×
×
  • RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- A02AB02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 700 s`om dan
OBLEPIXOVOE maslo 50ml УЗХИМФАРМ, АО O'zbekiston
5 600 s`om dan
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 10ml N60 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 Balkanpharma-Troyan AD Bolgariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Ran-diT® 150

RAN-DIT® 150

Preparatning savdo nomi: Ran-Dit 150.

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): ranitidin gidroxloridi

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ranitidin gidroxloridi (ranitidinga qayta hisoblanganda) – 150 mg;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, ikki asosli kalsiy fosfati, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, magniy stearati.

qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza), tozalangan talk, titan dioksidi, propilenglikol 6000, Sunset Yellow Lake bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, zarg‘aldoq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita (N2-gistamin reseptorlari blokatori).

ATX kodi: A02VA02

 

Farmakologik xususiyatlari

N2-gistamin reseptorlarini II avlod blokatoridir. Ta‘sir mexanizmi me‘da shilliq qavatidagi parietal xujayralar membranalaridagi N2-gistamin reseptorlarini bloklash bilan bog‘liq. Kunduzgi va tungi, shuningdek bazal va rag‘batlantirilgan HCl sekresiyasini susaytiradi, ovqat yuklamasi sababli me‘dani cho‘zilishi, gormonlar ta‘siri va biogen rag‘batlantiruvchilar (gastrin, gistamin, asetilxolin, pentagastrin, kofein) chaqirgan me‘da shirasining hajmini kamaytiradi. Sitoxrom R450 bilan bog‘liq “jigar” fermentlarini deyarli susaytirmay, me‘da shirasida HCl miqdorini kamaytiradi, plazmada gastrin konsentrasiyasi va shilliq ishlab chiqarilishiga ta‘sir qilmaydi. Pepsinning faolligini kamaytiradi.

Qon zardobida Sa2+ konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi. Terapevtik dozalarda peroral qabul qilinganidan keyin, prolaktinning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi (ranitidinni 100 mg va undan ko‘proq dozada vena ichiga yuborilganidan keyin qon zardobida prolaktinning konsentrasiyasi ahamiyatsiz darajada o‘tkinchi oshishi mumkin).

Gipofiz gormonlarini: gonadotropin, tireotrop gormoni va somatrop gormonini chiqarilishiga ta‘sir qilmaydi. Kortizol, aldosteron, androgenlar yoki estrogenlar konsentrasiyasiga, spermatozoidlarning harakatchanligiga, spermaning miqdori va tarkibiga ta‘sir qilmaydi, shuningdek antiandrogen ta‘sir qilmaydi.

Vazopressinni ajralishini susaytirishi mumkin.

Me‘da shilliq qavatining himoya mexanizmlarini kuchaytiradi va me‘da shirasini hosil bo‘lishini oshishi, unda glikoproteinlar miqdorini oshishi, me‘da shilliq qavati tomonidan gidrokarbonat sekresiyasini, undagi endogen Pg sintezini va regenerasiya tezligini rag‘batlantirish yo‘li bilan HCl ta‘siri bilan bog‘liq (shu jumladan, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishini to‘xtashi va stress yaralarini chandiqlanishi) uning shikastlanishlarini bitishiga yordam beradi. 150 mg dozada 8-12 soat davomida me‘da shirasi sekresiyasini susaytiradi. Mikrosomal fermentlarni ingibirlaydi (simetidindan sustroq).

 

Farmakokinetikasi

Tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta‘sir qilmaydi. Biokiraolishi – 50%. Maksimal konsentrasiyasi – 150 mg ranitidin; maksimal konsentrasiyasiga erishish uchun zarur vaqt – 2-3 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15%. Gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi (ayollarda laktasiya davrida ona sutidagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasidan yuqori). Jigarda ahamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi va dezmetilranitidin va ranitidinning S-oksidini hosil qiladi. Jigardan “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Chiqarilish tezligi va darajasini jigarning holatiga bog‘liqligi kam. Kreatinin klirensi (KK) normal bo‘lganida yarim chiqarilish davri -2,5 soat, KK minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soatni tashkil qiladi.

