mikro-qon tomirlar orqali so‘riladi. Ko‘pchilik pasientlar uchun tavsiya qilinadigan doza 50 mg ni tashkil qiladi, preparat jinsiy faollikdan taxminan 20 minut oldin, yog‘li ovqat qabul qilgandan keyin esa-jinsiy faollikdan 1,5-2 soat oldin qabul qilinadi. Lekin preparatni jinsiy faollikdan 0,5 soatdan 4 soatgacha oldin qabul qilish mumkin. Samaradorligi va uni o‘zlashtiraolinishini hisobga olib, dozani 100 mg gacha oshirish yoki 25 mg gacha pasaytirish mumkin. Maksimal tavsiya qilinadigan qo‘llash soni sutkada 1 marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlar odatda o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, yengil yoki o‘rtacha namoyon bo‘ladi.

Dozani tanlash bilan bog‘liq tadqiqotlardagi nojo‘ya ta‘sirlarining harakteri bunga o‘xshash tadqiqotlardagi tavsiya qilinadigan qo‘llash sxemasida yaxshi namoyon bo‘lib, dozalari qat‘iy belgilangan tadqiqotlardagilar bilan to‘g‘ri keladi.

Umuman organizm tomonidan: asteniya, og‘riqlar, qorin og‘rig‘i, infeksiya, grippsimon sindrom.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: vazodilatasiya belgilari.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: bel og‘rig‘i, artralgiyalar, mialgiyalar.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, mushak tonusini oshishi, uyqusizlik.

Nafas tizimi tomonidan: burunning bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llarining infeksiyalari, nafasni buzilishi.

Allergik reaksiyalar: toshma.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan ob‘ektlar rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘lik qabul qilinishni kuchayishi va ko‘rish aniqligini buzilishi), kon‘yunktivit.

Siydik-jinsiy a‘zolari tomonidan: siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, prostata bezi funksiyasini buzilishi.

Postmarketing kuzatishlarda davomli ereksiya va/yoki priapizm hollarini uchrashi haqida xabar qilingan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Azot oksidi donatorlarini, organik nitratlarni yoki nitratlarning har qanday shakllarini, doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas, chunki sildenafil nitratlarni doimo yoki shoshilinch hollarda qo‘llanganidagi gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitoxrom R450 3A4 ning nospesifik ingibitori bo‘lgan simetidin (800 mg) in vivo sharoitdagi tadqiqotlarda sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida sog‘lom ko‘ngillilar plazmasida preparat miqdorini 56% ga oshirgan.

Sitoxrom R450 3A4 ning spesifik ingibitori eritromisin (eritromisin 5 kun davomida 500 mg dan kuniga 2 marta qabul qilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, eritromisinning qondagi doimiy konsentrasiyaga erishishi fonida, sildenafilning (AUC) ni 182% oshishiga olib kelgan.

Shuningdek OITV-proteaza va sitoxrom R450 3A4 ingibitori bo‘lgan sakvinavir (sakvinavir  1200 mg dan kuniga 3 marta qabul kilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sakvinavirning qondagi doimiy konsentrasiyaga erishishi fonida, sildenafilning maksimal konsentrasiyasini 140% ga, AUCni esa 120% ga oshishi kuzatildi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

OITV-proteaza ingibitori va sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan Ritonavirni (500 mg dozada kuniga 2 marta) sildenafil bilan bir vaqtda (bir marta 100 mg dozada) qabul qilganda, qondagi doimiy konsentrasiyasini Smax 300% ga (4 martaga), AUC esa 1000% (11 martaga) oshadi. 24 soat keyin sildenafilni qon plazmasidagi konsentrasiyasi 200 ng/ml ni (24 soatdan keyin bir marta bir o‘zi qo‘llangandagi sildenafilning qon plazmasidagi qiyosiy konsentrasiyasi 5 ng/ml ga teng) tashkil qiladi. Bu ritonavirni sitoxrom R450 substratlari hisoblangan bir qator preparatlarga bo‘lgan ta‘siri bilan muvofiq keladi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Klinik tadqiqotlar natijalarining populyasion farmakokinetik tahlillari sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (ketokonazol, itrakonazol, eritromisin kabi) bir vaqtda qabul qilish sildenafilning klirensini pasaytirishini ko‘rsatadi.

