×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TELSARTAN A tabletkalari 5mg+40mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Телмисартан, Амлодипина бесилат
Farmakologik guruhlari:
- антигипертензивное средство комбинированное (блокатор «медленных» кальциевых каналов + ангиотензина II рецепторов антагонист).
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- C09DB04
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
RESTATOR tabletkalari 10mg N30 Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje Makedoniya
OFTALMODEK ko'z tomchilari 5ml 0,2mg/ml ГНЦЛС ОЗ, ООО Ukraina
9 000 s`om dan
TALLITON tabletkalari 6,25mg N28 Egis Pharma PLC Vengriya
51 500 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tabletkalar 5 mg+40 mg va 10 mg+40 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali / alyumin termoelimli lakli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar, 5 mg+80 mg va 10mg+80 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali/ alyuminiy termoelimli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan lakli blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tarkibi:

1 tabletka 5 mg + 40 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin bezilati 6,935 mg (5 mg amlodipinga qayta hisoblanganda)

telmisartan 40 mg

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi 3,360 mg, meglyubin 12,000 mg, povidon K30 15,500 mg, polisorbat-80 0,500 mg, mannitol 351,605 mg, magniy stearat 9,800 mg, temir qizil oksidi bo'yovchisi (E172) 0,300 mg.

1 tabletka 10 mg + 40 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin bezilati 13,870 mg (10 mg amlodipinga qayta hisoblanganda)

telmisartan 40 mg

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi 3,360 mg meglyumin 12,000 mg, povidon K30 15,500 mg, polisorbat–80 0,500 mg, mannitol 344,670 mg, magniy stearat 9,800 mg, temir sariq oksidi (E172) bo'yovchisi 0,300 mg.

1 tabletka 5 mg + 80 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

amlodipin bezilati 6,935 mg ( 5 mg amlodipinga qayta hisoblanganda)

telmisartan 80 mg

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi 6,720 mg, meglyumin 24,000 mg, povidon K30 26,500 mg, polisorbat–80 1,000 mg, mannitol 519,945 mg, magniy stearat 14,600 mg, qizil temir oksidi bo'yovchisi (E 172) 0,300 mg.

1 tabletka 10 mg + 80 mg quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

amlodipin bezilat 13, 870 mg ( 10 mg amlodipinga qayta hisoblanganda)

telmisartan 80 mg

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi 6,720 mg, meglyumin 24,000 mg, povidon K30 26,500 mg, polisorbat–80 1,000 mg, mannitol 513, 010 mg, magniy stearat 14,600 mg, temir sariq oksidi ( E172) bo'yovchisi 0,300 mg.

Majmuaviy preparat, o'zaro bir – birini to'ldiruvchi ta'sirga ega ikkita gipotenziv moddalarni saqlaydi; ular angiotenzin II (APA II) reseptorlarini antagonisti – telmisartan va "sekin" kaltsiy kanallari blokatori (SKKB) digidropiridin hosilasi– amlodipin bo'lib, arterial (essentsial) gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda arterial bosimni (AB) nazorat qilish imkonini beradi. Bu moddalarning majmuasi AB ni yuqori darajada tushirib, har bir alohida komponentga qaraganda additiv antigipertenziv ta'sirga ega. Amlodipin va telmisartanning majmuaviy preparatini sutkada 1 marta 24 soat davomida qo'llash AB ni samarali va barqaror pasayishiga olib keladi.

Amlodipin

Amlodipin – digidropiridinning hosilasi, SKKB sinfiga mansub. U kaltsiy ionlarini kardiomiositlarga va tomirlarning silliq mushak hujayralariga transmembran tushishini susaytiradi. Amlodipining antigipertenziv ta'sir mexanizmi tomirlarning silliq mushak hujayralariga bevosita bo'shashtiruvchi samarasi bilan bog'liq bo'lib, u periferik tomir qarshiligini kamayishiga va AB pasayishiga olib keladi. Arterial gipertenziyali pasientlarda amlodipinni sutkada 1 marta qabul qilish AB ni 24 soat ichida klinik axamiyatli pasayishini ta'minlaydi. Amlodipinni qabul qilish vaqtida, preparat ta'sirini sekin boshlanishi tufayli ortostatik arterial gipotenziya xarakterli emas. Arterial gipertenziyali va buyrak funktsiyasi normada bo'lgan pasientlarda amlodipinning terapevtik dozalari buyrak tomirlarining qarshiligini kamayishiga, kalavali filtrasiya tezligini oshishiga va filtrasiya va proteinuriyani o'zgartirmagan holda buyraklarda qonni samarali oqishiga olib kelgan. Amlodipin qandaydir metabolik noxush samaralarga yoki qon plazmasida lipidlar miqdorini o'zgarishiga olib kelmaydi, shuning uchun uni bronxial astmasi, qandli diabeti va podagrasi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin. Amlodipinni yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llash salbiy inotrop ta'sirlar (jismoniy yuklamaga tolerantlikni pasaytirmaydi va chap qorinchada chiqarib tashlash fraktsiyasini pasaytirmaydi) bilan kechmaydi.

