×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TAZOSIL poroshok 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Сульбактам, Цефоперазон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
ATX kodi:
- J01DD62
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFTRIAKSON poroshok 1g N1 Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
2 200 s`om dan
ZITMAK tabletkalari 250mg N6 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
25 000 s`om dan
29 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TAZOSIL poroshok 500mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TAZOSIL

TAZOCIL

 

Preparatning savdo nomi: Tazosil

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): sefoperazon va sulbaktam.

Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sefoperazonning natriyli tuzi (sefoperazonga qayta hisoblanganda) – 0,5 g yoki 1,0 g; sulbaktamning natriyli tuzi (sulbaktamga qayta hisoblanganda) – 0,5 g yoki 1,0 g.

Ta‘rifi: oq yoki deyali oq rangli kukun, o‘ta gigroskopik.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DD62

 

Farmakologik xususiyatlari

Antibakterial komponenti – bakteriya devorining sintezini susaytirish yo‘li bilan bakteriosid ta‘sir qiluvchi, uchinchi avlod sefalosporini – sefoperazondir. Sulbaktam Neisseriaceae va Acinetobacter ga qarshi ta‘siridan tashqari, real antibakterial faollikka ega emas, biroq u beta-laktam antibiotiklarga rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan ferment – beta-laktamazalarning ingibitoridir.

Sulbaktam rezistent mikroorganizmlar tomonidan penisillinlar va sefalosporinlarning destruksiyasini oldini oladi va penisillinlar va sefalosporinlar bilan yaqqol sinergizm namoyish qiladi. Sulbaktam shuningdek ayrim penisillinni bog‘lovchi oqsillar bilan bog‘lanishi tufayli, mikroorganizmlar, sefoperazonning bir o‘zining ta‘siriga qaraganda, sulbaktam/sefoperazonning ta‘siriga ko‘proq sezuvchan bo‘lib qoladilar.

Sulbaktam va sefoperazonning majmuasi quyidagi mikroorganizmlarga qarshi faoldir: Haemophylus influenzae, Bacteroides ning turlari, Acinetabacter calcoaceticus, Enterobacter aerodens, Escherichia coli,  Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Citrobacter diversus.

Sulbaktam/sefoperazon in vitro sharoitida klinik ahamiyatli mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi faollikni namoyon qiladi.

Grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia (asosan Diplococcus pneumoniae), Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokk), Streptococcus agalactiae (V guruhi beta-gemolitik streptokokk), beta-gemolitik streptokokklarning ko‘pchilik boshqa turlari, Streptococcus faecalis ning ko‘pchilik turlari.

Grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Klebsiella turlari, Enterobacter turlari, Citrobacter turlari, Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii (asosan Proteus morganii), Providencia rettgeri (asosan Proteus rettgeri), Providencia turlari, Serratia turlari (shu jumladan S. marcescens), Salmonella va Shigella turlari, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas ning ayrim turlari, Acinetobacter calcoaceticus, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Bordetella pertussis, Yersinia enterocolitica.

Anaerob mikroorganizmlar: grammanfiy basillalar (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides ning boshqa turlari va Fusobacterium ning turlari); grammusbat va grammanfiy kokklar (shu jumladan Rertococcus, Peptostreptococcus va Veillonella turlari); grammusbat basillalar (shu jumladan Clostridium, Eubacterium va Lactobacillus turlari).

Farmakokinetikasi

Preparat yuborilganida sulbaktam dozasining taxminan 84% va sefoperazon dozasining taxminan 25% buyrak orqali chiqariladi. Sefoperazonning dozasini katta qismi safro bilan chiqariladi. Sulbaktam/sefoperazon yuborilganidan keyin sulbaktamning o‘rtacha yarim chiqarilish (T1/2) davri 1 soatni, sefoperazonniki esa – 1,7 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi yuborilgan dozaga proporsionaldir.

2 g sefoperazon+sulbaktam vena ichiga 5 minut davomida yuborilganidan keyin sulbaktam va sefoperazonning maksimal konsentrasiyalarining o‘rtacha qiymati muvofiq 130,2 va 236,8 mkg/ml ni tashkil qiladi. Bu sefoperazonni taqsimlanishi (Vα=10,2-11,3L) ga nisbatan, sulbaktamning kattaroq hajmda (Vα=18,2-27,6L) taqsimlanishidan dalolat beradi.

Sulbaktam ham, sefoperazon ham organizmning to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan safro, o‘t pufagi, teri, appendiks, falopiy naylari, tuxumdonlar, bachadonda va boshqalarda jadal taqsimlanishga uchraydilar.