Antasidlarni bir marta (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) qabul qilish, sildenafilning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Sildenafilning klinik tajribalarida ishtirok etgan bemorlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarining natijasi shuni ko‘rsatdiki, sitoxrom R450 2S9 ingibitori (tolbutamid, varfarin), sitoxrom R450 2D6 (serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar), tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar, halqali va kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kalsiy antagonistlari preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi.

Sildenafil (100 mg) va amlodipinni arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Asetilsalisil kislotasi (150 mg) qabul qilinganida sildenafil (50 mg) qon ketish vaqtini qo‘shimcha uzayishini chaqirmagan.

Sildenafil (50 mg) sog‘lom odamlarda etanolning qondagi maksimal miqdori o‘rtacha
80 mg/ml bo‘lganida, gipotenziv ta‘sirini kuchaytirmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jinsiy faollik yurak kasalliklarida ma‘lum darajada xavfli; shuning uchun har qanday ereksiyani buzilishlarini davolashdan oldin yurak-qon tomir tizimining tekshirishini o‘tkazish lozim.

Sildenafil klinik tadqiqotlarda arterial bosimni o‘tkinchi pasayishiga olib keluvchi  tizimli tomir kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatgan. Shifokor preparatni buyurishdan oldin uni tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siridan kelib chiquvchi nojo‘ya ta‘sirlari xavfini turli yondosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa, jinsiy faollik fonida diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak.

Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorincha obstruksiyasi (masalan, aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya), shuningdek arterial bosim (AB) ni avtonom nazoratini og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan, kam uchraydigan turli tizimlarning ko‘psonli atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi.

Sildenafilni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni quyidagi guruh bemorlarida ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim:

  • miokard infarktini o‘tkazgan, bosh miyada qon aylanishining buzilishlari bo‘lganlar, shuningdek so‘nggi 6 oy davomida hayotiga xavf soluvchi aritmiya;
  • ortostatik gipotenziya (AB 90/50), yoki gipertenziya (AB170/110) bilan kasallanganlar;
  • beqaror stenokardiya bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi bilan kasallanganlar;
  • nasliy pigmentli retinit, to‘r pardaning fosfodiesteraza sintezini tug‘ma buzilishga ega bo‘lganlar;
  • jinsiy olatning anatomik deformasiyasi bo‘lgan bemorlar (masalan, angulyasiya, g‘ovaksimon fibroz yoki Peyroni kasalligi) va priapizmani rivojlanishiga olib keluvchi (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘psonli mieloma yoki leykemiya) kasalliklari bo‘lgan pasientlar.

Ereksiyani buzilishini davolash uchun mo‘ljallangan preparatlarni, jinsiy faollik muhim bo‘lmagan erkaklarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Sildenafilni bundan tashqari ereksiyani buzilishida tavsiya etiladigan boshqa dorilar bilan birga qo‘llashning havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmaganligi sababli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat 65 yoshdan oshgan bemorlarda, jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek bir vaqtda sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (masalan, eritromisin, sakvinavir) qabul qilayotgan bemorlarda, sildenafilning plazmadagi miqdorini oshishi yuz beradi. Bu preparatning samarasini oshiribgina qolmay, balki nojo‘ya samaralarni ham paydo bo‘lishini chiqarishi mumkin. Bunday guruh bemorlarga preparatni sutkada 25 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparat ayollar va bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Ayollarda homiladorlik va laktasiya davrida adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat bosh aylanishini va ko‘rishning buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanishdan oldin, pasientlar preparatga nisbatan o‘z reaksiyalariini baholashlari lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sog‘lom ko‘ngillilardagi tadqiqotlarda preparatni bir martalik 800 mg gacha dozada  qabul qilingandagi nojo‘ya ta‘sirlari uning kam dozada qabul qilinganidagilari bilan deyarli mos keladi, ammo nisbatan ko‘proq  uchraydi.

Davolash: zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog‘lanib, siydik bilan chiqarilmaydi.

Chiqarilishi shakli

Bir plastinka alyumin paketga qadoqlangan.

7 alyumin paketlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10 dori vositasi Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OMES kapsulalar 20mg N30
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
GLISTAGON PLYUS tabletkalari N1
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
UNI FESTAL tabletkalari N100
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
NASMORK TOTAL tabletkalari N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR FORTE tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR gel 30g
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
AZITOKOM 250 kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
KOMASTON tabletkalari 10mg N20
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
YUNIKOLD FORTE tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 8 900 so'mdan Batafsil
KOMSILLIN 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Другие формы препарата
SILDOREKS plenki so vkusom myati 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lontex LP, Великобритания произведено: Aavishkar Oral Strips Private Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9