Telmisartan

Telmisartan – spesifik ara II ( AT1 turi) bo'lib, ichga qabul qilinganda samarali. Angiotenzin II AT– reseptorlari turiga nisbatan yuqori yaqinlikka ega bo'lib, ular orqali angiotenzin II ning ta'siri amalga oshadi. Bu reseptorga nisbatan agonistik ta'sirga ega bo'lmasdan, angiotenzin II ni reseptor bilan bo'lgan bog'idan siqib chiqaradi. Telmisartan faqat angiotenzin II AT1 – reseptorlari turi bilan bog'lanadi. Bog'lanish uzoq muddatli xarakterga ega. Boshqa reseptorlar, shu jumladan AT– reseptori bilan ham yaqinlikka ega emas. Qonda aldosteron kontsentrasiyasini pasaytiradi, qon plazmasida reninni faolligini susaytirmaydi. Telmisartan angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) yoki bradikininni buzadigan kininaza II ni susaytirmaydi, u shuningdek bradikininni parchalaydi. Shuning uchun bradikinin chaqiradigan nojo'ya reaktsiyalarni kuchayishi kuzatilmaydi. 80 mg dozada telmisartan, angiotenzin II ning gipertenziv ta'sirini to'liq bloklaydi. Telmisartanni birinchi dozasini qabul qilingandan keyin 3 soat davomida antigipertenziv ta'sirni boshlanishi aniqlanadi. Preparatni ta'siri 24 soat davomida saqlanadi va 48 soatgacha ahamiyatli darajada qoladi. Muntazam qabul qilinganda 4 – 8 haftadan keyin yaqqol antigipertenziv ta'siri rivojlanadi. Telmisartan arterial gipertenziyali pasientlarda yurak qisqarishlarini soniga (YuQS) ta'sir ko'rsatmaydi sistolik va diastolik AB ni pasaytiradi. Telmisartanni keskin bekor qilingan hollarda "bekor qilish" sindromi rivojlanmaydi, AB asta – sekin dastlabki darajaga qaytadi.

Amlodipin va telmisartanning majmuaviy preparatini so'rilish tezligi va darajasi, telmisartan va amlodipinni tabletka ko'rinishida alohida qo'llangan hollardagi Biokiraolishligi bilan ekvivalent.

Amlodipin

So'rilishi

Amlodipinni terapevtik dozada ichga qabul qilingandan keyin, qon plazmasida 6-12 soatdan keyin Smax ga erishiladi. Mutloq biokiraolishligining qiymati 64% dan 80% gachani tashkil qiladi. Ovqatni qabul qilish amlodipinni biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.

Taqsimlanishi

Amlodipinni taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kgni tashkil qiladi. In vitro tadqiqotlari arterial gipertenziyali pasientlarda aylanib yuruvchi amlodipinning taxminan 97,5% qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishini ko'rsatgan.

Metabolizmi

Amlodipin jigarda nofaol metabolitlarni hosil qilib ahamiyatli darajada (taxminan 90% ga) metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Amlodipinni qon plazmasidan chiqarilishi ikki fazada yuz beradi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30-50 soatni tashkil qiladi. Preparatni 7 – 8 kun davomida qabul qilingandan keyin plazmada barqaror kontsentrasiyaga erishadi. Amlodipin buyraklar orqali ham o'zgarmagan ko'rinishda (10%), ham metabolitlar ko'rinishida (60%) chiqariladi.

Telmisartan

So'rilishi

Ichga qabul qilinganida me'da – ichak yo'llaridan (miy) tez so'riladi. Biokiraolishligi – 50%. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda farmakokinetik egri chizig'i osti maydoni "kontsentrasiya - vaqt" (AUC) pasayishi 6% dan (40 mg dozada) 19% gacha (160 mg dozada) o'zgarib turadi. Ichga qabul qilingandan 3 soatdan keyin qon plazmasidagi kontsentrasiyasi, ovqat qabul qilinishidan qat'iy nazar tenglashadi.

Taqsimlanishi

Qon plazmasi oqsillari, asosan albumin va alfa -1 glikoprotein bilan bog'lanishi 99,5% ni tashkil qiladi. Muvozanat holatida, ehtimolli taqsimlanish hajmining o'rtacha qiymati– 500 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Telmisartan glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiyaga uchrash yo'li orqali metabolizmga uchraydi. Metabolitlari farmakologik nofaol.

Chiqarilishi

T1/2 20 soatdan ortiq. Qon plazmasida maksimal kontsentrasiya (Smax) va AUC dozaga noproportsional ravishda kam darajada oshadi. Telmisartanning klinik sezilarli darajadagi kumulyasiyasi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. O'zgarmagan ko'rinishda ichak orqali chiqariladi, buyraklar orqali chiqarilishi 2 % dan kamroq. Plazmadagi umumiy klirensi (900 ml/min) jigar qon oqimi (1500 ml/min atrofida) bilan solishtirilganda yuqori.

Alohida guruh pasientlari

Erkak va ayollarda, telmisartanning plazmadagi kontsentrasiyasida farqlar kuzatiladi. Ayollarda Smax va AUC, erkaklardagi bilan solishtirilganda samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan holda taxminan 3 va 2 marta yuqori bo'lgan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Telmisartanning farmakokinetikasi keksa yoshdagi va yosh pasientlarda farq qilmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda amlodipinni klirensini pasayishiga tendentsiya aniqlanadi, bu esa AUC va T1/2 larni oshishiga olib keladi.

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda telmisartanni T1/2 o'zgarmaydi, qon plazmasida telmisartanning ancha past kontsentrasiyasi kuzatiladi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda amlodipinni farmakokinetikasi sezilarli o'zgarmaydi. Amlodipin va telmisartan gemodializ o'tkazilganda organizmdan chiqarilmaydi.