60-70% buyrak orqali (asosan o‘zgarmagan shaklda 35%) va ichak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Davolash va oldini olishda – me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, NYAQP-gastropatiya, jig‘ildon qaynashi (giperxlorgidriya bilan bog‘liq), me‘da shirasini gipersekresiyasi, simptomatik yaralar, me‘da-ichak yo‘llarining stress yaralari, eroziv ezofagit, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi, tizimli mastositoz, poliendokrin adenomatoz; ovqat qabul qilish bilan bog‘liq yoki uyquni buzuvchi epigastral yoki to‘sh orti og‘riqlari bilan xarakterlanadigan, ammo yuqoridagi holatlarga bog‘liq bo‘lmagan dispepsiya; me‘da-ichak yo‘llarining yuqori sohalaridan qon ketishi, operasiyadan keyingi davrda me‘dadan qon ketishini oldini olish; umumiy anesteziya ostida operasiya o‘tkaziladigan bemorlarda me‘da shirasi aspirasiyasini (Mendelson sindromi) oldini olish, aspirasion pnevmonit (profilaktika), revmatoid artrit (yordamchi davolash sifatida).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichi), operasiyadan keyingi yaralarda – 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 4-8 hafta davomida. Ushbu muddatda chandiqlanishi kuzatilmagan pasientlarda – keyingi 4 hafta davomida davolash davom ettiriladi.

Qaytalanishlarni oldini olish – kechqurun 150 mg; chekuvchi pasientlarga – kechqurun 300 mg.

NYAQP-gastropatiya – 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 8-12 hafta davomida; profilaktika – 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.

Eroziv reflyuks-ezofagit – 150 mg sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 8 hafta davomida; zarurati bo‘lganida davolash kursini 12 haftagacha uzaytiriladi. Reflyuks-ezofagitning II-III og‘irlik daradasida dozani 12 hafta davomida 4 qabulda sutkada 600 mg gacha oshiriladi. Uzoq muddatli profilaktik davolash – 150 mg sutkada 2 marta.

Zollinger-Ellison sindromi – boshlang‘ich doza 150 mg sutkada 3 marta; zarurati bo‘lganida – sutkada 6 g gacha.

Dispepsiyaning surunkali epizodlarida – 150 mg dan sutkada 2 marta 6 hafta davomida.

Peptik yarani davolash uchun bolalarga – 2-4 mg/kg sutkada 2 marta; reflyuks-ezofagitda – 2-
8 mg/kg sutkada 3 marta; maksimal sutkalik doza – 300 mg.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga dozalash tartibini to‘g‘rilash talab etiladi. KK minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida – sutkada 150 mg. Yo‘ldosh jigar faoliyatini buzilishi bo‘lganda dozani keyinchalik kamaytirish talab etilishi mumkin.

Gemodializda bo‘lgan bemorlarga navbatdagi dozani gemodializ tugaganidan keyin darhol buyuriladi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, qorinda og‘riq, sariqlik, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, kam – gepatosellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya; agranulositoz, pensitopeniya, neytropeniya, immun gemolitik va aplastik anemiya.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi; bradikardiya, taxikardiya, vaskulit, aritmiya, atrioventrikulyar (AV) blokada.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, gipertermiya, yuqori charchoqlik, uyquchanlik; uyqusizlik, emosional labillik, bezovtalik, xavotirlik, depressiya, asabiylik, kam- ongni chalkashishi, quloqni shang‘illashi, ta‘sirchanlik, gallyusinasiyalar (asosan keksa yoshli va og‘ir darajali kasalligi bo‘lgan pasientlarda), beixtiyor harakatlar.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni noaniqligi, akkomodasiya falaji.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya.

Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, potensiyani va/yoki libidoni pasayishi.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz.