Bolalarda sulbaktamning o‘rtacha T1/2 muddati 0,91 soatdan 1,42 soatgacha, sefoperazonniki esa – 1,44 soatdan 1,88 soatgacha bo‘lgan vaqt chegarasida bo‘ladi.

Sulbaktam va sefoperazon orasida, ular majmuaviy preparat shaklida birga qo‘llanganida biron-bir farmakokinetik o‘zaro ta‘siriga taalluqli ma‘lumotlar yo‘q.

Ko‘p marta yuborilganidan keyin sulbaktam/sefoperazonning farmakokinetikasida biron-bir jiddiy o‘zgarishlar va har 8-12 soatda qo‘llanganida ularni to‘planishi aniqlanmagan.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganimlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun monoterapiya ko‘rinishida qo‘llanadi: nafas yo‘llarining infeksiyalari (yuqori va quyi qismlari); intraabdominal infeksiyalar (peritonit, xolesistit, xolangit va boshq.); siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (yuqori va quyi qismlari); septisemiya; meningit; teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari; suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari; chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklari; gonoreya va jinsiy a‘zolarning boshqa infeksiyalari.

Preparatni ayrim kasalliklarda boshqa antibiotiklar bilan birga majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Davolashni boshlash oldidan, teri sinamasini bajarib, pasientda yuqori sezuvchanlikning borligini istisno qilish kerak.

Kattalarda qo‘llanishi. Preparatni tavsiya qilingan sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil qiladi. Preparatni har 12 soatda bir xil taqsimlangan dozalarda yuborish kerak. Og‘ir yoki refrakter infeksiyalarda Tazosil sutkalik dozasi 8 g gacha oshirilishi mumkin.

Jigar faoliyatini buzilishida qo‘llanishi. Og‘ir obstruksion sariqlikda va og‘ir jigar kasalliklarida yoki bu ikkala patologiya buyrak faoliyatini buzilishi bilan kechgan hollarda dozaga tuzatish kiritish lozim bo‘lishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishlari va buyrak faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lgan pasientlarda plazmada sefoperazonning konsentrasiyasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida dozaga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak. Preparatning plazmadagi konsentrasiyasini sinchkov nazorati o‘tkazilmagan hollarda, sefoperazonning dozasi sutkada 2 g dan oshmasligi kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi. Preparatni kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida, sulbaktamning klirensini pasayishini kompensasiya qilish maqsadida, preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml bo‘lganida sulbaktamning maksimal bir martalik dozasi har 12 soatda 1 g ni; kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam bo‘lganida – har 12 soatda 500 mg ni tashkil qiladi. Shuning uchun og‘ir infeksiyalarda sefoperazon preparatlarini qo‘shimcha buyurish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Dializ qo‘llanganida preparatining dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.

Bolalarda qo‘llanishi. Preparatni tavsiya qilingan sutkalik dozasi tana vazniga 40-
80 mg/kg ni tashkil qiladi. Preparatni har 6-12 soatda bir xil taqsimlangan dozalarda yuborish kerak.

Og‘ir yoki refrakter infeksiyalarda preparatning sutkalik dozasi 160 mg/kg gacha oshirilishi va teng 2-4 dozalarga bo‘linishi mumkin.

Chaqaloqlarga hayotining 1-chi haftasida har 12 soatda yuborish kerak. Chaqaloqlar uchun maksimal sutkalik doza 80 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Vena ichiga qo‘llanishi. Tomchilab infuziya uchun 1 flakon ichidagisini (1,0 g) 6-7 ml 5% li glyukoza eritmasida, 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki in‘eksiya uchun steril suvda eritish, so‘ngra esa xuddi shu erituvchilarni qo‘llash bilan 20 ml gacha suyultirish kerak. Preparat infuziya ravishda 15-30 minut davomida yuboriladi.

Preparat in‘eksiya uchun suv, 5% li glyukoza eritmasi, 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan sefoperazonning 10 mg/ml dan va sulbaktamning 10 mg/ml dan sefoperazonning 250 mg/ml, sulbaktamning 250 mg/ml gacha konsentrasiyalarida mutanosib.

Ringer laktat eritmasi birlamchi suyultirish uchun emas, balki vena ichiga infuziya qilishda suyultirish uchun to‘g‘ri keladi.

Vena ichiga in‘eksiya uchun flakon ichidagi moddani yuqorida ta‘riflanganidek eritish va kamida 3 minut davomida yuborish kerak.

Mushak ichiga qo‘llanishi. Lidokain eritmasi birlamchi eritish uchun emas, balki mushak ichiga qo‘llanganida suyultirish uchun to‘g‘ri keladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, soxtamembranoz kolit.

Markaziy nerv tizimi (MNT) va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, mushaklarni tortilishi.