Jigar etishmovchiligi

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda farmakokinetik tadqiqotlar, telmisartanning absolyut biokiraolishligini deyarli 100% gacha oshishini ko'rsatgan. Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda T1/2 o'zgarmaydi. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda amlodipinni klirensi pasayadi, bu esa AUC qiymatini taxminan 40 -60 % ga oshishiga olib kelgan.

Qo'llash tajribasiga asosan:

-telmisartanni1;

-amlodipinni2;

-telmisartan va amlodipinni bir vaqtda qo'llanganda;

kutiladigan noxush reaktsiyalar, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining nojo'ya reaktsiyalari tasnifiga muvofiq keltirilgan. Ularning tez - tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi; juda tez – tez (> 1/10 buyurishlar); tez - tez (1/10–1/100 buyurishlar); tez - tez emas (1/100–1/1000 buyurishlar); kam hollarda (1/1000–1/10000 buyurishlar); juda kam hollarda (<1/10000 buyurishlar); uchrash tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar bo'yicha noxush reaktsiyalarning tezligini aniqlashning iloji yo'q.

Noxush reaktsiyalar, a'zolar va tizimlar bo'yicha, MedDRA terminlariga muofiq tasniflangan.


A'zo – tizim sinfi

Noxush reaktsiyalar

Paydo bo'lish tez - tezligi

Infektsion va parazitar kasalliklar

Siydik-chiqarish yo'llarining1 infektsiyalari, yuqori nafas yo'llarining1 infektsiyalari

Tez - tez emas


Tsistit3, sepsis, shu jumladan o'lim bilan yakunlanuvchi1

Kam hollarda

Ruhiyatni buzilishi

Depressiya3 bezovtalik3; uyqusizlik3

Tez - tez emas

Kayfiyatni2 o'zgarib turishi

Ongni2 chalkashishi

Kam hollarda

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Bosh aylanishi3

Tez-tez

Uyquchanlik3 migren3 bosh og'rig'i3; parasteziya3

Tez-tez emas


Sezgirlikni pasayishi yoki tashqi omillarga rezistentlik, ta'm3 bilishni buzilishi; hushdan ketish3; tremor periferik neyropatiya3;

Kam hollarda


Ekstrapiramid buzilishlar2

Uchrash tezligi noma'lum

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Anafilaktik reaktsiya1

Kam hollarda

O'ta yuqori sezuvchanlik1,2

Uchrash tezligi noma'lum

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Ko'rishni buzilishi1

Kam hollarda

Ko'rishni pasayishi2

Uchrash tezligi

noma'lum

Eshitish a'zolari tomonodan va labirint buzilishlar

Vertigo3

Tez - tez emas

Quloqlarda shovqin2

Uchrash tezligi noma'lum

Yurak tizimi tomonidan buzilishlar

Bradikardiya3, tez tez yurak urishi3

Kam hollarda

Taxikardiya1

Tez - tez emas

Miokard infarkti2, aritmiya2, qorinchalar taxikardiyasi2; yurak bo'lmachasini fibrilyasiyasi

Uchrash tezligi noma'lum

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

AB3 ning yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya2

Tez - tez emas

Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar

Yo'tal3

Tez-tez emas

Hansirash1,2

Tez-tez emas;

Uchrash tezligi noma'lum

Rinit2

Uchrash tezligi noma'lum

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Qorinda3 og'riq, diareya3, ko'ngil3 aynishi, meteorizm1, "jigar" fermentlari3 faolligini oshishi

Tez - tez emas



Qusish3, dispepsiya3, me'da1 atrofida noqulaylik

Kam hollarda


Defekasiya2 maromining o'zgarishi, penkreatit2, gastrit2


Uchrash tezligi noma'lum

Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Jigar funktsiyasini buzilishi1

Kam hollarda

Gepatit2, sariqlik2, "jigar" transaminazalari faolligini oshishi, asosan xolestaz2 ni aks ettiradi.

Uchrash tezligi noma'lum

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Terini qichishishi3

Tez - tez emas

Ekzema3, eritema3, teri toshmasi3, dori toshmasi1, toksi toshma1

Kam hollarda


Gipergidroz1,2

Tez-tez emas1

Tez-tezligi noma'lum2

Angionevrotik shish1,2


Kam hollarda1

Uchrash tezligi noma'lum2

Eshakemi1,2


Kam hollarda1

Uchrash tezligi noma'lum2

Allopesiya2, purpura2, teri2 rangining o'zgarishi, multi ko'p shaklli eritema2, eksfoliativ dermatit2, Stivens-Djonson2 sindromi, fotosensibilizasiya2 reaktsiyasi, vaskulit2

Uchrash tezligi noma'lum

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalari tomonidan buzilishlar

Artralgiya3, mushaklarni spazmi (oyoq boldir mushaklarni tirishishi)3, miagiya3

Tez - tez emas



Oyoqlarda3 og'riq, paylarda og'riq (tendinitni eslatadigan simptomlar)1, belda3 og'riq

Kam hollarda

Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Nikturiya

Kam hollarda

Buyrak funktsiyasini buzilishi, jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi, siydik chiqishning buzilishi, tez-tez siyish

Uchrash tezligi noma'lum

Jinsiy a'zolari va sut bezi tomonidan buzilishlar

Erektil disfunktsiya

Tez - tez emas

Ginekomastiya

Uchrash tezligi noma'lum

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar

Periferik shishlar

Tez-tez

Asteniya (holsizlanish), ko'krak qafasida og'riq, yuqori toliqish, shishlar, yuzga qon quyulishini his qilish