Boshqalar: alopesiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya bilan jigar sirrozi (anamnezida), o‘tkir porfiriya (shu jumladan anamnezidagi), immunitetni susayishi, bolalar (12 yoshgacha), homiladorlik.

Homilaga ta‘sir qilish toifasi – V (hayvonlarda reproduktivlikka o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga nohush ta‘siri xavfi aniqlanmagan, homilador ayollarda adekvat va qat‘iy nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Metoprololning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) va qon zardobidagi konsentrasiyasi ortadi (80 va 50% muvofiq), bunda metoprololning yarim chiqarilish davri 4,4 dan 6,5 soatgacha oshadi.

Itrakonazol va ketokonazolni so‘rilishini kamaytiradi.

Fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, metoprolol, nifedipin, varfarin, diazepam, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, “sekin” kalsiy kanallari blokatorlari (SKKB) ning jigarda metabolizmini susayiradi.

Prokainamidning konsentrasiyasini oshiradi.

Antasidlar, sukralfat ranitidinni so‘rilishini sekinlashtiradi (bir vaqtda qo‘llashda antasidlar va ranitidinni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 1-2 soat bo‘lishi kerak).

Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi.

Chekish ranitidinning samaradorligini kamaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

12-barmoq ichak yara kasalligining simptomlari 1-2 hafta davomida yo‘q bo‘lishi mumkin, endoskopik yoki rentgen tekshirish ma‘lumotlari bilan chandiqlanish tasdiqlanmagunigacha davolashni davom ettirish kerak.

Me‘da karsinomasi bilan bog‘liq simptomlarni niqoblanish mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma mavjudligini inkor qilish kerak.

Ranitidinni to‘satdan to‘xtatish maqsadgi muvofiq emas (“rikoshet” sindromi).

Stress holatida xolsizlangan bemorlarni uzoq muddatli davolashda me‘dani bakterial shikastlanishi va keyinchalik infeksiya tarqalishi mumkin.

Itrakonazol yoki ketokonazolni so‘rilishini ahamiyatli darajada kamayishidan saqlanish uchun N2-gistamin reseptorlarining blokatorlarini ularni qabul qilgandan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Siydikda oqsil sinamasini o‘tkazishda soxta musbat reaksiyani sababi bo‘lishi mumkin.

Qon zardobida kreatinin, gamma-glutamintransferaza (GGT) va transaminazalarning miqdorini oshiradi.

Me‘daning kislota hosil qiluvchi faoliyatiga pentagastrin va gistaminning ta‘siriga qarshilik qiladi, shuning uchun sinama o‘tkazilishidan 24 soat oldin uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Gistaminga teri reaksiyasini susaytiradi, shu tariqa soxta musbat reaksiyalarga olib keladi (tezkor turdagi allergik teri reaksiyasini aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o‘tkazishdan oldin preparatni qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi).

Preparatning me‘dada kislota tungi sekresiyasini ingibirlash samaradorligi chekish natijasida kamayishi mumkin.

Davolash vaqtida me‘da shilliq qavati ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Yaxshilanish kuzatilmaganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tirishishlar, bradikardiya, yurak qorinchalari aritmiyalari.

Davolash: simptomatik. Peroral qabul qilinganda qusishni chaqirish va/yoki me‘dani yuvish buyurilgan. Tirishishlar rivojlanganida – diazepam v/i, bradikardiyada – atropin, yurak qorinchalari aritmiyalarida – lidokain. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda.

10 kontur uyasiz o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OMES kapsulalar 20mg N30
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
GLISTAGON PLYUS tabletkalari N1
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
UNI FESTAL tabletkalari N100
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4
Narh: 10 600 so'mdan Batafsil
NASMORK TOTAL tabletkalari N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR FORTE tabletkalari N100
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR gel 30g
Narh: 17 600 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
AZITOKOM 250 kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 25 500 so'mdan Batafsil
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
KOMASTON tabletkalari 10mg N20
LETFIKSIM 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 45 200 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
YUNIKOLD FORTE tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
KOMSILLIN 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9