Allergik reaksiyalar: makulopapulyoz toshma, eshakemi, qichishish, isitma, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok.

Qon yaratish tizimi tomonidan: qaytuvchan neytropeniya, leykopeniya, gemoglobin va gematokrit darajasini pasayishi, eozinofiliya, trombositopeniya va gipoprotrombinemiya hollari.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, vaskulit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: jigarning funksional testlari AsAT, AlAT ko‘rsatkichlarini, ishqoriy fosfotaza va bilirubin darajasini oshishi.

Mahalliy reaksiyalar: in‘eksiya joyida og‘riq, infuziya joyida og‘riq (vena ichki kateteri orqali yuborilganida).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlariga va/yoki penisillinlar, sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni va spirt saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash yoki davolash tugaganidan keyin 5 kun davomida yoki davolash vaqtida alkogolni bir vaqtda qo‘llash, disulfiramning (teturam) ta‘siriga o‘xshash samaralar: qorinda spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishi, hansirash, yuzni qizarishiga olib kelishi mumkin. Bu samaralar alkogol iste‘mol qilinganidan keyin 15-30 minut davomida qayd etiladi va bir necha soatdan keyin mustaqil o‘tib ketadi. Bu sefoperazon molekulasining strukturasida, asetaldegiddegidrogenaza fermentining faolligini susaytiruvchi N-metiltiotetrazolli yon zanjirini borligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu qonda ta‘riflangan nojo‘ya samaralarni chaqiruvchi asetaldegidni to‘planishiga olib keladi.

Antikoagulyantlar bilan (kumarin yoki indandion hosilalari bilan), geparin bilan yoki biron-bir trombolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llash qon ketishlari xavfini oshiradi.

Preparatni qo‘llanganida siydikda glyukozaning miqdorini nofermentativ usullar bilan aniqlashda va Kumbs reaksiyasini qo‘yishda soxtamusbat natijalar bo‘lishi mumkin.

Preparatni aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganda, butun davolash kursi davomida buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Nomutanosiblik.

Preparatni va aminoglikozidlarning eritmalarini bevosita aralashtirish mumkin emas, chunki ular orasida fizik nomutanosiblik mavjud. Agar preparat va aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolashning zarurati bo‘lsa, ularni alohida ikkilamchi vena ichiga nayli tizimni qo‘llash bilan ketma-ket, alohida holda tomchilab infuziya ko‘rinishida qo‘llash kerak; bunda birlamchi vena ichiga qo‘yiladigan nayli tizimni, ko‘rsatilgan preparatlarning infuziyalari orasidagi tanaffusda tegishli eritma bilan yaxshilab yuvish kerak. Shuningdek preparatni va aminoglikozidlarni yuborish orasidagi sutka davomidagi intervallar iloji boricha uzoqroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Ringer laktat eritmasi bilan birlamchi suyultirish tavsiya qilinmaydi, chunki bu aralashma nomutanosib. Biroq ikki bosqichli suyultirish jarayonini qo‘llash nomutanosiblikdan saqlanishga imkon beradi: avval in‘eksiya uchun steril suv ishlatiladi, so‘ngra olingan eritma sulbaktamning 5 mg/ml konsentrasiyasigacha Ringer laktat eritmasi bilan suyultiriladi (2 ml birlamchi eritma 50 ml Ringer laktat eritmasida yoki 4 ml birlamchi eritma 100 ml Ringer laktat eritmasida suyultiriladi).

2% li lidokain eritmasi bilan birlamchi suyultirish tavsiya qilinmaydi, chunki bu aralashma nomutanosib. Biroq ikki bosqichli suyultirish jarayonini qo‘llash nomutanosiblikdan saqlanishga imkon beradi: avval in‘eksiya uchun steril suv ishlatiladi, so‘ngra olingan eritma 2% li lidokain eritmasida (taxminan 0,5% li lidokain gidroxloridi eritmasida 250 mg/ml sefoperazon va 250 mg/ml sulbaktam saqlovchi eritma olish uchun) suyultiriladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ayrim bemorlarda preparat bilan davolash, boshqa sefalosporinlar bilan bo‘lgani kabi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan fatal anafilaktik reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday reaksiyalarni paydo bo‘lish ehtimoli anamnezida ko‘pchilik allergenlarga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda juda yuqori bo‘ladi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida preparatni darhol bekor qilish va tegishli davolashni buyurish kerak. Og‘ir anafilaktik reaksiyalar shoshilinch davolashni, xususan adrenalinni yuborishni talab qiladi. Ko‘rsatmalar bo‘yicha oksigenoterapiyani, kortikosteroidlarni vena ichiga yuborishni, nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini ta‘minlash, shu jumladan intubasiyani darhol o‘tkazishni talab qiladi.