Tez-tez emas


Darmonsizlik, grippga o'xshash sindrom, milklarni gipertrofiyasi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi

Kam hollarda


Og'riq, tana vaznining ortishi, tana vaznining kamayishi

Uchrash tezligi noma'lum

Laborator va instrumental tekshiruvlari tomonidan

Giperkaliemiya, anemiya, qonda kreatenin kontsentrasiyasini oshishi

Tez - tez emas


Qonda siydik kislotasi kontsentrasiyasini oshishi, qonda kreateninfosfokinazali (KFK) faolligini oshishi, gemoglobinni pasayishi, gipoglikemiya (qondli diabeti bo'lgan pasientlarda), eozinofeliya


Kam hollarda


Trombositopeniya

Kam hollarda

Uchrash tezligi noma'lum

Leykopeniya, giperglikemiya

Uchrash tezligi noma'lum


Alohida komponetlariga nisbatan qo'shimcha ma'lumot

Preparatning komponentlaridan (amlodipin yoki telmisartan) birini qabul qilinganda, avval qabul qilingan noxush reaktsiyalar hatto, agar ular klinik tadqiqotlarda yoki postregistrasion davrda kuzatilmagan bo'lsa ham, ularni majmuaviy qabul qilinganda kuchayishi mumkin.

Komponentlarning majmuasi haqida qo'shimcha ma'lumot

Periferik shishlar, amlodipinning dozaga qaram noxush reaktsiyasi, telmisartan va amlodipin majmuasini qabul qilgan pasientlarda, faqat amlodipinni o'zini qabul qilgan pasientlarga qaraganda kamroq kuzatilgan.



Reysept bo'yicha
Erkak va ayollarda, telmisartanning plazmadagi kontsentrasiyasida farqlar kuzatiladi. Ayollarda Smax va AUC, erkaklardagi bilan solishtirilganda samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan holda taxminan 3 va 2 marta yuqori bo'lgan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Telmisartanning farmakokinetikasi keksa yoshdagi va yosh pasientlarda farq qilmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda amlodipinni klirensini pasayishiga tendentsiya aniqlanadi, bu esa AUC va T1/2 larni oshishiga olib keladi.

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda telmisartanni T1/2 o'zgarmaydi, qon plazmasida telmisartanning ancha past kontsentrasiyasi kuzatiladi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda amlodipinni farmakokinetikasi sezilarli o'zgarmaydi. Amlodipin va telmisartan gemodializ o'tkazilganda organizmdan chiqarilmaydi.

Jigar etishmovchiligi

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda farmakokinetik tadqiqotlar, telmisartanning absolyut biokiraolishligini deyarli 100% gacha oshishini ko'rsatgan. Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda T1/2 o'zgarmaydi. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda amlodipinni klirensi pasayadi, bu esa AUC qiymatini taxminan 40 -60 % ga oshishiga olib kelgan.

Arterial gipertenziyada (majmuaviy davolash ko'rsatilgan pasientlarga) qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik

  • Digidropiridinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik

  • Homiladorlik

  • Emizish davri

  • Safro chiqarish yo'llarining obstruktiv kasalliklari

  • Og'ir arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm simob ustunidan past)

  • Chap qorinchaning chiqish yo'lidagi obstruktsiya (shu jumladan aortal stenozining yuqori darajasi)

  • O'tkazilgan o'tkir miokard infarktidan keyingi gemodinamik beqaror yurak etishmovchiligi

  • Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfi)

  • Shok (jumladan kardiogen shok)

  • Qandli diabeti yoki buyrak funktsiyasining buzilishlari bo'lgan pasientlarda aliskiren bilan bir vaqtda qo'llash (kalavali filtrasiya tezligi 60 ml/min 1,73 mdan kam)

  • Diabetik nefropatiyali pasientlarda, angiotenzin aylantiruvchi fermentlarini ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash

  • 18 yoshgacha bo'lgan yoshda (samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo'llanmaydi.



Dorilarning o'zaro ta'siri

Ushbu preparatni tarkibiga belgilangan dozada kiradigan ikkita faol komponentlarni o'rtasidagi o'zaro ta'siri klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Amlodipin va telmisartan majmuasini boshqa preparatlar bilan dorilarning o'zaro ta'siri bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Faol komponetlarining majmuasi

Boshqa gipotenziv vositalari

Boshqa gipotenziv preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda, Telsartan®A preparatining antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.

ABni pasaytirish xususiyatiga ega bo'lgan preparatlar

Ayrim preparatlar, masalan, baklofen va amifostin, o'zining farmakologik xususiyatlari tufayli, barcha gipotenziv vositalarini, jumladan amlodipin va telmisartan preparatining antigipertenziv ta'sirini kuchaytiradi. Bundan tashqari, ortostatik gipotenziya etanol, barbituratlar, narkotik vositalari yoki antidepressantlar bilan kuchayishi mumkin.

Amlodipin

Tavsiya qilinmaydigan (qo'llanilmaydigan) majmualar

Greypfrut va greypfrut sharbati

240 ml greypfrut sharbatini va 10 mg amlodipinni bir vaqtda ichga bir marta qabul qilinganda amlodipinning farmakokinetikasida sezilarli o'zgarishlar bilan kechmagan. Shunga qaramay Telsartan®A preparatini greypfrut bilan yoki greypfrut sharbati bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki ayrim pasientlarda amlodipinni biokiraolishligini oshishi natijasida uning antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.

Dantrolen

Verapamilni qabul qilingandan va dantrolenni vena ichiga yuborilgandan keyin hayvonlarda o'lim bilan yakunlanadigan va shu bilan bir qatorda giperkaliemiya bilan kechadigan yurak-tomir etishmovchiligi bo'lgan yurak qorinchalarining fibrillyasiyasi kuzatilgan. Giperkaliemiyaning rivojlanish xavfi sababli xavfli gipertermiyaga moyilligi bo'lgan va havfli gipertermiya bo'yicha davolanayotgan pasientlarda amlodipin kabi SKKB larni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Qo'llashda o'ta ehtiyotkorlik talab qiladigan majmualar

SUR3A4 izofermentining ingibitorlari

Keksa yoshdagi pasientlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda, diltiazem SUR3A4 izofermentiga ta'sir ko'rsatishi mumkinligi tufayli amlodipinni metabolizmini susaytirishi ko'rsatilgan (qon plazmasida amlodipinni kontsentrasiyasi taxminan 50% ga oshadi va samarasi esa kuchayadi). SUR3A4 izofermentining yanada faolroq ingibitorlari (ketokonazol, Itrakonazol, ritonavir kabilar) qon plazmasida amlodipin kontsentrasiyasini diltiazemga qaraganda ancha ko'p darajada oshirishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas. Klaritromisinni (SUR3A4 izofermentining ingibitori) amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanganda AB ni pasayish xavfi oshadi. Bunday pasientlarga sinchkov tibbiy kuzatuv tavsiya qilinadi.

SUR3A4 izofermentining induktorlari – tirishishga qarshi preparatlar (masalan, karbamazepin, fenobarbital, fosfenitoin, primidon) rifampisin, teshik dala choyi (Hypericum perforatum)

Bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida amlodipin kontsentrasiyasini pasayiishiga olib kelishi mumkin. Muntazam tibbiy kuzatuv ko'rsatilgan. SUR3A4 induktorlarini qabul qilish vaqtida, hamda ular bekor qilingandan keyin amlodipin dozasini o'zgartirish (imkon qadar) tavsiya qilinadi.

Simvastatin

Amlodipinni simvastatin bilan bir vaqtda 80 mg dozada qo'llash, simvastatinni monoterapiyasi bilan solishtirilganda simvastatin ekspozisiyasini 77% gacha oshishiga olib kelgan. Shuning uchun simvastatin dozasi sutkada 20 mgdan oshmasligi kerak.

Immunosupressantlar

Bir vaqtda, qo'llanganda, amlodipin Tsiklosporin yoki tazonerminning tizimli ekspozisiyasini oshirishi mumkin. Bunday holatlarda, qonda Tsiklosporin yoki tanzonermin darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo'lganda ularni dozalariga tuzatish kiritish kerak.

Sildenafil

Amlodipin va sildenafilni bir vaqtda qo'llanganda, har bir preparat mustaqil gipotenziv ta'sir qilishi ko'rsatilgan.

Takrolimus

Takrolimus va amlodipinni bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida takrolimusni kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin; bunday o'zaro ta'sirlashuvining mexanizmi oxirigacha o'rganilmagan. Takrolimusning toksik ta'siridan saqlanish uchun, Telsartan® A preparati bilan davolash vaqtida, qon plazmasida takrolimusni kontsentrasiyasini nazorat qilish va zarurati bo'lganda takrolimus dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Alfa1 - adrenoblokatorlari, neyroleptiklar

SKKB ning (dinidropiridin hosilalari) antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.

Litiy preparatlari

Skkbni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda (amlodipin uchun ma'lumotlar yo'q), ularning nefrotoksiklik belgilarini (ko'ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarni shang'illashi) kuchayishi mumkin.

Trisiklik antidepressantlar, umumiy anesteziya uchun vositalar, QT intervalini uzayishini chaqiradigan, antiaritmik vositalar.

Odatda amlodipinda salbiy inotrop ta'sir kuzatilmaydi, ammo ayrim SKKB antiaritmik va boshqa QT intervalining uzayishini chaqiradigan (amiodaron va xinidin kabilar) vositalarining salbiy inotrop ta'sirini yaqqoligini kuchaytirishi mumkin.

Virusga qarshi vositalar (ritonavir)

SKKB ni plazmadagi kontsentrasiyasini oshirishi mumkin, shu jumladan amlodipinni ham.

Kaltsiy preparatlari

SKKB ning samarasini kamayishi mumkin

Kortikosteroidlar (mineral va glyukokortikosteroidlar), tetrakozaktid

Kortikosteroidlarning ta'siri natijasida suyuqlikni va natriy ionlarini tutilishi hisobiga antigipertenziv ta'siri pasayishi mumkin.

Boshqa majmualar

Amlodipinni tsimetidin bilan bir vaqtda qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan.

Amlodipinni atorvastatin, digoksin yoki varfarin bilan bir vaqtda qabul qilish, bu preparatlarning farmakokinetikasiga yoki farmakodinamikasiga sezilarli ta'sir qilmagan.

Amlodipinni tiazidli diuretiklar, beta – adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, uzoq ta'sirga ega nitratlar, nitrogliserin (sublingval qo'llanadigan), NYAQP, antibiotiklar va ichga qabul uchun gipoglikemik vositalari bilan qabul qilishning xavfsizligi aniqlangan.