Ayrim bemorlarda sefoperazon bilan davolash, boshqa antibiotiklar bilan bo‘lgani kabi, organizmda K vitaminining tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu ehtimol bu vitaminni sintez qiluvchi ichak mikroflorasini susayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Preparatni davomli qo‘llash chidamli mikroorganizmlarni o‘sishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bemorning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak. Buyrak, jigar va qon yaratish tizimining faoliyatini buzilishlarini vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘lishiga tayyor turish kerak. Bu ayniqsa, yangi tug‘ilgan, xususan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga, shuningdek boshqa chaqaloqlarga nisbatan muhimdir.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi. Buyrak faoliyatini turli darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparat qo‘llanganida sulbaktamning umumiy klirensi aniqlangan kreatinin klirensi bilan mos keladi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda sulbaktamning T1/2 ahamiyatli oshishi aniqlanadi. Gemodializ sulbaktamning T1/2 davri, umumiy klirensi va taqsimlanish hajmiga jiddiy ta‘sir qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda sefoperazonning farmakokinetikasida har qanday o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Jigar faoliyatini buzilishida qo‘llanishi. Sefoperazon ahamiyatli darajada safro bilan chiqariladi. Jigar kasalliklari va/yoki safro chiqarish yo‘llarining obstruksiyasi bo‘lgan pasientlarda sefoperazonning plazmada T1/2 uzayadi, siydik bilan chiqarilishi esa oshadi. Xatto jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida ham safroda sefoperazonning terapevtik konsentrasiyalari aniqlanadi, plazmadagi T1/2 esa 2-4 marta oshadi.

O‘t chiqarish yo‘llarining og‘ir obstruksiyasi, jigarning og‘ir kasalliklarida yoki buyrak faoliyatini yondosh buzilishlarida dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin.

Keksa va qari pasientlarda qo‘llanishi. Sulbaktam ham, sefoperazon ham qo‘llanganida T1/2 uzayishi, umumiy klirensni kamayishi va taqsimlanish hajmini oshishi kuzatiladi. Sulbaktamning farmakokinetikasi buyrak faoliyatining darajasi bilan bevosita mos keladi, sefoperazonning farmakokinetikasi esa jigar faoliyatini buzilishlari bilan mos keladi.

Bolalarni davolash uchun qo‘llanishi. Preparatining komponentlarini pediatrik pasientlardagi farmakokinetikasi kattalar bilan qiyoslanganida katta farqlar aniqlanmagan.

Tazosil chaqaloqlarda samarali qo‘llanadi. Biroq sefoperazon/sulbaktam majmuasini chala tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash bo‘yicha har tomonlama tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun chala tug‘ilgan chaqaloqlar yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashni boshlashdan oldin, potensial foyda va davolashdan kutiladigan xavfni sinchiklab baholash kerak.

Sulbaktam va sefoperazon yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Shuning uchun homiladorlik vaqtida faqat ayol uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lganidagina qo‘llash mumkin.

Sulbaktam va sefoperazon juda oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun laktasiya davrida qo‘llanganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Preparat 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘siri to‘g‘risida.

Hozirgi vaqtda xabarlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida nojo‘ya reaksiyalarini ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Preparatning orqa miya suyuqligidagi yuqori konsentrasiyalari nevrologik reaksiyalarni, xususan tirishishlarni chaqirishi mumkin, bu beta-laktam antibiotiklar uchun xosdir. Sefoperazon va sulbaktam gemodializ yo‘li bilan chiqariladi, shuning uchun ushbu muolaja preparatni organizmdan chiqarilishini kuchaytirishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

1,0 g dan in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun flakonlarda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TAZOSIL poroshok 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TAZOSIL poroshok 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TAZOSIL poroshok 500mg N1 dori vositasi Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TAZOSIL poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TAZOSIL poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFTRIZ poroshok 2g N1
SEFTRIZ poroshok 1g N1
SEBANEKS poroshok 2g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Orchid Healthcare (A division of Orchid Chemicals & Pharmaceuticals Ltd)
NOVOBAKTAM poroshok 1,0g N5
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
FITOBAKT poroshok 1000mg 1000 mg+1000 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
BAKTOSEF poroshok 1000mg+1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 1000 mg+1000 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 500 mg+500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 250 mg+250 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
ZETRON poroshok 2000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
ZETRON 1000 poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
PEROBAKT poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
PROSEFAN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО для Profi Pharm Servis, ООО
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 0,5 g/0,5 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
TAZOSIL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 0,5 g/0,5 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
TAZOSIL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9