Alyuminiy yoki magniy saqlovchi antasidlar

Bir marta qabul qilinganda, amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

Telmisartan

Tavsiya qilinmaydigan (qo'llanmaydigan) majmualar

Diabetik nefropatiyali pasientlarda AAF ingibitorlari

Diabetik nefropatiyali pasientlarda AAF ingibitorlarini ARAІІ bilan bir vaqtda qo'llanmaydi.

Qo'llanganda, o'ta ehtiyotkorlik talab qilinadigan majmualar

Raat ning ikkilangan blokadasi

Klinik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, AAF ingibitorlarini, ARAІІ yoki aliskren qo'llangandagi Raat ning ikkilangan blokadasini monoterapiya bilan solishtirilganda, arterial gipertenziya, giperkaliemiya va buyrak funktsiyalarining buzilishlarini (jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi) rivojlanishini yuqori xavfi bilan assosiasiyalanadi.

Renin - angiotenzin-aldosteron-tizimiga (Raat) ta'sir qiluvchi preparatlar.

Raat ga ta'sir qiladigan boshqa preparatlar kabi telmisartanni qabul qilish giperkaliemiyani keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Giperkaliemiyani paydo bo'lish havfi bir vaqtda kaliy saqlovchi tuzlarni o'rnini bosuvchilar, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF, ara II ingibitorlari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), jumladan tsiklooksigenazaga (sog) II tur selektiv, geparin, immmunosupresiv preparatlar (Tsiklosporin yoki takrolimus) va trimetropim bilan bir vaqtda buyurilganda oshishi mumkin. Giperkaliemiyani rivojlanish tez-tezligi xavf omillarini bo'lishiga bog'liq. Kaliy tejovchi diuretiklarni va kaliy saqlovchi tuzlar o'rnini bosuvchilarni bir vaqtda qo'llanganda giperkaliemiyaning rivojlanish xavfi ayniqsa yuqori. AAF ingibitorlari yoki NYAQP bilan ehtiyotkorlik choralariga amal qilib bir vaqtda qo'llanganda giperkaliemiyaning rivojlanishi kam xavf bilan kechadi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar

Atsetilsalisil kislotasining sutkalik 3 g va undan yuqori dozasi, sog-2 va noselektiv NYAQP ara II ning antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkin. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda (degidratasiya fonida yoki keksa yoshda) ara II va sog ingibitorlarini bir vaqtda buyurish, buyrak funktsiyasining qayta yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, preparatlarni ko'rsatilgan majmuada ayniqsa keksa pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Telmisartanni qo'llashda avval, buyrak funktsiyasini baholash, hamda suv - elektrolit muvozanatini buzilishni muvofiqlashtirish tavsiya qilinadi; keyinchalik buyraklar funktsiyasini nazorat qilish maqsadga muvofiq.

Kaliy tejovchi diuretiklar va tuzlar o'rnini bosuvchilar telmisartan kabi ara II diuretiklar chaqirgan kaliyni yo'qotishni kamaytiradi. Spironolakton, elerenon, triamteren yoki amilorid, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuzlar o'rnini bosuvchilari, kaliytejovchi diuretiklar kaliyni zardobdagi miqdorini ahamiyati oshishini chaqirishi mumkin. Agar isbotlangan gipokaliemiyani bo'lganligi sababli ularni bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lsa davolashni qon zardobida kaliy miqdorini tez-tez nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan o'tkazish lozim.

Halqali va tiziazid diuretiklar

Yuqori dozalardagi diuretiklar bilan ilgari o'tkazilgan davolash, shu jumladan furosemid ("halqali" diuretik bilan) va gidroxlorotiazid bilan (tiazid diuretik bilan) aylanib yuruvchi qon hajmini kamayishiga va telmisartan bilan davolashning boshida arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Digoksin

Telmisartan va digoksinni bir vaqtda qabul qilinganda qon plazmasida digoksinning cho'qqi va qoldiq kontsentrasiyasining o'rtacha oshishi kuzatiladi (49% va 20% ga muvofiq). Telmisartanni qabul qilishni boshida, tuzatishda va to'xtatilganda, uni terapevtik diapazon chegarasida ushlab turish uchun qon zardobida digoksinni kontsentrasiyasini nazorat qilish zarur.

Litiy

Litiy preparatlarini AAF va Ara II ingibitorlari, jumladan telmisartan bilan bir vaqtda buyurilganda birga qon plazmasida litiy kontsentrasiyasining toksik ta'sirlar bilan kechadigan qayta oshishi aniqlangan. Ko'rsatilgan preparatlarni bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lganda qon zardobida litiy tuzlarining miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Boshqa gipotenziv vositalar

Telmisartanning AB ni tushirish xususiyati bir vaqtda boshqa gipotenziv vositalarini qo'llanganda kuchayishi mumkin.

Farmakologik xususiyatlarini hisobga olib, gipotenziv vositalarni, jumladan telmisartanni baklofen yoki amifostin bilan bir vaqtda buyurilganda samarasi kuchayishi mumkin.

Ramipril bilan bir vaqtda qo'llash ramiprilni va ramiprilatni AIS0-24 va Smax 2,5 barobariga oshishiga olib keladi. Bu samaraning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Etanol, barbituratlar, narkoz uchun vositalar va antidepressantlar ortostatik gipotenziyani rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Tizimli kortikosteroidlar

Glyukokortikosteroidlar telmisartanning antigipertenziv samarasini kamaytiradi.

Boshqa majmualar

Varfarin, glibenklamid, simvastatin, ibuprofen, paratsetamol va amlodipin bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlashuvi aniqlanmagan.


Maxsus ko'rsatmalar

Amlodipin

Tishlarni gigienasiga rioya qilish va stomatolog kuzatuvi zarur (milklarning og'rishi, qon ketishi va giperplaziyasini bartaraf qilish uchun).

Keksa yoshdagi pasientlarda T1/2 oshishi va preparatni klirensi kamayishi mumkin. Dozalarni o'zgartirish talab qilinmaydi, ammo bu toifadagi pasientlarni sinchkov kuzatish zarur.

Gipertonik krizda amlodipinni qo'llash, samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan. SKKB da "bekor qilish" sindromi yo'qligiga qaramay, amlodipin bilan davolashni to'xtatishni iloji boricha preparat dozasini asta-sekin kamaytirib amalga oshirish kerak.

25S dan yuqori bo'lmagan haroratda

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

5 mg + 40 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och pushtidan to pushtigacha bo'lgan rangli, oq rangli xolli dog'lar bilan, ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

5 mg + 80 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och pushtidan to pushtigacha bo'lgan rangli, oq rangli xolli dog'lar bilan bo'lgan, ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

10 mg + 40 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och sariqdan sarg'ishgacha bo'lgan , ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

10 mg + 80 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och sariqdan sarg'ishgacha bo'lgan , ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Ovqat qabul qilish vaqtidan qat'iy nazar, ichga sutkada 1 marta qabul qilinadi.
  • Telsartan®A preparatini davolash qulay bo'lishi va davolanishga ergashishni oshirish uchun, pasientlarga amlodipin va telmisartanni alohida tabletkalari ko'rinishida xuddi shunday dozalarda qo'llashni buyurish mumkin.

  • Telsartan ® A preparatini bitta amlodipin yoki telmisartan qabul qilinganda AB ni adekvat nazoratiga olib kelmagan pasientlarga buyurish mumkin. Amlodipinni 10 mg dozada qabul qilinganda, preparatni qabul qilishni cheklab qo'yadigan, masalan, periferik shishlar aniqlangan pasientlar, 5 mg+40 mg sutkada 1 marta dozadagi majmuaviy preparatni qabul qilishga o'tishlari mumkin, bu amlodipin dozasini kamaytirish imkonini beradi, ammo umumiy antigipertenziv ta'sirni pasaytirmaydi.

  • Pasientlarda arterial gipertenziyani davolashda qandaydir bir preparat yordamida arterial bosimini nazoratiga erishish ehtimoli kam deb taxmin qilingan hollarda Telsartan®A preparatini qo'llashni boshlash mumkin. Telsartan®A preparatining odatiy boshlang'ich dozasi 5 mg + 40 mgdan sutkada 1 marta. Arterial bosimni ahamiyatli pasayishi zarur bo'lgan pasientlar, Telsartan®A preparatini qabul qilishni sutkada 1 marta 5 mg+80 mg dozada boshlashlari mumkin.

  • Agar 2 hafta davolangandan so'ng, AB ni qo'shimcha pasaytirish zarur bo'lsa, preparat dozasini asta-sekin, maksimal 80 mg +10 mg dan sutkada 1 marta bo'lgan dozagacha oshirish mumkin.

  • Telsartan®A preparatini boshqa gipotenziv preparatlar bilan birga qo'llash mumkin.

Buyraklar funktsiyasni buzilishi

Buyrak funktsiyasini engil va o'rtacha buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun preparat dozasini tuzatish talab qilinmaydi. Og'ir buyrak etishmovchiligi yoki gemodializda bo'lgan pasientlarda Telsartan® A qo'llash tajribasi cheklangan. Bunday pasientlar uchun telmisartanning yanada kichik sutkada 20 mgli boshlang'ich dozasi tavsiya qilinadi. Ko'rsatilgan tartibdagi dozalashni ta'minlash uchun telmisartanni xavf bilan bo'lgan 20 mg yoki 40 mg dozalardagi monokomponentli preparatlarini qabul qilish tavsiya qilinadi.

Jigar funktsiyasini buzilishi

Engil yoki o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar funktsiyasini buzilishi (Chayld-Pyu bo'yicha A va V sinfi) pasientlarda Telsartan® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Telmisartan dozasi 40 mg sutkada 1 martadan oshmasligi kerak.

Keksa pasientlar

Dozalash tartibi o'zgartirishni talab qilmaydi.

Dori preparatini birinchi marta qo'llanganda yoki uni bekor qilinganda ta'sirining o'ziga xosligi

Telmisartanning birlamchi dozasidan keyin antigipertenziv ta'siri asta-sekin birinchi 3 soat davomida rivojlanadi va preparatning ta'siri 24 soat davomida saqlanadi va 48 soatgacha ahamiyatli bo'lib qoladi. Telmisartanni keskin bekor qilingan hollarda AB asta – sekin "bekor qilish" sindromi boshlang'ich darajaga qaytadi.



Simptomlari

Dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan. Dozani oshirib yuborilishining mumkin bo'lgan simptomlari, preparatning alohida komponentlarining dozasini oshirib yuborilgan simptomlaridan kelib chiqadi.

Telmisartan - taxikardiya, bradikardiya, bosh aylanishi, qon zardobida kreatinin kontsentrasiyasini oshishi, o'tkir buyrak etishmovchiligi bo'lishi mumkin.

Amlodipin - mumkin bo'lgan reflektor taxikardiyani va haddan tashqari periferik vazodilatasiya simptomlarni (yaqqol va barqaror arterial gipotenziyaning rivojlanish xavfi, shu jumladan shok va o'lim bilan tugaydigan holatni rivojlanishi) rivojlanishi bilan bo'lgan AB yaqqol pasayishi.

Davolash

Gemodializ samarali emas, uni o'tkazilganda amlodipin va telmisartan organizmdan chiqarilmaydi. Pasient holatini nazorati talab qilinadi, davolash simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi bo'lishi kerak.

Kaltsiy kanallarini blokadasiga qarshi ta'sir qilish maqsadida, kaltsiy glyukonatni vena ichiga yuborish foydali bo'lishi mumkin. AB yaqqol pasayishi hollarida qusishni chaqirish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qo'llash, pasientni "oyoqlarini ko'targan holda yotqizish" holatiga o'tkazish va plazma o'rnini bosuvchi eritmalarni yuborish kabi dozani oshirib yuborilishini davolash usullari qo'llanilishi mumkin.



Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Amlodipin va telmisartan preparatlarining majmuasini homiladorlik va emizish davrida qo'llash bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Preparatning ayrim komponentlari bilan bog'liq ta'sirlari quyida ta'riflangan.

Homiladorlik

Telmisartan

Ara II ni homiladorlik vaqtida qo'llash taqiqlangan. Homiladorlik tashhislanayotganda preparatni qabul qilishni zudlik bilan to'xtatish lozim. Zarurat tug'ilganda alternativ davolash qo'llash kerak. Telmisartanni klinik oldi tadqiqotlari teratogen xususiyatlarini aniqlamagan, ammo fetotoksiklikni bo'lishi aniqlangan. Ma'lumki, ara ni homiladorlikning III va IV uch oyligida qo'llanganda fetotoksik ta'sir (buyrak funktsiyasini pasayish, oligogidramnion, homilaning bosh suyagini ossifikasiyasini sekinlashishi) ko'rsatadi, shuningdek neonatal toksiklik (buyrak etishmovchiligi, arterial gipotenziya va giperkaliemiya) kuzatiladi. Homiladorlik rejalashtirilganda ara Ііni homiladorlikda xavfsizligi aniqlangan boshqa gipotenziv vositalarga almashtiriladi (agar faqat Ara II bilan davolash davom ettirish zarur hisoblanmasa). Agar homiladorlik vaqtida ara II qo'llanilsa, u holda, homiladorlikning II uch oyligidan boshlab, buyrak funktsiyasini va homilaning bosh miya suyagini holatini UTT nazorati tavsiya qilinadi. Ara II qabul qilgan onalarning chaqaloqlarini arterial gipotenziyani rivojlanishiga nisbatan sinchkov kuzatish kerak.

Amlodipin

Amlodipin yoki boshqa SKKB larining ta'siri bo'yicha mavjud cheklangan ma'lumotlar,homilaga salbiy ta'sirni borligini ko'rsatmagan. Ammo tug'ish jarayonini sekinlashish xavfi bo'lishi mumkin.

Emizish davri

Ayollarda emizish davrida telmisartan va / yoki amlodipinni qo'llash bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda telmisartanni emizikli hayvonlarni suti bilan ajralib chiqishi aniqlangan. Amlodipinni ko'krak suti bilan chiqarilishi ko'rsatuvchi ma'lumotlar yo'q. Ma'lumki, boshqa SKKB digidropiridinning hosilalari, ko'krak suti bilan chiqariladi. Mumkin bo'lgan noxush reaktsiyalarni hisobga olgan holda, ko'krak bilan emizishni davom ettirish yoki davolashni bekor qilish to'g'risidagi qarorni uning ona uchun ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilish kerak. Kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda amlodipinni fertillikka ta'siri aniqlanmagan. Odamda fertillikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) jigar funktsiyasining buzilishi, surunkali og'ir yurak etishmovchiligi (Syue), shu jumladan NYHA tasnifi bo'yicha noishemik etiologiyali III – IV funktsional sinfi Syue, barqaror bo'lmagan stenokardiya, aortal stenoz, mitral stenoz, idiopatik gipertrofik subaortal stenoz (gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya), o'tkir miokard infarkti (va undan keyin 1 oy davomida), sinus tugunining zaifligi sindromi (yaqqol taxikardiya, bradikardiya), arterial gipotenziya, keksa yosh, CYP3A4 izofermentining ingibitorlari va induktorlari bilan bir vaqtda qo'llash ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang), buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki faoliyat ko'rsatayotgan yagona buyrak stenozi, buyraklar buzilishi, oldin diuretiklarni qabul qilish fonida aylanib yuruvchi qon hajmining pasayishi (AYUQH), osh tuzini iste'mol qilishni cheklash, diareya yoki qusish; giponatriemiya giperkaliemiya; gipokaliemiya; buyrak ko'chirib o'tkazilgandan keyingi holat (qo'llash tajribasi yo'q); birlamchi giperaldosteronizm (samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan), negroid irqidagi pasientlarda qo'llash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TELSARTAN A tabletkalari 5mg+40mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TELSARTAN A tabletkalari 5mg+40mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TELSARTAN A tabletkalari 5mg+40mg N28 dori vositasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TELSARTAN A tabletkalari 5mg+40mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TELSARTAN A tabletkalari 5mg+40mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10
Narh: 30 335 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9